8-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi
Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida (O‘RQ-1079-son) · Sana: 06.08.2025 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatishni tashkil etishda davlat veterinariya xizmatiga koʻmaklashadi;
hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish boʻyicha boshqa tadbirlarda ham qonunchilikka muvofiq ishtirok etishi mumkin.
