Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-286-son)
16.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq, shuningdek, davlat organlari va iqtisodiyotning real sektori korxonalarining faoliyatini raqamli transformatsiyalash, koʻrsatilayotgan elektron xizmatlar koʻlamini kengaytirish, hududlarda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
I. Ustuvor yoʻnalishlar
1. Quyidagilar “Raqamli hukumat” tizimini 2025-2026-yillarda rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyihani ishga tushirish, elektron davlat xizmatlari ulushini 70 foizga yetkazish hamda mahallalarda 30 turdan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish;
(b) hududlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan 66 ming km optik tolali aloqa liniyasini oʻtkazish, 2 284 ta tayanch stansiyani ishga tushirish, 100 dan ortiq axborot tizimini joriy etish;
(v) aholi va tadbirkorlar uchun 100 dan ortiq turdagi elektron xizmatlarni joriy etish, shu jumladan 10 turdagi davlat xizmatini proaktiv va kompozit shaklga oʻtkazish, 19 ta hayotiy vaziyatda fuqarolarga avtomatik tarzda xabar yuborish.
II. Hududlarda aholiga elektron xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab kiberxavfsizlik talablariga rioya etgan holda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, toʻlov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) pulli elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati yaratiladi;
(b) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab nodavlat notijorat tashkilotlariga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat beriladi;
(v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi maʼlumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.
3. Hududlarda mahalla va manzillar boʻyicha maʼlumotlarni yuritishda yagona yondashuvni yoʻlga qoʻyish maqsadida:
(a) Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda:
(i) 2025-yil 15-oktabrga qadar mahalla fuqarolari yigʻinining yagona identifikatori sifatida kadastr raqamini qoʻllagan holda “Raqamli hukumat” tizimining Mahallalarning markazlashgan reyestri ishga tushirilishini;
(ii) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Mahallalarning markazlashgan reyestri davlat organlari va tashkilotlarining “Raqamli hukumat” tizimi bilan integratsiyalashgan axborot tizimlari va resurslarida majburiy tarzda qoʻllanilishini;
(b) Kadastr agentligi 2026-yil 31-dekabrga qadar koʻchmas mulk obyektlarining barcha maʼlumotlari “UZKAD” axborot tizimiga oʻtkazilishini, shuningdek, Butunjahon geodeziya koordinatalari tizimiga (WGS-84) bogʻlangan yagona davlat manzil reyestrining shakllantirilishini taʼminlasin.
III. Soha va tarmoqlarni raqamlashtirish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
(a) ijtimoiy himoya va sogʻliqni saqlash sohalarida:
(i) 2026-yil 1-maydan boshlab nogironlikni belgilash (bolalikdan nogironligi boʻlgan, I va II guruh nogironlari) boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yoʻllanmani shakllantirish va elektron navbatga qoʻyish kompozit shaklda amalga oshiriladi;
(ii) 2026-yil yakuniga qadar “Raqamli sogʻliqni saqlash” platformasiga integratsiyalashgan, tibbiy koʻrik jarayonida shifokor nutqini avtomatik ravishda bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qoʻyishda shifokorga koʻmaklashuvchi sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi;
(b) taʼlim sohasida:
(i) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qaytarish boʻyicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
(ii) 2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayoni bilan bogʻliq davlat xizmatlarini Yagona portal orqali koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi;
(v) suv xoʻjaligi sohasida 2025-yil 1-noyabrdan boshlab fermer va dehqon xoʻjaligi hamda tadbirkorlik subyektlariga suv taqsimlash bilan bogʻliq barcha maʼmuriy tartib-taomillar “Suv hisobi” suv resurslarini boshqarish yagona tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;
(g) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab transport vositasiga gaz baloni oʻrnatilganligiga oid maʼlumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;
(d) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Yagona portal orqali chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi boʻyicha bir yilgacha boʻlgan muddatga vaqtincha roʻyxatga olish amaliyoti joriy etiladi.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar taʼlim, sogʻliqni saqlash va sugʻurta sohalarida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini joriy etsin.
IV. “Raqamli hukumat” ekotizimini takomillashtirish
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar, jumladan quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli hukumat” tizimining “OASIS” (Oʻzbekiston axborot sistemalarining integratsion servisi) yagona raqamli platformasini ishlab chiqsin:
(a) davlat axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni taʼminlash;
(b) modullarga asoslangan texnologiyalar yordamida axborot tizimlarini yaratish jarayonlarini maqbullashtirish;
(v) davlat axborot tizimlarining moslashuvchanligi, xavfsizligi va samaradorligini oshirish.
7. Belgilansinki:
(a) “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi “Raqamli hukumat” tizimining “OASIS” yagona raqamli platformasining operatori hisoblanadi;
(b) “OASIS” yagona raqamli platformasini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalar vazirligi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Raqamli texnologiyalar vazirligiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish tizimini takomillashtirish maqsadida IT-auditni oʻtkazish hamda tizimni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklansin.
V. Raqamli industriyani qoʻllab-quvvatlash
9. Belgilansinki, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab:
(a) “Raqamli startaplar” dasturi va (yoki) Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni”da ishtirok etuvchi startap loyihalarga “Raqamli hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasidan axborot xavfsizligi talablari va belgilangan tartibga rioya qilgan holda bir yil muddatga qadar bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi;
(b) Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari uchun masofadan turib bank hisobvaraqlari hamda virtual bank kartalarini ochishga ruxsat beriladi.
10. 2026-yil 1-yanvardan boshlab IT-park rezidentlariga quyidagilarga ruxsat etilsin:
(a) reklama xizmatlari va dasturiy taʼminotdan foydalanishga boʻlgan obunalar uchun korporativ bank kartalari orqali toʻlovlarni kalendar yil davomida eksport tushumlari doirasida, biroq 500 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshirish. Bunda:
(i) reklama Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan 100 milliondan ortiq auditoriyaga ega axborot resurslari va tizimlari (shu jumladan, veb-saytlar, platformalararo resurslar, messendjerlar va ijtimoiy tarmoqlar)da joylashtirilishi talab etiladi;
(ii) reklama xizmatlari va dasturiy taʼminotdan foydalanish obunasi boʻyicha ommaviy oferta va invoyslar, shuningdek, toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “E-contract” tashqi savdo axborot tizimiga kiritiladi;
(iii) umumiy summasi 5 ming AQSH dollarigacha boʻlgan ommaviy oferta, invoys va toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “E-contract” tashqi savdo axborot tizimiga kiritilishi talab etilmaydi hamda ushbu xarajatlar debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi;
(b) yaratgan dasturiy mahsuloti obunasi uchun xorijiy davlatlardan kelib tushadigan toʻlovlarni “E-contract” tashqi savdo axborot tizimiga kiritmagan holda ommaviy oferta orqali qabul qilish.
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
11. Quyidagilar:
(a) 2025-2026-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(b) 2025-2026-yillarda soha va tarmoqlarni raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(v) 2025-2026-yillarda “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
(g) Davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan xizmatlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
(d) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hayotiy vaziyatlar yuzaga kelganda foydalanuvchilarga avtomatik tarzda yuboriladigan elektron xabarnomalar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
(j) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi joriy etiladigan, shuningdek, kompozit shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Raqamli texnologiyalar vazirligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-sentabr,
PQ-286-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 1-ILOVA
2025-2026-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar
ROʻYXATI
Mazkur loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 2-ILOVA
2025-2026-yillarda soha va tarmoqlarni raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar
ROʻYXATI
* Mazkur loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 3-ILOVA
2025-2026-yillarda “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 4-ILOVA
Davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan xizmatlar
ROʻYXATI
T/rDavlat xizmati nomiJoriy etish muddatiMasʼul ijrochilar1.Onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa va fiskal modulga texnik xizmat koʻrsatish markazlarining davlat reyestriga kiritish (chiqarish)2026-yil yanvarSoliq qoʻmitasi2.Koʻchma savdo obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish2026-yil mart3.Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash2026-yil mart4.Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (chiqarish)2026-yil mart5.Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish2026-yil aprelBojxona qoʻmitasi6.Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish2026-yil aprel7.Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash2026-yil fevralQishloq xoʻjaligi vazirligi8.Chorvachilik xoʻjaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qoʻy va echkilar uchun subsidiya ajratish2026-yil fevral9.Xarid qilingan zamonaviy sholi urugʻini ekish seyalkalari va koʻchat ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish2026-yil mart10.Omborxonalarni jihozlash, shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash2026-yil aprelOʻzbekiston fermerlari kengashi11.Dukkakli ekinlar yetishtirish uchun suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash2026-yil aprelAgrosanoatni rivojlantirish agentligi12.Poliz ekinlari yetishtirish uchun suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash2026-yil aprel13.Kartoshka yetishtirish uchun suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash2026-yil may14.Ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash2026-yil may15.Donli (gʻalla va yormabop) ekinlar yetishtirish uchun suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash2026-yil may16.Advokatlik guvohnomasini berish, almashtirish va tiklash2026-yil iyunAdliya vazirligi17.Hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlash2026-yil iyun18.Ixtiroga patent olish2026-yil iyun19.Foydali modelga patent olish2026-yil iyun20.Sanoat namunasiga patent olish2026-yil iyun21.Seleksiya yutugʻiga patent olish2026-yil iyun22.Integral mikrosxemalar topologiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish2026-yil iyul23.Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul24.Tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul25.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatish va tugatish2026-yil iyul26.Tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxona va filiallarini hisobga olish (chiqarish)2026-yil iyul27.Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul28.Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul29.Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul30.Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul31.Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish2026-yil iyul32.Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish (yuridik shaxslar birlashmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, advokatlik tuzilmalari)2026-yil iyul33.Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reyestridan yuridik shaxslar toʻgʻrisida koʻchirma berish (davlat organlari va muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, advokatlik tuzilmalari)2026-yil iyul34.Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish2026-yil noyabr35.Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish2026-yil avgustKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi36.Qorakoʻlchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorakoʻl va qorakoʻlcha teri uchun subsidiya berish2026-yil avgustVeterinariya qoʻmitasi37.Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish2026-yil avgustIchki ishlar vazirligi38.Davlat ekologik ekspertizasini rasmiylashtirish2026-yil sentabrEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi39.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish2026-yil oktabr“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi40.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash2026-yil noyabr41.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish2026-yil noyabr42.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqonchilik va tomorqa xoʻjaligini yuritish bilan shugʻullanayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish2026-yil dekabr43.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash2026-yil dekabr46.Davlat mulklarini ijaraga berish2027-yil yanvarDavlat aktivlarini boshqarish agentligi47.Oʻlchash vositalarini davlat sinovidan oʻtkazish2027-yil yanvarOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi48.Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish2027-yil yanvar49.Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish2027-yil yanvar50.Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish2027-yil yanvar
Izoh: mazkur roʻyxatga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 5-ILOVA
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hayotiy vaziyatlar yuzaga kelganda foydalanuvchilarga avtomatik tarzda yuboriladigan elektron xabarnomalar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 6-ILOVA
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi joriy etiladigan, shuningdek, kompozit shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari
ROʻYXATI
T/rDavlat xizmatlari nomiMaʼmuriy reglament ishlab chiqish muddatiLoyiha texnik hujjatlarini tasdiqlash muddatiYagona portal bilan integratsiya qilish muddatiXizmatni Yagona portalda joriy etish muddatiMasʼul ijrochiI. Fuqarolik1.Shaxsning jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish.2025-yil noyabr2025-yil dekabr2026-yil fevral2026-yil martIchki ishlar vazirligi2.Xorijiy mamlakatlarda qayd etilgan tugʻilishni FHDY organlarida roʻyxatdan oʻtkazish.2025-yil noyabr2025-yil dekabr2026-yil fevral2026-yil martAdliya vazirligiII. Ijtimoiy himoya va mehnat munosabatlari3.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursida oʻqish xarajatlarini qoplash.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil martYoshlar ishlari agentligi4.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarni qoplash.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil aprelYoshlar ishlari agentligi5.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini qoplash.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil aprelYoshlar ishlari agentligi6.“Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil aprelYoshlar ishlari agentligi7.Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini toʻliq qoplash.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil aprelYoshlar ishlari agentligi9.Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanoma berish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayOila va xotin-qizlar qoʻmitasi10.Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasasiga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanomalar berish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayOila va xotin-qizlar qoʻmitasi11.Xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasbiy malakasini tasdiqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazish.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil martMilliy malaka tizimini rivojlantirish instituti12.Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Pensiya jamgʻarmasiIII. Sogʻliqni saqlash13.086 shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish.-2025-yil noyabr2025-yil dekabr2026-yil yanvarSogʻliqni saqlash vazirligi14.Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishga ariza berish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil maySogʻliqni saqlash vazirligi15.Nikohga kiruvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtganligi haqidagi yakuniy tibbiy maʼlumotlari bilan tanishish.-2025-yil oktabr2025-yil noyabr2025-yil dekabrSogʻliqni saqlash vazirligiIV. Transport16.Avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash (texnik shikast yetgan).2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil martIchki ishlar vazirligiV. Taʼlim17.Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun toʻlov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va olish.-2025-yil sentabr2025-yil oktabr2025-yil noyabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi18.Kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil aprelOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi19.Xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni respublika oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi20.Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayOliy attestatsiya komissiyasi21.Kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchilariga akademik maʼlumotnoma (transkript) berish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi22.Oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olish uchun ariza topshirish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi23.Sport mahorat maktablariga oʻqishga kirish uchun ariza berish.2026-yil avgust2026-yil sentabr2026-yil oktabr2026-yil oktabrSport vazirligi24.Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarga menejerlik sertifikatini berish.2026-yil yanvar2026-yil aprel2026-yil mayMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiVI. Kadastr, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi25.Kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Hududgaztaʼminot AJ”,“Oʻzsuvtaʼminot” AJ26.Aholi, sanoat va kommunal-maishiy korxonalar gaz jihozlariga profilaktik va texnik xizmat koʻrsatish.2025-yil dekabr2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil may“Hududgaztaʼminot” AJ27.Gaz tarmoqlarida qurilish montaj xizmatiga murojaat qilish.2025-yil dekabr2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil may“Hududgaztaʼminot” AJ28.Yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni roʻyxatga olish va muhrlash uchun ariza yuborish.2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Soliq qoʻmitasiVII. Standartlashtirish29.Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash uchun ariza yuborish.2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil may2026-yil iyunOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi30.Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish uchun ariza yuborish.2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil may2026-yil iyunOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi31.Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish uchun ariza yuborish.2026-yil avgust2026-yil sentabr2026-yil oktabr2026-yil noyabrOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi32.Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish uchun ariza yuborish.2026-yil avgust2026-yil sentabr2026-yil oktabr2026-yil noyabrOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi33.Mahsulotlar muvofiqligini baholash uchun ariza yuborish.2026-yil yanvar2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi34.Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish.2026-yil yanvar2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi35.Tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat olish uchun ariza yuborish.2026-yil yanvar2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,“Oʻzbekekspertiza” AJVIII. Ekologiya36.Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III va IV toifasiga mansub faoliyat turlari boʻyicha davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish.2026-yil yanvar2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi37.Ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va olib chiqishda ularni ekologik sertifikatlashdan oʻtkazish.2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi38.Sanoat, suyuq maishiy, qurilish, tibbiyot, zaharli-kimyoviy va yirik hajmli maishiy chiqindilarni shartnoma asosida olib chiqib ketish.2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil may2026-yil iyulEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiIX. Iqtisodiyot39.Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish.2026-yil yanvar2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil maySoliq qoʻmitasi40.Koʻchmas mulkni ijaraga berishda hisoblangan soliq miqdori bilan tanishish va uni toʻlash imkoniyatini yaratish.-2025-yil noyabr2025-yil dekabr2026-yil yanvarSoliq qoʻmitasi41.Jismoniy shaxslardan olinadigan yer va koʻchmas mulk soligʻidan ozod etish boʻyicha elektron murojaat yuborish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil iyulSoliq qoʻmitasi42.Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizini jismoniy shaxslarga qaytarish (cashback).2026-yil yanvar2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil maySoliq qoʻmitasiX. Madaniyat43.Madaniyat vazirligi tizimidagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini bitirganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari bilan tanishish va guvohnoma dublikatini olish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil aprelMadaniyat vazirligi44.“Koʻcha sanʼati va musiqasi” loyihasi ishtirokchilari yagona reyestriga kiritish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayMadaniyat vazirligi45.Madaniyat va sanʼat sohasi xodimlarining malakasini oshirish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayMadaniyat vazirligi46.Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik asarlari yagona reyestriga kiritish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil iyunMadaniyat vazirligi47.Madaniyat markazlarida qoʻshimcha toʻgarak, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil iyunMadaniyat vazirligi48.Madaniyat markazlaridagi toʻgaraklarga aʼzo boʻlish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil iyulMadaniyat vazirligi49.Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarni “Ijodkorlar” reyestriga kiritish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil iyulMadaniyat vazirligi50.Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun ariza yuborish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil maySport vazirligiXI. Boshqalar51.Fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamlari toʻgʻrisida maʼlumot olish-2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevralRaqamli texnologiyalar vazirligi52.Davlat xizmatlari uchun ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni qaytarishga elektron murojaat yuborish.2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil mayAdliya vazirligiXII. Kompozit shaklga oʻtkaziladigan davlat xizmatlari53.Nikohni qayd etishda nikohlanuvchi tomonlardan birining familiyasi oʻzgargan taqdirda nikohlanuvchining xohishiga koʻra ID-kartani yangisiga almashtirish.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil martAdliya vazirligi,Ichki ishlar vazirligi55.Obyektni rekonstruksiya qilishda kompozit shaklda arxitektura rejalashtirish topshirigʻini taqdim etish.2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi56.Obyektning ixtisoslashuvi oʻzgargan taqdirda kompozit shaklda kadastr pasportini shakllantirish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2026-yil fevral2026-yil mart2026-yil aprel2026-yil mayQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi57.Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlariga ulanish (texnik shart olish, loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va shartnoma tuzish bilan birgalikda).2025-yil noyabr2026-yil fevral2026-yil fevral2026-yil mart“Oʻzsuvtaʼminot” AJ58.Elektr tarmoqlariga ulanish (texnik shart olish, loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va shartnoma tuzish bilan birgalikda).2025-yil noyabr2026-yil fevral2026-yil fevral2026-yil mart“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ59.Gaz tarmoqlariga ulanish (texnik shart olish, loyiha ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va shartnoma tuzish bilan birgalikda).2025-yil noyabr2026-yil fevral2026-yil fevral2026-yil mart“Hududgaztaʼminot” AJ60.Nogironlikni belgilash (bolalikdan nogironlik, I va II guruh nogironligi) va tibbiyot muassasalarida imtiyozli davolanish uchun yoʻllanma olish.2027-yil mart2027-yil aprel2027-yil may2027-yil iyunIjtimoiy himoya milliy agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi61.Fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi, narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi holati haqida maʼlumot, hisoblangan ish haqi summalari haqida maʼlumot va mehnat faoliyatini tasdiqlash haqida maʼlumotlarni olish.-2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil martAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi62.Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishda elektron raqamli imzo kalitini berish, onlayn nazorat yoki virtual kassa mashinalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni kompleks shaklda koʻrsatish.2025-yil dekabr2026-yil yanvar2026-yil fevral2026-yil martAdliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3245-son qarorining 4-bandi:
(a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan taʼlim, sogʻliqni saqlash, mudofaa, geologiya va sud sohalariga texnologik uskunalar, dasturiy mahsulot, axborot tizimlari, shuningdek, dasturiy apparat komplekslari va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish, bunda koʻrsatilgan faoliyatga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari uchun belgilangan ajratmalar talablari qoʻllanilmaydi;
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlaridan maʼlumotlarni axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda olish va qayta ishlashga”;
(b) toʻrtinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25 foizi, bunda tushgan mablagʻlarning 50 foizi har oyda Yagona portalda elektron davlat xizmatlarini joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash uchun Yagona integratorga yoʻnaltiriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlarining tuman (shahar) boʻlinmalari va davlat tashkilotlarining roʻyxati quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: 2026-yil 1-yanvardan boshlab “E-huquqshunos” elektron tizimidan davlat organlari va tashkilotlarining:
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tuman (shahar) boʻlinmalari — shartnoma asosida;
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tuman (shahar) boʻlinmalari — bepul foydalanadi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-173-son qarorida:
(a) 4-bandda:
(i) birinchi xatboshida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) toʻrtinchi xatboshi “poliklinikalarni” soʻzidan keyin “(keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(iii) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar “E-huquqshunos” elektron tizimidan tegishli toʻlovni nazarda tutuvchi shartnoma asosida foydalanadi”;
(b) 5-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini” soʻzlari tegishincha “Raqamli texnologiyalar” hamda “Raqamli texnologiyalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarorining 10-bandida:
(a) birinchi xatboshida:
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) ikkinchi xatboshida:
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-fevraldagi “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-87-son qarorida:
(a) 1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun koʻrsatilgan xizmatlar hajmiga nisbatan past boʻlgan IT xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyihani (Local to Global) (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish”;
(b) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“IT park tomonidan Dasturda ishtirok etuvchi korxonalarning tadbirkorlik subyektlariga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini oʻn ikki oygacha boʻlgan ijaraga olish xarajatlarini Dastur doirasidagi mablagʻlar hisobidan bir metr kvadrat maydon uchun tegishli hududda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilangan ijara toʻlovi miqdorining 2 barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda tadbirkorlik subyektlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali qoplab berishga ruxsat etiladi”;
(v) 9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisidan “mazkur” soʻzi chiqarib tashlansin.
