Davlat xizmatlari yagona reyestriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3467-5-son)
26.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3467-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son “Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 10-iyuldagi 427-son “Intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 13-avgustdagi 512-son “Madaniy meros sohasiga oid maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 27-oktabrdagi 14-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3467, 2023-yil 27-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2023-y., 10/23/3467/0806-son) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari yagona reyestriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 26-avgust,
21-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 21-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 002-bobning 2, 5 va 7-pozitsiyalarining “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy” degan soʻz “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 004-bob quyidagi mazmundagi 1914 — 1918-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
3. 012-bob quyidagi mazmundagi 823 — 828-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
4. 013-bobda:
84-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 931 — 933-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
5. 014-bob quyidagi mazmundagi 1034-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
6. 018-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 019-bobning 156-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8. 021-bob quyidagi mazmundagi 1791-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
9. 025-bobda:
200 va 201-pozitsiyalarning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Elektron” degan soʻz “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 2001-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
10. 028-bob quyidagi mazmundagi 2181 va 2182-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
11. 030-bobdan 243 va 244-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
12. 033-bobda:
3132-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 3133 — 3138-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
13. 034-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
14. 037-bob quyidagi mazmundagi 3521-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
15. 039-bobda:
393 va 394-pozitsiyalarning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 3972-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
16. 043-bobning 437, 440 — 442 hamda 444 — 446-pozitsiyalarining “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustuni “Anʼanaviy” degan soʻzdan keyin “va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
17. 048-bobda:
470-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
471-pozitsiya chiqarib tashlansin;
476-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
493-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
18. 049-bobda:
494-pozitsiyaning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustunidagi “Yoshlar siyosati va sport” degan soʻzlar “Sport” degan soʻz bilan almashtirilsin;
497-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
499-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 5001-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
19. 055-bobning 567-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
20. 057-bobdan 584-pozitsiya chiqarib tashlansin.
21. 062-bobning 659-pozitsiyasining “Davlat xizmatining nomi” ustunidagi “roʻyxatdan oʻtkazish” degan soʻzlar “davlat reyestrida hisobga olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
22. 063-bobda:
nomidagi “Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
663 — 673-pozitsiyalarning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustunidagi “Energetika vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. 066-bobning 680-pozitsiyasining “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy” degan soʻz “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin.
24. 067-bobning 686-pozitsiyasining “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin.
25. 068-bobda:
697 va 698-pozitsiyalarning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar “Elektron” degan soʻz bilan almashtirilsin;
699-pozitsiyaning “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” hamda “Toʻlov turi” ustunlaridagi “Anʼanaviy” hamda “Pullik” degan soʻzlar tegishli ravishda “Elektron” hamda “Bepul” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. 069-bob quyidagi mazmundagi 7191-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
27. 070-bob quyidagi mazmundagi 73413-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
28. 073-bobda:
nomidagi “Oʻrmon xoʻjaligi” degan soʻzlar “Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
760 va 761-pozitsiyalarning “Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organning nomi” ustunidagi “Oʻrmon xoʻjaligi” degan soʻzlar “Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29. 074-bob quyidagi mazmundagi 77312-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
30. 076-bobning 786-pozitsiyasining “Davlat xizmati koʻrsatish shakli (anʼanaviy va elektron)” ustunidagi “Elektron” degan soʻz “Anʼanaviy va elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 084-bobdan 859-pozitsiya chiqarib tashlansin.
32. 096-bobdan 881 — 884-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
