381-modda. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (444-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olishni amalga oshirish maqsadida yer qaʼri uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi.
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun yer qaʼri uchastkalari, shu jumladan oʻlchamlari 5 gektardan ortiq boʻlmagan sochma oltin konlari yer osti kon qazishmalari yoʻlaklarisiz va portlovchi moddalardan foydalanmagan holda xavfsiz (yoʻl qoʻyiladigan) chuqurlikkacha beriladi.
Yer qaʼridan foydalanuvchilar ishlarni olib borayotganda qimmatbaho metallarni ajratib olishning rudani faqat maydalashni va gravitatsiya usulini qoʻllash huquqiga ega.
Kimyoviy reagentlar qoʻllanilgan holda qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasidan foydalanish taqiqlanadi.
