“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-127-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1233-V-son)
08.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-127-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 20-avgustda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-127-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
1233-V-son
