Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (621-son)
03.10.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga muvofiq tibbiyot sohasida yuqori malakali oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash, aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati va koʻlamini yanada oshirish, tibbiy amaliyotning taʼlim va ilm-fan bilan oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, sohadagi ilgʻor yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasini Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi (keyingi oʻrinlarda — Institut klinikasi) etib;
Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali akademik litseyini Urganch davlat tibbiyot instituti akademik litseyi (keyingi oʻrinlarda — Institut litseyi) etib qayta nomlash.
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, klinika va oʻquv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
talabalarda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar uchun qoʻshma taʼlim va akademik mobillik dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ilgʻor va masofaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish, yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
tibbiyot taʼlimi va ilm-fanining amaliyot bilan integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish;
istiqbolli innovatsion, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularning natijalarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish;
Institut klinikasining faoliyatiga xorijiy tajribalar asosida zamonaviy davolash-profilaktika va reabilitatsiya usullarini keng tatbiq etish;
biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari dasturlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash, ular faoliyatini samarali tashkil qilish, ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib borish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi tibbiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan taʼlim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;
Institutning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
4. Belgilansinki:
a) Institut Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
b) Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida tahsil olayotgan talabalar Institutda mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida oʻqishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi Institut diplomi beriladi;
v) Institut klinikasi va Institut litseyi muassisi Institut hisoblanadi hamda ularning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi;
g) Institut, Institut klinikasi, Institut litseyi davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi;
d) Institut klinikasi bosh shifokori va Institut litseyi direktori Institut Kengashining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
e) Xorazm viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — texnikumlar) Institutga biriktiriladi.
Bunda Institut:
texnikumlar taʼlim va amaliyot sifati uchun bevosita masʼul boʻlib, ularda zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratadi va oʻquv jarayoniga tajribali mutaxassislarni jalb etib boradi;
texnikumlarda faoliyat yurituvchi oʻqituvchilarga ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;
klinikalari texnikumlar uchun klinik baza boʻlib xizmat qiladi;
kafedralari oʻz yoʻnalishida texnikumlarga zamonaviy oʻqitish metodikasi va texnologiyalarini oʻrgatadi, oʻqituvchilar va oʻquvchilarning bilimini baholab boradi.
5. Quyidagilar:
2025-2026-yillarda Urganch davlat tibbiyot institutini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Urganch davlat tibbiyot institutini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha ishlarning bajarilishiga qarab ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilash;
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, Institut tomonidan Institut litseyining oʻquv-uslubiy jarayonlarini muvofiqlashtirish va uning taʼlim yoʻnalishlarini belgilash;
Institut faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha maslahat va ekspert-tahliliy xizmatlarni shartnoma asosida koʻrsatish.
Mazkur bandda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
7. Belgilansinki:
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Institutda tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etiladi;
Institut simulyatsion markazi, vivariy va morglarning jihozlanishi Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Quyidagilar:
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan, shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Institut litseyi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
v) Institut klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
amalga oshirilgan va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 3-oktabr,
621-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-oktabrdagi 621-son qaroriga 1-ILOVA
2025-2026-yillarda Urganch davlat tibbiyot institutini kompleks rivojlantirish
DASTURI
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish1.Urganch davlat tibbiyot institutida (keyingi oʻrinlarda — Institut) taʼlim jarayonini xalqaro oliy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish.1. Institutning amaldagi oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish, ularni tanqidiy baholash asosida tibbiyot sohasidagi xalqaro oliy taʼlim standartlariga moslashtirish choralarini koʻrish.Bunda talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish, taʼlim jarayonini kredit-modul tizimida olib borilishini toʻliq taʼminlash.2025/2026 oʻquv yiliInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Institutning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan (Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME), QS, THE standartlari va boshqalar) oʻtkazish uchun tayyorlash. Jumladan:xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzish;xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish;xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish uchun belgilangan talablarni bajarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.2025-2026-yillar2.Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida yangi taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish.1. Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan bakalavriatning “Davolash ishi” yoʻnalishida 3+3 formatida, “Stomatologiya” yoʻnalishida 3+2 formatida qoʻshma taʼlim dasturi tashkil qilish va 2025-2026 oʻquv yilidan talabalar qabulini amalga oshirish.2. Rossiyaning Qozon Federal Universiteti bilan 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab “Davolash ishi” yoʻnalishida 3+3 formatida qoʻshma taʼlim dasturini tashkil qilish.2026-yilInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi3.Klinik ordinatura boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil qilish.1. Rossiyaning Qozon Federal Universiteti bilan ularning ilgʻor tajribalaridan foydalangan holda, dastur yakunida 2 ta mutaxassislik beradigan shaklda klinik ordinaturaning tanlangan mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini tashkil qilish.2. Qozogʻistonning Ostona va Qaragʻanda shaharlarining yirik tibbiyot markazlarida Urganch davlat tibbiyot institutining tanlangan mutaxassisliklar boʻyicha klinik ordinatura mutaxassisliklarini tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.2026/2027 oʻquv yiliInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi4.Institut va uning Ilmiy-tadqiqot instituti professor-oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari uchun masofaviy taʼlim, oʻquv kurslari, malaka oshirish va seminarlar koʻlamini oshirish.Professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ingliz tilini oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yuqori darajada oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar ulushini 85 foizga yetkazish.2025/2026 oʻquv yiliInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi5.Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Web of Science kabi ilmiy nashriyotlar maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarini yoʻlga qoʻyish.2025-yil dekabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi6.Davlat tibbiyot muassasalarini Institut talabalarining dars mashgʻulotlari va amaliyot oʻtashlari uchun klinik baza qilib belgilash.Talabalarning dars mashgʻulotlari va amaliyot oʻtashlari uchun xonalarni jihozlash.2025-yil noyabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi7.Institutga biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari bilan Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti (Urumchi), Turkiyaning Ege (Izmir), Inyonyu (Malatya) va Balikesir (Balikesir) universitetlarining tibbiyot kollejlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 1. Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti (Urumchi), Turkiyaning Ege (Izmir), Inyonyu (Malatya) va Balikesir (Balikesir) universitetlarining tibbiyot kollejlari bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari oʻrtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash.2. Universitetlar bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar, simpoziumlar va seminarlarni tashkil qilish.3. Universitetlarning tibbiyot kollejlariga texnikumlarning professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.2026-yil davomidaInstitut va texnikumlarning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligiII. Ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini oshirish8.Sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy va texnikaviy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni bajarish va amaliyotga tatbiq etish.1. Institutning ilmiy faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va maqsadli koʻrsatkichlarini belgilab olish.2025-yil dekabr-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Institut talabalari, doktorant va yosh olimlarning muntazam ravishda startap-loyihalar tanlovlarida ishtirokini taʼminlash.DoimiyInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari9.Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga tatbiq etish.Doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya ishlari asosida olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, bunda: 2025-yilda — 35 ta; 2026-yilda — 45 ta.2025-2026-yillar-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi10.Yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish.1. 2025-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka 15 nafar tadqiqotchilarni qabul qilish.2025-yil-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. 2 ta fan doktori (DSc) va 12 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyasini amalga oshirish.2025-2026-yillar11.Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot taʼminoti tizimini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning oʻquv-uslubiy va nashriy faolligini oshirish.1. Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va boshqalar) indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar sonini:2025-yilda 70 taga;2026-yilda 80 taga yetkazish.2025-2026-yillarInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan chop etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalar sonini 5 taga, monografiyalar sonini 12 taga, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar sonini 30 taga yetkazish.3. Institut tomonidan “Orol boʻyi tibbiyot jurnali”, “Meditsinskiy jurnal Priaralya” jurnalini taʼsis etish.2025-yil sentabrIII. Institut va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan tashkilotlarning kadrlar salohiyatini oshirish12.Institutni ilmiy salohiyatini oshirish.1. Tayanch doktorantura va doktorantura tashkil etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritish.2025-yil oktabrInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,“El-yurt umidi” jamgʻarmasi2. Iqtidorli yoshlarning xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga maqsadli doktoranturaga yuborish boʻyicha tanlovlarda ishtirokini taʼminlash.Doimiy13.Oʻquv yili natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning reytingini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish.1. Oʻquv yili yakuni boʻyicha kafedralar oʻqituvchilarining reytingini baholash mezonlarini ishlab chiqish.2025-yil noyabr-Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Reyting natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilarning sifat tarkibini aniqlash va yaxshilash.har yili 1-dekabr3. Professor-oʻqituvchilarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish hamda ustama haq belgilashda reyting natijalarini hisobga olish.DoimiyIV. Institut va uning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish14.Institut simulyatsiya markazini Rossiya, Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining nufuzli universitetlari tajribalari asosida modernizatsiya qilish.1. Rossiya, Turkiya, Xitoy va Hindiston davlatlarining nufuzli universitetlari simulyatsion markazlarining faoliyatini oʻrganish.2. Institut simulyatsiya markazi faoliyatiga nufuzli universitetlarning ish tajribalarini tatbiq qilish.3. Yangi simulyatsiya jihozlarini xarid qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidanSogʻliqni saqlash vazirligi15.Institut klinikasini Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti klinikalari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.1. Institut klinikasi va Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti klinikalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.2. Ilgʻor davolash va tashxislash usullarini institut klinikasi faoliyatiga tatbiq qilish.3. Institut klinikasi shifokorlarini Shinjon universiteti klinikalarida malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini yoʻlga qoʻyish.4. Universitet klinikalari shifokorlari tomonidan institut klinikasida mahorat darslarini oʻtish, davolash va tashxislash ishlarini yoʻlga qoʻyish.2025/2026 oʻquv yiliInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi16.Turkiyaning Pamukkale universiteti klinikasi bilan hamkorlikda Institut klinikasida yuqori texnologik amaliyotlarni oʻtkazishga moslashtirilgan qoʻshma boʻlim tashkil qilish.1. Turkiyaning Pamukkale universiteti klinikasi bilan institut klinikasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasini imzolash.2. Institut klinikasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishga moslashgan boʻlim tashkil qilish.3. Boʻlim faoliyatiga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.2025/2026 oʻquv yiliInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi17.Turkiyaning Inyonyu (Malatya) universiteti klinikasi aʼzolar transplantatsiyasi markazi bilan Institut jarrohlik kafedralari aloqalarini oʻrnatish, ularning tajribalarini amalga joriy qilish hamda xodimlar malakasini oshirish, stajirovka oʻtash, tajriba almashish hamda mahorat darslarini amalga oshirish.1. Turkiyaning Inyonyu (Malatya) universiteti klinikasi bilan hamkorlik shartnomasini imzolash. 2. Universitetning aʼzolar transplantatsiyasi markaziga Institut klinikasi shifokorlari va professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.2025/2026 oʻquv yiliInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligiV. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish18.Rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy tibbiy taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi nufuzli taʼlim tashkilotlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.1. Turkiyaning Xajettepe va Bursa Uludag universitetlari bilan hamkorlik memorandumini imzolash, ushbu universitetlarda institut professor-oʻqituvchilarining malaka oshirish, tajriba almashish hamda stajirovka oʻtash dasturlarini amalga oshirish. 2. Institut professor-oʻqituvchilari uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, xususan, Xitoyning Shinjon, Turkiyaning Ege, Pamukkale, Inyonyu, Balikesir, Kirikkale, shuningdek, Rossiyaning Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Astraxan davlat tibbiyot universiteti va Qozon Federal universitetlarida malaka oshirish, stajirovka oʻtash hamda tajriba almashish dasturlarini tashkil qilish.3. Institut talabalari, klinik ordinatorlari hamda magistrlari uchun nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida, xususan, Xitoy, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Hindiston va Pokiston davlatlarining nufuzli universitet va klinikalarida yozgi malakaviy amaliyot oʻtashlarini tashkil qilish.4. Nufuzli xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan kollaborativ ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish.5. Turkiyaning Ege va Pamukkale universitetlari bilan Erasmus+ dasturi doirasida hamkorlikda dolzarb hududiy muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy-amaliy grant loyihalarda ishtirok qilish.2025/2026 oʻquv yiliOʻzaro hamkorlik shartnoma mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro grantlariSogʻliqni saqlash vazirligi19.Institutda taʼlim oluvchi chet ellik talabalar ulushini oshirish.1. Chet el fuqarolarini Institutga jalb qilish boʻyicha xalqaro agentliklar (tashkilotlar) bilan “Ochiq eshiklar” tadbirini oʻtkazish.Har yili avgust oyiInstitutning budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Hindiston, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlariga xizmat safarlarini amalga oshirish va ushbu davlatlarda xalqaro taʼlim agentliklari bilan Institutga talabalarni jalb etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.Doimiy3. Chet el fuqarolarini Institutning magistratura va klinik ordinatura hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga jalb qilish choralarini koʻrish.Doimiy
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-oktabrdagi 621-son qaroriga 2-ILOVA
Urganch davlat tibbiyot institutini rivojlantirishning 2025 — 2028-yillarga moʻljallangan
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
T/rKoʻrsatkich (indikator) nomiOʻlchov birligiAmaldagi koʻrsatkich2025-y.2026-y.2027-y.2028-y.I. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish1.Xorijiy hamkor universitetlar bilan onlayn darslar tashkil qilish.onlayn darslar soni10253035452.IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan talabalar sonini oshirish.talabalar soni2870901201503.Mutaxassislik fanlari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan fanlar sonini oshirish.foizda10254060804.Hamkor tashkilotlarda kafedralar filiallarini tashkil etish.kafedralar filiallari soni5202530355.Institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchilarining oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi.foizda(bitiruvchi oʻquvchilar soniga nisbatan)73808285876.Institutning taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.Dasturlar soni11234II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish7.Institutning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi).foizda(jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)37,6657072768.Oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash (PhD, DSc).ilmiy-pedagogik kadrlar soni4152025309.Xoʻjalik shartnomalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish.xoʻjalik shartnomalari soni2710152010.Professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, Web of Science, Scopus va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallardagi maqolalarini chop etish.indekslanuvchi jurnallardagi maqolalar soni657080859511.Google Scholar, Scopus va Web of Science bazalari boʻyicha N (Xirsh) indeksi 3 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini tizimli ravishda oshirib borish.ilmiy-pedagogik kadrlar soni152535505512.Monografiyalarni nashr etish.monografiyalar soni71520253513.Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish.maqolalar soni8210011012013014.Ilmiy konferensiyalarni oʻtkazish.konferensiyalar soni257912III. Institutning kadrlar salohiyatini oshirish15.Pedagog kadrlarning belgilangan muddatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlarini tashkillashtirish.pedagog kadrlar soni637073757816.Turdosh taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida onlayn video maʼruzalar tashkil etish.video maʼruzalar soni42025304017.Pedagog va rahbar kadrlarni hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga imzolangan shartnomalar asosida malaka oshirishga yuborish.kadrlar soni41520253518.IELTS, TOEFL, CEFR va boshqa sertifikatlarga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini oshirish.professor-oʻqituvchilar soni820253040IV. Institutning moddiy-texnika bazasini yaxshilash19.Auditoriyalarni zamonaviy multimedia vositalari bilan jihozlash.foizda(umumiy auditoriya fondiga nisbatan)409010010010020.Oʻquv va boshqaruv binolarini yuqori tezlikdagi Internet (Wi-Fi) tarmogʻi bilan taʼminlash.foizda(oʻquv va boshqaruv binolari umumiy maydoniga nisbatan)7090100100100V. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish21.Institutda tahsil oladigan chet ellik talabalar salmogʻini oshirish.chet ellik talabalar soni1181140015001700200022.Chet ellik oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini taʼlim jarayoniga jalb etish.chet ellik professor-oʻqituvchilar soni102530354023.Yosh olim va pedagoglarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga amaliyot oʻtash va malakasini oshirish uchun yuborish.stajirovka va malaka oshirishga yuboriladigan yosh olim va pedagoglar soni405060708024.Xalqaro almashinuv dasturlari, yozgi maktab, xalqaro simpozium va konferensiyalarda ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar salmogʻini oshirish.ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar va talabalar soni50607080100
