Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonidagi ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (1170-V-son)
04.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan qator fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Xususan, mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish, hokimliklarda, kadastr, bank va soliq idoralarida byurokratiya, korrupsiyaviy omillarni butkul yoʻqotish, vazirliklardagi komplayens nazorat boʻlimlari faoliyati samaradorligini oshirish, yer ajratish boʻyicha shaffof tizimni yaratish borasida zarur choralar koʻrish lozimligi alohida qayd etildi.
Bu esa, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan va uning organlaridan mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarda yanada faolroq ishtirok etishni, belgilangan vazifalarni ushbu yoʻnalishda qoʻshimcha choralar koʻrgan holda, aniq rejaga muvofiq, oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taqozo etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan hududlarda, muhim sohalar va tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini chuqur oʻrganish, mazkur yoʻnalishda taʼsirchan parlament nazoratini olib borish, qonun loyihalarida korrupsiya uchun sharoit yaratadigan normalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan nazorat-tahlil tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi Chora-tadbirlar rejasining ijrosi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatib, har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati Chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
6. Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-avgust,
1170-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 4-avgustdagi 1170-V-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/rUstuvor vazifalarAmalga oshiriladigan ishlarBajarish muddatiMasʼullar1.2025-yil 29-iyul kuni boʻlib oʻtgan maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Qonunchilik palatasining organlari tomonidan oʻtkaziladigan tashkiliy-amaliy tadbirlar.1. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining taqdimotda koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatiga hamda ulardan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazish. Bunda joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida har bir siyosiy partiya fraksiyasi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni hamda fraksiyaning nuqtai nazarini belgilash.2025-yil 4-avgustQonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari,Qonunchilik palatasi qoʻmitalari,Qonunchilik palatasi Devoni2. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining taqdimotda koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatiga hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazish.3. Taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, quyi palata tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni Qonunchilik palatasi Kengashining majlisida koʻrib chiqish. 4. Ushbu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.2025-yil 6-7-avgust2.Saylovchilarga mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish.1. Deputatlarning har oyda saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha 29-iyulda oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalarning ahamiyatini, shu jumladan korrupsiyaviy holatlarning 75 foizi maishiy darajada sodir etilayotganligini, shu bois davlat tomonidan korrupsiyaning oqibatlarini emas, balki uning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilayotganligini saylovchilarga tushuntirish;korrupsiyaga nisbatan murosasiz boʻlish hamda mamlakatimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;hokimliklardagi, kadastr, bank va soliq idoralaridagi byurokratiya, “korrupsiyaviy tuynuklar”ni, joylarda yer ajratish boʻyicha qonunga zid xatti-harakatlarni bartaraf etish borasidagi ishlarni tahlil qilish;aholi bilan muloqotlar mobaynida sohalar va tarmoqlarda maʼmuriy va byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, korrupsiyaga imkon beruvchi shart-sharoitlarning oldini olish yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohazalarini eshitish hamda takliflarini olish;mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlar holatini oʻrganish;“mahalla yettiligi” bilan muloqot qilish hamda ularning faoliyati bilan bogʻliq korrupsiya omillarini oʻrganish;qurilish boʻlayotgan obyektlarga tashrif buyurgan holda pudratchi, loyihachi, buyurtma beruvchi bilan suhbat oʻtkazish hamda sohadagi maʼmuriy-byurokratik toʻsiqlarni va korrupsiyaga imkon beruvchi sabablarni bartaraf etish boʻyicha ularning fikrlarini eshitish hamda takliflarini olish.har oydaQonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari2. Saylov okruglarida mazkur yoʻnalishlarda olib borilgan ishlarning holati va natijalarini siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida muhokama qilib borish.saylov okrugiga chiqish yakunlari asosida3.Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish borasidagi ishlar ustidan taʼsirchan deputat nazoratini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.1. Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglaridagi faoliyati davomida korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni oʻrganish hamda bartaraf etish boʻyicha olib boriladigan ishlarga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini ham partiyaviyligidan kelib chiqib jalb qilish.har oydaQonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari2. Mahalliy Kengashlar sessiyalarining kun tartibiga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi masalalarni kiritish boʻyicha takliflar berish. 3. Viloyat, tuman, shahar hokimlarining hamda mutasaddi vazirlik va idoralar hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlari yuzasidan hisobotlarini mahalliy Kengashlarda eshitishda hududdan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtirokini taʼminlash.doimiy ravishda4.Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining ishtirokini yanada kengaytirish.Bunda qoʻmitalar oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirishi nazarda tutiladi:qonunlarda korrupsiyaga imkon beruvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;korrupsiyaga qarshi kurashish borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni, qonunlarning ijro etilish holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish, shuningdek mavjud huquqiy boʻshliqlarni va korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilishga qaratilgan takliflarni kiritib borish;Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganligini tahlil qilib borish;qonun loyihalarida korrupsiyaga imkon beruvchi normalar hamda raqobat muhitini rivojlantirishga taʼsir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;yangi qabul qilingan qonunlarning ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;vazirliklar va idoralar rahbarlarining sohada korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotini eshitib borish.doimiy ravishdaQonunchilik palatasining qoʻmitalari5.Har oyning 1 — 5-sanasida “jinoyatchilikka qarshi kurashish haftaligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish. 1. Joylarga chiqqan holda, har bir mahalla darajasigacha tushib, jinoyatlarning hamda korrupsiyaviy omillarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, ayniqsa, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda ijtimoiy profilaktikaning toʻgʻri tashkil etilganligini tanqidiy jihatdan oʻrganib borish.2. Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, qonunchilikka takliflar tayyorlash. har oyKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi6.Mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi tadbirlarini amalga oshirish samaradorligi yuzasidan olib borilgan ishlar boʻyicha qoʻmita eshituvini oʻtkazish.2025-yil sentabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi7.Korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni sohalar kesimida oʻrganish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.1. Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.2025-yil avgustBudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi2. Aholiga kadastr xizmatlarini koʻrsatish tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, Kadastr agentligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.2025-yil avgust3. Har yili budjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan uchta vazirlikda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.2025-yil sentabr — noyabrFuqarolarni xorijga ishga yuborishda ularning xavfsiz, kafolatli tarzda ishlashi uchun korrupsiyaviy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.2025-yil avgustMehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda oʻrganish yakunlari yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining axborotini qoʻmita majlisida eshitish.2025-yil sentabrTadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasiDavlat xizmatlarini raqamlashtirish koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish borasida Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish.Oʻrganish natijalarini qoʻmitaning yigʻilishida koʻrib chiqish.2025-yil sentabrInnovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasiFermer va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida korrupsiya omillarining oldini olish, shuningdek “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kambagʻal oilalarga berilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanilishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.2025-yil oktabrAgrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasiSanitariya-epidemiologik osoyishtalik va aholi salomatligini saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining axborotini qoʻmita majlisida koʻrib chiqish.2025-yil noyabrEkologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasiAholiga davlat yongʻin xavfsizligi xizmatini koʻrsatish tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish hamda takliflar tayyorlash.2025-yil dekabrXalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi8.Mahalliy budjetlarni shakllantirish va sarflash borasida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan olib borilayotgan deputatlar nazoratining natijadorligini va tashabbusli budjet jarayonlaridagi holatlarni tahlil qilish.Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:viloyatlar va tumanlarda (shaharlarda) mahalliy budjetlarning shakllanishi va sarflanishini Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida oʻrganishga;oʻrganish natijalarini tegishli vazirliklar ishtirokida qoʻmitada muhokama qilish va takliflar ishlab chiqishga.2025-yil sentabrBudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi9.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida shu yil 29-iyulda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan taqdimotda belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlab, vazirlik va idoralar xodimlari, muhim tarmoq va sohalar vakillari ishtirokida uchrashuv va tadbirlar oʻtkazish.Transport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, shuningdek yoʻl qurish va taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 7-avgustTadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasiMeva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari, Oʻzbekiston fermerlari kengashi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 14-avgustAgrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasiSogʻliqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent farmatsevtika instituti, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika sohalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 14-avgustMehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda pedagog-oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 19-avgustFan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasiOʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Investitsiya sanoat va savdo vazirligi, Bojxona qoʻmitasi hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari, eksportchi kichik tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 22-avgustTadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasiJinoyat ishlarini yuritishda shaxsning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishda advokatlarning rolini oshirish borasida advokatlar bilan ochiq muloqot oʻtkazish. 2025-yil 14-avgustKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasiIqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi hamda tijorat banklari vakillari, shuningdek Iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish markazi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Budjet-soliq ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 18-sentabrBudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasiAholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda korrupsiya va byurokratiyaning oldini olish borasida notariatning oʻrni, shu jumladan sohani raqamlashtirish, notarial idoralarning boshqa davlat xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan integratsiyalashuvi darajasini yaxshilash yuzasidan notariuslar bilan uchrashuv oʻtkazish.2025-yil 18-sentabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasiHududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashishga bagʻishlab, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida seminar-trening oʻtkazish.2025-yil avgustXalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi“Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazoratini kuchaytirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.2025-yil dekabr“Adolat” SDP fraksiyasi,“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi,Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi10.Hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga, jinoyatchilikni barvaqt profilaktika qilishga, maishiy korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qonuni loyihasini ishlab chiqish.1. “Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi hamda jamoat tartibini saqlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.2. Qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.3. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari aʼzolari bilan muhokama qilish.4. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish.2025-yil sentabrXalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi11.Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini Oliy Majlis palatalariga taqdim etishning aniq muddatini qonunchilikda belgilash yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqish.Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza taqdim etilishining aniq muddatini qonunda belgilash nazarda tutiladi.2025-yil avgust sentabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti12.“Korrupsiyaga qarshi kurashish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini takomiliga yetkazish va parlament tomonidan qabul qilinishi choralarini koʻrish.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqish. Loyiha bilan korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish bilan bir qatorda:“korrupsiyaga oid jinoyatlar”, “korrupsiyaviy jinoyatlar” roʻyxati shakllantiriladi;korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazodan ozod qilish institutlarining qoʻllanilishiga oid talablar kuchaytiriladi; davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan zararlarning oʻrni aybdor shaxslardan toʻliq qoplanishi mexanizmlari takomillashtiriladi;yoshlarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish vazifasi yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilanadi. 2025-yil sentabr-oktabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi,Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti121.Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishning huquqiy asosini yaratish.1. Vazirlar va hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid rejasini parlament Kengashida himoya qilishini qonunlarda belgilashga oid qonun loyihasini ishlab chiqish.2. Qonun loyihasini Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritish. 2025-yil sentabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi122.Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini hamda ularni tegishli vazirliklar boʻysunuvidan chiqarish va ularning mustaqil faoliyat koʻrsatishini tashkil etish yuzasidan takliflar tayyorlash.2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish. 2025-yil oktabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi123.Mamlakatimizda maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vakillik organlarining ishtirokini yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.1. Hududlarda tanlov asosida tumanlarni (shaharlarni) korrupsiyadan xoli hududga aylantirish boʻyicha taklif ishlab chiqish.2. Korrupsiyaning oldini olish borasida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yanada jadallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.3. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish. 2025-yil oktabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi124.Korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish.1. Oliy Majlis Senatining masʼul qoʻmitasi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligiga qarab davlat organlari ishini baholaydigan tizim yuzasidan, shu jumladan korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etishning mezonlarini aniq belgilash masalasini oʻrganib chiqqan holda takliflar tayyorlash.2. Takliflarni Qonunchilik palatasining Kengashiga kiritish.2025-yil noyabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi13.Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlar hamda sohadagi muammolarni parlament darajasida muhokama qilish.Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish.2025-yil dekabrKorrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasiKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzasini Qonunchilik palatasining majlisida eshitish. Milliy maʼruza taqdim etilishiga qarab14.Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi rolini oshirish ishlarini Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya bilan birgalikda samarali yoʻlga qoʻyish.1. Yoshlar parlamenti aʼzolarini korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqishga hamda mahalliy davlat organlarida korrupsiyaga qarshi monitoring ishlariga jalb etish.2025-yil sentabrFan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi2. Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish.2025-yil avgust — oktabr15.Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Qonunchilik palatasining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.1. Deputatlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan islohotlar, korrupsiya omillarini bartaraf etishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash yoʻnalishidagi ishlar haqida chiqishlar qilish. 2. Muhim sohalar va tarmoqlarda korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkazilayotgan parlament nazorati tadbirlari hamda ularning yakunlari boʻyicha erishilgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish choralarini koʻrish.3. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng ochib berishga qaratilgan deputatlar ishtirokidagi chellenjlarni tashkil etish.4. Davlat va nodavlat teleradiokanallarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tashkil etiladigan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokini taʼminlash.5. Qonunchilik palatasi deputatlarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning va erishilgan natijalarning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan chiqishlarni tashkil etish.doimiy ravishdaQonunchilik palatasi deputatlari,Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati
