Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3674-son)
02.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 2 sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3674]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-fevraldagi 66-son “Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 31-iyul,
5-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2025-yil 25-iyul
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
2025-yil 23-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 5-son buyrugʻiga ILOVA
Aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritiladigan maʼlumotlar
ROʻYXATI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2025-y., 10/25/3674/0800-son)
