Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida (1123-3-son)
08.02.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1123-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 28-yanvardagi 26, 2002-24-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1123 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 7-son, 2003-yil, 4-son, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2004-yil, 10-son, 124-bet) 5-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi birinchi qismi 1.9, 13, 14, 17, 19, 20, 22.24, 26, 28, 33-bandlarida koʻrsatilgan ishlar (xizmatlar)”.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
14-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-13-son
