“4021-modda. Yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilmaslik majburiyati
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1084-son) · Sana: 26.09.2025 · Amalda
Ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi”;
9) 423-modda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi”;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
10) 560-moddaning matnidagi “birinchi va ikkinchi” degan soʻzlar “birinchi va uchinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda, № 8, 827-modda, № 9, 964, 969-moddalar, № 11, 1191-modda, № 12, 1280, 1286-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 3, 373-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 60-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bila turib yolgʻon xulosa berganlik, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun ekspert Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238, 239-moddalariga muvofiq javobgar boʻladi”;
2) 62-moddaning ikkinchi qismi “oʻzi bajarayotgan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi” degan soʻzlardan keyin “yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmasligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
