Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3663-son)
11.08.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3663]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-iyul,
14/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/11-son qaroriga ILOVA
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, oraliq banklar hamda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar va mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Banklar mazkur Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) bir yoʻla toʻlanadigan, kalendar va maxsus badallar (bundan buyon matnda badal deb yuritiladi) toʻlaydi.
2. Badallar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (bundan buyon matnda milliy valyuta deb yuritiladi) yaxlitlangan holda toʻlanadi.
Bunda, badallar summasining 50 tiyinidan kami hisobga olinmaydi (chiqarib tashlanadi), 50 tiyini va undan ortigʻi 1 soʻm qiymatida hisobga olinadi.
3. Agar badalni toʻlashning soʻnggi kuni dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, badal dam olish kunidan yoki ishlanmaydigan bayram kunidan yoxud boshqa ishlanmaydigan kundan keyingi ish kunida toʻlanishi lozim.
2-bob. Bir yoʻla toʻlanadigan badal
4. Bir yoʻla toʻlanadigan badal deganda yangidan tashkil etilgan bank tomonidan, bundan oraliq bank va qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan bank mustasno, Jamgʻarmaga dastlabki toʻlanadigan pul mablagʻlari tushuniladi.
5. Bankning bir yoʻla toʻlanadigan badali miqdori Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida belgilangan bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
6. Bank tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan badal unga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya va (yoki) islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) deb yuritiladi) berilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida toʻlanishi lozim.
3-bob. Kalendar badal
1-§. Kalendar badal miqdorini aniqlash tartibi
7. Kalendar badal deganda bank tomonidan Jamgʻarmaga har chorakda toʻlanadigan pul mablagʻlari tushuniladi.
8. Bank tomonidan Jamgʻarmaga hisobot choragi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kalendar badal miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
S = Db * R
Bunda:
S — bank tomonidan Jamgʻarmaga toʻlanishi lozim boʻlgan kalendar badal miqdori;
Db — bankning depozit bazasi miqdori;
R — hisobot choragi uchun kalendar badal stavkasining foizdagi ifodasi.
9. Yangidan tashkil etilgan bank va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasi (litsenziyalari) chaqirib olingan bank tomonidan toʻliq boʻlmagan chorak uchun Jamgʻarmaga tegishli ravishda toʻlanadigan birinchi va soʻnggi kalendar badali miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
S = Db * (R * 1/q) * n
Bunda:
S — bank tomonidan Jamgʻarmaga toʻlanishi lozim boʻlgan kalendar badal miqdori;
Db — bankning depozit bazasi miqdori;
R — kalendar badal stavkasining foizdagi ifodasi;
q — hisobot choragidagi haqiqatdagi kunlar soni;
n — hisobot choragida bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilgan sanadan hisobot choragi yakunigacha oʻtgan kunlar soni yoki hisobot choragi boshidan hisobot choragida bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) chaqirib olingan sanagacha boʻlgan kunlar soni.
10. Bankning depozit bazasini aniqlash tartibi Omonatlarni kafolatlash agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda bank tomonidan jalb qilingan investitsiyaviy omonatlar (depozitlar) summasi inobatga olinmasligi lozim.
11. Depozit bazasini hisoblab chiqarish chogʻida kafolatlash obyektlarining chet el valyutasidagi qoldigʻi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) hisobot choragining oxirgi sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.
2-§. Kalendar badal stavkalari va ularni qoʻllash xususiyatlari
12. Kalendar badal stavkasi Agentlikning kuzatuv kengashi tomonidan barcha banklar uchun yagona boʻlgan stavkani va (yoki) banklarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda aniqlanadigan stavkalarni (bundan buyon matnda differensial stavka deb yuritiladi) tasdiqlash orqali belgilanadi. Bunda, kalendar badal stavkasi chorak uchun 0,5 foizdan oshishi mumkin emas.
13. Keyingi moliyaviy yil uchun kalendar badalning stavkasi joriy yilning 30-oktabridan kechiktirmasdan belgilanadi. Mazkur sanaga qadar kalendar badal stavkasi belgilanmagan taqdirda, keyingi moliyaviy yil uchun amalda boʻlgan kalendar badal stavkasi qoʻllaniladi.
14. Agentlikning kuzatuv kengashi tomonidan kalendar badalning differensial stavkasi belgilangan taqdirda, banklarning tavakkalchiliklari darajasini baholash Agentlikning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan uslubiyat asosida yoki Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan banklarning tavakkalchiliklari tasnifi asosida amalga oshiriladi. Bunda, Markaziy bank banklarning tavakkalchiliklari darajasi bahosini Agentlikka uning soʻroviga asosan oʻn besh ish kuni ichida taqdim etadi.
15. Kalendar badalning differensial stavkalarini belgilashda Agentlik banklarning tavakkalchiliklari darajasi bahosidan kelib chiqib ularni tavakkalchiliklar darajasi guruhlariga ajratadi.
Bunda, Agentlik banklarning tavakkalchiliklari darajasini baholash natijalari va ularni qayta koʻrib chiqish davriyligi toʻgʻrisida banklarni xabardor qiladi.
3-§. Kalendar badalni toʻlash
16. Bank hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay kalendar badalni toʻlashi va toʻlangan badallar toʻgʻri hisoblanganligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ushbu Nizomning 2-ilovasida koʻrsatilgan uslubiy koʻrsatmalar asosida toʻldirgan holda bank telekommunikatsiya tarmogʻi orqali Agentlikka yuborishi lozim.
17. Markaziy bank tomonidan omonatlarga pul mablagʻlari jalb qilinishining toʻxtatib turilishi yoki bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyaning (litsenziyalarning) chaqirib olinishi bankni tegishli chorak uchun kalendar badalni toʻlashdan ozod etmaydi. Bank faoliyatiga doir tegishli litsenziyasi (litsenziyalari) chaqirib olingan bank tomonidan soʻnggi kalendar badal qonunchilikda belgilangan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatiga asosan toʻlanadi.
18. Oraliq bank unga bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilgan sanadan eʼtiboran olti oy davomida kalendar badallarni toʻlashdan ozod etiladi.
19. Kalendar badal toʻlanganidan keyin Agentlik yoki bank tomonidan ortiqcha toʻlangan kalendar badal summasi aniqlangan taqdirda, hisobot choragi uchun toʻlangan kalendar badalning ortiqcha summasi kelgusi kalendar badal hisobida hisobga olinadi.
4-§. Kalendar badal toʻlanmaganligi yoki toʻliq toʻlanmaganligi uchun penya
20. Bank Jamgʻarmaga kalendar badalni belgilangan muddatda toʻlamagan yoki toʻliq toʻlamagan taqdirda, Agentlik badallarni toʻlash muddati tugagan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bank oʻz majburiyatini bajarmaganligi yoki qisman bajarganligi toʻgʻrisida Markaziy bankka va bevosita bankning oʻziga yozma xabarnoma yuboradi.
21. Bank tomonidan kalendar badalning toʻlanmagan summasiga har bir muddati oʻtgan kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravari miqdorida penya hisoblanadi. Penya quyidagi formula asosida aniqlanadi:
P = T * (R * 2/q) * n
Bunda:
P — toʻlanishi lozim boʻlgan penya miqdori;
T — toʻlanmagan summa;
R — Markaziy bankning asosiy stavkasi;
q — hisobot yilidagi haqiqatdagi kunlar soni;
n — muddati oʻtgan kunlar soni.
22. Bank tomonidan Jamgʻarmaga badallar toʻlanmagan yoki qisman toʻlangan taqdirda, Markaziy bank qonunchilikka muvofiq bankka nisbatan chora va sanksiyalar qoʻllashga haqli.
4-bob. Maxsus badal
23. Maxsus badal deganda kalendar badalga qoʻshimcha ravishda Jamgʻarmaga toʻlanadigan pul mablagʻlari tushuniladi.
24. Maxsus badal quyidagi hollarda belgilanadi:
Jamgʻarma mablagʻlarining haqiqatdagi yoki ehtimoldagi taqchilligini bartaraf etishda;
kompensatsiyalar toʻlash yoki sanatsiya vositalarini qoʻllash uchun jalb etilgan qarz mablagʻlarini toʻlashda;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilganidan keyin Jamgʻarma mablagʻlarini belgilangan muddatlarda maqsadli miqdorga yetkazishda.
25. Barcha banklar tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan jami maxsus badal miqdori mazkur Nizomning 24-bandidagi holatlarda foydalanish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar va Jamgʻarmada mavjud mablagʻlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
26. Maxsus badallar quyidagi shartlarga rioya etgan holda belgilanishi mumkin:
maxsus badalni belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan avvalgi oʻn ikki oy davomida mazkur badallar undirilmagan boʻlishi;
faoliyatini bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) olingan kundan eʼtiboran bir yildan ortiq amalga oshirayotgan bankning maxsus badali miqdori maxsus badalni belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan oldingi chorakning oxirgi kuni holatiga koʻra bankning shunday banklarning jami depozit bazasidagi ulushiga mutanosib boʻlishi hamda maxsus badalni belgilash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan avvalgi oʻn ikki oy davomida bank toʻlashi lozim boʻlgan kalendar badallar miqdoridan oshmasligi;
faoliyatini bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) olingan kundan eʼtiboran bir yildan kam amalga oshirayotgan bankning maxsus badali miqdori maxsus badalni belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanaga qadar bank toʻlashi lozim boʻlgan kalendar badallar miqdoridan oshmasligi.
27. Mazkur Nizomning 26-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan kalendar badallar maxsus badalni belgilash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan avvalgi oʻn ikki oy uchun bank tomonidan haqiqatda toʻlangan va (yoki) toʻlanishi lozim boʻlgan kalendar badallarni oʻz ichiga oladi.
28. Agentlikning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan maxsus badalni belgilash toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank bilan kelishilishi lozim. Mazkur qarorni kelishishda Markaziy bank maxsus badal toʻlanishining Oʻzbekiston Respublikasi moliyaviy barqarorligiga va banklarning moliyaviy holatiga taʼsirini hisobga oladi.
Agar Markaziy bank maxsus badalni toʻlash bir bankning yoki bir nechta bankning toʻlov qobiliyatiga tahdid solishi mumkin degan qarorga kelsa, Agentlikdan mazkur bankka (banklarga) maxsus badalni toʻlashi uchun olti oydan ortiq boʻlmagan boshqa muddat belgilanishini talab qilishi mumkin. Bunda, Markaziy bank Agentlikning maxsus badalni belgilash toʻgʻrisidagi qarori kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Agentlikka qabul qilgan qarori toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
29. Agentlikning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilingan maxsus badalni belgilash toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank bilan kelishilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay banklarni va moliyaviy barqarorlik boʻyicha tuziladigan maxsus kengashni quyidagilarni koʻrsatgan holda xabardor qiladi:
maxsus badalni belgilash asoslarini;
bank tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan summalarni;
bank xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kam boʻlmagan toʻlov muddatini (ushbu Nizomning 28-bandi ikkinchi xatboshisidagi talablarni inobatga olgan holda).
30. Oraliq bank unga bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berilgan kundan eʼtiboran olti oy davomida maxsus badalni toʻlashdan ozod etiladi.
5-bob. Yakuniy qoida
31. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kafolatlash obyektlari va bank tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga toʻlanadigan kalendar badal toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar
Ushbu uslubiy koʻrsatmalardan Banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) 1-ilovasini toʻldirishda foydalaniladi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nizomning 1-ilovasida bank tomonidan jismoniy, yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslardan jalb etilgan kafolatlash obyektlari va qonunchilikka muvofiq kafolatlash obyekti boʻlmagan mablagʻlarning qoldigʻi, shuningdek, omonatchilar va ularning hisobvaraqlari soni koʻrsatiladi.
2. Kafolatlash obyektlari va qonunchilikka muvofiq kafolatlash obyekti boʻlmagan mablagʻlarning qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobot davrining oxirgi ish kuni holatiga, shu kuni amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda koʻrsatiladi.
3. Ilova kataklari boʻsh qoldirilmasligi lozim. Agar maʼlumot mavjud boʻlmasa ushbu kataklarda nol koʻrsatiladi.
4. Chet el valyutasida qoʻyilgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi Markaziy bankning hisobot davrining oxirgi kunidagi kursi boʻyicha soʻm ekvivalentida aks ettiriladi.
5. Bir omonatchining kafolatlash obyektini aniqlashda:
jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan omonatchining unikalligi ularning shaxsiy identifikatsiya raqami bilan, yuridik shaxs boʻlgan omonatchining unikalligi Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasidagi xos raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami bilan taʼminlanadi;
bank omonati yoki bank hisobvaragʻi shartnomasining unikalligi bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi depozit shartnomasi raqami bilan taʼminlanadi.
2-bob. Banklar tomonidan Nizomning 1-ilovasini toʻldirish tartibi
6. (C) Ustunda kafolatlash obyektlarining (kafolatlangan omonatlarning) qoldigʻi va kafolatlash obyekti boʻlmagan mablagʻlarning qoldigʻi tegishli koʻrsatkichlar kesimida koʻrsatiladi. Bunda bir omonatchi bankda bir nechta kafolatlash obyektlariga ega boʻlgan taqdirda, mazkur kafolatlash obyektlari jamlanib, mazkur ustunda ushbu omonatchining bitta kafolatlash obyekti sifatida uning miqdoridan kelib chiqib tegishli satrda koʻrsatiladi.
7. (D) Ustunda depozit hisobvaraqlar soni tegishli koʻrsatkichlar kesimida koʻrsatiladi. Bunda hisobvaraqlar soni omonatchilar sonidan kam boʻlmaydi.
8. (F) Ustunda kafolatlash obyektiga (kafolatlangan omonatga) ega boʻlgan omonatchilar soni tegishli koʻrsatkichlar kesimida koʻrsatiladi.
9. 1-satr. Jami omonatlar. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.1, 1.2 va 1.3-satrlari yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
10. 1.1-satr. Jismoniy shaxslarning jami omonatlari, shulardan. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.1.1 va 1.1.2-satrlari yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
11. 1.1.1-satr. Milliy valyutada. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.1.1.1 va 1.1.1.2-satrlari yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
12. 1.1.1.1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 20206, 22616, 22617, 22618, 22621 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari va bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining hamda 22402, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va mazkur hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
13. 1.1.1.2-satr. Jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 20406, 20606, 22650, 23604 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlari soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
14. 1.1.2-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.1.2.1 va 1.1.2.2-satrlar yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
15. 1.1.2.1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 20206, 22616, 22617, 22618, 22621 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari va bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining hamda 22402, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
16. 1.1.2.2-satr. Jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 20406, 20606, 22650, 23604 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning chet el valyutasidagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
17. 1.2-satr. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jami omonatlari, shulardan. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.2.1 va 1.2.2-satrlari yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
18. 1.2.1-satr. Milliy valyutada. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.2.1.1 va 1.2.1.2-satrlari yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
19. 1.2.1.1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 20218, 22619 balans hisobvaraqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari va bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining hamda 22402, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va mazkur hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
20. 1.2.1.2-satr. Jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 20418, 20618, 23604 balans hisobvaraqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlari soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
21. 1.2.2-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.2.2.1 va 1.2.2.2-satrlar yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
22. 1.2.2.1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 20218, 22619 balans hisobvaraqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari va bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining hamda 22402, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
23. 1.2.2.2-satr. Jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 20418, 20618, 23604 balans hisobvaraqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
24. 1.3-satr. Yuridik shaxslarning jami omonatlari, shulardan. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.3.1 va 1.3.2-satrlar yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
25. 1.3.1-satr. Milliy valyutada. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.3.1.1 va 1.3.1.2-satrlar yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
26. 1.3.1.1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 20202, 20203, 20204, 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20296, 22620, 22622 balans hisobvaraqlaridagi yuridik shaxslarning milliy valyutadagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari va bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining hamda 22402, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
27. 1.3.1.2-satr. Jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 20402, 20403, 20404, 20408, 20410, 20412, 20414, 20416, 20496, 20602, 20603, 20604, 20605, 20608, 20610, 20612, 20614, 20616, 20696, 21022, 21032, 21042, 21052, 23606 balans hisobvaraqlaridagi yuridik shaxslarning milliy valyutadagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
28. 1.3.2-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 1.3.2.1 va 1.3.2.2-satrlar yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
29. 1.3.2.1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 20202, 20203, 20204, 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20296, 22620, 22622 balans hisobvaraqlaridagi yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlari va bank kartalaridagi mablagʻlari qoldigʻining hamda 22402, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
30. 1.3.2.2-satr. Jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 20402, 20403, 20404, 20408, 20410, 20412, 20414, 20416, 20496, 20602, 20603, 20604, 20605, 20608, 20610, 20612, 20614, 20616, 20696, 21022, 21032, 21042, 21052, 23606 balans hisobvaraqlaridagi yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha depozit hisobvaraqlari soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
31. 2-satr. Jami kafolatlanmaydigan omonatlar, shulardan. Bu satrda (C), (D) va (F) ustunlarning tegishli ravishda 2.1, 2.2, 2.3, 2.4, 2.5, 2.6, 2.7, 2.8, 2.9, 2.10.2-satrlari yigʻindisi koʻrsatiladi. Agar yuridik shaxslarning omonatlari qoldigʻi mazkur satrlarda koʻrsatilganidan boshqa balans hisobvaraqlarida hisobga olingan boʻlsa, mazkur shaxslarning omonatlari qoldigʻi (A) ustunda koʻrsatilgan tegishli omonatchilar guruhi satrida aks ettirililadi.
32. 2.1-satr. Banklarning omonatlari. Bu satrda 21022, 21032, 21042, 23606 balans hisobvaraqlaridagi banklarning omonatlari qoldigʻining hamda 22407 va 22476 balans hisobvaragʻidagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
33. 2.2-satr. Nobank kredit tashkilotlarining omonatlari. Bu satrda 20216, 20416, 20616, 23606 balans hisobvaraqlaridagi nobank kredit tashkilotlarining (mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari) omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
34. 2.3-satr. Lizing tashkilotlarining omonatlari. Bu satrda 20216, 20416, 20616, 23606 balans hisobvaraqlaridagi lizing tashkilotlarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
35. 2.4-satr. Sugʻurta tashkilotlarining omonatlari. Bu satrda 20216, 20416, 20616, 23606 balans hisobvaraqlaridagi sugʻurta tashkilotlarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
36. 2.5-satr. Investitsiya va pay fondlarining omonatlari. Bu satrda 20296, 20496, 20696, 21052, 23606 balans hisobvaraqlaridagi investitsiya va pay fondlarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
37. 2.6-satr. Litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida yoki xabardor qilish tartibida faoliyat yurituvchi boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari. Bu satrda 20296, 20496, 20696, 21052, 23606 balans hisobvaraqlaridagi faoliyatini litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat asosida yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi boshqa moliya tashkilotlarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
38. 2.7-satr. Davlat tashkilotlari va korxonalarining omonatlari. Bu satrda 20210, 20410, 20610, 23606 balans hisobvaraqlaridagi davlat tashkilotlari va korxonalarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
39. 2.8-satr. Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining omonatlari. Bu satrda 20202, 20203, 20204, 20402, 20403, 20404, 20602, 20603, 20604, 20605, 23606 balans hisobvaraqlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlar qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
40. 2.9-satr. Chet el mamlakatlari davlat organlarining omonatlari. Bu satrda 20296, 20496, 20696, 23606 balans hisobvaraqlaridagi chet davlat organlarining omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
41. 2.10-satr. Bankka aloqador shaxslarning omonatlari. Bu satrda (C), (D) va (F) ustunlarning tegishli ravishda 2.10.1 va 2.10.2-satrlari yigʻindisi koʻrsatiladi.
42. 2.10.1-satr. Bankka aloqador 2.1-2.9-satrlarda koʻrsatilgan shaxslarning omonatlari. Bu satrda 20202, 20203, 20204, 20210, 20216, 20296, 20402, 20403, 20404, 20410, 20416, 20496, 20602, 20603, 20604, 20605, 20610, 20616, 20696, 21022, 21032, 21042, 21052, 23606 balans hisobvaraqlaridagi bankka aloqador shaxslarning omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
43. 2.10.2-satr. Bankka aloqador boshqa shaxslarning omonatlari. Bu satrda 20206, 20208, 20212, 20214, 20218, 20406, 20408, 20412, 20414, 20418, 20606, 20608, 20612, 20614, 20618, 22616, 22617, 22618, 22619, 22620, 22621, 22622, 22650, 23604, 23606 balans hisobvaraqlaridagi bankka aloqador shaxslarning omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
44. 3-satr. Kafolatlash obyektlarining umumiy summasi, shulardan. Bu satrda (C), (D) va (F) ustunlarning tegishli ravishda 1 va 2-satrlari oʻrtasidagi farq koʻrsatiladi.
45. 3.1-satr. Toʻliq hajmda kafolatlanadigan omonatlar (2025-yil 19-fevralgacha bankka qoʻyilgan jismoniy shaxslarning jamgʻarma va muddatli omonatlari), shulardan. Bu satrda 2025-yil 18-fevral kuni yakuni holatiga 20406, 20606, 23604 balans hisobvaraqlarida qoldiqqa ega boʻlgan jismoniy shaxslarning mazkur hisobvaraqlardagi milliy valyuta va chet el valyutasidagi jamgʻarma va muddatli omonatlari qoldigʻining hamda 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
46. 3.1.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
47. 3.1.2-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan omonatlar. 3.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi jismoniy shaxslarning qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻi shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
48. 3.2-satr. 200 000 000 soʻmgacha boʻlgan kafolatlash obyektlari (kafolatlangan omonatlar). Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 3.2.1, 3.2.2 va 3.2.3-satrlari yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi. Bunda 3.2.1, 3.2.2 va 3.2.3-satrlardagi kafolatlash obyektlari (kafolatlangan omonatlar) milliy valyuta va chet el valyutasidagi jismoniy shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va yuridik shaxslarning jamgʻarma va muddatli omonatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning 2025-yilning 19-fevralidan boshlab bankka qoʻyilgan jamgʻarma va muddatli omonatlarini oʻz ichiga oladi.
49. 3.2.1-satr. Jismoniy shaxslarning kafolatlangan omonatlari. Bu satrning:
(C) ustunida formula asosida aniqlanadigan kafolatlash obyektlari yigʻindisi koʻrsatiladi — (C) ustunining 3.2.1.1-satri + ((F) ustunining 3.2.1.2-satri * 200 000 000));
(D) va (F) ustunlarida tegishli ravishda 3.2.1.1 va 3.2.1.2-satrlarning yigʻindisi koʻrsatiladi.
50. 3.2.1.1-satr. Jami kafolatlash obyektlari ≤ 200 000 000 soʻm, shulardan. Bu satrda 20206, 20406, 20606, 22616, 22617, 22618, 22621, 22650, 23604 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi 200 million soʻmdan kam yoki unga teng boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur kafolatlash obyektlarining qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
51. 3.2.1.1.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.2.1.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
52. 3.2.1.1.2-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 3.2.1.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
53. 3.2.1.1.3-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 3.2.1.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
54. 3.2.1.2-satr. Jami kafolatlash obyektlari > 200 000 000 soʻm, shulardan. Bu satrda 20206, 20406, 20606, 22616, 22617, 22618, 22621, 22650, 23604 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi 200 million soʻmdan koʻp boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur kafolatlash obyektlarining qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
55. 3.2.1.2.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.2.1.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
56. 3.2.1.2.2-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 3.2.1.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
57. 3.2.1.2.3-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar, shulardan. Bu satrda 3.2.1.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
58. 3.2.1.2.3.1-satr. Mablagʻlarni muddatidan oldin olishga cheklov nazarda tutilgan qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 3.2.1.2.3-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari boʻyicha omonatchida 30 kunlik muddat ichida pul mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaslik va 30 kunlik muddatdan keyin muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, pul mablagʻlari olingunga qadar kamida bir yil uchun foizlar (boshqa toʻlovlar) toʻlanmaslik (foizlar toʻlab berilgan taqdirda bank tomonidan qayta undirib olinishi) sharti bilan qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
59. 3.2.2-satr. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning kafolatlangan omonatlari. Bu satrning:
(C) ustunida formula asosida aniqlanadigan kafolatlash obyektlari yigʻindisi koʻrsatiladi — (C) ustunining 3.2.2.1-satri + ((F) ustunining 3.2.2.2-satri * 200 000 000));
(D) va (F) ustunlarida tegishli ravishda 3.2.2.1 va 3.2.2.2-satrlarning yigʻindisi koʻrsatiladi.
60. 3.2.2.1-satr. Jami kafolatlash obyektlari ≤ 200 000 000 soʻm, shulardan. Bu satrda 20218, 20418, 20618, 22619, 23604 balans hisobvaraqlaridagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi 200 million soʻmdan kam yoki unga teng boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur kafolatlash obyektlarining qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
61. 3.2.2.1.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.2.2.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
62. 3.2.2.1.2-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 3.2.2.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
63. 3.2.2.1.3-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 3.2.2.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
64. 3.2.2.2-satr. Jami kafolatlash obyektlari > 200 000 000 soʻm, shulardan. Bu satrda 20218, 20418, 20618, 22619, 23604 balans hisobvaraqlaridagi jismoniy shaxslarning milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi 200 million soʻmdan koʻp boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur kafolatlash obyektlarining qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
65. 3.2.2.2.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.2.2.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
66. 3.2.2.2.2-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 3.2.2.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
67. 3.2.2.2.3-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar, shulardan. Bu satrda 3.2.2.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
68. 3.2.2.2.3.1-satr. Mablagʻlarni muddatidan oldin olishga cheklov nazarda tutilgan qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 3.2.2.2.3-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari boʻyicha omonatchida 30 kunlik muddat ichida pul mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaslik va 30 kunlik muddatdan keyin muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, pul mablagʻlari olingunga qadar kamida bir yil uchun foizlar (boshqa toʻlovlar) toʻlanmaslik (foizlar toʻlab berilgan taqdirda bank tomonidan qayta undirib olinishi) sharti bilan qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
69. 3.2.3-satr. Yuridik shaxslarning kafolatlangan omonatlari. Bu satrning:
(C) ustunida formula asosida aniqlanadigan kafolatlash obyektlari yigʻindisi koʻrsatiladi — (C) ustunining 3.2.3.1-satri + ((F) ustunining 3.2.3.2-satri * 200 000 000));
(D) va (F) ustunlarida tegishli ravishda 3.2.2.1 va 3.2.2.2-satrlarning yigʻindisi koʻrsatiladi.
70. 3.2.3.1-satr. Jami kafolatlash obyektlari ≤ 200 000 000 soʻm, shulardan. Bu satrda 20208, 20212, 20214, 20408, 20412, 20414, 20608, 20612, 20614, 22620, 22622, 23606 balans hisobvaraqlaridagi yuridik shaxslarning milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi 200 million soʻmdan kam yoki unga teng boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur kafolatlash obyektlarining qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
71. 3.2.3.1.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.2.3.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
72. 3.2.3.1.2-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 3.2.3.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
73. 3.2.3.1.3-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 3.2.3.1-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
74. 3.2.3.2-satr. Jami kafolatlash obyektlari > 200 000 000 soʻm, shulardan. Bu satrda 20208, 20212, 20214, 20408, 20412, 20414, 20608, 20612, 20614, 22620, 22622, 23606 balans hisobvaraqlaridagi yuridik shaxslarning milliy valyuta va chet el valyutasidagi omonatlari qoldigʻining hamda 22402, 22403, 22405, 22476 balans hisobvaraqlaridagi ular boʻyicha hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan foizlar qoldigʻining yigʻindisi 200 million soʻmdan koʻp boʻlgan kafolatlash obyektlarining qoldigʻi, shuningdek mazkur kafolatlash obyektlarining qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
75. 3.2.3.2.1-satr. Chet el valyutasida. Bu satrda 3.2.3.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi chet el valyutasidagi omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
76. 3.2.3.2.2-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va bank kartalaridagi mablagʻlar. Bu satrda 3.2.3.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
77. 3.2.3.2.3-satr. Qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar, shulardan. Bu satrda 3.2.3.2-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari qoldigʻidagi qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur omonatlarning qoldigʻi boʻyicha hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
78. 3.2.3.2.3.1-satr. Mablagʻlarni muddatidan oldin olishga cheklov nazarda tutilgan qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlar. Bu satrda 3.2.3.2.3-satrda koʻrsatilgan kafolatlash obyektlari boʻyicha omonatchida 30 kunlik muddat ichida pul mablagʻlarini muddatidan oldin qaytarib olish huquqiga ega boʻlmaslik va 30 kunlik muddatdan keyin muddatidan oldin qaytarib olinadigan taqdirda, pul mablagʻlari olingunga qadar kamida bir yil uchun foizlar (boshqa toʻlovlar) toʻlanmaslik (foizlar toʻlab berilgan taqdirda bank tomonidan qayta undirib olinishi) sharti bilan qaytarish muddati 30 kungacha boʻlgan jamgʻarma va muddatli omonatlarning qoldigʻi, shuningdek mazkur hisobvaraqlar soni va shunday hisobvaraqlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
79. 3.3-satr. Jami kafolatlangan omonatlar. Bu satrda (C) va (D) ustunlarning tegishli ravishda 3.1 va 3.2-satrlar yigʻindisi hamda mazkur omonatlarga ega boʻlgan omonatchilar soni koʻrsatiladi.
80. 4-satr. Depozit bazasi. Bu satrda hisobot choragi uchun depozit bazasi qoldigʻi koʻrsatiladi.
81. 4.1-satr. Hisobot choragining birinchi oyi oxiriga depozit bazasi. Bu satrda hisobot choragining birinchi oyi (yanvar, aprel, iyul, oktabr) yakunidagi depozit bazasi qoldigʻi koʻrsatiladi.
82. 4.2-satr. Hisobot choragining ikkinchi oyi oxiriga depozit bazasi. Bu satrda hisobot choragining ikkinchi oyi (fevral, may, avgust, noyabr) yakunidagi depozit bazasi qoldigʻi koʻrsatiladi.
83. 4.3-satr. Hisobot choragining uchinchi oyi oxiriga depozit bazasi. Bu satrda hisobot choragining uchinchi oyi (mart, iyun, sentabr, dekabr) yakunidagi depozit bazasi qoldigʻi koʻrsatiladi.
84. 5.1-satr. Yagona stavka. Bu satrda barcha banklar uchun kalendar badalining yagona boʻlgan stavkasi belgilangan taqdirda, mazkur stavka koʻrsatiladi.
85. 5.2-satr. Differensial stavka. Bu satrda differensial stavka belgilangan taqdirda, mazkur stavka koʻrsatiladi.
86. 6-satr. Toʻlanadigan kalendar badal summasi. Bu satrda 4-satrda koʻrsatilgan depozit bazasini kalendar badal stavkasiga koʻpaytirish orqali aniqlanadigan toʻlanishi lozim boʻlgan kalendar badal summasi koʻrsatiladi.
