Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida (3654-son)
30.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3654]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi PQ-5263-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash uslubiyoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-iyul,
17-mh-son
Kelishildi:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
2025-yil 24-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 28-iyuldagi 17-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash
USLUBIYOTI
Mazkur Uslubiyot davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash (bundan buyon matnda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar — korrupsiyaning koʻrinishlari uchun, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish uchun imkoniyat yaratadigan huquqiy normalar;
normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi — normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashga, aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish va choralar koʻrishga yoʻnaltirilgan tadbirlar majmui;
cheklist — normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha namunaviy shakldagi savolnoma.
2. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash maqsadlari quyidagilardan iborat hisoblanadi:
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish vazifasi zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda masʼul davlat tashkilotlari deb yuritiladi) yuridik xizmat xodimlarining ushbu faoliyatni amalga oshirishdagi masʼuliyatini kuchaytirish;
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi sifatini oshirish;
masʼul davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatining shaffofligini taʼminlash.
3. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash har yili 20-yanvarga qadar Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, bundan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash mustasno.
4. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholashda bir kalendar yili davomida 5 ta yoki undan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertiza uchun Adliya vazirligiga kiritgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazgan va natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklistlarni Adliya vazirligiga taqdim etgan masʼul davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyati baholanadi.
2-bob. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholashni tashkil etish
5. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash Adliya vazirligi tomonidan ushbu Uslubiyotning 1-ilovasida belgilangan mezonlar asosida, umumiy 100 ballik tizimda amalga oshiriladi. Bunda, har bir mezon uchun quyidagicha ball beriladi:
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish qamrovi — 10 ball;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning muvofiqligi — 30 ball;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida toʻldirilgan cheklistda barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar koʻrsatilganligi — 50 ball;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalarining ommaviy axborot vositasida chiqarilganligi — 10 ball.
6. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash Adliya vazirligi tomonidan quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari soni aniqlanadi va oʻzaro qoʻshiladi:
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari;
“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq masʼul davlat tashkilotlari tomonidan har yili tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejalarida (bundan buyon matnda ish reja deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha kompleks rejasi (bundan buyon matnda kompleks reja deb yuritiladi) ijrosi doirasida masʼul davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar.
Bunda, ish reja va kompleks rejada takrorlangan normativ-huquqiy hujjatlar bitta deb hisoblanadi;
2) normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining umumiy sonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganlari aniqlanadi va baholanadi;
3) masʼul davlat tashkiloti tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida toʻldirilgan cheklistlarda koʻrsatilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning soni aniqlanadi;
4) cheklistda koʻrsatilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning haqiqatda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotiga (roʻyxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) muvofiqligi aniqlanadi va baholanadi;
5) masʼul davlat tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida boʻlishi mumkin boʻlgan barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanganligi tekshiriladi va baholanadi;
6) masʼul davlat tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari ommaviy axborot vositasiga chiqarilganligi ommaviy axborot vositasining rasmiy nashrlari va veb-sahifalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlumotlari asosida tekshiriladi;
7) Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash reytingi ushbu Uslubiyotning 2-ilovasiga muvofiq shakllantiriladi;
8) korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga, baholashdan oʻtkazilgan barcha masʼul davlat tashkilotlariga hamda ommaviy axborot vositalariga taqdim etiladi.
Bunda, masʼul davlat tashkilotlariga ularni baholash natijalaridan kelib chiqib, quyidagi takliflardan biri yuboriladi:
“aʼlo” koʻrsatkichi bilan baholangan masʼul davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini ragʻbatlantirish;
“qoniqarsiz” koʻrsatkichi bilan baholangan masʼul davlat tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari faoliyatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha choralar koʻrish masalasini koʻrib chiqish.
7. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash uchun talab etiladigan maʼlumotlar quyidagi manbalar asosida aniqlanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan:
masʼul davlat tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan ish reja boʻyicha belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar soni;
masʼul davlat tashkilotlari tomonidan ish rejaga muvofiq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar soni;
2) masʼul davlat tashkilotlaridan:
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha toʻldirilgan cheklist;
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalarining ommaviy axborot vositalariga chiqarilganligi;
3) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimidan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari soni;
4) ommaviy axborot vositasi rasmiy nashrlari va veb-sahifalaridan masʼul davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqida axborot.
3-bob. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash boʻyicha ballarni hisoblash
8. Normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish qamrovi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
N_qamrov = (B/A)*10 (1),
bunda:
N_qamrov — normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish qamrovi;
A — masʼul davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari umumiy soni;
B — masʼul davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining umumiy soni.
9. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotiga (roʻyxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) muvofiqligi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
N_muvofiqlik = (E/D)*30 (2),
bunda:
N_muvofiqlik — muvofiqligi tasdiqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar boʻyicha hisoblangan ball;
D — masʼul davlat tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan va cheklistda koʻrsatilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar soni;
E — masʼul davlat tashkilotlari tomonidan aniqlangan va cheklistda koʻrsatilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan haqiqatda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar deb topilgan holatlar soni.
Masʼul davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlanmagan taqdirda toʻgʻridan — toʻgʻri 30 ball beriladi.
10. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijasida toʻldirilgan cheklistda barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar koʻrsatilganligi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
N_toʻliqlik = (E/(E+F))*50 (3),
bunda:
N_toʻliqlik — normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida toʻldirilgan cheklistda barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning koʻrsatilganligi boʻyicha hisoblangan ball;
E — masʼul davlat tashkilotlari tomonidan aniqlangan va cheklistda koʻrsatilgan hamda Adliya vazirligi tomonidan haqiqatda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar deb topilgan holatlar soni;
F — Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayonida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar soni.
Adliya organi tomonidan qoʻshimcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlanmagan taqdirda toʻgʻridan — toʻgʻri 50 ball beriladi.
11. Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha tegishli maʼlumotlar ommaviy axborot vositalariga chiqarilganda 10 ball beriladi.
12. Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash natijasida toʻplangan ballar asosida yuridik xizmat xodimlarining yakuniy baholash koʻrsatkichlari quyidagicha belgilanadi:
86 — 100 ball — “aʼlo”;
71 — 85 ball — “qoniqarli”;
1 — 70 ball — “qoniqarsiz”.
4-bob. Yakuniy qoidalar
13. Mazkur Uslubiyot talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash uslubiyotiga 1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash
MEZONLARI
T/rMezonlarIndikatorlarBall1.Normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish qamrovi“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har yili tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejalarining bajarilganligi.10Qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha kompleks rejasi ijrosi doirasida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar.Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist) ilova qilinganligi.2.Normativ-huquqiy hujjatlarning va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning muvofiqligiNormativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish jarayonida yuridik xizmat xodimlar tomonidan aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotiga (roʻyxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) muvofiqligi.303.Normativ-huquqiy hujjatlarning va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida toʻldirilgan cheklistda barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar koʻrsatilganligiNormativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida toʻldirilgan cheklistlarda barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar koʻrsatilganligi.504.Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijalarini ommaviy axborot vositasida chiqarilganligiDavlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari ommaviy axborot vositasiga chiqarilganligi.10Jami100
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash uslubiyotiga 2-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholash boʻyicha
NAMUNAVIY REYTING SHAKLI
T/rDavlat organi va tashkilotiKorrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari soniNormativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish qamroviNormativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish qamrovi uchun toʻplangan ballDavlat organlari va tashkilotlari tomonidan aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar soniAdliya vazirligi tomonidan muvofiq deb topilgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar soniNormativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning muvofiqligiAdliya vazirligi tomonidan qoʻshimcha aniqlangan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar soniNormativ-huquqiy hujjatlarning va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijasida toʻldirilgan cheklistda barcha korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar koʻrsatilganligiKorrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalarining ommaviy axborot vositalariga chiqarilganligiUmumiy reyting bali1.2.3.
