Jamoat foydalanish joylarida internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1393-son)
30.07.2004
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 30-iyulda 1393-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarilishini taʼminlash hamda jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻi xizmatini taqdim etishni tartibga solish maqsadida buyuraman:
1. Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Hamma erkin foydalanilishi mumkin boʻlgan foydalanish punktlarida Internet tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish tartibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 5-iyuldagi 186-son buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-iyul,
216-son
