“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilish materiallari sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-107-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (1039-V-son)
01.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 20-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilish materiallari sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-107-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-iyul,
1039-V-son
