Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida (1123-2-son)
12.03.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1123-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2002-yil 28-yanvarda 26-son va 2002-24-son qaror bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan ishlar, xizmatlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (2002-yil 15-aprel, roʻyxat raqami 1123-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 7-son; 2003-y., 4-son) 5-bandidagi “v” kichik bandi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
12-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi J. B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-yanvar,
2004-11-son
