“2392-modda. Homiylik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1083-son) · Sana: 21.08.2025 · Amalda
Homiylik xayriyalarini yigʻish tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xayriya qutisini oʻrnatish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Homiylik tashkiloti tomonidan oʻz taʼminoti (shu jumladan faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida sarflaydigan moliyaviy mablagʻlarning qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborilishi, basharti jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi:
“1977” raqami “1977, 1978” raqamlari bilan almashtirilsin;
“1986” raqami “1986, 1987” raqamlari bilan almashtirilsin;
“2391” raqami “2391, 2392” raqamlari bilan almashtirilsin;
7) 2452-moddaning ikkinchi qismidagi:
“1983 va 1984-moddalarida” degan soʻzlar “1978, 1983, 1984, 239, 2391-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“nazarda tutilgan” degan soʻzlar “2392-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 248-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “1851-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno)” degan soʻzlar “1851-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 2392-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi 763-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2012-yil, № 4, 106-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 2, 105-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
