“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga hamda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-111-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1104-V-son)
15.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 1-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlashga hamda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-111-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-iyul,
1104-V-son
