Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida (1124-4-son)
08.02.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASIning
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1124-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 23-yanvardagi 27, 02/8-2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1124 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7, 14-son, 2003-yil, 4-son) 8-bandining “l” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-yanvar,
21-son
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-yanvar,
01-02/8-1-son
