Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-138-son)
19.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2025-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti hamda uni tashkil qilish doirasida oʻtkazilgan 20 ta uchrashuvda kelib tushgan 15 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida qaror qilaman:
I. Moliyaviy resurslar
1. 2026-2027-yillarda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, zarur moliyaviy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish uchun jami 270 trillion soʻm yoʻnaltirilsin, xususan:
(a) erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion soʻm;
(b) drayver loyihalar doirasida — 5 trillion soʻm;
(v) tanlab olingan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish dasturlari uchun — 6 trillion soʻm;
(g) tijorat banklari tomonidan kichik va oʻrta biznes uchun — 250 trillion soʻm, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 30 trillion soʻm;
(d) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun — 4 trillion soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari.
2. 2026-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida ularning toʻlov qobiliyatini baholash uchun xarajatlar (soliq, kommunal toʻlovlar, tranzaksion operatsiyalar va boshqa ijobiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni), tovar aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi davlat organlari va xususiy sektor vakillarining maʼlumotlar bazalarida mavjud maʼlumotlar orqali muqobil skoring qilish tizimi joriy qilinsin.
II. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda qulayliklar yaratish va turizmni rivojlantirish
3. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun ustav kapitalida davlat ulushi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllash va undirishga 2027-yil 1-yanvarga qadar moratoriy eʼlon qilinsin. Bunda moratoriy davrida muddati oʻtgan debitor qarzdorlik holatlari bartaraf etilganda qoʻllanilgan jarimalar bekor qilinadi.
4. 2026-yildan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etilsin:
(a) 2026 — 2028-yillarda joylashtirish vositalarini tashkil qilish uchun kamida 5 ming gektar yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga chiqarish. Bunda:
(i) yer uchastkalarining auksion savdolarida shakllangan narxidan kelib chiqib, quriladigan mehmonxona ustav kapitalining 49 foizidan oshmagan qismigacha davlat ulushi bilan sherik boʻlib kirish mexanizmi joriy qilinadi;
(ii) davlat ulushini 10 yil davomida bozor qiymatida mulk ishtirokchisi yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish imkoniyati yaratiladi;
(b) 2026 — 2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:
(i) viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun — 30 milliard soʻmgacha;
(ii) boshqa hududlarda — 10 milliard soʻmgacha;
(v) har yili sayyohlarning eng koʻp eʼtiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy eʼtirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSH dollariga teng tanlov oʻtkazish.
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, mazkur Farmonning 4-bandi “b” kichik bandiga muvofiq “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:
(a) 30 milliard soʻmgacha kreditlarning:
(i) 50 foiziga, biroq 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorigacha kafillik taqdim etiladi;
(ii) Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori, biroq 8 foiz punktigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
(b) 10 milliard soʻmgacha kreditlarning:
(i) 50 foiziga kafillik taqdim etiladi;
(ii) Markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foizlik punkt yuqori, biroq 10 foiz punktigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
(v) kompensatsiya toʻlovlari “2+3” tamoyili asosida avval kreditning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, keyingi uch yil davomida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan yillik tushum 15 foiz va undan ortiq miqdordan oshgan taqdirda amalga oshiriladi;
(g) tadbirlarni amalga oshirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yildan boshlab Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boradi.
6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
(a) respublika tuman va shaharlarida (viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman (shahar)lar va turistik zonalar bundan mustasno) joylashgan joylashtirish vositalari uchun turistik (mehmonxona) yigʻimni hisoblash va toʻlash tartibi bekor qilinsin;
(b) oilaviy mehmon uyi sifatida tan olish uchun bir vaqtning oʻzida vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish mumkin boʻlgan tashrif buyuruvchilar (turistlar) soni boʻyicha belgilangan chegara miqdori 2 baravar oshirilsin.
7. 2026-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarining yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tizimi mehmonxonani qoʻshimcha bino va inshootlar qurish orqali kengaytirish yoki mavjud bino va inshootlarning ixtisoslashishini mehmonxona faoliyatiga oʻzgartirishga ham tatbiq etilsin.
8. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini kiritsin:
(a) sanitariya, fitosanitariya va veterinariya (SPS) sohasida yagona davlat boshqaruvini tashkil etish, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida samarali nazorat tizimini joriy etish, ruxsat berish hujjatlarini “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida “bir darcha” tamoyili orqali rasmiylashtirish, barcha jarayonlarni raqamlashtirish;
(b) texnik tartibga solish sohasini tubdan isloh qilish, xalqaro standartlarga mos texnik reglamentlar va deklaratsiya tizimini keng joriy etish, nufuzli xalqaro laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun sharoitlar yaratish.
9. Belgilansinki, 2026-yildan boshlab:
(a) davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdori hududda shakllangan ijara toʻlovining minimal bozor narxidan kelib chiqib belgilanadi;
(b) davlat koʻchmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.
III. Soliq toʻlovchilarni ragʻbatlantirish choralari
10. 2026-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq toʻlovidan ilk marta qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllansin:
(a) bir yil davomida foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilish;
(b) bir yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qoʻllamaslik;
(v) 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini toʻlayotgan soliq toʻlovlari hisobidan chegirib tashlash.
11. 2026-yil 1-yanvardan boshlab soliq majburiyatlarini bajarishning quyidagi proaktiv tartibi joriy etilsin:
(a) yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasi soliq organlariga oʻtkaziladi va ushbu majburiyat soliq toʻlovchilar uchun bekor qilinadi;
(b) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan 5 ish kuni ichida zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqi beriladi.
12. Belgilansinki:
(a) foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 10 milliard soʻmdan 20 milliard soʻmga oshiriladi;
(b) tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari qurib, begʻaraz topshirganda, ushbu obyektlar uchun qilingan xarajatlar foyda soligʻi bazasidan kamaytiriladi;
(v) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun belgilangan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, ushbu tovarlar uchun kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etiladi;
(g) tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni 6 oy ichida teng ulushlarda toʻlash huquqi sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarga ham tatbiq etiladi;
(d) 2025-yil 1-avgust holatiga “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” tizimi orqali soliq tekshiruvlariga nomzod sifatida shakllangan va soliq xavfi 16 trillion soʻm boʻlgan 20 mingdan ortiq subyektga soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlarini ixtiyoriy bartaraf etish imkoniyati berilgan holda, ushbu roʻyxat 2025-yil 1-noyabr holatiga qaytadan shakllantiriladi;
(j) 2026-yil 1-yanvardan boshlab sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda:
(i) mobil videokameradan foydalanish majburiy hisoblanadi;
(ii) mobil videokameradan foydalanmasdan oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi.
13. Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(a) soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy jarima miqdorini kichik tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 3 baravariga tushirish, fuqarolar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 1 baravariga tushirish;
(b) hisobot davrida bir nechta soliq turlari boʻyicha soliq hisobotlari taqdim etilmagan holatda, barcha taqdim etilmagan hisobotlar boʻyicha umumiy bitta jarima qoʻllash;
(v) oxirgi 3 oyda soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy jarimani 5 kungacha qoʻllamaslik.
14. Soliq qoʻmitasi:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan 2027-yil 1-iyulga qadar huquqiy eksperiment doirasida Navoiy viloyatida soliqlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish, ortiqcha toʻlov va qarzdorlik summalarini yagona gʻaznachilik hisobvaragʻi orqali oʻzaro hisobga olish tizimini joriy qilsin;
(b) 2027-yil 1-sentabrga qadar huquqiy eksperiment natijalari asosida yagona gʻaznachilik hisobvaragʻini boshqa hududlarda joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Oliy sud Biznes-ombudsman bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar tadbirkorlik subyektlariga iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilish imkoniyatini yaratish boʻyicha qonun loyihasini kiritsin.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagilar:
(a) ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 1-ilovaga muvofiq;
(b) amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Mazkur Farmonga 1 va 2-ilovalarga muvofiq:
(a) qonunchilik hujjatlari loyihalari sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishi, shuningdek, tadbirlar soʻzsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirlik va idoralar rahbarlariga yuklansin;
(b) topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki ijrosini taʼminlamagan vazirlik va idoralar rahbar va masʼul xodimlariga topshiriq ijrosi muddati tugagan kundan boshlab ijrosi taʼminlangunga qadar boʻlgan muddatda barcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilishi belgilansin.
18. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Adliya vazirligi har haftada Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati haqida tezkor maʼlumotni, har oyda — batafsil axborotni Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga ijro qilinmagan topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlar kiritib boradi;
(b) Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish holati har oyda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga choralar koʻrib boriladi;
(v) Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati haqida har haftada tezkor maʼlumotni, har oyda — batafsil axborotni hamda topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
19. Davlat organlari tegishli qonunosti hujjatlari va idoraviy koʻrsatmalar qabul qilinishini kutmasdan mazkur Farmon normalari kuchga kirgan paytdan eʼtiboran soʻzsiz va toʻgʻridan-toʻgʻri amalda qoʻllanilishini taʼminlasin.
20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
22. Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-avgust,
PF-138-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-138-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari
ROʻYXATI
T/rQonunchilik hujjati loyihasiQonunchilik hujjati loyihasida nazarda tutilgan tadbirlarIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash1.Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) 2026-2027-yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kamida 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun 4 trillion soʻmlik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish;(b) tadbirkorlarni “chempion tadbirkor” toifasiga olib chiqishga koʻmaklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalariga banklar orqali 10 milliard soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;(v) ishlab chiqarish, servis, “yashil” iqtisodiyot yoʻnalishidagi mikroloyihalarga tijorat banklari tomonidan 500 million soʻmgacha bozor stavkasida ajratilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish;(g) avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirish;(d) yirik tadbirkorlik subyektlariga ham 10 milliard soʻmgacha kafillik taqdim etish.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Markaziy bank(Ishmetov)2.Yoshlarning startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada yoshlarning startap va biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlashning quyidagi chora-tadbirlari nazarda tutiladi:(a) yoshlarning mingtagacha startap gʻoyalarini tijoratlashtirish, shundan 200 tasini xalqaro bozorga olib chiqish;(b) eng ilgʻor texnologiyalarni olib kelib, 100 ta mahalliy startaplarni xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantirish va buning uchun 10 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlar ajratish;(v) “Yosh tadbirkorlar” chempionatini tashkil qilish. Bunda:(i) eng yaxshi 100 tagacha gʻoyani tanlab olish va har bir startap va biznes loyihasi uchun 1 milliard soʻmgacha investitsiya kiritish;(ii) startap va biznes loyihalarini brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning xarajatlarini qoplab berish;(iii) gʻoliblarni 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash. 2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Yoshlar ishlari agentligi(Saʼdullayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov)3.Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 5 yillik strategiyani ishlab chiqish;(b) banklar, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi tashkilotlar va startaplar oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaruvchi “Open banking” tizimini joriy etish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Markaziy bank(Ishmetov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)4.“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish boʻyichaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional tuzilmasi va mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari, dastur ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlarini takomillashtirish nazarda tutiladi. 2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Markaziy bank(Ishmetov)5.Tadbirkorlik uyushmalarining dasturlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish)ni va eksportni oshirish, tadbirkorlarga koʻmaklashish, muammolarni hal qilish va tegishli sohani rivojlantirishga qaratilgan tadbirkorlik uyushmalarining faoliyat dasturlarini ulardan koʻzlangan aniq natijalari (KPI) asosida tanlab olish, moliyalashtirish, ularning monitoringi va hisobini yuritish tartibi belgilanadi. Bunda aniq natijaga qaratilgan dasturlar, loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish uchun har yili 20 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratish nazarda tutiladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),tarmoq uyushmalari6.Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishni raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada tadbirkorlarga barcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini (imtiyoz, preferensiya, subsidiya, ssuda) taqdim etish va hisobini yuritishni “bir darcha” tamoyili asosida yagona raqamli platforma orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi. 2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(Zaxidov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),manfaatdor idoralar7.Lizing munosabatlarini takomillashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada lizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinishi haqidagi talabni yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bekor qilish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)8.Shakar oʻrnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) shakar oʻrnini bosuvchi moddalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini shu kabi komponentlar bilan boyituvchi korxonalarni davlat grantlari, innovatsion dasturlar va imtiyozli kreditlarni joriy qilish orqali qoʻllab-quvvatlash;(b) tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar boʻlgan gazlangan ichimliklar, energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklarni ichki bozordan sotib olib, eksport qilgan korxonalarga ushbu ichimliklar boʻyicha aksiz soligʻini qaytarish imkoniyatini yaratish. Bunda mablagʻlarni toʻlangan aksiz soligʻi tushumlaridan qaytarish. 2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(Jumanazarov)II. Soliq tizimini takomillashtirish9.Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovidan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtgan tadbirkorlarni ragʻbatlantirishga qaratilganqonun loyihasiLoyihada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovidan ilk marta qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻloviga oʻtgan tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlarni berish nazarda tutiladi:(a) 1 yil davomida foyda soligʻini toʻlashdan ozod qilish;(b) bir yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qoʻllamaslik;(v) 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini toʻlayotgan soliq toʻlovlari hisobidan chegirib tashlash.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)10.Soliq majburiyatlarini bajarishning proaktiv tartibini joriy etishga qaratilganqonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalariLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq hisobotlarini shakllantirish vazifasini soliq organlariga oʻtkazish va ushbu majburiyatni soliq toʻlovchilar uchun bekor qilish; (b) yuridik shaxslardan olinadigan mol-mul soligʻi va yer soligʻi boʻyicha avtomatik tarzda shakllantirilgan soliq hisobotlarini soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborish;(v) soliq toʻlovchiga shakllantirilgan hisobotlarga yuborilgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida tuzatish kiritish huquqini berish;(g) 5 kun ichida tuzatish kiritilmasligi soliq toʻlovchining soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga roziligini bildirishi;(d) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi interaktiv xizmatga kiritilgan hisoblangan ish haqi va boshqa daromadlar, imtiyozlar va boshqa maʼlumotlar asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish;(j) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan zarur tuzatishlarni kiritish va tuzatish kiritilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqini saqlab qolish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)11.Soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga qaratilganqonun loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdorini 10 milliard soʻmdan 20 milliard soʻmga oshirish;(b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini qurib, begʻaraz topshirilganda, ushbu obyektlar uchun qilingan xarajatlarni foyda soligʻi bazasidan kamaytirish;(v) tadbirkorlik subyektlarining soliq auditi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni 6 oy ichida teng ulushlarda toʻlash huquqini sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha moliyaviy sanksiyalarga ham tatbiq etish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)12.Sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishda mobil videokameradan foydalanish tartibi nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)13.Soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy jarima miqdorini kichik tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslariga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 3 baravariga tushirish, fuqarolar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 1 baravariga tushirish;(b) hisobot davrida bir nechta soliq turlari boʻyicha soliq hisobotlari taqdim etilmagan holatda barcha taqdim etilmagan hisobotlar boʻyicha umumiy bitta jarima qoʻllash;(v) oxirgi 3 oyda soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etib kelgan tadbirkorlik subyektlariga soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy jarimani 5 kungacha qoʻllamaslik.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)14.Soliq toʻlovlarini amalga oshirishda soliq toʻlovchilarga qulayliklar yaratish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada soliqlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish, ortiqcha toʻlov va qarzdorlik summalarini yagona gʻaznachilik hisobvaragʻi orqali oʻzaro hisobga olish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.2026-yil aprelVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)15.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda qulayliklar yaratish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada umumiy ovqatlanish korxonalari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar uchun belgilangan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, ushbu tovarlar uchun kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini barcha tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etish nazarda tutiladi. 2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)16.Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtgan tadbirkorlarga guvohnoma berishni soddalashtirish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada korxonaning balansida koʻchmas mulk mavjud boʻlganda, joyiga chiqqan holda oʻrganmasdan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish nazarda tutiladi. 2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)17.Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashni takomillashtirish boʻyichaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻllashning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)18.Soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) soliq qarzini soliq toʻlovchining debitorlari hisobidan undirish imkoniyati;(b) qurilishi tugallanmagan obyektlar uchun mol-mulk soligʻini hisoblab chiqarish muddati va tartibini takomillashtirish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)19.Soliq maʼmurchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaqonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalariLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilgan davrda aynan bir xil holat boʻyicha qayta kameral soliq tekshiruvi hamda soliq auditi oʻtkazilgan yoki oʻtkazilayotgan davrda tekshiruvdan oldingi tahlil oʻtkazmaslik;(b) kameral soliq tekshiruvi natijasida yuborilgan talabnomaga javob xatini shaxsiy kabinet orqali yuborish tartibi;(v) qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasining amal qilishini 30 kungacha — soliq organi tomonidan, 30 kundan ortiq boʻlgan muddatga sud tomonidan toʻxtatib turish. 2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Adliya vazirligi(Tashkulov),Oliy sud(Islamov)20.Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini takomillashtirish toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida tadbirkorning umumiy reyting koʻrsatkichini oxirgi 30 kunda amalda boʻlgan ballardan kelib chiqib belgilash;(b) qonunchilik talablariga rioya etib faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga qoʻshimcha ballar berish nuqtai nazaridan baholash mezonlarini takomillashtirish.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)21.Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashni kengaytirish boʻyichaqonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalariLoyihada milliy va xorijiy marketpleyslarda xorijiy davlatlarga sotilgan tovarlarga eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibini tatbiq etish; Bojxona qoʻmitasi tomonidan bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasiga elektron ravishda taqdim qilib borish nazarda tutiladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)22.Turizm korxonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foizini qaytarishda mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi haqidagi talabni mehmonxonaning yulduzli toifasidan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)23.Xususiy tibbiy xizmatlarni rivojlantirish boʻyichaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada xususiy tibbiy xizmatlar aylanmasini yillar kesimida tahlil qilish natijalari boʻyicha sohada “xufiyona iqtisodiyot” ulushini kamaytirish nuqtai nazaridan tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarib berish mexanizmini tatbiq etish qilish boʻyicha takliflar nazarda tutiladi.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)24.Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyichaqonun loyihasiLoyihada 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar hisobot yili yakuniga koʻra oʻrtacha xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafarini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil etgan hamda ularga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda oylik ish haqi toʻlaydigan yuridik shaxslarga (bundan yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) hisoblangan mol-mulk soligʻi summasini toʻliq hamda yer soligʻi summasining 90 foiz qismini nogironligi boʻlgan xodimlariga hisoblangan ish haqiga teng miqdorda kamaytirilgan holda toʻlash huquqini berish nazarda tutiladi. Bunda ushbu soliq imtiyozlari bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilganda hamda mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan umumiy soliq summasidan oshmagan miqdorda qoʻllanadi.2025-yil sentabrIjtimoiy himoya milliy agentligi(Olloyorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)III. Turizm va xizmatlar sohasini rivojlantirish25.Turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada mazkur Farmonning 4- va 5-bandlarida nazarda tutilgan Turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish tartibi nazarda tutiladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi(Abduxakimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(Ortiqov),Turizm qoʻmitasi(Shadiyev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)26.Joylashtirish vositalariga sayyohlar oqimini koʻpaytirish uchun qulayliklar yaratish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) turistik (mehmonxona) yigʻimni hisoblash va toʻlash tartibini respublika tuman va shaharlarida (viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman (shahar)lar va turistik zonalar bundan mustasno) joylashgan joylashtirish vositalari uchun bekor qilish;(b) turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman (shahar)lar roʻyxatini belgilash;(v) oilaviy mehmon uyi sifatida tan olish uchun bir vaqtning oʻzida vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish mumkin boʻlgan tashrif buyuruvchilar (turistlar) soni boʻyicha belgilangan chegara miqdorini 2 baravar oshirish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi(Abduxakimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)Turizm qoʻmitasi(Shadiyev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)27.Mehmonxona biznesini yuritish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada tadbirkorlik subyektlarining yangi mehmonxona qurish va jihozlash uchun ketgan xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tizimini mehmonxonani qoʻshimcha bino va inshootlar qurish orqali kengaytirish yoki mavjud bino va inshootlarning ixtisoslashishini mehmonxona faoliyatiga oʻzgartirishga ham tatbiq etish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi(Abduxakimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)28.Turizm infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiLoyihada turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tovarlarni, shu jumladan transport vositalarini import qilishda qulayliklar yaratish nazarda tutiladi. 2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi(Abduxakimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Turizm qoʻmitasi(Shadiyev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)29.Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy qilish toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) tegishli moddiy madaniy meros obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida uzoq muddatga ijaraga berishning yagona “Heritage Hotels of Uzbekistan” dasturini ishga tushirish;(b) davlat sherigi sifatida “Heritage Hotels of Uzbekistan direksiyasi” davlat muassasasini tashkil etish;(v) obyektlarda restavratsiya-tiklash ishlarini davlat sherigi orqali Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;(g) xalqaro yuqori toifali mehmonxona tarmoqlarini jalb qilish, butik mehmonxonalar tashkil qilishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish;(d) dastur ishtirokchilarini foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan toʻliq miqdorda muayyan muddatga ozod qilish va bojxona imtiyozlarini taqdim etish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish. 2025-yil noyabrTurizm qoʻmitasi(Shadiyev),Madaniy meros agentligi(Abdikarimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi(Umerova)30.Madaniy meros obyektlari va muzeylarga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) madaniy meros obyektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtirish va oldindan xarid qilish imkoniyatini yaratish;(b) turistik obyektlarning tungi vaqtda faoliyat yuritishini yoʻlga qoʻyish.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Madaniy meros agentligi(Abdikarimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),Ichki ishlar vazirligi(Tashpulatov)31.Turizm koʻchalarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) gastronomik, savdo, xizmat koʻrsatish, sayilgoh va koʻngilochar yoʻnalishlarga ixtisoslashgan tunu kun faoliyat yuritadigan turizm koʻchalarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish; (b) turizm koʻchalarida koʻp qavatli va “aqlli” avtoturargohlar barpo etish dasturini ishlab chiqish;(v) tungi iqtisodiyot uchun strategik hududlar roʻyxatini tasdiqlash;(g) turizm koʻchalarida chiqindilarni toʻplash va tashish tizimini takomillashtirish.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Strategik islohotlar agentligi(Raxmatov),Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi(Abduxakimov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari32.Oʻzbekistonni mintaqadagi yuqori texnologik tibbiy xizmatlar xabiga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) chegara hududlarida klinika, reabilitatsiya markazi, mehmonxona va laboratoriyalarni oʻzi ichiga olgan tibbiyot klasterlarini tashkil qilish;(b) tibbiyot klasterlarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun xorijiy moliya institutlarining 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan kredit ajratish;(v) tibbiyot klasterlarini barpo etgan tadbirkorlik subyektlariga loyihaning oʻzini oqlash davriga mos muddatlarga mutanosib ravishda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya taqdim etish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Markaziy bank(Ishmetov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)33.Tibbiy sugʻurta tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tibbiy litsenziya bilan ruxsat berilgan ixtisosliklar doirasida sugʻurta tizimi orqali barcha kasalliklar boʻyicha xizmat koʻrsatishga ruxsat berish;(b) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga tibbiy sugʻurta tizimida davlat muassasalari bilan bir xil narxlarda koʻrsatilgan xizmatlar uchun 100 foiz xizmat haqi toʻlash tartibini joriy qilish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)34.Maktabgacha taʼlim qamrovini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada maktabgacha taʼlim qamrovi 80 foizdan past boʻlgan tumanlardagi tadbirkorlik subyektlariga quyidagi yengilliklarni berish nazarda tutiladi:(a) maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarning boʻsh yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat berish. Bunda:(i) ijara toʻlovlarini 30 yilgacha undirmaslik;(ii) davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida har bir bolaga koʻzda tutilgan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya berish;(b) 7 yilgacha boʻlgan muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard soʻmgacha kredit berish;(v) faoliyatini oʻzgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalarini tekinga berish;(g) ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash;(d) tarbiyachilarga oylik ish haqi toʻlash xarajatlarini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachilar uchun belgilangan stavkadan oshmagan miqdorda 3 yilgacha qoplab berish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(Karimova),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Fozilkarimov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(Ortiqov)35.Ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) olimlar va tadbirkorlik subyektlariga tajriba-sinov ishlar uchun ketadigan xarajatlarini qoplab berishga 50 milliard soʻm ajratish;(b) xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibini 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etish;(v) ilmiy loyihalar doirasida asbob-uskunalar xarid qilish uchun grant budjetining kamida 40 foizini yoʻnaltirish haqidagi talabni qayta koʻrib chiqish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Fozilkarimov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)36.Inklyuziv maktabgacha taʼlimni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston RespublikasiPrezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) inklyuziv taʼlim yoʻnalishidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanganlik uchun subsidiya berish tartibini nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ham joriy qilish;(b) ilgʻor tajribadan kelib chiqib, inklyuziv nodavlat taʼlim tashkilotlariga bolalarni tashish uchun moʻljallangan transport vositalarini ularni boshqa transportlardan ajratib turuvchi sariq miltillovchi chiroqlar bilan jihozlashga ruxsat berish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi(Karimova),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Ichki ishlar vazirligi(Tashpulatov)37.Toʻrt bosqichli kompleks startap ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada AQSH va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi asosida har bosqichda quyidagi qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini oʻz ichiga olgan kompleks startap ekotizimini joriy etish nazarda tutiladi:(a) gʻoyani shakllantirish (kraudsorsing, maktab va oliygohlarda shart-sharoitlar);(b) loyihani ishlab chiqish (R&D infratuzilma, kraudfanding, trekerlar tayyorlash dasturi);(v) loyihani ishga tushirish (akseleratorlar, venchur fondlar, startaplar yagona platformasi);(g) loyihani masshtablashtirish (viza olish, kapital harakatini yengillashtirish);(d) startap ekotizimi uchun 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb etish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Shermatov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov),Yoshlar ishlari agentligi(Saʼdullayev),Tashqi ishlar vazirligi(Saidov)38.Mahalliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) soliq va muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda Savdo-sanoat palatasining maxsus elektron platformasida roʻyxati eʼlon qilinadigan milliy brend egalari boʻlgan yuridik shaxslarga xorijiy davlatlarda korxonalar (filiallar) tashkil qilish uchun alohida qarorlarsiz chet elga mablagʻlar oʻtkazishga ruxsat berish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari asosida alohida belgilangan tartiblar mustasno; (b) xorijiy davlatlarda korxonalar (filiallar) tashkil qilish uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar miqdorini iqtisodiy asoslantirilgan holda tegishli hisob-kitoblar asosida belgilash;(v) mahalliy brendni xorijiy davlatlarga franshiza asosida berishdan tushadigan tushumni franshiza taqdim etilgandan boshlab uch yil davomida foyda soligʻidan ozod qilish;(g) sanoat brendlarini qoʻllab-quvvatlash dasturini xizmatlar sohasidagi brendlarga ham tatbiq etish;(d) Milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi va “Mall of Uzbekistan” milliy doʻkonlar tarmogʻini tashkil qilish. 2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Markaziy bank(Ishmetov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)39.Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish va sohada tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) xonadonlarga ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini oʻrnatishda plombalash, qiyoslashdan oʻtkazish uchun yechib olish va qayta oʻrnatish, vakolatlarini vakolatini boshqaruv kompaniyalariga ham berish;(b) koʻp kvartirali uylarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish;(v) koʻp kvartirali uylarni boshqarish hamda tutash hududlarni obodonlashtirishda davlat nazorati va mahalliy hokimiyat organlari masʼuliyatini kuchaytirish;(g) koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini raqamlashtirish, uylarni taʼmirlashda ustuvorlik darajasini belgilash;(d) 1991-yilgacha qurilgan uylarning elektron pasportlarini ishlab chiqish, tutash hududlarni obodonlashtirish, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 2026 — 2030-yillarda energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan dasturlarini amalga oshirish.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Xidoyatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari40.“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida quyidagilarni belgilash nazarda tutiladi:(a) tadbirkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyda yangilab borish tartibini joriy qilish;(b) kichik obyektlarni qurishda kichik tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish maqsadida quruvchilarni yirik, oʻrta va kichik toifalarga ajratib, ularni alohida baholashni yoʻlga qoʻyish;(v) “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan lizing oluvchi boʻlgan pudrat tashkiloti nomiga rasmiylashtirilgan qurilish texnikalariga ham ball berishni yoʻlga qoʻyish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Xidoyatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)41.Qurilish obyektlarini loyihalashtirish jarayonini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) 2027-yildan boshlab qurilish sohasini rivojlantirish va muammolarni bartaraf etish uchun toʻrtinchi toifali quriladigan binolarga BIM (Building Information Modeling) tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, ushbu tizim boʻyicha normativ-huquqiy bazani shakllantirish, mutaxassislar malakasini oshirish;(b) birinchi va ikkinchi toifali qurilish obyektlari uchun loyiha ishlab chiquvchi mutaxassis yoki tashkilotlardan litsenziya talab qilish tartibini soddalashtirish (raqamlashtirish).2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Xidoyatov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)42.Tadbirkorlik yoʻnalishida ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilganVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada yoʻnalishlar boʻyicha birlashgan tadbirkorlik subyektlarining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishini tashkil qilish, natijalarini Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida inobatga olish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrSavdo-sanoat palatasi(Vaxabov)IV. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash43.Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada paxta va gʻalla yetishtirishda isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tartibini bogʻdorchilik va meva-sabzavotchilik tarmoqlari uchun tatbiq etish. Bunda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning masʼuliyatini oshirish maqsadida gektariga mahsulot sotishdan tushum miqdorini belgilash nazarda tutiladi.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)44.Qishloq xoʻjaligi korxonalarining debitor qarzdorliklarini kamaytirish toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada qishloq xoʻjaligi korxonalarining debitor qarzdorligi hisobidan mazkur korxonalarning majburiy undiruvga qaratilgan qarzdorliklarini qoplash amaliyotini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Majburiy ijro byurosi(Egamberdiyev),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)45.Fermer xoʻjaliklari va pillachilik tarmogʻi korxonalari oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada fermer xoʻjaliklari va pillachilik tarmogʻi korxonalari oʻrtasidagi shartnomalarni birja axborot platformasi orqali roʻyxatdan oʻtkazish, shartnomalar boʻyicha belgilangan toʻlovlar boʻyicha 10 kun muddatda fermerlar xoʻjaliklariga kamida 40 foiz miqdorida boʻnak toʻlovini toʻlab berish, yetishtirilgan hosil uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatini sentabr oyi etib belgilash nazarda tutiladi. 2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(Abdurahmonov),“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(Sayfullayev)V. Tadbirkorlarni ishlab chiqarish maydonlari va infratuzilma bilan taʼminlash46.Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam miqdorini hududda shakllangan ijara toʻlovining minimal bozor narxidan kelib chiqib belgilash;(b) davlat koʻchmas mulkini ijaraga berish muddatini 3 yildan 5 yilgacha oshirish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(Ortiqov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari47.Ijara toʻgʻrisidagi qonunchilikni yangilashga qaratilganqonun loyihasiLoyihada ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi huquqlarini birdek himoya qiladigan qoidalarni belgilash nazarda tutiladi.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(Ortiqov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Adliya vazirligi(Tashkulov)48.Hunarmandlarni sotuv joylari bilan taʼminlash boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada hunarmandlarga mehmonxonalar, bozorlar, mahalla guzarlari va shu kabi aholi gavjum boʻladigan boshqa joylarda davlat koʻchmas mulk obyektlaridan joylarni 50 foizga pasaytirilgan stavkada elektron onlayn auksion orqali hunarmandchilik faoliyati uchun realizatsiya qilish nazarda tutiladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(Ortiqov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)49.“GDP” sertifikatiga ega boʻlgan omborxonalardan foydalanishni kengaytirish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada dori vositalari ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi “GDP” sertifikati mavjud korxonalarga “GDP” sertifikati bor omborxonalardan ijara asosida mahsulot, tovar va uskunalarni vaqtinchalik saqlash uchun foydalanishga ruxsat berish nazarda tutiladi.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)VI. Biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish50.Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yukini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qonun loyihalariLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) 10 turdagi litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish;(b) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllanganda, ularning mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortishni bekor qilish;(v) tadbirkorlik faoliyatini “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish. Bunda tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:(i) elektron raqamli imzo kalitini berish;(ii) bankda hisobvaraq ochish;(iii) xabarnoma, litsenziya va ruxsatnoma olish;(iv) koʻchmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;(v) onlayn nazorat yoki virtual kassa mashinalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kabi davlat xizmatlarini kompleks shaklda koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Adliya vazirligi(Tashkulov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Raqobat qoʻmitasi(Turaxodjayev),Biznes-ombudsman(Urunov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)51.Muvofiqlikni baholash tartibotlarini soddalashtirishga qaratilganVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada sanitariya-epidemiologiya, veterinariya xizmati, oʻsimliklar karantini nazoratidagi ayrim tovarlarni majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatidan chiqarish nazarda tutiladi.Bunda 32 toifadagi mahsulotlar uchun muvofiqlik sertifikati bekor qilinadi, majburiy sertifikatlanadigan tovarlar roʻyxati 288 taga kamaytiriladi.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(Jumanazarov),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov)52.Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha yagona nazorat tizimini joriy etish toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) sanitariya, fitosanitariya va veterinariya (SPS) sohasida yagona davlat boshqaruvini tashkil etish, “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida samarali nazorat tizimini joriy etish, ruxsat berish hujjatlarini “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida “bir darcha” tamoyili orqali rasmiylashtirish, barcha jarayonlarni raqamlashtirish;(b) texnik tartibga solish sohasini tubdan isloh qilish, xalqaro standartlarga mos texnik reglamentlar va deklaratsiya tizimini keng joriy etish, nufuzli xalqaro laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun sharoitlar yaratish.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov)53.Mahsulotlarni sertifikatlash muddatlari va toʻlovlarini kamaytirish toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) sertifikatlashtirish muddatlarini qisqartirish va sertifikatlashtirish uchun belgilangan toʻlov tariflari miqdorini pasaytirish;(b) qurilish oynalarini import qilishda majburiy sertifikatsiyadan oʻtkazish talabini bekor qilish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi(Jumanazarov)Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) davlat xaridlarida sotilgan tovarlar (xizmatlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hududlar kesimida eʼlon qilib borish;(b) davlat xaridlarida parlament nazoratini oʻrnatish maqsadida davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar tarkibiga davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalarini, shu jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar haqidagi maʼlumotlarni kiritish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Raximova)54.Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirish toʻgʻrisidaqonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalariLoyihada tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha ommaviy ofertalar va xalqaro platformalarda elektron imzolangan kelishuvlarni tashqi savdo shartnomalari sifatida tan olinishi nazarda tutiladi. 2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Markaziy bank(Ishmetov),Bojxona qoʻmitasi(Mavlonov),Istiqbolli loyihalar milliy agentligi(Pak)55.Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada muntazam ravishda tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va barqarorlik reytingida “BB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga eksport boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik yuzaga kelganda, istisno tariqasida, oldindan toʻlov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport kontraktini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish boʻyicha polis mavjud boʻlmasdan eksport qilishga ruxsat berish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Bojxona qoʻmitasi(Mavlonov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Markaziy bank(Ishmetov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov),Istiqbolli loyihalar milliy agentligi(Pak),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev)56.Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish tartibini soddalashtirish boʻyichaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada aylanmasi 10 milliard soʻmgacha boʻlgan, soliq xavfi oʻrta darajadagi tadbirkorlik subyektlarini soliq maslahatchilari va auditorlik tashkilotlari xulosasi asosida ixtiyoriy tugatish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi. 2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)57.Sugʻurta bozorini kengaytirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada tadbirkorlar va aholining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan ishonchini oshirish maqsadida mazkur xizmatlarga oid reklamalarni ijtimoiy reklamaga tenglashtirish hamda ommaviy axborot vositalaridan keng yoritilishini taʼminlash nazarda tutiladi.2025-yil noyabrIstiqbolli loyihalar milliy agentligi(Li),Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi(Djurabayev)58.Elektr energiyasidan qarzdorlik bartaraf etilganda jarima qoʻllash tartibini bekor qilish boʻyichaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) elektr energiyasidan qarzdorlik natijasida tarmoqdan ajratilib, qarzdorlik bartaraf etilganda korxonalarga jarima qoʻllash tartibini bekor qilish va qoʻllanilgan jarimalarni hisobdan chiqarish;(b) gaz va elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha isteʼmolchilar bilan taʼminotchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish.2025-yil sentabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Energetika vazirligi(Mirzamahmudov),Adliya vazirligi(Tashkulov),taʼminotchi korxonalar59.Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada quyosh fotoelektr stansiyalarini oʻrnatgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojidan ortiqcha qismini yagona energetika tizimiga qabul qilish, rostlash va sotib olish tartibini belgilash nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Energetika vazirligi(Mirzamahmudov)60.Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda ular bilan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga berilgan eksklyuziv huquqlarni bosqichma-bosqich bekor qilish nazarda tutiladi.2026-yil fevralVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Raqobatni qoʻmitasi(Turaxodjayev),Adliya vazirligi(Tashkulov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov)61.Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) davlat xizmatlarining bir qismini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar;(b) davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun qayta koʻrib chiqilgan toʻlovlar;(v) litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini hamda ularda belgilangan majburiy talablarni xatlovdan oʻtkazish, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda ortiqcha yuk hisoblangan va bugungi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan talablarni bekor qilish.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Adliya vazirligi(Tashkulov),Raqobat qoʻmitasi(Turaxodjayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),manfaatdor idoralar62.Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish toʻgʻrisidaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiLoyihada tabiiy monopoliya subyektlari taʼsischiligida tashkil etilgan korxonalar tomonidan koʻrsatilayotgan faoliyatga oid ayrim xizmatlarni xususiy sektorga oʻtkazish nazarda tutiladi. 2026-yil fevralVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Raqobat qoʻmitasi(Turaxodjayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Transport vazirligi(Maxkamov),Energetika vazirligi(Mirzamahmudov)63.Bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish va soddalashtirishga doirVazirlar Mahkamasining qarori loyihasiLoyihada amaldagi holat va xalqaro tajribadan kelib chiqib, quyidagilar boʻyicha takliflar nazarda tutiladi: (a) vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun qayta ishlash rejimida ruxsatnoma olish talablarini soddalashtirish;(b) vositachilik shartnomasi asosida bir davlat mahsulotlarini uchinchi davlatlarga eksport qilish imkoniyatini berish. Bunda, taqiq va cheklov oʻrnatilgan tovarlar mustasno.2025-yil noyabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Bojxona qoʻmitasi(Mavlonov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)64.Auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilarini qoʻllab-quvvatlash boʻyichaqonun loyihasiLoyihada davlat buyurtmachilari tomonidan birinchi navbatda mahalliy auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari tashkilotlarining xizmatlarini xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda oʻrganish nazarda tutiladi.2025-yil oktabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Raximova)VII. Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash65.Investitsiya sohasidagi qonunchilikni tizimlashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish va ularga sharoitlar yaratishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan Investitsiya kodeksi nazarda tutiladi.Bunda investitsiya sohasidagi barcha qoida, kafolat va tartib-taomillar tizimlashtiriladi.2026-yil mayOliy Majlis palatalari(kelishuv asosida),Vazirlar Mahkamasi(Xodjayev),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(Kudratov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Norqulov),Adliya vazirligi(Tashkulov),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi(Vaxabov)66.Tadbirkorlarga nizolarni hal qilishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada iqtisodiy va maʼmuriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.2025-yil dekabrOliy sud(Islamov),Bosh prokuratura(Yoʻldoshev),Adliya vazirligi(Tashkulov)67.“Astrent” tizimini joriy etish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada sud hujjati ijrosi kechikkani uchun qarzdorga nisbatan penya hisoblashni nazarda tutuvchi “astrent” tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.2025-yil dekabrBosh prokuratura(Yoʻldoshev),Biznes-ombudsman(Urunov),Adliya vazirligi(Tashkulov)68.Davlat xaridlarida yuzaga kelayotgan nizolarni hal qilishni soddalashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada tadbirkorlarning shikoyatlarini joylarda tezkorlik bilan hal etish tizimini yoʻlga qoʻyish uchun Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi hududiy komissiyalarini tashkil etish nazarda tutiladi.2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Qoʻchqorov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Raximova),Adliya vazirligi(Tashkulov)69.Tadbirkorlarga belgilangan moliyaviy jarimalarni tizimlashtirish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalarni xatlovdan oʻtkazish, bu sohada xalqaro tajribani oʻrgangan holda moliyaviy jarimalarni bitta qonunda tizimlashtirish nazarda tutiladi.2026-yil mayBiznes-ombudsman(Urunov),Adliya vazirligi(Tashkulov),Bosh prokuratura(Yoʻldoshev),Soliq qoʻmitasi(Kudbiyev),Savdo-sanoat palatasi(Vaxabov),nazorat qiluvchi organlar70.“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidaqonun loyihasiLoyihada qarzdor boʻlgan tadbirkorlik subyektiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganligi uchun unga qoʻzgʻatilgan boshqa daʼvolar koʻrib chiqilmaganda davlat bojini qaytarib berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.2025-yil noyabrOliy sud(Islamov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Xaydarov)71.Qarzdorliklarni avtomatlashtirilgan tartibda undirish tizimini joriy etish boʻyichaqonun loyihasiLoyihada quyidagilar nazarda tutiladi:(a) “Mening uyim” billing tizimi, “Adolat” axborot tizimlari kompleksi va Majburiy ijro byurosining elektron tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali muddati oʻtgan (90 kundan ortiq) qarzdorliklar boʻyicha hujjatlarni “Mening uyim” billing tizimi orqali avtomatik ravishda sudlarga, sudlar tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin ijrochilarga yuborish tizimini joriy qilish;(b) “Mening uyim” tizimida qarzdorliklarni tahlil qilish va hujjatlarni sudlarga avtomatlashtirilgan holda yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish. 2025-yil dekabrVazirlar Mahkamasi(Ramatov),Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi(Xidoyatov),Majburiy ijro byurosi(Egamberdiyev),Oliy sud(Islamov),Adliya vazirligi(Tashkulov)72.Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilganqonun loyihasiLoyihada tadbirkorlik subyektiga nisbatan asossiz ravishda jarimalar qoʻllagan (agar bu kabi holatlar sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa) mansabdor shaxsning maʼmuriy javobgarligini belgilash nazarda tutiladi. 2025-yil noyabrBiznes-ombudsman(Urunov),Adliya vazirligi(Tashkulov),Bosh prokuratura(Yoʻldoshev),Oliy sud(Islamov)
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-138-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida bajariladigan
AMALIY TADBIRLAR REJASI
