SHNQ 2.04.22-25 “Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-39-son)
20.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-sentabrda hisobga olindi, hisob raqami 374]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.04.22-25 “Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-avgust,
01/2-39-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2025-yil 18-avgust
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2025-yil 16-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
2025-yil 4-iyul
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2025-yil 2-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2025-yil 1-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2025-yil 20-avgustdagi 01/2-39-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.04.22-25 “Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarini (bundan buyon matnda tozalash inshootlari deb yuritiladi) loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalariga havolalar keltirilgan:
SHNQ 1.03.02-23 “Hududlarni rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va mazmuni”;
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.02.01-24 “Bino va inshootlarning zaminlari”;
SHNQ 2.03.11-24 “Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish”;
QMQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Mazkur SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
adsorbsiya — gaz yoki suyuq holatdagi moddalarning qattiq yoki suyuq jism yuzasida toʻplanish jarayoni;
oqova suvlar — suvni isteʼmol qilish va (yoki) undan foydalanish natijasida hosil boʻladigan hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlari orqali oqizib yuboriladigan suv;
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suv qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
oqim koeffitsiyenti — yogʻinning yer yuzasidan oqib ketadigan qismi hajmining umumiy yogʻin (yogʻingarchilik) hajmiga nisbati bilan ifodalanadigan koʻrsatkich.
3. Mazkur SHNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
KKI — kimyoviy kislorod isteʼmoli;
BKI — biokimyoviy kislorod isteʼmoli.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Tozalash inshootlari SHNQ 1.03.02-23 talablariga muvofiq joylashtirilishi kerak.
5. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 ga muvofiq loyihalanishi lozim.
6. Sanoat korxonalari hududi va maydonlaridan chiqqan yomgʻir, qor va sugʻorish suvlari toʻliq tozalanmagan holda suv obyektlariga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Yomgʻir, qor va sugʻorish oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlarining quyilish joylarida, suv havzasiga chiqarilishdan oldin, tozalash inshootlari loyihalashtirilishi va joylashtirilishi kerak.
Qurilish sharoitlari bunga imkon bermasa, tozalash inshootlarini oqim boʻylab yuqorida yoki yomgʻir oqova suvlarni bosh kollektorga qoʻshiladigan eng katta irmoqlarda loyihalashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
8. Tozalash inshootlariga yomgʻir yogʻishi, qor qoplamining erishi hamda yoʻl qoplamalarini yuvish vaqtida hosil boʻladigan yer usti suvlari yoʻnaltirilishi lozim.
9. Yangi qurilishi rejalashtirilayotgan hududlarda oqova suvlarni chiqarish kollektorlarini loyihalashda, ularning tarkibiga tozalash inshootlari ham kiritilishi kerak.
10. Tozalash inshootlarini loyihalashda ifloslanishning eng yuqori darajada toʻplanishi hisobga olinishi kerak. Bunda, ifloslanishning darajalari quyidagicha boʻlishi lozim:
qattiq choʻkma qatlam tozalash inshooti choʻkindi qismining loyihaviy chuqurligidan oshmasligi;
moy-neft mahsulotlari qatlami 2 — 5 mm dan oshmasligi;
panjarada ushlanib qolgan suzuvchi chiqindilar teshiklar yuzasining 50 foizidan ortiq qismini yopib qoʻymasligi lozim.
11. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmogʻining gorizontal qismlarida tozalash inshootlari orasidagi masofalar SHNQ 2.04.01-22 ga muvofiq belgilanishi kerak.
4-bob. Tozalash inshootlarining maqbul qurilish yechimlari
1-§. Umumiy talablar
12. Yer usti oqova suvlari zaharli yoki koʻp miqdorda organik moddalar bilan ifloslangan sanoat korxonalari maydonlaridan kelayotgan boʻlsa, ularning butun oqimi tozalash inshootlariga yoʻnaltirilishi lozim.
13. Xoʻjalik-maishiy, ishlab chiqarish va yer usti oqova suvlarini tozalash maqsadida, ularni chiqarib yuborish usulining maqsadga muvofiqligiga qarab, umumiy, ajratilgan yoki yarim ajratilgan suv chiqarish tizimlari loyihalanishi zarur.
14. Sanoat korxonalari hududlari va maydonlaridan yer usti oqova suvlarini chiqarib yuborish tizimini loyihalashda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
iqlim sharoiti;
joyning relyefi;
oqova suvlarning ifloslanish darajasi;
tozalangan suvlarni suv obyektlariga yoki qayta foydalanishga yoʻnaltirish imkoniyati;
suv yigʻiladigan maydonning oʻlchami, shakli;
ifloslantiruvchi manbalar va tozalash inshootlari qurish uchun mavjud boʻlgan boʻsh joylar.
15. Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlariga yoki suv havzalariga yoʻnaltirish oʻzi oqar tarzda, oqim maydonining pastki qismlaridan oʻtkazilishini nazarda tutgan holda loyihalanishi lozim.
16. Aholi punktlari va sanoat korxonalari hududlarida yer usti oqova suvlarini chiqarib yuborishni yopiq oqizish tizimlari sifatida loyihalash zarur.
17. Turli xil nov (lotok) lar, kanallar, ariqlar, jarlar, jilgʻalar va soylardan foydalanib ochiq oqizish tizimi orqali oqova suvlarni chiqarish quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
yakka tartibdagi uy-joylarda;
qishloq joylardagi mahallalarda;
avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joylarda;
istirohat bogʻlari hududida (koʻpriklar yoki quvurlar oʻrnatilgan boʻlishi sharti bilan).
18. Aholi punktlaridan tashqarida joylashgan avtomobil yoʻllaridan yer usti oqova suvlarini (tozalash maqsadida) chetlatish jarayoni nov (lotok)lar va ariqlar orqali amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
19. Shahar aholi punktlari, sanoat korxonalari maydonlari va boshqa obyektlarning aholi yashaydigan hududlaridan keladigan yer usti oqova suvlarini tozalash birgalikda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlarida uzunligi katta kollektorlarning diametrlarini kamaytirish va tozalash inshootlariga tushadigan gidravlik yuklamani kamaytirish maqsadida, ajratish kameralari hamda tartibga soluvchi sigʻimlar (rezervuarlar) loyihalanishi va oʻrnatilishi lozim.
20. Shahar aholi punktlaridan oqib chiqadigan yer usti oqova suvlarini tozalash jarayonini lokal yoki magistral yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarida amalga oshirish lozim.
21. Yer usti, maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash inshootlarida birgalikda tozalashda, oqova suvlarni toʻplagichlarda yigʻish va shahar aholi punktlaridan keladigan oqova suvlarining eng kam oqimi vaqtida oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yuborish kerak.
22. Yarim ajratilgan suv chiqarish tizimida yer usti suvlarining maishiy va ishlab chiqarish oqova suvlari bilan aralashgan holati shahar aholi punktlaridan oqova suvlar uchun qabul qilingan toʻliq tozalash sxemasi asosida tozalanishi zarur.
23. Sanoat korxonalari hududidan chiqadigan yer usti oqova suvlar tozalashdan oʻtkazilishi kerak.
24. Sanoat korxonalari hududidagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi va miqdori aholi yashaydigan hududlarnikiga yaqin boʻlsa, yer usti oqova suvlarni aholi punktlarining oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlariga ulashga yoʻl qoʻyiladi.
25. Zaharli xususiyatlarga ega boʻlgan maxsus aralashmalarni oʻz ichiga olmagan sanoat korxonalari hududlaridan keladigan yer usti oqova suvlarini tozalashda, tozalangan oqova suvlarni bevosita suv havzasiga yoʻnaltirishni taʼminlaydigan mustaqil tozalash inshootlarini qurish, shuningdek sanoat korxonalarning yer usti oqova suvlarini aholi punktlarining markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyiladi.
26. Sanoat korxonalari hududidan oqib chiqadigan, zaharli xususiyatga ega boʻlgan maxsus aralashmalarni oʻz ichiga olgan yer usti oqova suvlarni tozalash alohida tarzda yoki sanoat korxonaning ishlab chiqarish yoki maishiy oqova suvlari bilan birgalikda amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
27. Yer usti oqova suvlarini tozalashga yoʻnaltirish sxemasi, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha texnik imkoniyatlar va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tahliliga asoslanib tanlanishi kerak:
yer usti oqova suvlaridan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun suv taʼminoti tizimlarida foydalanish;
yer usti oqova suvlarini alohida (mustaqil) tozalash.
28. Zararli moddalar tushishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish hududining alohida maydonlari ajratib koʻrsatilishi kerak.
Bunda, oqova suvlar avval ishlab chiqarish oqova suvlarini chiqarish tizimiga yoki dastlabki tozalash inshootlariga yoʻnaltirilib, faqat tozalangandan soʻng yomgʻir oqova suv tarmogʻiga uzatilishi lozim.
Tozalash jarayonini tezlashtirish va tozalash darajasini taʼminlash uchun filtrlash, koagulyatssiya hamda flotatssiya usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Tozalash inshootlarini loyihalashning umumiy tamoyillari
29. Tozalash inshootlarining turi suv yigʻiladigan havzaning maydoni, qurilishning xususiyatlari, rejalashtirish sharoitlari hamda yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlarining rivojlanish darajasini inobatga olgan holda tanlanishi lozim.
30. Har bir mustaqil chiqarish tarmogʻiga ega suv yigʻish havzasi uchun alohida tozalash inshootlari loyihalanishi zarur.
Agar bir nechta suv yigʻish havzalari bitta kollektorga ulanib, umumiy tozalash inshootiga yoʻnaltirilsa, bunda ular uchun yagona yer usti oqova suvlarini tozalash inshootini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
31. Hovuz-tindirgichlar quyidagi talablar asosida loyihalanishi lozim:
hovuzlar suv havzasidan alohida ajratilgan holda, suvni tashlash moslamasi orqali suv havzasiga yoki yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektoriga chiqariladigan qilib (mazkur SHNQning 1-ilovasidagi 1 — 3-rasmlarida keltirilgan);
turli sathlarda joylashgan ikkita ketma-ket boʻlmaga (seksiya) ega kaskadli tizim sifatida (ushbu SHNQning 1-ilovasidagi 4-rasmda keltirilgan);
suv havzasi bilan tutashgan, yigʻma-ajratma turidagi toʻgʻon qurilmasi kabi (mazkur SHNQning 1-ilovasidagi 5-rasmda keltirilgan).
32. Hovuz-tindirgich quyidagi asosiy qismlardan iborat boʻlishi kerak:
suv yuzasida suzib yuruvchi neft mahsulotlarini ushlab qoladigan boʻlmalardan;
suvni boʻylama va koʻndalang ajratib turuvchi devorlar yoki dambalardan;
suvni yuqori qismdan pastki qismga oʻtkazish va tozalangan suvni suv havzasiga yoki kollektorga yuborish uchun suv tashlash moslamalaridan;
suvni toʻplash uchun yer osti toʻplagich sigʻimlardan (rezervuar).
33. Hovuz-tindirgichning har bir yuqori boʻlmasida (seksiya) neft mahsulotlarini ushlab turish uchun yarim choʻktirilgan toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlinmalar boʻlishi kerak.
Hovuz-tindirgich koʻndalang devor yoki damba bilan boʻlmalarga (seksiya) ajratilgan boʻlsa, neft mahsulotlarini ushlab turish uchun boʻlmalar (seksiya) faqat yuqori boʻlmaga (seksiya) oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Pastki boʻlmadan (seksiya) qoʻshimcha tindirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Boʻlmalarning (seksiya) eni kamida 6 m boʻlishi va ularning uzunligi hisob-kitob asosida aniqlanishi zarur.
Hovuz-tindirgichlarni loyihalashda maxsus qurilmalar yordamida ifloslangan suv oqimini alohida boʻlmalardan (seksiya) biriga yoʻnaltirish, har bir boʻlmaning (seksiya) mustaqil ishlash imkoniyatini taʼminlash nazarda tutilishi kerak.
34. Suv yigʻilish maydoni 100 ha dan oshmasa, bir boʻlmali (seksiya) hovuz-tindirgichlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
35. Hovuz-tindirgichning kengligi va uzunligi oʻrtasidagi maksimal nisbat 1:4 dan oshmasligi kerak.
36. Harakatsiz suv toʻsiqlari (statsionar qalqon toʻsiqlar) mazkur SHNQning 1-ilovasidagi 6-rasmga muvofiq mavjud kollektor chiqish joyidan pastda joylashgan daryo oʻzanida oʻrnatilishi lozim.
Bunda, tozalash inshootlari yoki yopiq turdagi inshootlarni loyihalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer usti oqova suvlarining doimiy oqimi hamda ifloslangan qismi kollektordan harakatsiz suv toʻsiqlariga (statsionar qalqon toʻsiqlar) quvur orqali yoki “shpor” turidagi yoʻnaltiruvchi devorlar yordamida uzatilishi lozim.
37. Harakatsiz suv toʻsiqlar (statsionar qalqon toʻsiqlar) suzuvchi chiqindilarni, qisman neft mahsulotlarini hamda qattiq moddalarni toʻliq ushlab qolishni taʼminlashi lozim.
Bunda, ularning suvga botgan (choʻkkan) qismi chuqurligi kamida 0,8 m boʻlishi kerak.
38. Harakatsiz suv toʻsiqlarning (statsionar qalqon toʻsiqlar) oʻlchamlari, uning joylashgan suv maydonida tub choʻkindilarni tozalash va suzuvchi iflosliklarni yigʻish ishlarini bajaradigan mexanizmlarga ega boʻlgan suzuvchi uskunalarning erkin kirishi taʼminlanadigan darajada boʻlishi kerak.
39. Harakatsiz suv toʻsiqlar (statsionar qalqon toʻsiqlar) temir-beton konstruksiyadan qurilishi, bunda toʻsiq joylashgan suv maydonida tozalash ishlarini bajaradigan suzuvchi vositalarni bogʻlash imkoniyati hisobga olinishi lozim.
Harakatsiz suv toʻsiqlar (statsionar qalqon toʻsiqlar) ogohlantiruvchi signal chiroqlar bilan jihozlanishi kerak.
40. Suv yigʻish havzasining oʻlchamiga qarab, tozalash inshooti yopiq turdagi ikki yoki undan ortiq boʻlmadan (seksiya) tashkil topishi mumkin.
Har bir boʻlma (seksiya) quyidagi boʻlimlardan iborat boʻlishi kerak:
kirish qismidan;
oqim boʻlimidan;
choʻkindi choʻktiriluvchi qismidan;
qoʻshimcha tozalash uchun filtrlar boʻlimidan.
41. Ifloslangan suvlar taqsimlash qurilmasiga ulangan maxsus quvur orqali tozalash inshootiga yetkazilishi kerak.
Kirish joyida suzuvchi chiqindilarni ushlab qolish va yigʻish uchun 10 mm teshikli panjara oʻrnatilishi zarur.
Oqim qismidan suv chiqishidan oldin neft mahsulotlarini yigʻish va yer osti toʻplagichlarga chiqarib yuborish uchun uskuna boʻlishi lozim.
42. Toʻliq tozalash filtrlaridan emulsiyalangan neft mahsulotlarini ushlab qolish uchun foydalanilishi, bunda suv tozalash filtridan pastdan yuqoriga qarab oqirilishi zarur.
Toʻliq tozalash filtrlash maydoni tozalash inshootining har bir boʻlmasidagi (seksiya) oqim qismining koʻndalang kesim maydonidan kam boʻlmasligi kerak.
Toʻliq tozalash filtrlarni toʻldirish uchun yuqori adsorbsiyaga ega boʻlgan materiallardan (sipron, vizapron, yogʻoch qirindisi, koʻpchitilgan vermikulit) foydalanish lozim.
43. Yopiq turdagi tozalash inshootlarida toʻliq tozalash filtrlari va chiqindini ushlab qoluvchi panjaralar oʻrnatilgan joylarda orayopmalar loyihalanishi kerak.
44. Yopiq turdagi tozalash inshootlari konstruksiyalari yigʻma-yaxlit yoki yigʻma temir-betondan tayyorlanishi lozim.
45. Suzuvchi chiqindilarni ushlab qolish uchun tozalash inshootning bosh qismida olib qoʻyiladigan panjaralar yoki chiqindilarni avtomatik ravishda olib tashlash imkonini beruvchi uskuna oʻrnatilishi kerak.
46. Oqar suv oqimi bilan olib ketiladigan va muallaq holatdagi qattiq zarrachalar tozalash inshootining choʻktirish qismida ushlab qolinishi, bunda suvning oqish tezligi v = 10 mm/s boʻlishi va choʻkish vaqti davomida ushbu zarrachalarning toʻliq choʻkishi taʼminlanishi kerak.
47. Tozalash inshootida suv sathidan 0,6 — 0,8 m chuqurlikda joylashtirilgan yarim choʻktirilgan harakatsiz suv toʻsiqlar (statsionar qalqon toʻsiqlar) yordamida choʻktirish boʻlimlarida neft mahsulotlarini ushlab qolish lozim.
Yarim choʻkkan harakatsiz suv toʻsiqlar (statsionar qalqon toʻsiqlar) oldida toʻplangan neft mahsulotlari maxsus moslamalar va quvurlar yordamida yer osti toʻplagich sigʻimlariga (rezervuar) chiqarilishi zarur.
48. Tozalash inshootlarining oʻlchamlarini kichiklashtirish hamda faqat eng ifloslangan suv oqimlarini tozalashga yoʻnaltirish maqsadida, aholi yashash hududlari va sanoat korxonalarining yer usti oqova suvlarini chiqarish hamda tozalash sxemalarida ajratuvchi kameralar hamda tartibga soluvchi sigʻimlarni (rezervuar) oʻrnatish koʻzda tutilishi kerak.
49. Yomgʻir suvlari oqimining hajmini tartibga solishga moʻljallangan ajratish kameralarini gidrozatvor shaklida loyihalash lozim. Bunda, suv yuzasida suzuvchi iflosliklar (neft mahsulotlari plyonkasi)ning ortiqcha oqimga tushib ketishining oldi olinishi kerak.
50. Yer usti oqimini toʻgʻridan-toʻgʻri suv qabul qiluvchiga chiqarib yubormasdan maʼlum davr davomida hosil boʻladigan oqim hajmini yoki maksimal hisobiy yogʻin qatlamidan hosil boʻladigan oqimni qabul qilishga moʻljallangan toʻplovchi (akkumulyatssiya) sigʻimlar (rezervuar) loyihalanishi lozim.
51. Toʻplovchi (akkumulyatssiya) sigʻimlar (rezervuar) konstruksiyasi uning bajaradigan vazifasiga qarab tanlanishi kerak.
Toʻplovchi (akkumulyatssiya) sigʻimlar (rezervuar) tozalash uchun ajratiladigan oqova suvlar sarfini tartibga solish uchun foydalanilsa, bunda suv ichida choʻkindi yigʻilib qolmasligi uchun gidravlik yoki pnevmatik aralashtirish tizimlari boʻlishi lozim.
Toʻplovchi (akkumulyatssiya) sigʻimlardan (rezervuar) dastlabki mexanik tozalash (qum, loy, yog, chiqindini ushlash) uchun ham foydalanishga yoʻl qoʻyiladi, bunda choʻkindi va suzuvchi moddalarning toʻplanishi hamda chiqarib tashlanishi uchun samarali va ishonchli texnik yechimlar boʻlishi kerak.
Suv tashlovchi quvur kollektorning pastki qismiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri suv havzasiga chiqarilishi kerak.
3-§. Oqova suvlarni tozalash inshootlarini loyihalash uchun hisobiy parametrlar
52. Yer usti oqova suvlarining hisobiy hajmlarini aniqlashda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
meteorologik stansiyalarning maʼlum joylardagi atmosfera yogʻinlari (yomgʻirlar) boʻyicha 10 yildan 15 yilgacha olib borilgan koʻp yillik kuzatuvlar maʼlumotlari;
eng yaqin va umumlashtiruvchi (reprezentativ) meteorologik stansiyalarning kuzatuv natijalari.
53. Tozalash inshootlarini loyihalash uchun sanoat korxonalarining aholi yashash hududlari va maydonlarida yomgʻir yogʻishi, qor erishi hamda yoʻl qoplamalarini yuvish davrida hosil boʻladigan Wr yer usti oqova suvlarning oʻrtacha yillik hajmi quyidagi formulaga asosan aniqlanishi kerak:
Wr = Wd + Wt + Wm (1)
Bu yerda, Wd, Wt va Wm — yomgʻir, qor va sugʻorish suvlarining oʻrtacha yillik hajmi, m3.
54. Aholi yashash hududlari va sanoat korxonalari maydonlaridan oqib chiqadigan yomgʻir Wd va qor Wt suvlarining oʻrtacha yillik hajmi quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wd = 10 hd Ψd F (2)
Wt = 10 ht Ψt F (3)
Bu yerda:
F — kollektor oqimining maydoni, ha;
hd — yilning issiq davri uchun yogʻingarchilik qatlami SHNQ 2.01.01-22 boʻyicha aniqlanadi, mm;
ht — yilning sovuq davridagi yogʻingarchilik qatlami eritilishi boshlagunga qadar qor qoplamasida erigan suvlarning umumiy yillik miqdorining suv zaxirasi;
Ψd va Ψt — mos ravishda yomgʻir va qor suvlari oqimining umumiy koeffitsiyenti.
55. Sanoat korxonalari va ishlab chiqarish hududlaridan oqib chiqayotgan oʻrtacha yillik yomgʻir suvlari hajmini Wd aniqlashda, Ψt oqimning umumiy koeffitsiyenti maydonning turli yuzalari uchun oʻrtacha qiymat sifatida olinadi. Ushbu koeffitsiyent quyidagicha belgilanadi:
suv oʻtkazmaydigan qoplamalar uchun — 0,6 dan 0,8 gacha;
gruntli yuzalar uchun — 0,2;
maysazorlar uchun — 0,1.
56. Qor suvlarining oʻrtacha yillik hajmini aniqlashda, aholi yashash hududlari va sanoat korxonalari maydonlaridan hosil boʻladigan oqim uchun umumiy koeffitsiyent (Ψt) quyidagi shartlarni inobatga olgan holda 0,5 dan 0,7 gacha boʻlgan oraliqda qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi:
qorning tozalanishi (qor qoplamasining maxsus texnika yordamida olib tashlanishi);
iliq kunlarda suv oʻtkazuvchan yuzalarga suvning qisman shimilishi (yuzaga singib ketishi) tufayli yoʻqotishlar mavjudligi.
57. Oqova maydonidan oqib chiqadigan sugʻorish-yuvish suvlarining yillik umumiy hajmi Wm, m3, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wm = 10 m k Ψm Fm (4)
Bu yerda:
m — yoʻl qoplamalarini yuvish uchun suvning solishtirma sarfi (bir yuvish uchun 0,2 l/m2 dan 1,5 l/m2 gacha qabul qilinadi);
k — yillik oʻrtacha yuvish soni;
Fm — yuviladigan qattiq qoplamalar maydoni, ha;
Ψm — sugʻorish-yuvish suvlari uchun oqim koeffitsiyenti (0,5 qabul qilinadi).
58. Sanoat korxonalarining aholi yashaydigan hududlari va maydonchalaridan tozalash inshootlariga yuboriladigan hisobiy yomgʻir oqimining hajmi Wo quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wo = 10 ha Ψmid F (5)
Bu yerda:
ha — toʻliq hajmda tozalashga yoʻnaltiriladigan yogʻindan hosil boʻlgan maksimal yogʻin qatlami, mm;
F — oqim maydoni, ha;
Ψmid — har xil turdagi yuzalar uchun mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq hisobiy yomgʻir uchun oʻrtacha oqim koeffitsiyenti (oʻrtacha oqim koeffitsiyenti Ψi oʻzgarmas qiymatlariga bogʻliq oʻrtacha qiymat sifatida aniqlanadi) qabul qilinadi.
1-jadvalT/rOqim yuzasi yoki uning turiUmumiy oqim koeffitsiyenti Ψ1.Tomlar va asfalt-beton qoplamalar0,6 dan 0,8 gacha2.Xarsangtosh yotqizilgan va shagʻalli yoʻl qoplamalari0,4 dan 0,6 gacha3.Yoʻl qoplamasiz shaharning mavzelari, kichik xiyobonlar va bulvarlar0,2 dan 0,3 gacha4.Gazonlar0,15.Zamonaviy bino va inshootlar qurilgan mavzelar0,4 dan 0,5 gacha6.Oʻrtacha shaharlar0,4 dan 0,5 gacha7.Kichik shaharlar va qishloqlar0,3 dan 0,4 gacha
Izoh. Katta aholi punktlari va turli qurilishi boʻlgan tumanlar uchun hisob-kitoblarda Ψ koeffitsiyenti qiymati oqimning asosiy turi yoki maydoni Ψ koeffitsiyenti qiymatini hisobga olgan holda oʻrtacha kattalik sifatida aniqlanishi lozim.
59. Aholi yashash hududlari va sanoat korxonalari uchun ha miqdori R hisobiy 0,05 yildan 0,10 yilgacha bir marta takrorlanadigan kam intensiv, tez-tez sodir boʻladigan yomgʻirlardan hosil boʻlgan yogʻin qatlamining kunlik miqdoriga teng deb qabul qilinadi.
Bu miqdor aholi punktlarining yer usti oqimini tozalash uchun yillik oqim hajmining kamida 70 foizini taʼminlashi lozim.
60. Kuzatuv maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda, aholi yashash joylari va sanoat korxonalari hududlari uchun ha qiymatini 5 mm dan 10 mm gacha boʻlgan oraliqda qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, tanlangan qiymat hududdagi yer usti oqimining yillik hajmining kamida 70 foizini tozalashni taʼminlashi lozim.
61. Aholi yashash hududlari va sanoat korxonalaridan tozalash inshootlariga ajratiladigan qor erishi davrining oʻrtasida erigan suvlarning maksimal kunlik hajmi Wt kun, m3 quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wt = 10 Ψm Ky F α hc (6)
Bu yerda:
Ψm — erigan suvlar oqimining umumiy koeffitsiyenti (0,5 dan 0,7 gacha qabul qilinadi);
F — oqim maydoni, ha;
α — qorning notekis erishini hisobga oluvchi koeffitsiyentni 0,6 dan 0,7 gacha qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi;
hc — 110 kunlik h uchun erigan suv qatlami, mm obyektning joylashishiga koʻra mazkur SHNQning 2-jadvali boʻyicha aniqlanadi;
Ky — qorni qisman olib chiqib ketish va yigʻib olishni hisobga oluvchi koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ky=1-Fo(7)F
Bu yerda, Fo — qordan tozalanadigan maydon (shu jumladan ichki tarnovlar bilan jihozlangan tomlar maydoni).
2-jadvalIqlimiy hududTaʼminlanganlik darajasi, foiz12310205063869599Bir martadan oshgan davr, R, yil99,549,532,89,54,51,510,50,330,2215551443731252014107,52423730251675,5432
Bahorgi qor erishi davrida tozalash inshootlariga ajraladigan erigan suvlarning sutkalik hajmini hisoblashda erigan oqimning sutkalik qatlamlari 50 dan 95 foizgacha hc taʼminlanganlik darajasida (ortiqcha ehtimollik bilan) qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Bu yerda, R = 0.33 — bir yildan bir marta ortiq boʻlgan davrga toʻgʻri keladi.
Hududlar chegaralarida erigan oqimning sutkalik qatlamlarining oʻrtacha qiymatlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
62. Yomgʻir suvlarining hisobiy sarfini qr, l/s, quyidagi formula boʻyicha chegaraviy intensivlik usuli bilan aniqlanishi kerak:
qr=zmid A1,2 F(8)tr1,2n - 0,1
Bu yerda:
zmid — aniqlanadigan oqim havzasining yuzasini tavsiflovchi koeffitsiyentning oʻrtacha qiymati;
A, va n — ushbu SHNQning 65-bandiga muvofiq aniqlanadigan parametrlar;
F — oqimning hisobiy maydoni, ha;
tr — ha hisobiy yomgʻir davomiyligi, hisobiy hududgacha yer usti suvlari va quvurlar boʻylab oqib kelish davomiyligiga teng, min.
Yomgʻir tarmoqlarining gidravlik hisobini amalga oshirish uchun hisobiy yomgʻir oqimi qcal, l/s quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
qcal = β qr (9)
Bu yerda, β — bosim rejimi yuzaga kelganda tarmoqning boʻsh sigʻimini toʻldirilishini hisobga oluvchi koeffitsiyent mazkur SHNQning 7-jadvali boʻyicha aniqlanishi lozim.
63. Yomgʻir suvlari oqimining hisobiy davomiyligi 10 min kam boʻlsa, ushbu SHNQning 8-formulasiga quyidagi tuzatma koeffitsiyenti kiritilishi kerak:
tr = 5 min boʻlganda — 0,8;
tr =7 min boʻlganda — 0,9.
64. Yomgʻir suvini chiqarib yuborish kollektorlarining boshlangʻich hududlari chuqur joylashganda, quduqlardagi suv sathining koʻtarilishi natijasida hosil boʻladigan bosim hisobiga ularning suv oʻtkazish qobiliyati oshishini inobatga olish zarur.
65. A va n parametrlarini oʻzi yozuvchi yomgʻir oʻlchagichlarning koʻp yillik yozuvlarini qayta ishlash natijalari boʻyicha aniqlanishi lozim.
A parametrni quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
A=q2020n(1+1gP)y(10)1gmr
Bu yerda, q20 — mazkur SHNQning 1-rasmi boʻyicha yomgʻirning intensivligi, l/s, 1 ha, hudud uchun 20 min P=1 yilga teng deb aniqlanadi.
66. Yomgʻirning hisobiy intensivligidan bir marta oshib ketish davri suv chiqarish obyektining xususiyati va kollektorning joylashish sharoitiga qarab, ortiqcha yomgʻir yogʻishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar inobatga olinib tanlanishi hamda ushbu SHNQning 3-jadvaliga muvofiq belgilanishi, shuningdek kollektorning joylashuvi, yomgʻir intensivligi, havza maydoni va oqim koeffitsiyenti asosida hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanishi lozim.
1-rasm. Yomgʻir intensivligining miqdor qiymatlari q20
3-jadvalKollektorlarni joylashtirish sharoitlarAholi punktlari uchun hisobiy yomgʻir intensivligi R dan bir marta oshgan davr, yillar, q20mahalliy ahamiyatga egamagistral koʻchalarda60 gacha60 dan 80 gacha80 dan 120 gacha120 dan yuqoriqulay va oʻrtachaqulay0,33 dan 0,50 gacha0,33 dan 1,0 gacha0,5 dan 1,0 gacha1,0 dan 2,0 gachanoqulayoʻrtacha0,50 dan 1,00 gacha1,00 dan 1, 50 gacha1,0 dan 2,0 gacha2,0 dan 3,0 gachaoʻta noqulaynoqulay2,0 dan 3,0 gacha2,0 dan 3,0 gacha3,0 dan 5,0 gacha5,0 dan 10,0 gacha-oʻta noqulay3,0 dan 5,0 gacha3,0 dan 5,0 gacha5,0 dan 10,0 gacha10,0 dan 20,0 gacha
Izohlar:
1. Kollektorlarni joylashuvining qulay sharoitlari:
maydoni 150 ha dan koʻp boʻlmagan suv havzasi yuzasining oʻrtacha nishabligi 0,005 va undan kam boʻlganda (tekis)yassi relyefga ega boʻladi;
kollektor suv ayirgich boʻylab yoki yonbagʻirning yuqori qismidan suv ayirgichdan 400 m dan ortiq boʻlmagan masofada oʻtadi.
2. Kollektorlarning oʻrtacha joylashuvi sharoitlari:
maydoni 150 ha dan koʻp boʻlgan suv havzasi nishabligi 0,005 m va undan kam boʻlgan yassi relyefga ega;
kollektor qiyaligi 0,02 m va undan kam boʻlgan talveg boʻylab yonbagʻirning quyi qismidan oʻtadi, bunda suv havzasining maydoni 150 ha dan oshmaydi.
3. Kollektorlarning noqulay joylashuvi sharoitlari:
kollektor qiyalikning pastki qismidan oʻtadi, suv havzasi maydoni 150 gektardan oshadi;
kollektor oʻrtacha qiyalik 0,02 dan yuqori boʻlgan qiyalikdagi talvegdan oʻtadi.
4-jadvalOqim maydoni, ha5001000200040006000800010000K koeffitsiyentning qiymati0,950,900,850,800,700,600,55
67. Hisoblanayotgan tarmoq hududi uchun hisobiy oqim maydoni, maksimal sarf hosil qiladigan oqimning butun maydoniga yoki uning bir qismiga teng deb qabul qilinishi kerak.
Kollektor oqimi maydoni 500 ha va undan ortiq boʻlgan hollarda 8-9-formulalarga maydon boʻyicha yomgʻirning notekis yogʻishini hisobga oluvchi va ushbu SHNQning 4-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan K tuzatma koeffitsiyenti kiritilishi lozim.
68. Yomgʻir suvlarining yer usti va quvurlardan oqib oʻtishining hisobiy davomiyligi tr, min, quyidagi formula boʻyicha qabul qilinishi lozim:
tr = tcon + tcan + tr (11)
Bu yerda:
tcon — yomgʻir suvlarining nov (lotoklar)gacha yoki mavze doirasida yomgʻir qabul qilgichlar mavjud boʻlganda koʻcha kollektorigacha oqish davomiyligi (yuza konsentratssiyasi vaqti), min;
tcan — yomgʻirdan oldin qabul qilgichning koʻcha nov (lotok)laridan yomgʻir suvlarining oqib oʻtish davomiyligi (ular mavze doirasida mavjud boʻlmaganda);
tr — hisoblanadigan kesimgacha quvurlar boʻylab yomgʻir suvlarining oqib oʻtish davomiyligi ushbu SHNQning 13-formulasi boʻyicha aniqlanadi.
69. Yomgʻir oqimining yuza konsentratssiya vaqti hisob-kitob orqali aniqlanishi va aholi punktlarida yopiq yomgʻir tarmoqlari mavjud boʻlmaganda, konsentratssiya vaqti 5 dan 10 min mavjud boʻlsa 3 dan 5 mingacha qabul qilinishi lozim.
Mavze ichidagi suv chiqarish tarmogʻini hisoblashda yer usti konsentratssiya vaqti 2 min dan 3 min gacha qabul qilish lozim.
Yomgʻir suvlarining koʻcha nov (lotok)laridan oqishi davomiyligi t, min, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
tcan=0,021Σlcan(12)νcan
Bu yerda:
lcan — nov (lotok)lar uchastkalarining uzunligi, m;
νcan — nov (lotok)lar uchastkasidagi oqimning hisobiy tezligi, m/s.
Quvurlar boʻylab tr, hisoblanadigan kesimgacha boʻlgan yomgʻir suvlari oqimi davomiyligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
tr=0,017Σlp(13)νp
Bu yerda:
lp — kollektorning hisobiy uchastkalari uzunligi, m;
νp — kollektorning hisobiy oqimining hisobiy tezligi, m/s.
70. zmid oqim koeffitsiyentning oʻrtacha qiymatini mazkur SHNQning 6-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan z koeffitsiyentlariga bogʻliq holda, oʻrtacha qiymat sifatida aniqlash lozim.
71. Qurilish xususiyati turlicha yoki yer yuzasining nishabligi keskin farq qiladigan, maydoni 50 ha dan ortiq boʻlgan havzalardan oqimni hisoblashda, havzaning turli qismlaridan yomgʻir suvlari sarfi tekshirilishi va olingan sarflarning eng kattasi hisob-kitob natijasi sifatida qabul qilinishi kerak.
4-§. Oqova suvlar hajmini hisoblashning usuli
72. Tozalash inshootlarining quvvatini hisoblash uchun hisobiy yomgʻir davomiyligi T = 20 min boʻlganda 1 ha maydondan yomgʻir suvlari oqimi intensivligi quyidagicha qabul qilinishi lozim:
qc = 4,5 l/s
73. Yomgʻir suvi sarfi Q, l/s ni quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Q = qcη F (14)
Bu yerda:
qc — 1 ha dan yomgʻir oqimining intensivligi, l/s;
η — maydon boʻyicha yomgʻirning notekis yogʻishini hisobga oluvchi koeffitsiyent ushbu SHNQning 8-jadvali boʻyicha aniqlanadi;
F — oqim maydoni, ha.
Mavzelar va kichik dahalardan tashqarida joylashgan bogʻlar va istirohat bogʻlari hududlari oqim maydonidan chiqarib tashlanilishi kerak.
5-jadvalOqim yuzasining koʻrinishiz qoplama koeffitsiyentiOqimning oʻzgarmas koeffitsiyenti Ψtomlar va asfaltbetonli qoplamalar(suv oʻtkazmaydigan yuzalar)0,330 dan 0,230 gacha koeffitsiyenti ushbu SHNQning 8-jadvali boʻyicha qabul qilinadi0,95bruschatka va shagʻalli qoplamalar0,2240,60xarsangtosh yotqizilgan yoʻl qoplamalar0,1450,45bogʻlovchi materiallar bilan ishlov berilmagan shagʻalli qoplamalar0,1250,40shagʻalli bogʻ yoʻlaklari0,0900,30gruntli yuzalar (rejalashtirilgan)0,0640,20gazonlar0,0380,10
6-jadvaln parametriA parametridagi z koeffitsiyenti3004005006007008001000120015000,65 dan kichik0,320,300,290,280,270,260,250,240,230,65 va undan yuqori0,330,310,300,290,280,270,260,250,24
74. Bosimli rejim yuzaga kelgan paytda tarmoqning boʻsh sigʻimini toʻldirishni hisobga oluvchi koeffitsiyent qiymatini mazkur SHNQning 7-jadvali boʻyicha aniqlash lozim.
7-jadvaln darajasining koʻrsatkichi≤ 0,400,500,60≥ 0,70β koeffitsiyent qiymati0,800,750,700,65
Izohlar:
1. Joyning nishabligi 0,01 dan 0,03 gacha boʻlganda, koeffitsiyent qiymatlarini 10 — 15 foizgacha oshirish va joyning nishabligi ,03 dan yuqori boʻlsa, koeffitsiyent qiymatlari teng deb qabul qilinadi.
2. Yomgʻir kollektori yoki irmoqdagi hududlarining umumiy soni 10 tadan kam boʻlsa, quyidagilarga yoʻl qoʻyiladi:
barcha qiyaliklarda uchastkalar soni 4 dan 10 gacha boʻlsa, koeffitsiyent 10 foizga kamaytirishga;
hududlar soni 4 tadan kam boʻlsa, koeffitsiyent 15 foizga kamaytirishga.
75. Yomgʻir suvlarining hisobiy intensivligi, l/s, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
qs=4.520n(15)Tn
Bu yerda:
n — mazkur SHNQning 2-ilovasi boʻyicha aniqlanadigan parametr;
T — yomgʻirning hisobiy davomiyligi, min.
n va T qiymatlariga bogʻliq boʻlgan yomgʻir suvlari intensivligi mazkur SHNQning 9-jadvali boʻyicha aniqlanishi lozim.
8-jadvaloqim maydoni, ha5010020030050010002000koeffitsiyent qiymati η0.990.980.970.960.940.910.86oqim maydoni, ha30004000500010 00020 00030 000koeffitsiyent qiymati η0.830.800.780.730.680.65
Izoh. Hovuz maydoni 50 ha gacha boʻlganda, koeffitsiyent η = 1 qabul qilinadi.
9-jadvalTQiymat qc, l/s, parametrning n qiymatiga bogʻliq ravishdaminn=0,5n=0,55n=0,6n=0,65n=0,7n=0,751234567204,54,54,54,54,54,5214,44,44,44,354,354,35224,34,34,254,254,24,2234,24,24,154,14,14,05244,14,1443,953,925443,953,93,853,8263,953,93,853,83,753,7273,93,83,753,73,653,6283,83,753,73,63,553,5293,753,73,63,53,53,4303,73,63,53,453,43,3313,63,553,453,43,33,24323,553,53,43,33,253,17333,53,43,33,253,153,1343,453,353,253,23,13,05353,43,33,23,13,053363,353,253,153,0732,9373,33,23,13,032,92,85383,253,153,0532,852,8393,23,132,92,82,75403,13,052,952,852,752,7423,0532,92,82,72,64432,92,82,72,62,5462,952,852,752,62,52,4482,92,752,652,52,452,3502,852,72,62,42,352,2552,72,62,452,32,22,1602,62,452,32,22,12652,52,352,22,121,85702,42,252,121,91,75752,32,221,91,81,7802,252,11,951,81,71,6852,22,051,91,751,61,5902,11,951,81,71,551,45952,051,91,751,651,51,410021,851,71,61,41,31101,91,751,61,51,31,251201,81,61,51,41,251,21301,751,51,451,351,21,11401,71,471,41,31,151,051501,651,441,351,21,111601,62,421,31,171,050,951701,551,41,251,1310,91801,51,351,21,080,970,871901,451,31,151,040,930,832001,41,251,110,90,82201,351,21,080,950,850,752401,31,1510,90,80,72601,251,10,970,850,750,672801,21,050,930,80,70,633001,1610,90,780,680,63201,120,980,870,750,650,573401,10,950,830,720,620,553601,070,920,80,680,60,523801,030,90,770,650,570,540010,850,730,620,534500,950,80,70,60,55000,90,770,650,575500,850,730,60,536000,80,70,570,57000,750,650,538000,70,60,59000,670,5510000,630,512000,614000,5516000,5
Izoh. Hisoblangan oqim intensivliklari turar joy hududlari va kichik dahalarda suv oqishi sharoitlari uchun hisoblab chiqilgan.
76. Yomgʻirning hisobiy davomiyligi T, min suv yigʻilish maydonining eng uzoq hududidan tozalash inshootigacha suvning yuza va quvurlar boʻylab oqishi vaqtiga teng deb qabul qilinishi hamda quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
T=(toxir+1,2Σltal)K1(16)vtal
Bu yerda:
toxir — yomgʻir oqimining yuza konsentratssiyasi vaqti mavze ichida yomgʻir tarmoqlari mavjud boʻlmaganda hisob-kitob boʻyicha aniqlanishi va aholi yashaydigan joylarda kamida 10 min (mavze ichida yomgʻir tarmoqlari mavjud boʻlganda — 5 min) qabul qilinishi kerak;
ltal — kollektorning hisobiy qismlarining uzunligi, m;
vtal — quvurlar toʻliq toʻlganda tegishli qismlarida suvning oqim tezligi, m/s;
K1 — tozalash inshootlariga yoʻnaltiriladigan suv sarfini kamaytirishda oqim vaqtining oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent (mazkur SHNQning 10-jadvali boʻyicha q20 ning qiymatiga bogʻliq ravishda olinadi).
10-jadvalq202030405060708090100120150200K111,221,371,531,621,721,891,982,062,282,492,97
77. Suv yigʻilish chegarasidan kollektor boshigacha boʻlgan masofa 150 m dan ortiq boʻlsa, yomgʻirning hisobiy davomiyligiga quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan yoʻl nov (lotok)lari boʻylab suv oqishi vaqti Tl, min qoʻshilishi kerak:
Tl=1,25ll(17)vl 60
Bu yerda:
ll — nov (lotok) uzunligi, m, havza chegarasidan kollektor boshigacha boʻlgan masofadan 150 m kam qabul qilinadi;
vl — nov (lotok)dagi suvning oqim tezligi, m/s.
T<20 min boʻlganda yomgʻirning hisobiy davomiyligi 20 min deb qabul qilinadi.
11-jadvalF, haParametrning n qiymatiga qarab qsol l/s kattalikn=0,5n=0,55n=0,6n=0,65n=0,7n=0,75sirt konsentratsiyasi vaqtida tkon510510510510510510204,13,54,13,443,343,253,953,153,93,1503,43,03,32,93,22,83,152,73,052,632,510032,72,92,62,82,452,72,32,52,22,52,13002,52,32,352,152,22,02,151,92,01,81,91,7100021,851,851,751,751,61,61,51,451,351,351,2530001,51,451,351,251,251,21,151,11,05110,910 0001,11,0510,950,90,850,80,750,70,650,650,630 0000,80,80,70,70,650,650,550,550,50,60,450,45
Izoh. qsol ning qiymatlari q20 = 80 l/s boʻlgan hududlar uchun keltirilgan.
78. Taxminiy hisob-kitoblar uchun yomgʻir suvlari sarfini quyidagi formula boʻyicha aniqlashga yoʻl qoʻyiladi:
Q = qsol F K2 (18)
Bu yerda:
qsol — yomgʻir suvlarining solishtirma sarfi, l/s·1 ha, oqim maydoniga bogʻliq holda ushbu SHNQning 11-jadvali boʻyicha aniqlanadi;
K2 — kollektorning oʻrtacha burchagiga (yoki trassa yuzasi boʻyicha) qarab solishtirma sarfining oʻzgarishini hisobga oladigan va ushbu SHNQning 12-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
12-jadvaltoʻrtK1 koeffitsiyentning n parametrga bogʻliq qiymatin=0,5n=0,55n=0,6n=0,65n=0,7n=0,750,0010,640,610,580,560,530,510,0030,840,830,810,80,780,770,0050,960,950,950,940,940,930,0061111110,0081,041,041,041,051,051,050,0101,141,151,161,181,191,210,0151,251,291,321,351,381,410,0201,351,391,431,481,521,570,0251,431,481,541,591,651,710,0301,491,561,621,691,751,830,0351,551,621,71,771,851,940,0401,611,681,771,851,942,040,0451,661,741,831,922,022,130,0501,71,791,891,992,12,22
79. Tozalash inshootlariga tushadigan oʻrtacha yillik yomgʻir suvlari hajmi Wyom, m3 1 ha quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wyom = 2,5 Nj Kz (19)
Bu yerda:
Nj — eng yaqin meteostansiya maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan yomgʻir yogʻinlarining oʻrtacha yillik miqdori, mm;
Kz — tozalash inshootlariga yoʻnaltirilgan yomgʻir suvlari hajmini hisobga oladigan va mazkur SHNQ ning 13-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
13-jadvalq202030405060708090100120150200Kz0,960,910,870,820,780,750,710,680,650,60,530,45
80. Tozalash inshootiga kelib tushadigan oʻrtacha yillik erigan suv miqdori, Wer, m3 1 ha dan quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
Wyom = 8 Nb.o K4 (20)
Bu yerda:
Nb.o — eng yaqin meteostansiya maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan bahor oqimining oʻrtacha qatlami, mm;
K4 — tozalash inshootiga yoʻnaltiriladigan va mazkur SHNQning 14-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan erigan suvlar hajmini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
14-jadvalOshish ehtimoli, foizBahorgi oqimning turli hududlari uchun K4 koeffitsiyentining qiymati1234500,560,660,81200,470,560,690,77100,40,470,630,5640,350,410,540,4720,30,370,470,4
81. 1 ha dan yuvish suvlarining oʻrtacha yillik miqdori, m3 quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wyuv = 1,2 W`yuv (21)
Bu yerda:
W`yuv — 1 m2 yoʻl va trotuarlarni sugʻorish va yuvish uchun yiliga sarflanadigan suv miqdori.
Taxminiy hisob-kitoblar uchun yuvish suvlari hajmini yiliga 1 ha dan 150 — 200 ga m3 ga teng miqdorda qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
82. Rejalashtirish sharoitlari boʻyicha oʻrtachadan farq qiladigan suv yigʻilish maydonlari uchun yuvish suvlari miqdori oqimning oʻrtacha oqim koeffitsiyenti 0,5 ni qabul qilingan holda, haqiqiy sarflari asosida aniqlanishi kerak.
83. Oʻrtacha sharoitlardan farqli qurilish holatlari mavjud boʻlgan suv yigʻish havzalari uchun yuvish suvlari miqdori aniqlangan qiymatlarga tuzatish kiritish lozim. Bu tuzatish 15-jadvalga muvofiq qabul qilinadigan K5 koeffitsiyenti orqali hisobga olinishi va mazkur koeffitsiyent suv oʻtkazmaydigan yuzalar maydonining suv yigʻish havzasi umumiy maydoniga nisbataniga bogʻliq holda tanlanishi kerak.
15-jadvalSuv oʻtkazmaydigan yuza maydonini havza maydoniga nisbatani foiz102030405060708090100K50,40,60,811,21,41,61,822,2
5-§. Yer usti suvlarining ifloslanishi boʻyicha hisobiy koʻrsatkichlar
84. Suv yigʻilish yuzalarining turli hududlari uchun yuza oqimining tarkibi mazkur SHNQning 16-jadvaliga muvofiq boʻlishi kerak.
85. Hisobiy koʻrsatkichlarni mahalliy sharoitlarga, shuningdek yomgʻir, erigan va yuviladigan suvlar boʻyicha yer usti oqimining xususiyatlariga qarab aniqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, quyidagilar hisobga olinishi lozim:
namuna olish joyining turi (magistral koʻchalar, mahalliy koʻchalar, mavze ichidagi hududlar);
oqimning xususiyati va dinamikasi (intensivligi, davomiyligi, oqimning boshlanishi, oʻrtasi, oxiri, shuningdek quruq davrning davomiyligi).
16-jadvalOqim yuzasiYomgʻir oqimiErigan oqimMuallaq moddalar g/dm3Kislorodning biokimyoviy isteʼmoliNeft mahsulotlari, mg/dm3Muallaq moddalar g/dm3Kislorodning biokimyoviy isteʼmoliNeft mahsulotlari, mg/dm3Obodonlashtirish darajasi yuqori va yoʻl qoplamalari muntazam ravishda mexanizatsiyalashtirilgan holda tozalanadigan aholi yashaydigan hududlar (maʼmuriy binolar, savdo va taʼlim markazlari)400408,0020007020,00Zamonaviy turar joy binosi6506012,00250010020,00Transport harakati jadal boʻlgan magistral koʻchalar10008020,00300012025,00Sanoat obyektlariga tutashgan hududlar20009018,00400015025,00Bino va inshootlarning tomlari20 dan kam10 dan kam0, 01 dan 0,07 gacha20 dan kam10 dan kam0, 01 dan 0,07 gachaTurar joy binolari qurilish hududlari, maysazorlar va koʻkalamzorlar300601, 00 dan kam15001001, 00 dan kam
6-§. Yer usti suvlarini tozalash darajasining hisobiy koʻrsatkichlari
86. Yomgʻir oqova suvlarini chiqarib yuborish kollektorlaridan oqib oʻtadigan suvlarning ifloslanish miqdori yuvish suvlari mavjud boʻlmagan quruq davrda, mazkur suv namunalarini laboratoriya tahlili asosida aniqlanishi lozim.
87. Tozalash inshootlaridagi suvni tozalash darajasi hisob-kitob asosida aniqlanishi va u mazkur SHNQning 17 hamda 18-jadvallarida keltirilgan minimal qiymatlardan past boʻlmasligi kerak.
88. Suvning tindirilish vaqti Ttind, quyidagicha qabul qilinishi lozim:
hovuz-tindirgichlar uchun — kamida 2 h (soat);
yopiq turdagi inshootlar uchun — 1 h (soat).
17-jadvalT/rIfloslanish turiHovuz-tindirgichlaridagi suvning tozalanish darajasi, kiruvchi iflosliklar miqdoriga nisbatan foiz hisobida, suvni tindirishning hisobiy vaqti, h (soat)12345671.Muallaq moddalar80859095952.Neft mahsulotlari tarkibida, mg/l:50 gacha 100 gacha808580859087909090903.Suzuvchi chiqindi100100100100100
18-jadvalT/rIfloslanish turiYopiq turdagi inshootlarda suvning tozalanish darajasi, kiruvchi chiqindilar miqdoriga nisbatan foiz hisobida, suvning hisob-kitob qilingan tindirish vaqti 60 min1.Muallaq moddalar802.Neft mahsulotlari tarkibida, mg/l:50 gacha100 gacha80803.Suzuvchi chiqindi100
89. Yilning quruq davrida keladigan suvlarni muallaq moddalar va neft mahsulotlaridan tozalash darajasi kamida 80 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
7-§. Tozalash inshootlarining oʻlchamlarini aniqlashning usuli
90. Hovuz-tindirgichlarning oqim qismi oʻlchamlari va yopiq turdagi tozalash inshootlarini quyidagi formulalar boʻyicha aniqlash lozim:
ω=Qhis(22)v
ω = Bhoqar (23)
l = vTtind 3600 (24)
L = l K6 (25)
Bu yerda:
Qhis — hisobiy suv sarfi, m3/s;
v — oqim qismida suvning oqish tezligi, m/s;
Ttind — suvning tindirish vaqti, h;
ω — oqim qismining jonli kesimi, m;
B — oqim qismining kengligi, m;
hoqar — oqim qismining chuqurligi, m;
l — oqim qismining uzunligi, m;
K6 — inshootning oqim tezligini pasaytiruvchi qismi hisobiga uzayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent 1,1 — 1,2;
l — oqim va oqim tezligini pasaytiruvchi qismning umumiy uzunligi, m.
91. Suvning oqim tezligi 0,01 m/s dan oshmasligi kerak.
92. Oqim qismining yoki alohida boʻlmaning (seksiya) kengligi quyidagicha qabul qilinishi lozim:
hovuz-tindirgichlar uchun — 40 m dan ortiq boʻlmasligi;
yopiq turdagi tindirgichlarning inshootlari uchun — 4 m dan ortiq boʻlmasligi.
93. Oqim qismining qabul qilingan oʻlchamlari quyidagi formulalar boʻyicha muallaq qattiq zarrachalarning choʻkishini hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi kerak:
µoʻrt=Qhis(26)LB
ρo = 0.05 v (27)
Bu yerda:
µoʻrt — zarrachalarning oʻrtacha choʻkish tezligi, mm/s;
ρo — choʻkish tezligining vertikal tashkil etuvchisi, mm/s;
µ0 — choʻkadigan zarrachalarning gidravlik yirikligi, mm/s.
94. Tozalash inshootining oʻlchamlari, gidravlik yirikligi µ0 = 1,73 mm/s boʻlgan 0,05 mm diametrli mineral zarrachalarning tushishini taʼminlashi kerak.
95. Oqim va oqim tezligini pasaytiruvchi qismining umumiy uzunligi yoki neft mahsulotlarini ushlab turish boʻlimining uzunligi, neft zarralarining qalqib chiqishini hisobga olgan holda, quyidagi formula asosida aniqlanishi lozim:
L=αvhoqar(29)µmin
bu yerda:
µmin — neft mahsulotlari zarrachalarining qalqib chiqish tezligi, sm/s;
α — mazkur SHNQning 99-bandi boʻyicha aniqlanadigan koeffitsiyent.
96. Tozalash inshootining (yoki boʻlinmaning) uzunligi zarrachalarning yirikligi bilan neft mahsulotlarining qalqib chiqishini taʼminlashi lozim:
hovuz-tindirgichlar uchun — 80 — 100 µm;
yopiq turdagi tindirgichlarning inshootlari uchun — 100 — 120 µm.
Neft mahsulotlari zarrachalarining qalqib chiqish tezligi, µm, quyidagicha qabul qilinishi kerak:
yirikligi 120 µmin = 0,102 sm/s;
yirikligi 100 µmin = 0,071 sm/s;
yirikligi 80 µmin = 0,0465 sm/s.
97. Hovuz-tindirgichlar uchun hisob-kitoblarda oqimning turbulentligini va oquvchanligini hisobga oluvchi a koeffitsiyentni nisbatga bogʻliq ravishda qabul qilish lozim:
v=20 boʻlgandaα=1,75;µmin
v=15 boʻlgandaα=1,65.µmin
Toʻliq tozalash filtrlari boʻlgan yopiq turdagi tindirgichlarning inshootlari uchun hisob-kitoblarda α koeffitsiyenti 1,2 ga teng deb qabul qilish kerak.
98. Neft mahsulotlarini ushlab turish uchun hovuz-tindirgichlarda boʻlinma kengligi 6 m dan kam boʻlmasligi lozim.
99. Tozalash inshootida bir yil davomida ushlab qolingan chiqindilar miqdorini aniqlashda chiqindilarning dastlabki tarkibi, belgilangan tozalash darajasi hamda kelib tushayotgan suv hajmi hisobga olinishi lozim.
Yomgʻir, qor erigan va yuvish suvlari hamda tozalash inshootiga kelib tushadigan boshqa suvlar uchun ushlab qolingan ifloslanishlar miqdori alohida-alohida aniqlanishi lozim.
100. Yillik qattiq choʻkindi miqdori Wo, m3 1 ha dan, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
Wo=C E WF(30)γ 100
Bu yerda:
C — muallaq qattiq zarrachalarning boshlangʻich miqdori, 1000 m3 suvga tonna;
E — boshlangʻich tarkibning tozalash darajasi, %;
W — tozalash inshootiga bir yilda kelib tushadigan suv hajmi, ming m3;
γ — choʻkmaning hajmiy ogʻirligi, t/m3;
F — suv yigʻilish maydoni, ha.
101. Tozalash inshootining choʻkindi yigʻiladigan qismining hajmi va chuqurligi hch gini barcha turdagi suvlardan hosil boʻlgan qattiq choʻkindilarning umumiy hajmi hamda tozalash chastotasiga koʻra aniqlanishi lozim.
Hisob-kitob bahorgi qor erish davri (erigan suvlar) va yozgi davr (yomgʻir va yuvish suvlari) uchun alohida amalga oshirilishi kerak.
102. Choʻkindi qismining hajmi va chuqurligini aniqlashda choʻkindi qatlamining maydon boʻyicha notekisligini hisobga olish kerak.
Hisoblash natijasida olingan choʻkindi qismining chuqurligini 30 foizgacha oshirish lozim.
103. Tozalash inshootining umumiy chuqurligini choʻkindi va oqim qismlarining chuqurliklari hamda tozalash inshootining qurilish balandligining yigʻindisi sifatida belgilash kerak.
104. Tozalash inshootining qurilish balandligi suvning hisoblangan sathidan baland boʻlganda quyidagilar qabul qilinishi kerak:
hovuz-tindirgichlar uchun — 0,5 m;
yopiq turdagi inshootlar uchun — 1,0 m.
105. Kollektordagi taqsimlash kamerasidan uning pastki qismiga yoki suv havzasiga chiqishgacha boʻlgan hisobiy suv sarfi oʻtishida barcha yoʻqotilgan bosimlar yigʻindisi ushbu joylardagi suv gorizontlari farqidan oshmasligi kerak.
Bosim yoʻqotishlari suv sarfi va oqim tezligi, mahalliy qarshiliklarning xususiyatiga koʻra aniqlanishi lozim.
Suv oqimi tezligi 0,01 m/s va undan kam boʻlganda chiqindi va neft tutgichlaridagi bosim yoʻqotishlarini hisobga olmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Yopiq turdagi tindirgich inshootlarining filtrlaridagi bosim yoʻqotishlari 0,25 — 0,5 m oraligʻida qabul qilinishi lozim.
5-bob. Tozalash inshootlarini loyihalash
1-§. Asosiy talablar
106. Oqova suvlarni tozalash darajasi mahalliy sharoitlarga koʻra, tozalangan oqova suvlar hamda yer usti oqimlaridan ishlab chiqarish yoki qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish imkoniyatlari inobatga olgan holda belgilanishi lozim.
Zararsizlantirilgan choʻkindilarni oʻgʻit yoki boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyati, oqova suvlarning tabiiy suv bilan aralashish darajasi va ulardagi ifloslantiruvchi moddalarni ham hisobga olinishi lozim.
107. Koʻp tarkibli (komponentli) aralashmalarning oʻrtacha oksidlanish tezligi tajriba maʼlumotlari asosida aniqlanishi lozim.
Tajriba maʼlumotlari mavjud boʻlmasa, oksidlanish tezligi ushbu aralashmaga kiruvchi moddalarning oksidlanish tezliklarining oʻrtacha qiymati sifatida qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
108. Maishiy oqova suvlardagi ifloslantiruvchi moddalarning oʻrtacha miqdori, konsentratsiyasi va xususiyatlarini bir kishiga nisbatan aniqlash uchun mazkur SHNQning 19-jadvalidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
19-jadvalKoʻrsatkichBir kishiga toʻgʻri keladigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori, g/dMuallaq moddalar65,0Tiniq boʻlmagan KKItoʻl75,0Tiniq boʻlmagan BKI560,0Ammoniy tuzlarining azoti N8,0R2 O5 fosfatlari3,3shu jumladan yuvish moddalaridan1,6Cl xloridlar9,0Sirt aktiv moddalar2,5
Izoh. Sanoat korxonalarining maishiy oqova suvlarini aholi punktlarining oqova suvlarini chiqarib yuborish tizimiga oqizishda, ushbu sanoat korxonalari xodimlari tomonidan hosil qilinadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori hisobga olinmaydi.
109. Markazlashtirilgan oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan yangi qurilayotgan obyektlarda ishlab chiqarish oqova suvlarining tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularning konsentratsiyasi (oʻrtacha kunlik namunada) lokal tozalash choralarini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
110. Oqova suvlarni tozalash va ularning choʻkmalariga ishlov berish inshootlari, hisobiy koʻrsatkichlarning kamida 85 foizini taʼminlashi lozim.
111. Oqova suvlarni tozalash va ularning choʻkmalariga ishlov berish inshootlarining joylashuvi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
istiqbolda kengaytirish va navbatma-navbat qurilish imkoniyatini hisobga olgan holda hududdan oqilona foydalanishni;
turli maqsadlar uchun moʻljallangan inshoot va binolarni bloklashtirish hamda ichki kommunikatsiyalar uzunligini minimallashtirishni;
barcha bosim yoʻqotishlarini hisobga olgan holda va joyning tabiiy nishabligidan foydalanib, asosiy suv oqimining tozalash inshootlari orqali samarali oqib oʻtishini.
112. Yordamchi va laboratoriya xonalarining tarkibi hamda maydoni mazkur SHNQning quyidagi jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
20-jadvalBinolarBinolar maydoni, m2, tozalash inshootlarining samaradorligi, ming m3/d1,4dan 10 gacha10 dan 50gacha50dan 100 gacha100 dan 250 gacha250 dan yuqoriNazorat boʻyicha fizika-kimyo laboratoriyasi:oqova suvlar20252540(20 dan ikki xonali)50(25 dan ikki xonali)Yomgʻir oqova suvlari--151520Bakteriologiya laboratoriyasi-202233(18 va 15 dan ikki xonali)35(20 va 15 dan ikki xonali)Oʻlchash-681012Yuvish va avtoklav-10121515Idish-tovoq va reaktivlar saqlanadigan xonalar66121520Laboratoriya mudirining xonasi-10121520Namuna olish xonasi--688Dispetcherlik punktiDispetcherlik va avtomatlashtirish tizimiga qarab tayinlanadiPunkt boshligʻi xonasi1015152525Texnik xodimlar uchun xona10152025(10 va 15 dan ikki xonali)30(15 dan ikki xonali)Navbatchi xodimlar xonasi815202525Kichik uskunalarni joriy taʼmirlash ustaxonasi1015202525Asbob-uskunalarni taʼmirlash xonasi1515152020Kutubxona va arxiv--102030Xoʻjalik inventarlari uchun xona--688
Izohlar:
1. Yordamchi xonalar bitta binoda joylashtirilishi kerak.
2. Laboratoriyani nasos va havo purkash stansiyalari binosida joylashtirishga, tebranishni uskunadan bino devorlariga oʻtkazishga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻrilishi sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
3. Ish unumdorligi 1,4 ming m3/d dan kam boʻlgan stansiyalar uchun xonalar tarkibi va maydoni mahalliy sharoitlarga qarab belgilanadi.
113. Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlari tarkibida quyidagilar boʻlishi lozim:
suvni tozalash inshootlari orasida teng taqsimlashni taʼminlash, shuningdek taʼmirlash ishlari vaqtida kanallar va quvurlarni ajratish, boʻshatish va yuvish uchun maxsus qurilmalar;
yer usti oqova suvlari va choʻkma sarfini oʻlchash uchun uskunalar;
tozalash inshootlari ning ehtiyojlari uchun ikkilamchi energiya resurslaridan (gaz-metan, siqilgan havo, issiqlik va oqova suvlar) maksimal darajada foydalanish imkoniyati;
kirib kelayotgan va tozalangan suv sifatini doimiy nazorat qilish uchun uskunalar yoki laboratoriya uskunalari.
114. Tozalash inshootlarini loyihalashda quyidagilarni hisobga olish lozim:
choʻkindilarni suvsizlantirish jarayonida hosil boʻladigan qoʻshimcha oqova suvlar hajmi va ifloslantiruvchi moddalarning qayta ishlanishi;
choʻkindilarni suv qochirish (suvsizlantirish) inshootlari tomonidan atmosfera, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishini oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar.
faoliyat yuritayotgan obyektlar va daraxtlarni sugʻorish maqsadida tozalangan oqova suvlardan samarali foydalanish choralari.
115. Tozalash inshootidagi kanallar va inshootlarining nov (lotok)lari maksimal soniyalik sarfni 1,4 koeffitsiyent bilan oʻtkaza olish qobiliyati tekshirilishi kerak. Bunda:
inshootlarning yuklamaga chidamliligi hisobga olinadi;
bosim yoʻqotishlari va inshootlarning kerakli vertikal joylashuvi ham inobatga olinadi.
2-§. Oqova suvlar sarfini rostlash tamoyili boʻyicha tozalash inshootlari turini tanlash
116. Yer usti oqova suvlarini tozalash va chiqarish tizimlarini loyihalashda tozalangan suvlarni suv obyektlariga oqizishda yoki ishlab chiqarishdagi texnik suv taʼminotida foydalanishda asosiy texnik talablar va shartlarga toʻliq mos keladigan toʻplovchi (kollektorli) tozalash inshootlaridan foydalanish lozim.
117. Yigʻuvchi turidagi tozalash inshootlarini loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
tozalashga beriladigan oqova suvlar sarfini rostlash va ularning tarkibini oʻrtachalashtirish uchun toʻplovchi rezervuarlardan foydalanish;
mazkur SHNQning 2-rasmiga muvofiq yigʻuvchi turdagi tozalash inshootlarining gidravlik ish rejimi sxemasi va gidrografi belgilanishi;
yigʻuvchi rezervuarlardan oqova suvlarni chuqur tozalash jarayonlariga doimiy sarfda va gidravlik jihatdan barqaror rejimda uzatishni taʼminlash.
2-rasm. Yigʻuvchi turdagi tozalash inshootlarining gidravlik ish rejimining sxemasi va gidrografi
118. Aholi yashash hududlari va sanoat korxonalari uchun moʻljallangan toʻplovchi tozalash inshootlarida yigʻuvchi (akkumulyatsiya) sigʻimiga (rezervuar) yomgʻir oqimini qabul qilish va keyinchalik uni chuqur tozalash uchun uzatish taʼminlanishi lozim.
Bunda, kam intensivlikdagi tez-tez takrorlanadigan yomgʻirlar vaqtida butun oqim hajmini, yuqori intensivlikdagi yomgʻirlar paytida esa asosan ifloslangan qismini qamrab olishi kerak.
Oqimni ifloslangan va shartli toza qismlarga ajratish jarayoni yigʻuvchi sigʻimiga (rezervuar) kirishda yoki unga yetib borgunga qadar oʻrnatiladigan ajratish kamerasida amalga oshirilishi zarur.
119. Sanoat korxonalari hududlaridan keladigan yer usti oqimlarini tozalashda oqova suvlarning oʻrtacha yillik hajmi toʻliq tozalanishi lozim.
Bunda, toʻplovchi tozalash inshootlari tarkibida yil davomida eng yuqori kunlik yogʻingarchilik miqdori qayd etiladigan, kamida 63 foizgacha taʼminlanganlik darajasiga ega boʻlgan (yaʼni yilda bir martadan kamroq kuzatiladigan) yomgʻir oqimini qabul qilishga moʻljallangan yigʻish sigʻimlari (rezervuarlar) qurilishi kerak.
120. Oqimli turdagi tozalash inshootlarini loyihalashda tozalashga yoʻnaltiriladigan oqova suv sarfi oqim kollektorida joylashtirilgan ajratish kamerasi orqali tartibga solinishi kerak.
Oqimli turdagi tozalash inshootlarining gidravlik ish rejimining sxemasi va gidrografi mazkur SHNQning 3-rasmiga asosan qabul qilinishi kerak.
Oqimli turdagi tozalash inshootlaridan foydalanishda (masalan, bogʻ, rekreatsion zonalardan yer usti oqimlarini tozalashda yoki markazlashtirilgan tozalash inshootlari mavjud boʻlganda lokal tozalangan oqimlarni shahar aholi punktlari yoki xoʻjalik-maishiy oqova suvlarini chiqarib yuborish tarmogʻiga chiqarishda) quyidagilar hisobga olinadi:
oqimli turdagi tozalash inshootlarining ishlash samaradorligi va ishonchliligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi oqimning tozalash inshootiga notekis uzatilishi;
tozalash inshootlarining toʻsiq (himoya) funksiyasini va sanitariya-ekologik samaradorligini pasaytiruvchi ifloslantiruvchi moddalarning maksimal konsentratsiyalarini oʻz ichiga olgan oqova suvning bir qismi tozalamasdan chiqarilishi.
3-rasm. Oqova turdagi tozalash inshootlarining gidravlik ish rejimining sxemasi va gidrografi
121. Sanoat korxonalari hududlari uchun oqimli turdagi tozalash inshootlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Asosiy texnologik tamoyillar
122. Yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlarining sxemasi quyidagilarni hisobga olib ishlab chiqilishi kerak:
kiruvchi oqimning sifat va miqdor jihatdan tavsiflarini;
aralashmalarning faza-dispers holatini;
talab qilinadigan tozalash darajasini.
123. Yer usti oqova suvlari tarkibida turli faza-dispers holatdagi tabiiy va antropogen kelib chiqishga ega ifloslantiruvchi komponentlar mavjudligini inobatga olgan holda, tozalash jarayonining samaradorligini taʼminlash uchun iflosliklarni ajratish va/yoki yoʻq qilishga qaratilgan texnologik usullarni oʻz ichiga olgan koʻp bosqichli tozalash sxemalarini qoʻllash zarur.
124. Aholi yashash hududlari va sanoat korxonalarining yer usti oqova suvlarini tozalash tizimlari ketma-ket texnologik bosqichlarning quyidagi majmuasini oʻz ichiga olishi lozim:
oqovaning dastlabki mexanik tozalanishi — yirik mexanik aralashmalar va chiqindilarni ajratib olish uchun chiqindi yigʻish savatlari, qoʻl va avtomatik panjaralar, barabanli orqali oldindan tozalanishi;
oqova suvlarni oqimga qarab ajratish — ifloslangan va nisbatan shartli toza oqim qismlariga ajratish;
qum ushlash — ogʻir mineral aralashmalarni (qum, shagʻal) oqimdan ajratish, bunda qum tutgichlarda yoki suv yigʻuvchi sigʻimlarning (rezervuar) kirish qismida bajarish;
oqimni toʻplash va oʻrtalashtirish — oqova suvlar toʻplovchi sigʻimda (rezervuar) statik tindirish usuli orqali dastlabki mexanik aralashmalar va neft mahsulotlaridan tozalanishi, (bu jarayon past unumdorlikka ega va/yoki kam ifloslangan hududlardan kelgan oqova suvlar uchun moʻljallangan);
asosiy tozalash — oqimdagi organik va mineral ifloslanishlarning asosiy qismini tindirish, flotatsiya yoki kontaktli filtrlash usullari orqali ajratib olish, shuningdek dastlabki reagent bilan ishlov berish;
toʻliq mexanik tozalash — mexanik zarrachalar, ularga yutilgan neft mahsulotlari va organik moddalarni mexanik usullar bilan ajratib olish;
donador yuklamalarda filtrlash — filtr materiallari orqali oqova suvlarni chuqur mexanik tozalash;
sorbsiya bosqichi — qoldiq erigan neft mahsulotlari va boshqa organik ifloslantiruvchilarni yutilish (sorbsiya) usuli bilan toʻliq tozalash;
zararsizlantirish — tozalangan oqova suvlarni suv havzalariga chiqarish yoki texnik suv taʼminoti maqsadlarida qayta foydalanishdan oldin zararsizlantirish choralarini koʻrish.
Tozalash inshootlarining texnologik sxemalarida yuza oqim tarkibidagi choʻkindilar va qalqib chiquvchi moddalarni ajratib olishga doir texnik yechimlar nazarda tutilishi zarur.
Aholi yashash hududlari hamda sanoat korxonalarining yer usti oqova suvlarini tozalash tizimlari uchun bazaviy texnologik blok-sxemalar ushbu SHNQning 4-rasmiga muvofiq boʻlishi kerak.
1-sxema. Oqimni yigʻuvchi sigʻim (rezervuar)da oldindan tindirish
2-sxema. Yigʻuvchi sigʻimda (rezervuar) ogʻir mexanik aralashma (qum) larni choʻktirish
3-sxema. Ogʻir mexanik aralashmalarni choʻktirish bilan (qum) oqimni ajratish va toʻplashdan oldin
4-rasm. Yer usti oqova suvlarini tozalashni tashkil etishning bazaviy blok-sxemalari
125. Sanoat korxonalari hududidan yer usti oqova suvlarini tozalash sxemalarida asosiy ifloslantiruvchi aralashmalarni chiqarib yuborishni taʼminlaydigan inshootlardan tashqari, tozalashning yakuniy bosqichida maxsus moddalarni (biogen elementlar, sintetik sirt faol moddalar, ftoridlar), shu jumladan, zaharli xususiyatlarga ega boʻlgan (fenollar, formaldegid, ogʻir metall ionlari) va boshqa organik hamda mineral aralashmalarni olib tashlash uchun tugunlarni koʻzda tutish kerak.
4-§. Yer usti oqimini yirik mexanik aralashmalar va chiqindilardan tozalash
126. Yer usti oqimlarini yirik mexanik aralashmalar va chiqindilardan tozalash quyidagi tartibda amalga oshirilishi lozim:
yer usti oqimini yigʻish inshootlari (toʻplash turidagi tozalash inshootlari uchun);
oqim sarfiga qarab ajratuvchi kameralar oldida (oqova turdagi tozalash inshootlari uchun).
127. Kam ifloslangan hududlardagi past unumdorlikka ega tozalash inshootlari uchun tutib qolingan iflosliklarni qoʻlda boʻshatib olish imkonini beruvchi chiqindi toʻplash savatlarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Chiqindi yigʻish savatlari quyidagicha oʻrnatilishi kerak:
toʻplanish turidagi tozalash inshootlari uchun — ajratuvchi kameralar oldidagi yigʻish sigʻimlarga (rezervuar) kirish joyida, oqim hajmi asosida;
oqova turidagi tozalash inshootlari uchun — oqimni ajratish kameralari oldidagi suv keltiruvchi kollektordagi maxsus quduqlarda, oqim sarfiga koʻra.
Chiqindi yigʻish savatlaridagi teshiklarning kengligi 10 mm dan oshmasligi lozim.
Chiqindi toʻplash savatchasini yigʻish sigʻimiga (rezervuar) joylashtirishda, mazkur SHNQning 3-rasmidagi 1 va 2-sxemalariga muvofiq, savatchani vaqti-vaqti bilan koʻtarish va chiqindilarni chiqarib tashlash uchun sigʻim (rezervuar) devorida teshiklar hisobga olinishi lozim.
128. Tozalash inshootlari uchun oqova suvlarni chiqarib yuborish joylarida panjaralar oʻrnatilishi lozim.
Oqim maydoni 100 ha gacha boʻlgan obodonlashtirilgan hududlarda qoʻlda tozalanadigan panjaralardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Agar oqim maydoni 100 ha dan ortiq boʻlsa, ushlab qolingan chiqindilarni avtomatik tozalash va zichlash (presslash) tizimiga ega boʻlgan mexanizatsiyalashgan panjaralardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
129. Oqova suvlarni chiqarib yuborish turidagi panjaralarni loyihalash va hisoblash SHNQ 2.04.01-22 va QMQ 2.04.03-19 larga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Katta quvvatli tozalash inshootlari uchun, shuningdek yomgʻir jadalligi R > 0,33 yil oraligʻida bir marta oshib ketishi ehtimoli mavjud boʻlgan suv yigʻish tarmoqlari uchun, uskuna maksimal gidravlik unumdorligini tozalash inshootlariga kirishdagi taʼminlovchi kollektorda R = 0,2 — 0,33 yil oraligʻida bir marta oshib ketadigan davrga mos oqim sarfiga teng qilib belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, parametrdan ortiqcha hajmdagi oqimning bir qismi toʻgʻridan-toʻgʻri yigʻish sigʻimning (rezervuar) ajratish kamerasiga yuborilishi kerak.
5-§. Oqimlarni ogʻir mineral aralashmalardan tozalash
130. Yer usti oqimlarini ogʻir mineral aralashmalardan (qumdan) tozalashda ularning oqimning gidravlik yirikligi 15 mm/s dan ortiq boʻlishi hamda yomgʻir oqimidagi muallaq moddalar massasining 10 — 15 foizini, qor suvidagi muallaq moddalar massasining esa 20 foizgacha qismini tashkil etishi mumkin.
Ushbu jarayon quyidagilarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
yigʻuvchi va oqimli turdagi tozalash inshootlarida — oqimdagi qum tutgichlarni;
yigʻuvchi turidagi tozalash inshootlarida — toʻplovchi rezervuarlarni.
131. Oqimdagi qumtutgichlarni hisoblash QMQ 2.04.02-19 va QMQ 2.04.03-19 larga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Qumtutgich yoki ularning alohida boʻlmalari (seksiya) soni kamida ikkita boʻlishi lozim.
Oqimdagi qumtutgichlarning maksimal gidravlik unumdorligi quyidagicha qabul qilinishi lozim:
toʻplash turidagi tozalash inshootlarida — tozalash inshootlariga kirishdagi suv olib kelish kollektoridagi hisobiy sarfga teng;
oqim turidagi tozalash inshootlarida — ajratish kamerasidan keyin suv olib keluvchi kollektorda tartibga solingan oqimning hisobiy sarfiga teng.
132. Oqimli qumtutgichlarning qum bunkerlari hajmini hisoblashda qum quyqasining koʻrsatkichlari quyidagicha boʻlishi lozim:
namligi 70 foizgacha;
solishtirma ogʻirligi 1,2 — 1,5 t/m³;
quruq moddalarga nisbatan neft mahsulotlari miqdori 2 foiz.
133. Yuqori unumdorlikdagi tozalash inshootlarida ushlanib qolgan qumni yuvish va suvsizlantirish uchun oʻrnatilgan qurilmalarga ega qumtutgichlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, suvsizlantirilgan qum quyqasining namligi 40 foizdan oshmasligi, solishtirma ogʻirligi 1,4 — 1,5 t/m³ boʻlishi, shuningdek neft mahsulotlari miqdori quruq modda hisobida 0,5 foizdan oshmasligi kerak.
6-§. Statik tindirish usuli bilan oqimni akkumulyatsiyalash va oldindan tindirish
134. Toʻplovchi turdagi tozalash inshootlarida chuqur tozalashga beriladigan oqova suvlarning sarfini rostlash va tarkibini oʻrtachalashtirish yigʻuvchi sigʻimlarda (rezervuar) amalga oshirilishi lozim.
Unumdorligi past va/yoki nisbatan kam ifloslangan hududlardagi yuza oqova suvlarini tozalash tizimlari uchun oqova suvlarni mexanik aralashmalar va neft mahsulotlaridan statik tindirish usuli bilan dastlabki tozalash (tiniqlashtirish) va toʻplash bosqichlarini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Yigʻuvchi sigʻimlar (rezervuar) asosan monolit temir-betondan tayyorlanishi lozim.
Unumdorligi past boʻlgan tozalash tizimlari uchun kompozit yoki polimer materiallardan tayyorlangan, seriyali ishlab chiqariladigan idishlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Yigʻuvchi sigʻimning (rezervuar) konstruksiyasi uning vazifasi va hajmi hisobga olingan holda tanlanishi kerak.
135. Oqova suvlarni chuqur tozalashga yoʻnaltirish sarfini tartibga solish maqsadida yigʻuvchi sigʻim (rezervuar) qoʻllanganda, tozalash inshootlarining normativ ish rejimi hisobiy yomgʻir yoki qor erishi oqimini qayta ishlash davri tugagach, sigʻimning (rezervuar) toʻliq boʻshatilishi (quritilishi) nazarda tutilishi kerak.
Bunda, sigʻim (rezervuar) tubi suv olish chuqurchasiga qarab kamida 0,05 qiyalik bilan tekis qilib oʻrnatilishi mumkin.
Tozalash inshootlari sxemasida maxsus oʻtkazuvchi qumtutgichlar boʻlmasa, qum yigʻuvchi sigʻim (rezervuar) choʻktirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Vaqti-vaqti bilan sigʻim (rezervuar) tubini ogʻir mineral aralashmalardan (qumdan) tozalash yer usti oqimi tushmagan davrda yiliga kamida 1-2-marta mexanizatsiya vositalari (shu jumladan kichik hajmli terim texnikasi) yordamida amalga oshirilishi, bunda sigʻimga (rezervuar) pandus yoki teshik, shuningdek yuk ortish-tushirish maydonchasi qurilishi zarur.
136. Yigʻuvchi sigʻimdan (rezervuar) oqova suvlar sarfini tartibga solish hamda ularni statik reagentsiz tindirish usuli bilan oldindan tindirish uchun foydalanilganda, tozalash inshootlarining shtat ish rejimi oqovani qayta ishlash davrining oxirida hisobiy yomgʻir yoki erigan qor suvlarini qisman boʻshatish lozim.
Bunda, yigʻuvchi sigʻimda (rezervuar) choʻkmaning tub qismidagi qatlam bilan yuqorida toʻplangan tindirilgan suvning bufer qatlami ajratib saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Sigʻimalarda (rezervuar) choʻkuvchi mexanik aralashmalar va qalqib chiquvchi moddalarni davriy ravishda yigʻish va chiqarib tashlash uchun texnik yechimlar koʻzda tutilishi kerak.
Qalqib chiqqan neft mahsulotlarini yigʻish va olib tashlash uchun zamonaviy neft yigʻgichlari (skimmerlar) qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kichik hajmli toʻplovchi sigʻimalardan (rezervuar) tub va devorlarning qiyaligi kamida 45° boʻlgan, bir qator piramidasimon loyqali chuqurchalar tarzida qurilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Katta hajmdagi sigʻimlarda (rezervuar) loyqali chuqurchalar tubga nisbatan chuqurlashtirilgan koʻndalang yoki boʻylama nov (lotok)lar shaklida qurilishi kerak. Bunda, nov (lotok) devorlarining qiyaligi kamida 45° va sigʻim (rezervuar) tubining novlarga (lotok) nisbatan qiyaligi esa kamida 0,05 boʻlishi lozim.
Sigʻim (rezervuar) tubi yuzasida hosil boʻlgan choʻkindilarni nov (lotok) lar va chuqurchalarga chiqarib yuborish uchun gidroyuvishdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Sigʻim (rezervuar) tindirish zonasining balandligi 2 — 4 m, sigʻim (rezervuar) bortining maksimal suv sathidan balandligi kamida 0,3 m, himoya zonasining maksimal choʻkish sathidan balandligi (bufer qatlami) esa kamida 0,3 — 0,5 m oraligʻida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yigʻuvchi sigʻimda (rezervuar) 1 — 3 d (kun) davomida yer usti oqimini tindirish jarayonida muallaq moddalar va neft mahsulotlari konsentratsiyasining pasayish samaradorligi 80 — 90 foiz, erigan organik moddalar boʻyicha BKIo20 — 60 — 80 foiz, KKI boʻyicha esa 80 — 90 foiz etib belgilanishi kerak.
Tindirilgan suvda gidravlik yirikligi 0,2 mm/s dan kam boʻlgan mayda dispersli aralashmalar mavjudligi sababli quyidagicha qabul qilinishi lozim:
muallaq moddalarning qoldiq konsentratsiyasi 50 — 200 mg/dm³;
neft mahsulotlari aholi yashash hududlarida 2 — 10 mg/dm³, boshqa hollarda 10 — 50 mg/dm³;
erigan organik birikmalarning qoldiq miqdori KKI boʻyicha 50 — 100 mg/dm³ va BKIo20 boʻyicha 20 — 30 mg/dm³.
Yigʻuvchi sigʻimlarning (rezervuar) choʻkindi qismi hajmini dastlabki hisob-kitob qilishda uning tubida yigʻiladigan (qum va turli dispersli zarralar aralashmasi) choʻkmalarning quyidagi parametrlari qabul qilinishi lozim:
namlik 98 — 99,5 foiz (bufer qatlamini hisobga olgan holda);
solishtirma ogʻirlik — 1,05 — 1,15 t/m³;
quruq modda hisobida neft mahsulotlarining miqdori 3 — 5 foiz.
Kichik hajmli yigʻuvchi sigʻim (rezervuar) choʻkmalar (suvning bufer qatlami bilan birga) davriy ravishda chiqarib yuborilishi lozim.
Bunda, 3 — 6 oyda bir marta avtomobil loyqa tortuvchi (ilososos) yoki 6 — 12 oyda bir marta greyfer qurilmalari yordamida amalga oshirilishi kerak.
137. Yomgʻir oqimini tartibga solish va keyinchalik uni chuqur tozalash inshootlariga yoʻnaltirish uchun yigʻish sigʻim (rezervuar) foydali (ishchi) hajmi hisobiy yomgʻirning Wos.d yomgʻir oqimi hajmidan kam boʻlmasligi kerak.
Oqova suvlardan ajralib chiqayotgan choʻkmani toʻplash va vaqtincha saqlash uchun yigʻuvchi sigʻimda (rezervuar) qoʻshimcha hajm zaxirasini yaratish zaruriyati hisobga olinishi lozim.
Yigʻuvchi sigʻimning (rezervuar) toʻliq gidravlik hajmi quyidagicha amalga oshiriladi:
oqova suvlar sarfini tartibga solish uchun foydalaniladigan yigʻuvchi sigʻim (rezervuar) uchun — 5 — 10 foiz;
oqova suvlarni dastlabki tiniqlashtirish uchun ham foydalaniladigan yigʻuvchi sigʻim (rezervuar) uchun — 35 — 45 foiz.
6-bob. Elektr uskunalari, avtomatlashtirish va tezkor boshqarish tizimlari
1-§. Asosiy talablar
138. Tozalash inshootlaridan foydalanish avtomatik rejimda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
139. Tozalash inshootlari ishini avtomatik nazorat qilish va boshqarish tizimi quyidagilarni taʼminlashi kerak:
dastlabki oqim mavjudligi yoki yoʻqligida tozalash inshootlarini avtomatik ravishda ulash yoki oʻchirish;
oqova suvlarni chuqur tozalash uchun uzatishdan oldin, toʻplovchi sigʻimda (rezervuar) oldindan tindirishning normativ davrini taʼminlash sigʻim (rezervuar) oqova suvlarni oldindan tindirish uchun yigʻuvchi sigʻim (rezervuar) foydalaniladigan inshootlarda);
oqova suvlarning toʻplovchi sigʻimga (rezervuar) tushish rejimini aniqlash va tozalash qurilmasini past intensivlikdagi yoki jala yogʻishiga mos keladigan ish rejimiga avtomatik ravishda qayta ulash (tozalash inshootlarida oqimni oldindan tozalash uchun yigʻuvchi sigʻimlardan (rezervuar) foydalangan holda);
oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektining iqlim sharoitlariga muvofiq (oqova suvlarni oldindan tozalash uchun akkumulyatsiya sigʻim (rezervuar) foydalangan holda tozalash inshootlarida) kam intensiv yomgʻir rejimida yigʻuvchi rezervuarining qisman toʻldirilish darajasiga tuzatish kiritish imkoniyati;
texnologik uskunalarni favqulodda holatlardan ogohlantirish va himoyalash tizimi;
nasos uskunalari va boshqa qurilmalarning ishlash koʻrsatkichlarini;
tozalanadigan oqova suvlar, ishlov beriladigan shlamlar, texnologik eritmalar sarfini nazorat qilish;
sigʻimli uskunalar (jumladan, suvni tozalash reagentlarining sarflanish baklari) toʻldirilishini koʻrsatuvchi indikatorlar;
filtrlarni avtomatik yuvish yoki ushbu operatsiyani oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirish berish.
2-§. Tozalash inshootlaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
140. Tozalash inshootlaridagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
a) avtomatlashtirilgan jarayonning xususiyati:
ish rejimi (uzluksiz, siklik, davriy);
texnologik va muhandislik jihozlarining oʻzaro aloqasi, jarayonning alohida bosqichlari;
portlash va yongʻin xavfi hamda boshqalar;
b) obyektda avtomatlashtirilgan asbob-uskunalarning joylashuvi:
zich joylashgan yoki tarqoq obyektlar, atrof-muhit omillarining taʼsiri;
asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, avtomatika, informatika va kibernetikaning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, loyihalash jarayonida qurilayotgan obyektning texnik darajasi uni ishga tushirish paytidagi texnika darajasiga mos kelishini taʼminlash;
avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish boʻyicha sanoat usullari (ishlab chiqarish usullari).
141. Tozalash inshootlarida avtomatlashtirish tizimlarini loyihalashda avtomatlashtirilgan texnologik jarayonning murakkabligiga va qayta ishlanadigan axborot hajmiga qarab, mikroprotsessorli kontrollerlar yoki mahalliy boshqaruv shchitlari (punktlari) negizida, hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllagan holda qurishni hisobga olish kerak.
142. Tizimlarning tanlangan tuzilmalari, avtomatik boshqarish obyektlari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini ishlab chiqish bosqichlari va davrlarini asoslash loyihadan oldingi tahlillar va maxsus ishlar majmuasini bajarish orqali amalga oshirilishi lozim.
3-§. Tozalash inshootlaridagi elektr taʼminotiga qoʻyiladigan talablar
143. Tozalash inshootlarini loyihalash jarayonida elektr taʼminoti 35 kV, 20 kV, 10 kV va (yoki) 0,4 kV (6 kV asosli hollarda yoʻl qoʻyiladi) tarmoqlarda taʼminlanishi hisobga olinishi lozim.
144. Tozalash inshootlarini loyihalashtirishda, taqsimlash qurilmalari, transformator podstansiyalari va boshqarish shitlarini inshootga oʻrnatiladigan yoki ulab qoʻyiladigan xonalarga joylashtirilishi hamda ularning kengayishi va ularning quvvatini oshirish imkoniyatini hisobga olish kerak.
145. Tozalash inshootlarining nasos stansiyalarida mashina zalining poliga yoki balkonga yopiq shchitlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Bunda, ularga suv tushishi va avariya paytida suv bosishi oldi olinishi kerak.
146. Tozalash inshootlarining ishlab chiqarish binolarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
7-bob. Tozalash inshootlarini joylashtirish, qurish va uning bino-inshootlari konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Tozalash inshootlarining hajmiy rejalashtirish yechimlari
147. Tozalash inshootlarini qurish uchun maydonlarni tanlash, ularning hududini rejalashtirish, qurish va obodonlashtirish SHNQ 2.07.01-23 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suv oqimlari va suv havzalarining qirgʻoqboʻyi hududlarida joylashtiriladigan tozalash inshootlari va nasos stansiyalari maydonlari suv toshqinlarining maksimal gorizontidan kamida 0,5 m balandlikda, 3 foiz taʼminlangan holda, suvning shamol taʼsiri va toʻlqini balandligini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
148. Aholi punktlaridagi suv chiqarish tizimining tozalash inshootlari, shuningdek sanoat korxonalarining sanoat maydonlaridan tashqarida joylashgan suv chiqarish inshootlarining hududi barcha hollarda toʻsilgan boʻlishi lozim.
149. Toʻsiq turi mahalliy sharoitni hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Filtratsiya maydonlarini toʻsiq bilan oʻramaslikka yoʻl qoʻyiladi.
150. Moslashuvchan konstruktiv sxemalar faqat statsionar uskunalarga ega boʻlmagan ochiq sigʻimli suv chiqarish inshootlari uchun tatbiq etilishi lozim. Statsionar uskunalarga ega boʻlgan suv chiqarish inshootlarini faqat qattiq konstruktiv sxemalar boʻyicha loyihalash kerak.
151. Tozalash inshootlarining turli funksional vazifalarga moʻljallangan qismlarga ajratilgan inshootlarini loyihalashda bir-biridan deformatsiya choklari bilan ajratilishi lozim.
152. Tozalash inshootlarining bino va inshootlarining qurilish konstruksiyalari SHNQ 2.09.02-23 ga muvofiq boʻlishi kerak.
153. Tozalash inshootlarini loyihalash ishlarida maishiy xonalarni hisobga olish lozim.
154. Ishlab chiqarish oqova suvlarini mexanik, kimyoviy va boshqa usullar bilan tozalash inshootlarida bajariladigan ishlarning sanitariya xususiyatini oqova suvlarning tarkibiga va qoʻllaniladigan tozalash usuliga qarab belgilash lozim.
155. Toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi inshoot yoki idishlarning sigʻimlarini texnologik jarayon talablari va konstruktiv yechimlardan kelib chiqqan holda bloklash lozim.
156. Tozalash inshootlari bino va inshootlarining konstruksiyalarini korroziyaga qarshi himoya qilish SHNQ 2.03.11-24 va quyidagi 21-jadvalga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
21-jadvalBino va xonalarPardoz ishlariDevorlarShiftlarPollar1234Binoning panjaralarigʻisht devorlarni suvoq qilish, poldan balandligi 1,8 m boʻlgan sirlangan (shisha bilan) plita paneli, paneldan yuqorini namlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyashnamlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyashsopol plitaMetantenklarni boshqarish kamerasi, taqsimlash kamerasi, nasos stansiyalarigʻisht devorlarni suvoq qilish, namlikka chidamli boʻyoq bilan boʻyash, temir-beton devorlarni silliqlash, yelimli boʻyoq bilan boʻyashyelimli boʻyoq bilan boʻyashsopol plitaChoʻkmani suvsizlantirish sexipanel devorlar choklarini toʻldirish, gʻisht devorlarni suvoq qilish, namlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyashnamlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyash-Havo purkash stansiyalari,mashina zalipanel devorlar choklarini toʻldirish, gʻisht devorlarni suvoq qilish, panelni 1,5 m balandlikda moyli boʻyoq bilan boʻyash, paneldan yuqorida yelimli boʻyoqlar bilan boʻyashyelimli oqlashkeramik plitka (montaj maydonchasidagi beton pol)Yordamchi xonalarchoklarni kesib gʻisht terish, panel choklarini silliqlash yoki toʻldirish, ohakli oqlashohak bilan oqlashsementli polFiltrlargʻisht devorlarni suvoq qilish, namlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyash-sementli polNasos stansiyalar,mashina zaligʻisht devorlarning yer ustki qismini suvoq qilish, chuqurlashtirilgan qismida — beton yuzalarni sement eritmasi bilan silliqlash, panellarni 1,5 m balandlikka moyli boʻyoq bilan boʻyash, paneldan yuqorida yelimli boʻyoqlar bilan boʻyashyelim bilan oqlashsopol plitaQabul qilish sigʻim (rezervuar) ustidagi xonalargʻisht devorlarni suvoq qilish, yer osti qismi beton devorlarini sement qorishmasi bilan silliqlash, namlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyashnamlikka chidamli boʻyoqlar bilan boʻyashsementli pol
157. Tozalash inshootlari tizimi binolaridagi xoʻjalik, maʼmuriy, laboratoriya va ishlab chiqarish, maishiy xonalarni ichki pardozlash ishlari SHNQ 2.09.02-23 ga muvofiq bajarilishi kerak.
2-§. Tozalash inshootlarining isitish va ventilyatsiya tizimlariga qoʻyiladigan talablar
158. Tozalash inshootlarining ishlab chiqarish xonalaridagi isitish va ventilyatsiya tizimlarini loyihalash jarayonida SHNQ 2.04.05-22 ga muvofiq, uskunalar, armaturalar va kommunikatsiyalardan zararli ajralmalar miqdorini hisobga olish kerak. Zararli ajralmalar miqdori loyihaning texnologik qismi maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinishi lozim.
159. Loyihaning texnologik qismi maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda, xuddi shunday mavjud inshootlarning dala tadqiqotlari maʼlumotlaridan foydalanish kerak. Oʻxshashi boʻlmagan inshootlar uchun havo miqdorini quyidagi jadvalga muvofiq hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
22-jadvalBino va xonalarIsitish tizimlarini loyihalash uchun havo harorati, oS1 h (soat)da havo almashinuvi karraligikiruvchi oqimchiquvchi oqim1234Suv chiqarish tizimining nasos stansiyalari (mashina zallari):maishiy va tarkibiga koʻra ularga yaqin boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari va choʻkindilar5Ortiqcha issiqlikni olib tashlash uchun hisob-kitob boʻyicha, lekin kamida 3portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari5Mazkur jadvalning 2-izohiga muvofiq olinishi kerakNasos stansiyalarining qabul qilish rezervuarlari va uzatish panjaralari xonalari:555maishiy va tarkibiga koʻra ularga yaqin boʻlgan ishlab chiqarish oqova suvlari va choʻkindilarishlab chiqarishning agressiv yoki portlovchi chiqindi suvlari5Mazkur jadvalning 2-izohiga muvofiq olinadiHavo purkash stansiyalari5Ortiqcha issiqlikni olib tashlash uchun hisob-kitob boʻyicha olinishi kerakBinoning panjaralari555Mexanik suvsizlantirish sexi (vakuum-filtrlar xonasi va bunker boʻlimi)16Ortiqcha issiqlikni olib tashlash uchun hisob-kitob boʻyicha olinishi kerakEritma tayyorlash uchun reagent xoʻjaligi:temir xloridi, ammoniy sulfat, oʻyuvchi natriy, xlorli ohak1636ohak suti, superfosfat, ammiakli selitra, kalsinatsiyalangan soda, poliakrilamid1633Omborlar:natriy bisulfiti566ohak, superfosfat, ammiakli selitra (idishda), ammoniy sulfat, kalsinatsiyalangan soda, poliakrilamid533
Izohlar:
1. Ishlab chiqarish xonalarida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar mavjud boʻlganda ulardagi havo harorati 16 oS dan kam boʻlmasligi kerak.
2. Havo almashinuvi hisob-kitob asosida qabul qilinishi kerak. Xonalar havosiga ajralib chiqayotgan zararli moddalar miqdori toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, oqova suvlar kelib tushadigan asosiy ishlab chiqarishning talablari asosida havo almashinuvining karraligi boʻyicha ventilyatsiya havosining miqdorini aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
160. Tozalash inshootining panjaralari va qabul qilish sigʻim (rezervuar)lari boʻlimida havoni chiqarib tashlashni yuqori zonadan 1/3 va pastki zonadan 2/3 hajmda koʻzda tutish lozim.
Bunda, kanallar va sigʻim (rezervuar)larning yopmalari ostidan ham havoni chiqarib yuborish kerak.
161. Tozalash inshootlarining ishlab chiqarish xonalaridagi isitish tizimlarini loyihalashda mexanizatsiyalashtirilgan energiya resurslaridan (gaz-metan, mikroprotsessor havo va oqova suvlar mikroprotsessorli) foydalanish imkoniyatini hisobga olish kerak.
162. Tozalash inshootlarining chuqurlashtirilgan binolarini boshqa inshootlardan 10 m dan va quvur oʻtkazgichlardan 12 Dext (Dext quvur oʻtkazgichning tashqi diametri) dan kam boʻlmagan masofada joylashtirilishi zarur.
163. Tozalash inshootlari quvurlarining nasoslarga ulangan joylarida quvurlar uchlarining burchakli va boʻylama oʻzaro siljishiga imkon beradigan egiluvchan birikmalarni koʻzda tutish lozim.
164. Tozalash inshootlarini loyihalashda obyekt hududini oqova suvlar bosishidan, shuningdek, avariya holati yuz berganda yer osti suvlari va ochiq suv havzalari (suv oqimlari) ifloslanishidan himoya qilish maqsadida, tarmoqdan suv obyektlariga tashlamasdan, boshqa tarmoqlarga yoki favqulodda sigʻim (rezervuar)larga (bosim ostida) oʻtkazishni hisobga olish kerak.
165. Choʻkuvchan, shoʻrlangan va boʻrtib (koʻpchib) chiqqan gruntlarda qurilishi rejalashtirilgan tozalash inshootlari SHNQ 2.02.01-24 ga muvofiq loyihalanishi lozim.
166. Qayta ishlanadigan hududlarda tozalash inshootlarini loyihalashda kon lahimlari natijasida yuzaga keladigan yer yuzasining siljishi va deformatsiyasidan qoʻshimcha taʼsirlarni hisobga olish kerak.
Kon lahimlarining taʼsiridan himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlari ularni loyihalashtirilayotgan tarmoqlar va inshootlar ostida oʻtkazish muddatlarini hisobga olgan holda QMQ 2.04.02-19 va QMQ 2.04.03-19ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
167. Qayta ishlanadigan hududlarda tozalash inshootlarini loyihalashda filtratsiya maydonlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
168. Qayta ishlanadigan hududlarda tozalash inshootlarini loyihalashda muhofaza qilish tadbirlarini tanlash va ularning hajmini aniqlash, loyihalashtirish bosqichida ishlab chiqiladigan kon-geologik asoslashda qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tozalash inshootlarini va tarmoqlari joylashgan maydonlarni, shuningdek maydon tashqarisidagi quvurlarning alohida uchastkalarini qazish ishlarini boshlash muddatlari;
tektonik buzilishlar yuzasiga (nasoslar ostiga) chiqish chiziqlari, shaxta dalalari chegaralari va muhofaza hududlarining quvurlar bilan kesishgan joylari;
yer yuzasida pogʻonali va oʻpirilgan yirik yoriqlar hosil boʻlishi mumkin boʻlgan hududlar.
169. Qayta ishlanadigan hududlarda tozalash inshootlarini qattiq va kombinatsiyalangan konstruktiv sxemalar boʻyicha loyihalash zarur.
Qattiq bloklar va boʻlinmalar rejasidagi oʻlchamlari quyidagilar mavjudligiga qarab hisoblash yoʻli bilan aniqlanishi lozim:
yer yuzasining deformatsiyalanish kattaligi;
amalda bajariladigan konstruktiv himoya choralari;
zarur kompensatsiya (toʻldirish) qobiliyatiga ega boʻlgan deformatsiya choklari.
170. Tozalash inshootlari yopiq isitiladigan va ishlab chiqarish quvvati 3 ming m3/d dan 5 ming m3/d gacha boʻlgan binolarda joylashtirilishi kerak.
Tozalash inshootlarini ishlab chiqarish quvvati yuqori boʻlganda va issiqlik-texnik hisob-kitoblarga koʻra, ochiq havoda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, ular ustida chodirlar, oʻtish galereyalari va shu kabilar loyihalanishi hamda inshoot, mexanik tugun va qurilmalarni muzlashdan himoya qilish chora-tadbirlari bajarilishi kerak.
171. Tozalash inshootlarining binolari va inshootlari, ularning qurilish konstruksiyalari, ichki muhandislik-texnik taʼminot tizimlari (isitish, sovitish, shamollatish, havoni konditsiyalash, yoritish tizimlari), shuningdek binolar va inshootlarni qurish hamda taʼmirlashda qoʻllaniladigan qurilish materiallari va buyumlari energiya samaradorligi talablariga javob berishi lozim. Ushbu binolar va inshootlardan foydalanish jarayonida energiya resurslarini tejash hamda ularning sarfini kamaytirish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
172. Tozalash inshootlarining bino va inshootlarini qurishni mumkin boʻlgan eng kam energiya resurslari sarflagan holda amalga oshirilishi lozim.
173. Tozalash inshootlari bino va inshootlarining energiya isteʼmoli quyidagi koʻrsatkichlar asosida yagona tizim sifatida baholanishi kerak:
foydalanish davrida energiya resurslarining solishtirma sarfi;
qurilish konstruksiyalari elementlari, bino va inshootlar qismlari, quvurlar va asbob-uskunalarning issiqlik izolyatsiyasi (issiqlikdan himoyalash) xossalari.
8-bob. Yongʻin xavfsizligi
174. Tozalash inshootlari obyektlarining yongʻin xavfsizligi quyidagi tizimlar bilan taʼminlanishi lozim:
yongʻinga qarshi himoya;
tashkiliy-texnik tadbirlar.
175. Yongʻinni oʻchirish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan suv havzalariga (pirslarga) kengligi kamida 3,5 m boʻlgan, oʻlchamlari 12x12 m dan kichik boʻlmagan maydonchalari boʻlgan kirish yoʻllarini koʻzda tutish kerak.
176. Evakuatsiya chiqishlari, avariya-qutqaruv xizmatlarining kirish joylari, yongʻin narvonlari, yongʻin oʻchirish mashinalarini quritish quvurlariga ulash punktlari, avariya-qutqaruv xizmatlarining maxsus texnikasini joylashtirish uchun maydonchalar koʻrsatkichlar bilan belgilangan boʻlishi lozim.
SHNQ 2.04.22-25 “Yer usti oqova suvlarni tozalash inshootlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Tozalash inshootlarining sxemalari
1-rasm. Ikki boʻlmali (seksiya) hovuz-tindirgich sxemasi
1 — yomgʻir oqova suvlarini chiqarib yuborish kollektori, 2 — taqsimlash kamerasi, 3 — uzatuvchi quvur, 4 — moy-neft mahsulotlarini ushlab turish boʻlimi, 5 — tindirgich boʻlmasi (seksiya), 6 — chiqindi tutuvchi panjara, 7 — yarim choʻkma qalqonlar, 8 — moy-neft mahsulotlarini qabul qiluvchi, 9 — moy-neft mahsulotlarini tindirish uchun sigʻim, 10 — suv olish qudugʻi, 11 — tozalangan suvni oqizish kamerasi, 12 — kirish yoʻli, 13 — ajratuvchi damba
2-rasm. Toʻrt boʻlmali (seksiya) hovuz-tindirgich sxemasi
1 — yomgʻir oqova suvlarini chiqarib yuborish kollektori, 2 — taqsimlash kamerasi, 3 — uzatuvchi quvur, 4 — uzib-ulash kamerasi, 5 — sochuvchi chiqarish, 6 — chiqindi tutuvchi panjara, 7 — yarim choʻkma qalqonlar, 8 — moy-neft mahsulotlarini tindirish uchun sigʻim, 9 — suv tashlash, 10 — moy-neft mahsulotlarini qabul qiluvchi, 11 — moy-neft mahsulotlarini ushlab turish boʻlimi, 12-tindirgich boʻlmasi (seksiya), 13 — ajratuvchi damba, 14 — tozalangan suvni oqizish kamerasi, 15 — kirish yoʻli, 16 — suv olish quduqlari
3-rasm. Qoʻshimcha choʻktirish boʻlmali (seksiya) hovuz-tindirgichni sxemasi
1 — yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektori, 2 — taqsimlash kamerasi, 3 — uzatuvchi quvur, 4 — chiqarish, 5 — buriluvchi tirqishli quvur, 6 — yarim choʻkma qalqonlar, 7 — moy-neft mahsulotlarini tindirish uchun sigʻim, 8 — suv olish qudugʻi, 9 — suv tashlash; 10 — tindirgich boʻlmasi (seksiya), 11 — qoʻshimcha tindirish boʻlmasi (seksiya), 12 — taqsimlovchi damba, 13 — oqova suv kamerasi, 14 — kirish yoʻli
4-rasm. Filtrli kaskadli hovuz-tindirgich sxemasi
1 — birlamchi tindirgich boʻlmasi (seksiya), 2 — qoʻshimcha tindirish boʻlmasi (seksiya), 3 — toʻliq tozalash filtri, 4 — chiqindi tutuvchi panjara, 5 — moy-neft mahsulotlarini haydash moslamasi, 6 — moy-neft mahsulotlarini qabul qiluvchi, 7 — yarim choʻkma qalqonlar, 8 — suv tashlash, 9 — sochib chiqaruvchi, 10 — suv oʻtkazuvchi, 11 — qish davrida ishlash uchun suv tashlagich, 12 — tirqishli quvur, 13 — tozalangan suvni oqizish galereyasi, 14 — tub chiqarish, 15 — moy-neft mahsulotlarini tindirish uchun idish, 16 — suv olish qudugʻi, 17 — qattiq choʻkindilarni toʻplash uchun filtrli maydoncha, 18 — ajratish dambasi, 19 — yomgʻir oqova suvlarini chiqarib yuborish kollektori, 20 — taqsimlash kamerasi, 21 — oʻtkazuvchi quvur, 22 — kirish yoʻli, 23 — filtrdan galereyaga suv chiqarish uchun teshiklar
5-rasm. Suv havzasi bilan tutashgan hovuz-tindirgich sxemasi
1 — yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektori, 2 — taqsimlash kamerasi, 3 — moy-neft mahsulotlarini ushlab turish boʻlimi, 4 — tindirgich boʻlmasi (seksiya), 5 — moy-neft mahsulotlarini qabul qiluvchi, 6 — moy-neft mahsulotlarini tindirish uchun sigʻim, 7 — suv olish qudugʻi; 8 — yarim choʻkma qalqonlar, 9 — qismlarga ajratiladigan toʻgʻon, 10 — ajratish dambasi, 11 — kirish yoʻli
6-rasm. Statsionar qalqonli toʻsiq sxemasi
1 — yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektori, 2 — taqsimlash kamerasi, 3 — kuzatuvchi quvur, 4 — suzuvchi toʻsiq, 5 — temir-beton osma devor, 6 — qalqonli zatvor
7-rasm. Yopiq turdagi ikki boʻlmali (seksiya) tozalash inshooti sxemasi
1 — taqsimlash kamerasi, 2 — uzatuvchi quvur, 3 — uzib-ulash kamerasi, 4 — taqsimlovchi nov (lotok), 5 — chiqindi tutuvchi panjara, 6 — tindirgich boʻlmasi (seksiya), 7 — moy-neft mahsulotlarini qabul qiluvchi, 8 — moy-neft mahsulotlarini tindirish uchun idish, 9 — suv olish qudugʻi, 10 — toʻliq tozalash filtri, 11 — tozalangan suvni yigʻish galereyasi, 12 — yomgʻir oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektori
SHNQ 2.04.22-25 “Yer usti oqova suvlarni tozalash inshootlarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Hisob-kitob muddati m ga bogʻliq holda oqim intensivligi jadvali va n parametri
