8-modda. Buyurtmachilarning davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi vakolatlari
Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1087-son) · Sana: 04.10.2025 · Amalda
Buyurtmachilar davlat mudofaa buyurtmasi doirasida:
kelgusida davlat mudofaa buyurtmasi loyihasiga kiritish uchun harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning roʻyxatini hamda hajmini aniqlaydi;
har yili vakolatli davlat organiga navbatdagi yil uchun harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarga doir buyurtmanomani belgilangan muddatda taqdim etadi;
oʻzining harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish rejalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
ijrochiga harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilishga oid texnik topshiriqni taqdim etadi hamda shartnoma boʻyicha ularni yetkazib berish shartlarini u bilan kelishadi;
ijrochi bilan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni yetkazib berishga oid shartnomalar tuzadi;
xarid qilinadigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning narxini aniqlash uchun zarurat boʻlganda ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxslardan texnik-tijorat takliflarini yagona agent orqali oladi va baholaydi;
mudofaa sanoati korxonalari bilan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshiradi;
tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq toʻlovlarni amalga oshiradi;
tuzilgan shartnomalarga asosan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlarning yetkazib berilishini nazorat qiladi;
tuzilgan shartnomalar boʻyicha yetkazib beriladigan harbiy va ikki xil maqsadga moʻljallangan mahsulotlar namunalarining sifatini nazorat qiladi hamda uni qonunchilikka muvofiq qabul qiladi.
Buyurtmachilarga davlat mudofaa buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining maqsadli mablagʻlarini boshqa ehtiyojlar uchun qayta taqsimlash taqiqlanadi.
