Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida (517-son)
15.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash, xususan, ushbu mahsulotlarda xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash talablari hamda ushbu mahsulotlarning muvofiqligini baholashni nazarda tutuvchi Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglament 1-ilovaga muvofiq;
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtgach kuchga kiradi.
3. Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va mohiyati hamda uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholi, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining keng xabardor qilinishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.R. Jumanazarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-avgust,
517-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi 517-son qaroriga 1-ILOVA
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisida
TEXNIK REGLAMENT
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Texnik reglament Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilayotgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Texnik reglament talablari roʻyxati 1-ilovada keltirilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
3. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari ushbu Texnik reglamentga, shuningdek, elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga tegishli amaldagi boshqa texnik reglamentlar talablariga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladi.
4. Texnik reglament quyida keltirilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat mudofaasi, huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining maxsus texnik vositalari uchun ishlatiladigan;
Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilmagan oʻzgaruvchan tokda 1000 V dan va oʻzgarmas tokda 1500 V dan yuqori boʻlgan;
Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilmagan elektrotexnika jihozlarining tarkibiy qismlari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan;
fotoelektrik panellar (quyosh batareyalari);
yerusti va orbital kosmik obyektlar tarkibida foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlar;
faqat havo, suv, yerosti va yerusti transportida foydalanish uchun moʻljallangan elektr jihozlari;
elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari tarkibiy qismi sifatida foydalanish uchun moʻljallangan elektr batareyalari va akkumulyatorlar;
oldin foydalanilgan va (yoki) foydalanishda boʻlgan jihozlar;
katta statsionar sanoat jihozlari;
oʻlchash vositalari;
tibbiyot buyumlari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun maxsus loyihalashtirilgan jihozlar.
5. Ushbu Texnik reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
bir xil (bir turdagi) material — doimiy tarkibga ega boʻlib, bitta moddadan yoki moddalar va materiallarning birikmasidan iborat boʻlgan, ularni mexanik ravishda ajratib boʻlmaydigan mahsulotlar;
import qiluvchi — elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan tashqi savdo bitimini tuzib, ushbu mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqaradigan va uning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
ishlab chiqaruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shugʻullanuvchi hamda ushbu uskunalarning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun javobgar boʻlgan yuridik shaxs, shu jumladan, xorijiy ishlab chiqaruvchi;
elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari — toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanishga moʻljallangan mashinalar, mexanizmlar, apparatlar, moslamalar va qurilmalar ichiga oʻrnatilgan elektr toklari va (yoki) elektromagnit maydonlarning mavjudligi, ishlatilishi, hosil boʻlishi, konversiyasi, uzatilishi va taqsimlanishi bilan bogʻliq boʻlgan mahsulotlar;
elektr oʻyinchoq — elektr energiyasi hisobidan kamida bitta funksiyani bajaradigan oʻyinchoq.
2-bob. Xavfli moddalarni qoʻllashni cheklash boʻyicha talablar
6. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari ishlab chiqarilishi va tayyorlanishida ularning tarkibida roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 2-ilovada keltirilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari tarkibidagi bir xil turdagi (gomogen) materiallardagi xavfli moddalar belgilangan konsentratsiyadan ortiq boʻlmasligi kerak.
7. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan xavfli moddalardan foydalanishni cheklash 3-ilovada keltirilgan maxsus talablarga asosan bekor qilinadi.
3-bob. Qadoqlash, tamgʻalash va foydalanish hujjatlariga qoʻyiladigan talablar
8. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari davlat tilidagi pasport, oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash yoʻriqnomasi hamda undan foydalanish qoʻllanmasini oʻz ichiga olishi kerak.
9. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining nomi va (yoki) belgilanishi (turi, markasi, modeli (agar mavjud boʻlsa), uning asosiy parametrlari va xususiyatlari, ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi, elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti ishlab chiqarilgan davlat nomi, ushbu mahsulotning qoʻllanishi unga biriktirilgan texnik hujjatlarida koʻrsatilishi kerak.
Qadoqlarga elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining nomi (turi, markasi, modeli (agar mavjud boʻlsa), ishlab chiqaruvchining nomi va (yoki) tovar belgisi joylashtirilishi kerak.
10. Ushbu Texnik reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti yuzasiga joylashtirish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu mahsulotga biriktirilgan foydalanish hujjatlarida koʻrsatilishi mumkin.
11. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotining tamgʻasi koʻrish uchun qulay boʻlgan joyga oson oʻqiladigan va tushunarli yozilgan boʻlishi, foydalanish davrida oʻchib ketmasligi hamda tekshirilishida qoʻshimcha qurilmalar talab etilmasligi kerak.
12. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining foydalanish hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
ushbu Texnik reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar;
mahsulotning xususiyatlari va parametrlari;
foydalanish sharoitida atrof-muhitni muhofaza etish choralari va qoidasi (ishlatilishi), oʻrnatish, saqlash, tashish (tashishni tashkil etish), mahsulotni sotuvga chiqarish va yoʻq qilish (zarur hollarda);
mahsulotning notoʻgʻri ishlashi aniqlanganda koʻriladigan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsining), import qiluvchining nomi va joylashgan joyi, ular bilan bogʻlanish maʼlumotlari;
mahsulot ishlab chiqarilgan oy va yil yoki bunday maʼlumot qoʻllanadigan joy yoki ishlab chiqarilgan yilni aniqlash usuli toʻgʻrisidagi maʼlumot.
13. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining jamlanmasi bilan birga taqdim qilinadigan tamgʻalash va texnik hujjatlarda foydalanilgan kattalik birliklari qonunchilikda belgilangan tartibda qoʻllaniladi. Eksport uchun moʻljallangan mahsulotlarda yuqoridagi talablar eksport qilinayotgan davlat qonunchiligi talablariga mos boʻlgan holda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
14. Foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar qogʻoz shaklida boʻlishi lozim. Ularga elektron tashuvchi koʻrinishdagi hujjatlar toʻplami ham qoʻshilishi mumkin. Maishiy boʻlmagan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari toʻplamiga kiritilgan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma faqat elektron axborot tashuvchilar orqali amalga oshirilishi mumkin.
4-bob. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining texnik reglament talablariga muvofiqligini taʼminlash
15. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglamentga muvofiqligi uning xavfli moddalardan foydalanishni cheklash boʻyicha talablar mos kelishi orqali taʼminlanadi.
Ushbu Texnik reglament talablariga muvofiq boʻlmagan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga muvofiqlik belgisi qoʻyilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilmaydi.
16. Ushbu Texnik reglament talablariga ixtiyoriy ravishda rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan mahsulotning muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan, namunalar olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Muvofiqlikni baholash
17. Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga muvofiqligi baholanishi shart.
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglamentning talablariga muvofiqligini tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiya qilish yoki sertifikatlashtirish shakllarida amalga oshiriladi.
18. Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim boʻlgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining roʻyxati ushbu Texnik reglamentga 1-ilovada keltirilgan.
19. Ushbu Texnik reglamentda keltirilgan majburiy tartibda muvofiqligi deklaratsiya qilinadigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligi ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra sertifikatlashtirish shaklida tasdiqlanishi mumkin.
20. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligi quyidagi sxemalarning birini qoʻllash bilan deklaratsiya qilish orqali tasdiqlanadi:
1D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun ariza beruvchining oʻz dalillariga asoslanib muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
2D sxema — elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti toʻpi yoki yagona mahsulot uchun ariza beruvchining oʻz dalillari asosida muvofiqlikni eʼlon qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
3D sxema — seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti uchun sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi;
4D sxema — elektrotexnika va radioelektronika mahsuloti toʻpi yoki yagona mahsulot uchun, sinov laboratoriyasi ishtirokida olingan dalillar va ariza beruvchining oʻz dalillari (agar mavjud boʻlsa) asosida muvofiqlikni deklaratsiya qilishda qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs yuridik shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi;
6D sxema — ishlab chiqaruvchi menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikatlanib, joriy etilgan menejment tizimiga ega boʻlgan seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi yoki u tomondan vakolat berilgan yuridik shaxs hisoblanadi.
21. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining ushbu Texnik reglament talablariga sertifikatlashtirish orqali muvofiqligini tasdiqlash quyidagi sxemalarning birini qoʻllash bilan amalga oshiriladi:
1S sxema — seriyali ishlab chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirishda qoʻllaniladi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
2S sxema — ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan turkum ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi;
3S sxema — elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining toʻpi uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) yoki sotuvchi (import qiluvchi) hisoblanadi va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqlik belgisi bilan (import qilingan mahsulotlar ariza beruvchiga qulay shaklda) tamgʻalanishini taʼminlaydi;
6S sxema — tayyor elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining sinov va oʻlchashlarida Texnik reglament talablariga muvofiqligini toʻliq tasdiqlash imkoni mavjud boʻlmaganda hamda ishlab chiqaruvchida menejment tizimlarining sertifikati mavjud boʻlgan turkum ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun qoʻllanadi. Bunda ariza beruvchi ishlab chiqaruvchi (ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs) hisoblanadi va sertifikatlangan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishini taʼminlaydi.
22. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-avgustdagi 502-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Xavf darajasi yuqori boʻlmagan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
23. Seriyali ishlab chiqariladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun muvofiqlik sertifikati 3 yilga rasmiylashtiriladi. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining toʻpi uchun muvofiqlik sertifikati uning yaroqlilik yoki kafolat muddatiga rasmiylashtiriladi.
24. Foydalanish hujjatlari, shu jumladan, muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar:
seriyali ishlab chiqarilgan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlar uchun — ishlab chiqaruvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish tugatilgan kundan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda;
elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari toʻpi uchun — import qiluvchi yoki uning vakolatli vakili tomonidan toʻpdan oxirgi mahsulot sotilgan kundan boshlab 5 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
6-bob. Mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalash
25. Ushbu Texnik reglament 5-bobi talablariga muvofiqligi tasdiqlangan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari muvofiqlik belgisi bilan tamgʻalanishi shart.
26. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari muvofiqlik belgisi bilan ular muomalaga chiqarilishidan oldin tamgʻalanadi.
27. Muvofiqlik belgisi har bir elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining oʻziga hamda unga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlariga qoʻyiladi. Agarda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga muvofiqlik belgisini bevosita qoʻyishning imkoni boʻlmasa, u holda ushbu belgini mahsulot qadogʻiga qoʻyishga ruxsat etiladi hamda unga ilova qilinadigan foydalanish hujjatlarida koʻrsatiladi.
7-bob. Oʻtish davri
28. Ushbu Texnik reglament kuchga kirgan vaqtdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan hamda elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar Texnik reglament bilan moslashtirilguniga qadar ushbu Texnik reglamentga zid boʻlmagan qismlari amalda qoʻllanadi.
29. Texnik reglament kuchga kirgunga qadar elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlari uchun olingan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlar ushbu hujjatlarda belgilangan muddatlar davomida amalda boʻladi.
8-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
30. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9-bob. Texnik reglament talablari buzilgani uchun javobgarlik
31. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 1-ILOVA
Texnik reglament talablari tatbiq etiladigan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining
ROʻYXATI
T/rMahsulotlarning nomlanishiTIF TN kodi1.Elektr yoki boshqa turdagi sovitkichlar, muzlatkichlar va boshqa sovitish yoki muzlatish uskunalari:8418 10 200 18418 10 800 18418 218418 29 000 08418 30 200 18418 30 800 18418 40 200 18418 40 800 1idish-tovoqlarni yuvish mashinalari8422 11elektrplitalar (kamida bugʻ shkafi va pishirish paneliga, pechkaga ega), maishiy elektrisitkichlar, elektrshkaflar, oʻrnatilgan pechlar, qovurish shkaflari, meva, sabzavot, rezavorlar, qoʻziqorinlar uchun elektrquritkichlar, choynaklar, kofe qaynatkichlar va kofe mashinalar, chaqaloq oziq-ovqat isitgichlari, bugʻqozonlar, sterilizatorlar8516 10 800 08516 60 101 08516 60 109 08516 60 500 08516 60 800 08516 60 900 08516 79 700 08516 71 000 0mikrotoʻlqinli pechlar8516 50 000 0oshxona chiqindilarini maydalash uchun moʻljallangan maydalagichlar8509 80 000 0elektrgrillar, kontaktgrillar, aerogrillar, elektrqoʻralar, elektrtosterlar, vafli tayyorlash uskunasi (vafelnitsa), qizdirilgan yogʻda qovurish uskunasi (frityurnitsa), barbekyu, nonpishirgich, raklettayyorlagichlar (rakletnitsa), yogurt tayyorlash uskunasi (yogurtnitsa), multivarkalar, elektrtovoqlar8516 60 700 08516 60 900 08516 72 000 08516 79 200 08516 79 700 0oziq-ovqatlarni maydalagichlar va mikserlar, jumladan, kofe maydalagichlar, oshxona kombaynlari, oziq-ovqat protsessorlari, sharbatsiqqichlar, yogʻurgichlar, goʻshtmaydalagichlar, blenderlar, qirgʻichlar, koʻpirtirgichlar, kartoshka tozalagichlar, muzqaymoqtayyorlagichlar, pichoqlar, pichoqcharxlagich, toʻgʻragichlar, parrakkesgichlar, donmaydalagichlar.8509 40 000 08509 80 000 02.Choyshablar, kiyimlar va poyabzallarga ishlov berish — yuvish, dazmollash, quritish, tozalash:kir yuvish mashinalari, maishiy yoki kir yuvish xonalari uchun mashinalar, shu jumladan, siqish funksiyasi bilan jihozlangan mashinalar, oʻrnatilgan markazdan qochuvchi siquv moslamasi boʻlgan boshqa mashinalar8450 11 110 08450 11 190 08450 11 900 08450 12 000 08450 19 000 0sentrifugalar, shu jumladan, markazdan qochma quritkichlar8421 12 000 08421 19 700 9ultratovushli kir yuvish asboblari8450 19 000 0bugʻni yoki qumni purkab irgʻituvchi va shu kabi irgʻituvchi qurilmalar, elektr dazmollar8424 30 900 0*8424 89 000 3*8516 40 000 08516 79 700 0sochiq va kiyim uchun elektrquritgichlar8516 79 700 0Binolarni tozalash va tartibga keltirish:changsoʻrgichlar8508poloterlar, elektr choʻtkalar, bugʻli polartkichlar, suv yutuvchi tozalash qurilmalari8509 80 000 08516 79 700 08424 30 900 0*8424 89 000 9*havodagi mikroiqlim sharoitini saqlash va boshqarishventilyatorlar8414 51 000 9konditsionerlar8415 108415 81 009 98415 82 000 98415 83 000 9bugʻlatkichlar va kondensatorlar, namlagichlar8509 80 000 0kalpaklar va dudburonlar8414 60 0008421 39 200 8issiqlik saqlovchi elektrkaminlar, elektrradiatorlar, hayvonlar va oʻsimliklarni koʻpaytirishda ishlatiladigan elektrisitgichlar, yopiq binolarni isitish (isitish, qizdirish) uchun elektr asboblari, isitkich parraklari, konvektorlar8516 21 000 08516 29elektrisitish qarshiliklari (issiq pol tizimlari)8516 803.Sanitariya-gigiyena maqsadlari uchun moʻljallangan:suvisitkichlar8516 10dush kabinalari, hojatxona uchun oʻzgaruvchan tok manbaiga ulangan yoritkichlar, isitkichlar3922 10 000 03922 20 000 03922 90 000 07324 90 000 9(qismlaridan tashqari)8516 79 700 09019 10 900 1ogʻiz boʻshligʻi uchun foydalaniladigan gigiyena qurilmalari8509 80 000 0sauna pechkalari uchun ishlatiladigan elektrisitish qurilmalari8516 29 990 0Soch, tirnoq va terini parvarishlash uchun:yuz uchun elektrsaunalar8516 79 700 0sochquritkichlar, staylerlar, soch turmaklash qurilmalari, sochtekislagich, sochni parvarish qilish uchun elektr bigudiylar, soch uchun elektrqistirmalar8516 31 000 98516 32 000 0qoʻllar uchun elektrquritkichlar8516 33 000 0Tanani isitish uchun:elektrvibrouqalash apparatlari (shifokor nazoratisiz)9019 10 100 0gidrouqalash vannalari9019 10 900 1Oʻyin, sport va mashq uskunalari:elektr taʼminotiga ulangan oʻyin, sport va mashq uskunalari9504 90 800 99506 91*Audio va videoapparatlar, tele va radioefirlarni qabul qiluvchi:audio va videotasmalarni yozuvchi hamda audio va videotasmalarni koʻrsatuvchi qurilmalar8519852185278528 498528 598528 698528 72radio qabul qiluvchi asbob-uskunalar8527televizion qabul qiluvchilar, teletyunerlar, sunʼiy yoʻldosh teletyunerlari8528 718528 72dinamik tizimlar8518 21 000 08518 22 000 08518 29videotelefonlar, interkomlar8517 69 100 0maishiy tikuv mashinalari8452 10overloklar8452 10 190 0trikotaj, elektr toʻqish-tikish mashinalari84474.Quvvat manbalari, zaryadlovchi, kuchlanish stabilizatorlari:maishiy texnika uskunalari 8504 40 300 88504 40 830 08504 40 910 0akkumulyatorlarni zaryadlovchi qurilmalar8504 40 550 0Bogʻdorchilik va polizchilik xoʻjaligi uchun:oʻt oʻrish mashinasi, trimmerlar — maysa va oʻtlarni kesish uchun8433 11 100 08433 19 100 0Ventilyatsion changsoʻrgichlar8508 60 000 0sogʻuvchi qurilmalar8434 10 000 0Akvarium va bogʻ koʻllari uchun:kompressorlar8414 80 900 9nasoslar8413 708413 81 000 0isitkichlar8516 10 800 0elektryoritkichlar va yoritish uskunalari9405 41 001 2*9405 41 001 9*9405 41 002 2*9405 41 002 9*9405 41 003 2*9405 41 003 9*9405 42 001 2*9405 42 001 9*9405 42 002 2*9405 42 002 9*9405 42 003 2*9405 42 003 9*9405 49 001 9*9405 49 002 2*9405 49 002 4*9405 49 002 9*9405 49 003 2*9405 49 003 4*9405 49 003 9*suvni tozalovchi va filtrlovchi uskunalar uchun — elektr filtrlar, sterilizatorlar, elektroziqlantirgichlar8421 21 000 9bogʻ uchun dekorativ favvoralar — elektr uzatmali nasoslar 8509 80 000 08413 708413 81 000 9ichimlik suvi, suv taʼminoti, yakka tartibdagi uylar, kottejlar uchun elektronasoslar8413 50 690 98413 50 800 98413 60 390 98413 60 690 98413 60 700 98413 60 800 98413 70 210 98413 70 290 98413 70 300 98413 70 350 98413 70 450 98413 70 510 98413 70 590 98413 70 650 98413 70 810 98413 70 890 9Yoritish manbai va yoritish uskunalari:Choʻgʻlanma lampalar, elektrlampalar, yorugʻlik chiqaradigan diod (LED) lampalar8539 21 920 08539 21 980 08539 228539 29 920 08539 29 980 08539 318539 51 101 48539 51 101 58539 51 101 68539 51 101 98539 51 102 28539 51 102 98539 51 109 38539 51 109 98539 51 201 28539 51 201 38539 51 201 48539 51 201 98539 51 202 28539 51 202 98539 51 209 28539 51 209 98539 51 300 08539 51 401 28539 51 401 98539 51 402 28539 51 402 98539 51 409 38539 51 409 48539 51 409 98541 41 000umumiy maqsadlar uchun yoritish lampalari9405 11 001 3*9405 11 001 4*9405 11 001 5*9405 11 001 9*9405 11 002 2*9405 11 002 9*9405 11 003 3*9405 11 003 9*9405 19 001 3*9405 19 001 8*9405 19 001 9*9405 19 002 9*9405 19 003 6*9405 19 003 9*9405 21 001 2*9405 21 001 3*9405 21 001 4*9405 21 001 9*9405 21 002 2*9405 21 002 9*9405 21 003 2*9405 21 003 9*9405 29 001 2*9405 29 001 4*9405 29 001 9*9405 29 002 9*9405 29 003 2*9405 29 003 9*9405 41 002 2*9405 41 002 9*9405 41 003 9*9405 42 002 2*9405 42 002 9*9405 42 003 9*9405 49 002 2*9405 49 002 4*9405 49 002 9*9405 49 003 2*9405 49 003 4*9405 49 003 9*yerga oʻrnatilgan yoritish lampasi, akvariumlar uchun lampalar9405 41 001 2*9405 41 001 9*9405 41 002 2*9405 41 002 9*9405 41 003 9*9405 42 001 2*9405 42 001 9*9405 42 002 2*9405 42 002 9*9405 42 003 9*9405 49 001 9*9405 49 002 2*9405 49 002 4*9405 49 002 9*9405 49 003 2*9405 49 003 4*9405 49 003 9*projektorlar9405 41 001 2*9405 41 001 9*9405 42 001 2*9405 42 001 9*9405 49 001 9*Yangi yil archalarini bezash uchun ishlatiladigan nurli tizimlar — shu jumladan, archa uchun yorugʻlik diodlari9405 31 000 0*9405 39 000 0*5.Elektr oʻyinchoqlar9503 006.Shaxsiy elektron hisoblash mashinalari — kompyuterlar:hisoblash mashinalari va ularning bloklari8471 30 000 08471 41 0008471 49 000 08471 50 000 0kassa apparatlari, shu jumladan, kompyuter bilan birgalikda ishlaydiganlari8470 50 000ID-karta oʻqiydiganlar, bankomatlar, axborot kioskalari8471 49 000 07.Shaxsiy elektron kompyuterlarga ulangan uskunalar:printerlar8443 318443 32 100 98443 32 9108443 32 930 08443 32 990 08443 398472 10 000 0monitorlar8519852185278528 42 100 08528 52 100 08528 52 900 08528 59 900 0uzluksiz quvvat manbalari8504 40 300 8faol dinamik tizimlari8518 21 000 08518 22 000 08518 29multimediali proyektorlar8528 698528 62 100 0koʻp funksiyali qurilmalar8443 31*uzatish qurilmasi (udliniteli)8544 42 900 9noutbuk8471 30 000 0planshetlar va boshqa kichik oʻlchamli kompyuterlar8471 30 000 0klaviaturalar, manipulyatorlar, trekerlar va boshqa nazorat va kiritish qurilmalari (kompyuter sichqonchasi, joystiklari, koʻzoynaklar)8537 10 980 98471 30 000 0akustik quloqchin tizimi8518 21 000 08518 22 0008518 29biometrik maʼlumotlarni oʻquvchi qurilmalar84719031 49 900 09031 80 380 0modemlar8517 62 000 9payvandlash uchun mashina va apparatlar8515 31 000 08515 39 130 08515 39 180 08515 39 900 0purkagichlar — yonmaydigan suyuqlik purkovchi8424 20 000 0*8.Doimiy va oʻzgaruvchan nominal kuchlanishi 500 V dan koʻp boʻlmagan joyda qoʻllanadigan kabellar, simlar va shnurlar (optik tolalar bundan mustasno).8544 11,8544 19,8544 20,8544 30,8544 42,8544 49 910 18544 49 9308544 49 950 18544 49 950 98544 60,8544 709.Avtomatik oʻchirgichlar va oʻchirish himoya qurilmalari:avtomat oʻchirib-yoqgichlar8535 21 000 08535 90 0008536 20 100 78536 20 900 78536 30sanoat elektrulagichlari8535 90 000 18535 90 000 88536 90 100 0maishiy va sanoatda foydalanish uchun saqlagichlar (predoxranitellar)8535 10 000 0 8536 10kontaktqisqich — vintli va vintsiz, qisqich toʻplamlari,kleymali kolodka, ulash qurilmalari8535 90 000 18536 90 010 08536 90 100 0oʻzgaruvchan yoki doimiy tarmoqlardan boshqariladigan, umumiy maqsadli, 1000 A gacha boʻlgan nominal toklar uchun doimiy va oʻzgaruvchan elektromagnit kontaktorlar8535 30 100 08535 90 000 18536 418536 49 000 0elektromagnit boshlagichlar — dengiz va portlashga qarshi elektromagnit boshlagichlar bundan mustasno8535 90 0008536 308536 501000 V gacha kuchlanish uchun toʻliq qurilmalar8537 10Turar joy binolari uchun yoritish shitlari, jamoat binolari uchun elektruzatish shchitlari, turar joy va jamoat binolari uchun kirish va tarqatish moslamalari, jamoat va ishlab chiqarish binolari uchun yoritish shchitlari8537 10 910 08537 20 920 010.Elektr qurilmalarni boshqarish uchun elektr qurilmalar:boshqaruv va himoya relesi8535 90 000 88536 418536 49 000 0elektr va elektromexanik qurilmalar, elektr qurilmalarni boshqarish mexanizmlari uchun kommutatsiya elementlari85358536termostatlar9032 10dasturiy qurilmali elektrkalitlar (vklyuchatellar)8535 30 900 18535 90 000 88536 508537 10 910 0mexanik qulflash funksiyasiga ega boʻlgan elektr shoshilinch toʻxtash qurilmalari8535 90 000 88536 50avtomatik kommutatsiya qurilmalari8535 90 000 88536 508536 90 850 98537 10 980 98537 20 920 0kommutatsiya nazorat va himoya qurilmalari8535 908536 308537 108537 20impulsli katta kuchlanishdan himoyalovchi qurilma — katta kuchlanishni chegaralovchi8535 40 000 08536 30element kommutatorlari, buyruq moslamalari, tekshirgichlar, barabanli oʻtkazgichlar, qoʻlda ishga tushirgichlar, turli xil oʻchirgichlar8535 308535 908536 508537 10 910 08537 20universal, kichik gabaritli, shoxsimon, qaytargichli, kalitli vklyuchatellar va pereklyuchatellar8535 308535 908536 50oʻchirgichlar va yoʻloʻtkazgichlar, yoʻl oʻchirgichlari bloklari, mikrooʻchirgichlar (mikrooʻtkazgichlar)8535 308535 908536 50boshqarish tugmalari, tugmachani boshqarish postlari, stansiyalar, apparatlar8535 308535 908536 508537 108537 20mustaqil faoliyat koʻrsatadigan maishiy elektr asboblari uchun avtomatik boshqarish qurilmalari8537 10 910 08537 20elektr asboblari uchun oʻchirgichlar va qaytaulagichlar8535 308535 908536 5011.Elektr aloqa vositalari (terminal va telekomunikatsiya uskunalari), jumladan, statsionar va mobil telefonlar, avtomat telefonlar, telefakslar, telekslar8517 61 000 18517 61 000 88517 11 000 08517 13 000 08517 14 000 08517 18 000 08443 32 300 08517 62 000Koʻchma va portativ radiostansiyalar8517 61 000 18517 61 000 88525 60 000 012.Savdo va oʻyin avtomatlari847613.Yongʻindan saqlovchi uskunalar8424 10 000 9*8424 89 000 9*8531 10
* Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligini tasdiqlash muvofiqlikni deklaratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 2-ILOVA
Ruxsat etilgan darajadagi xavfli moddalarni oʻz ichiga olgan bir xil turdagi (gomogen) materiallar konsentratsiyasi roʻyxati
T/rXavfli moddalar nomlanishiXavfli moddalarni oʻz ichiga olgan bir xil (bir turdagi) materiallardagi konsentratsiyasi mahsulot massasiga nisbatan quyida keltirilgan foizlardan koʻp boʻlmasligi lozim1.Qoʻrgʻoshin0,12.Simob0,13.Kadmiy0,014.Olti valentli xrom0,15.Polibromlangan difenillar (PBB)0,16.Polibromlangan difenil efirlar (PBDE)0,17.Dioktilftalat (DEHP)0,18.Benzilbutilftalat (BBP)0,19.Dibutilftalat (DBP)0,110.Diizobutilftalat (DIBP)0,1
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentga 3-ILOVA
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlariga nisbatan xavfli moddalardan foydalanishni cheklashni bekor qilish boʻyicha
MAXSUS TALABLAR
T/rMaxsus talablarMaxsus talablarning amal qilish muddatiBir bazali ixcham lyuminessent lampalarda simob miqdori har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:1.Maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan lampalar uchun 5 mg (umumiy yoritishdan boshqa)2027-yil 24-fevralgacha2.Ultrabinafsha spektrga asosan yorugʻlik chiqarishga moʻljallangan lampalar uchun 5 mg2027-yil 24-fevralgachaLyuminessent lampalardagi simob miqdori har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:3.Naycha diametri 17 mm dan katta fosforli galofosfat chiziqli boʻlmagan lampalar uchun 15 mg2026-yil 24-fevralgacha,2026-yil 25-fevraldan2027-yil 24-fevralgacha10 mg dan foydalanish mumkin.4.Umumiy yoritish va maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan lampalar uchun (masalan, induksion lampalar) 15 mg2027-yil 24-fevralgacha5Ultrabinafsha spektrga asosan yorugʻlik chiqarishga moʻljallangan lampalar uchun 15 mg2027-yil 24-fevralgacha6Favqulodda lampalar uchun15 mg2027-yil 24-fevralgachaSovuq katodli lyuminessent lampalardagi simob va tashqi elektrodli lyuminessent lampalardagi simob har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:7.Uzunligi 500 mm ga teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 3,5 mg2027-yil 24-fevralgacha8.Uzunligi 500 mm dan katta 1500 mm teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 5 mg2027-yil 24-fevralgacha9Uzunligi 1500 mm katta boʻlgan lampalar uchun 13 mg2027-yil 24-fevralgacha10.Past bosimli gaz razryadli lampalardagi simob, bunda qoʻllash uchun chiroq spektrining asosiy diapazoni ultrabinafsha spektrda boʻlishi talab qilinadi. 15 mg dan koʻp boʻlmasligi kerak2027-yil 24-fevralgacha11.Umumiy yoritish uchun moʻljallangan yuqori bosimli natriyli (bugʻli) lampalarda rang koʻrsatishi Ra > 80 boʻlgan lampalardagi quvvat R 105 W simob 16 mg dan oshmasligi kerak.2027-yil 24-fevralgachaUmumiy yoritish uchun boshqa yuqori bosimli natriyli lampalardagi simob har bir lampada quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:12.Quvvati 155 W ga teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 20 mg2027-yil 24-fevralgacha13.Quvvati 155 W dan koʻp, lekin 405 W ga teng yoki kichik boʻlgan lampalar uchun 25 mg2027-yil 24-fevralgacha14.Quvvati 405 W dan katta boʻlgan lampalar uchun 25 mg2027-yil 24-fevralgacha15.Ushbu ilovada alohida qayd etilmagan maxsus maqsadlar uchun boshqa lampalardagi simob cheklanmaydi2027-yil 24-fevralgachaYoritilgan belgilar va binolarni dekorativ yoritish uchun maxsus gaz razryadli lampalardagi simob quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak:16.Elektr nurlari naychalari oynasidagi qoʻrgʻoshin cheklanmaydiDoimiy17.Lyuminessent lampalarning shishalari (naychalari) stakanida qoʻrgʻoshin 0,2 % gachaDoimiy18.Shamollatish va sovitish tizimlarida sovitkich oʻz ichiga olgan kompressorlar uchun moʻljallangan tekis rulmanlarning korpuslari va laynerlarida qoʻrgʻoshin cheklanmaydiDoimiy19.Yorugʻlik uzatuvchi rangsiz oyna va optik tizimlarning linzalarida qoʻrgʻoshin miqdori cheklanmaganDoimiy20.Reflektiv standart namunalari va svetofiltrlarda qoʻrgʻoshin va kadmiy cheklanmaydiDoimiy21.Gaz razryadli lampalardagi qoʻrgʻoshin sifatida foydalaniladigan chiroqlarining lyuminessent kompozitsiyalarini faollashtiruvchisi cheklanmaydiDoimiy22.SED-displeylarida qoʻrgʻoshin oksidi (sirt oʻtkazuvchanligi sababli elektron emissiya koʻrsatkichlari) cheklanmaydiDoimiy23.Kristall shishadagi qoʻrgʻoshin birikmalari cheklanmaydiDoimiy24.Ovoz balandligi kamida 100 dBA boʻlgan karnaylarning ovozli spiralidagi elektromexanik ulanish uchun qotishma elementi sifatida ishlatiladigan kadmiy cheklanmaydiDoimiy25.SED-displeylarida qoʻrgʻoshin oksidi (sirt oʻtkazuvchanligi sababli elektron emissiya koʻrsatkichlari) cheklanmaydiDoimiy26.Kristall shishadagi qoʻrgʻoshin birikmalari cheklanmaydiDoimiy27.Ovoz balandligi kamida 100 dBA boʻlgan karnaylarning ovozli spiralidagi elektromexanik ulanish uchun qotishma elementi sifatida ishlatiladigan kadmiy cheklanmaydiDoimiy28.Suyuq kristalli displeylarda tekis lyuminessent lampalarni oʻrnatish uchun qotishma elementi sifatida qoʻrgʻoshin cheklanmaydiDoimiy29.Kuchlanish transformatorlarining qotishma elementi sifatida qalinligi 100 μm dan koʻp boʻlmagan mis simlarini kavsharlash uchun qoʻrgʻoshin cheklanmaydiDoimiy30.Keramika potensiometrlarida qoʻrgʻoshin cheklanmaydiDoimiy31.Plazmadagi katodni barqarorlashtirish uchun simob displeylar — 1 plazma paneli uchun 30 mg dan oshmasligi kerakDoimiy32.Shisha keramika va berilliy oksidiga asoslangan hollarda yuqori voltli diodlarning qoplama qatlamlarida qoʻrgʻoshin cheklanmaydiDoimiy33.Yorugʻlik va displey tizimlari uchun qattiq holdagi LEDlarning yorugʻlikka aylantiruvchi elementlarida kadmiy 1 mm yorugʻlik chiqaruvchi yuzaga 10 mg gachaDoimiy34.Elektr va elektron oynalar, shuningdek, eshiklar uchun ishlatiladigan, polivinilxlorid chiqindilaridan olingan aralashmalarni oʻz ichiga olgan plastik profillardagi kadmiy va qoʻrgʻoshin, bunda qayta ishlangan qattiq PVX materialdagi konsentratsiyasi kadmiy ogʻirligi boʻyicha 0,1% va qoʻrgʻoshin ogʻirligi boʻyicha 1,5 % dan oshmasligi kerak.2028-yil 28-maygacha35.Sotuvga chiqarilgan oʻyinchoqlar yoki oʻyinchoqlarning qismlarida erkin holatda boʻlgan benzil konsentratsiyasi oʻyinchoq yoki oʻyinchoqning bir qismi ogʻirligidan 5 mg/kg gachaDoimiy
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-avgustdagi 517-son qaroriga 2-ILOVA
Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisidagi texnik reglamentni joriy etish
SXEMASI
BosqichlarSubyektlarTadbirlarMuddatlar1-bosqichOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi1. Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklashga doir amaldagi standartlar roʻyxatini tuzadi va xatlovdan oʻtkazadi.Uch oy muddatda2. Texnik reglament talablariga rioya etilishini taʼminlaydigan hamda texnik reglamentlarda belgilangan elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining muvofiqligini baholash uchun zarur boʻlgan namunalarni olish, sinash va oʻlchash usullarini belgilaydigan standartlar roʻyxatlarini shakllantiradi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.Bir oy muddatda2-bosqichOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiElektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarining Texnik reglament talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish koʻlamini kengaytirish boʻyicha choralarni koʻradi.Olti oy muddatda3-bosqichEnergetika vazirligi,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiTexnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida aholini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari, tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda xabardor qilishni taʼminlaydi.Jadvalga muvofiq4-bosqichTadbirkorlik subyektlari1. Texnik reglamentni oʻrganadi, masʼul xodimlarni oʻqitadi va Texnik reglamentni oʻz faoliyatida joriy qiladi.Kelishilgan muddatlarda2. Muvofiqlikni baholash tartibotidan oʻtkazish uchun tegishli mahsulot namunalarini Texnik reglament talablariga muvofiq tayyorlaydi.5-bosqichOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiVakolatli davlat organlariTexnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.Belgilangan tartibda6-bosqichOʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiTexnik reglamentni qoʻllash amaliyotini monitoring qiladi va maʼlumotlarni tizimli asosda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.Har chorakda
