Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1383-son)
09.07.2004
ELEKTR ENERGIYADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSRning qonuniy hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab SSSRning energetika va elektrlashtirish vazirligining Davlat elektr energetikada nazorat bosh boshqarmasi tomonidan 1984-yil 21-dekabrda tasdiqlangan “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari” Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Elektr energiyada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻi B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 21-may,
207-son
