Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (349-son)
14.08.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Parvoz xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-avgust,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladigan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Ustavi 8-bandining:
toʻrtinchi xatboshidan “va boshqa foydalanuvchilar” va “davlat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi va yettinchi xatboshilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaro aviatsiyasi” soʻzlari “aviakompaniya” soʻzi bilan almashtirilsin.
