281-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (397-II-son) · Sana: 29.08.2002 · Amalda
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma belgilangan miqdordagi patent boji toʻlangan taqdirda, patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Vazirlikka topshirilishi mumkin.
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sana oraligʻidagi davrda sanoat mulki obyektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik koʻrgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki obyektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.
