Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovga “Koʻp kvartirali uylarga tutash hududlardagi yashil maydonlarni, bolalar oʻyingohlarini va sport maydonchalarini boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish, bu boradagi qonunbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (1329-V-son)
23.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining hamda Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovga “Koʻp kvartirali uylarga tutash hududlardagi yashil maydonlarni, bolalar oʻyingohlarini va sport maydonchalarini boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish, bu boradagi qonunbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. Xidoyatovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-sentabr,
