13-modda. Davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish
Davlat mudofaa buyurtmasi toʻgʻrisida (O‘RQ-1087-son) · Sana: 04.10.2025 · Amalda
Davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:
buyurtmachilarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablagʻlari;
buyurtmachilarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini davlat ulushi boʻlgan tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan tushumlar;
xalqaro tashkilotlarning va moliya institutlarining, shuningdek boshqa chet el donorlarining grantlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi navbatdagi yil uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlari, davlat mudofaa buyurtmasi doirasida tuzilgan shartnomalarni moliyalashtiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga aniqlik kiritilgan taqdirda, davlat mudofaa buyurtmasining parametrlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
