19-modda. Yer qaʼridan foydalanish turlari
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (444-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Yer qaʼridan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish;
foydali qazilmalarni kavlab olish;
oltin izlovchilar usulida kavlab olish;
texnogen mineral hosilalardan foydalanish;
foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni yer ostida saqlash, chiqindilarni saqlash va koʻmib tashlash uchun yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish;
muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;
nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni toʻplash.
