Sanoat xavfsizligi sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3680-son)
24.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3680]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son “Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Sanoat xavfsizligi sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. RAFIQOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-avgust,
21-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 26-avgust
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 15-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 26-avgustdagi 21-son qaroriga ILOVA
Sanoat xavfsizligi sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3680/0868-son)
