Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (1056-V-son)
07.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 8-iyul kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
«Rasmiy statistika sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-99-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-1241-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish);
«Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-87-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-96-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida»gi QL-107-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilish materiallari sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish);
«Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yanada jadallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-108-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi yanada jadallashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish);
«Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida»gi QL-100-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
«Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida»gi QL-101-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish);
«Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-106-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 7-iyul
1056-V-son
