Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1448-1-son)
22.03.2005
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 22-martda 1448-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2005-yil 14-yanvardagi 2 va 259-V-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2005-yil 2-fevral, roʻyxat raqami 1448-son — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 5-6-son, 40-modda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-mart,
32-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-mart,
259-V-1-son
Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 14-martdagi 32, 259-V-1-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 5-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“MTPlar, muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari) va qishloq xoʻjalik texnikasi mavjud boʻlgan boshqa xoʻjalik subyektlarining xizmatlari uchun toʻlovlar;”
2. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Bunda, ushbu Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdori yuzasidan tavsiyalar (1-ilova) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun agrotexkartalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Mazkur tavsiya etilayotgan xarajatlarning agrotexnika meʼyorlari qishloq xoʻjaligi korxonalariga biznes reja (2-ilova) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi korxonasining biror bir xarajat turi boʻyicha toʻlovlarga ehtiyoji boʻlmagan hollarda, kredit resurslarini ayrim maqsadlarga sarflashdan voz kechish huquqiga ega (mineral oʻgʻit, kimyoviy yoki biologik vositalar va urugʻlik material xarajatlari bundan mustasno).
Bunda, tegishli oyda ishlatilmagan kredit resurslari qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan tasdiqlangan biznes rejaga muvofiq boshqa ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha (ish xaqidan tashqari), shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmogʻlarini tozalashga ishlatilishi mumkin.”
3. 13-band qoʻshimcha tarzda quyidagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Shuningdek, qishloq xoʻjalik korxonalarining yozma roziliklari boʻlgan taqdirda, ushbu tartibning 5-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga moliyalashtirilayotgan joriy yil hosili uchun yetkazib berilgan moddiy texnik resurslar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun K-2ga qoʻyilgan va belgilangan tartibda qarz oluvchi tomonidan akseptlangan toʻlov talabnomalariga muvofiq toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.
Toʻlov talabnomalari qarz oluvchi tomonidan akseptlanmagan taqdirda, toʻlovlar sud qarori asosida undiriladi.”
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK va Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
“Oʻzagrosugʻurta” DASK raisi P. KAZIYEV
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBULOV
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjalik korxonalarini _____ yil paxta (gʻalla) hosilini yetishtirish xarajatlarining har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng koʻp miqdori yuzasidan TAVSIYALAR
*) Boshqa xarajatlar uchun toʻlovlar quyidagi koʻrsatilgan xarajat moddalari boʻyicha amalga oshiriladi.
1. Banklar xizmati
2. Xoʻjalik va idora xarajatlari
3. Ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xarajatlari
4. Kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr energiya, isitish va boshqalar) uchun toʻlovlar
5. Xoʻjalik ixtiyoridagi avtotransport uchun YoMM xarajatlari
6. Sugʻurta xarajatlari
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmalarini saqlash xarajatlari (tuman QSXB, uyushma)
8. Boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi va budjet toʻlovlari
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-con, 95-modda)
