“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-114-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”) (1325-V-son)
23.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-114-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga atrof-muhit, hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-sentabr,
1325-V-son
