Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida (1390-son)
26.07.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 26-iyulda 1390-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-martdagi 125-sonli, “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-sonli, “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-sonli qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
RA-01-8-31-son
Moliya vaziri v.b. J. QOʻCHQOROV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
95-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
2004-49-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-iyul,
256-V-son
