Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1124-3-son)
12.03.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASIning
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1124-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 23-yanvarda 27 va 02/8-2-son qaror bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1124-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 7, 14-son; 2003-y., 4-son) ilovaga* binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
17-son
Davlat bojxona qoʻmitasining raisi B.R. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
01-02/8-2-son
