Ishlab chiqarish quvvatlarini kamaytirish (chiqarish) tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1391-son)
28.07.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASI “OʻZKIMYoSANOAT” DAVLAT AKSIONERLIK KOMPANIYASI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 28-iyulda 1391-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
“Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi qarorini bajarish boʻyicha nazorat rejasini ijro etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va “Oʻzkimyosanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi qaror qiladi:
1. Ishlab chiqarish quvvatlarini kamaytirish (chiqarish) tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-iyun,
38-son
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-iyun,
93-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-iyun,
2004-35-son
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-iyun,
01/06-14-son
“Oʻzkimyosanoat” davlat aksionerlik kompaniyasi raisi G. IBRAGIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-iyun,
01-2180-son
