Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan zayom toʻgʻrisidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qarorini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida (227-son)
05.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligini boshqarish tuzilmasidagi oʻzgarishlar munosabati bilan va loyihada nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq tender savdolarini oʻz vaqtida oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Paxta loyihasini amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, texnika, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari va boshqa materiallar xarid qilish yuzasidan xalqaro va mahalliy tanlov savdolarini tashkil etish boʻyicha tender komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qarorining tender komissiyasi tarkibiga doir 5-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 5-may,
227-son
