1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (444-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi yer osti boyliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni (konchilik munosabatlarini) tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari mineral xom ashyoga boʻlgan talablarni hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun yer qaʼridan oqilona, kompleks foydalanilishini, yer qaʼri, atrof muhit muhofaza qilinishini, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini taʼminlashdan, shuningdek yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilishdan, shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
