“Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2730-1-son)
08.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2730-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-son “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-son “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1074-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-son “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 46-son, 589-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-sentabr,
289-son
Kelishildi:
Tashqi ishlar vaziri B. SAIDOV
2025-yil 18-sentabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 8-sentabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi K. RAFIKOV
2025-yil 6-sentabr
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 3-sentabr
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
2025-yil 29-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 19-sentabrdagi 289-son buyrugʻiga ILOVA
“Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqda:
nomidagi va 1-banddagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
2. Nizomda:
1) nomidagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibini belgilaydi.”;
3) 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
4) 20-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining” degan soʻzlar “tashkilotlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 29-bandning uchinchi xatboshisidagi “vaqtinchalik propiska (roʻyxat olinganlik)” degan soʻzlar “turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 35-bandning birinchi xatboshisidagi “Prezidenti Devoni” degan soʻzlar “Prezidenti Administratsiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 1-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar” degan soʻzlar “Davlat organlari va tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
“Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlarida xorijiy valyutadagi sutkalik xarajatlar meʼyorlariga belgilanadigan
USTAMALAR
