Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (672-V-son)
24.03.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 17-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasidagi doimiy delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 170-IV/KQ-26-IV-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 251-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
672-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
KQ-113-V-son
