Davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlarini tasdiqlash haqida (3687-son)
09.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3687]
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, Davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlaridan davlat ijrochilarining shtat birliklari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining samarali faoliyatini tashkillashtirishda, shuningdek ish hajmini rejalashtirishda, har bir davlat ijrochisining faoliyatini, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun obyektiv imkoniyatlarini baholashda foydalaniladi.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2025-yil 8-sentabr,
49-QQ-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisi K. RAFIKOV
2025-yil 6-sentabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 25-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2025-yil 8-sentabrdagi 49-QQ-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlari
1-bob. Davlat ijrochisi tomonidan bitta ijro ishi yuritish boʻyicha bajariladigan ishlarga sarflanadigan vaqt meʼyorlari
2-bob. Bitta davlat ijrochisi boʻyicha ish hajmi meʼyorlarining hisob-kitobi
Izoh:
1. Davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlari deganda davlat ijrochilari tomonidan ish yurituvidagi ijro ishlarini bajarish uchun oʻrtacha sarf etiladigan vaqt miqdori tushuniladi.
2. Davlat ijrochisi ish hajmi meʼyorlarini hisoblab chiqarish uchun quyidagilar inobatga olinadi:
davlat ijrochisi tomonidan qarzdor joylashgan joyga yetib borish uchun hududlarda sarflanadigan vaqt oʻrtasidagi farq K1 koeffitsiyentini belgilash orqali inobatga olinadi, bunda ushbu koeffitsiyent transport tizimi yaxshi rivojlangan hamda qarzdor joylashgan joygacha masofa uzoq boʻlmagan hududlarda 0,95 ga, uzoq masofali va transport tizimi sust rivojlangan hududlarda esa 1,05 ga teng boʻladi;
davlat ijrochisining malakasi K2 koeffitsiyentini belgilash orqali inobatga olinadi, bunda 1 yilgacha ishlagan davlat ijrochisining koeffitsiyenti 0,9 ga, 1 yildan 3 yilgacha ishlagan davlat ijrochisiniki — 1 ga, 3 yildan ortiq ishlagan davlat ijrochisining koeffitsiyenti esa 1,1 ga teng boʻladi.
3. Davlat ijrochilarining ish hajmi meʼyorlarini quyidagi formula boʻyicha aniqlash tavsiya etiladi:
N — ijro ishi yuritishlari soni (ijro ishi yuritish birliklari);
T — sarflanadigan ish vaqti meʼyori (soatlarda);
n — ish hajmi meʼyori belgilanadigan davr davomiyligi (oy, chorak, yil).
Davr davomiyligi (n) soatlarda hisoblanadi (masalan, 1 oy 21,2 x 8 = 169,6 soat, 1 chorak — 169,6 x 3 = 508,8 soat, 1 yil — 508,8 x 4 = 2035,2 soat).
t — bitta ijro ishi yuritishi boʻyicha sarflangan ish vaqti (daqiqalarda).
