SHNQ 2.06.06-23 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01/2-52-son)
09.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 300]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.06-23 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1998-yil 20-martdagi 28-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.06-98 “Beton va temirbeton toʻgʻonlar” qurilish meʼyorlari va qoidalari;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2002-yil 11-dekabrdagi 73-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.06-98 “Beton va temirbeton toʻgʻonlar” qurilish meʼyorlari va qoidalariga kiritilgan 1-sonli oʻzgartirishlar.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq 2025-yil 1-avgustdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-avgust,
01/2-52-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 26-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 29-iyun
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-iyun
Fanlar akademiyasining prezidenti v.v.b. S. MIRZAYEV
2024-yil 1-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 5-avgust
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2024-yil 12-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 9-avgustdagi 01/2-52-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.06.06-23 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) beton va temir-beton toʻgʻonlarni (bundan buyon matnda toʻgʻon deb yuritiladi) loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
QMQ 2.01.03-19 “Seysmik hududlarda qurilish”;
QMQ 2.02.02-98 “Gidrotexnika inshootlarining zaminlari”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
QMQ 2.06.01-97 “Gidrotexnika inshootlari. Loyihalashtirishning asosiy nizomlari”;
SHNQ 2.06.04-21 “Gidrotexnika inshootlariga yuklar va taʼsirlar”;
SHNQ 2.06.05-21 “Grunt materiallaridan toʻgʻonlar”;
SHNQ 2.06.08-21 “Gidrotexnika inshootlarining beton va temir-beton tuzilmalari”;
SHNQ 2.06.11-04 “Seysmik tumanlarda qurilish. Gidrotexnika inshootlari”;
GOST 26633-15 “Ogʻir va mayda toʻldiruvchili betonlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: GOST 26633-15 — Betoni tyajelie i melkozernistie. Texnicheskiye usloviya).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
bosim fronti — bosimni qabul qiladigan suv toʻsuvchi inshootlar toʻplami;
bosim sathi — suv oqimi toʻsilishi natijasida hosil boʻlgan suv sathi;
gidrotexnika inshootining asosi (inshoot asosi) — inshoot poydevori, suv oʻtkazmaydigan elementlar va drenaj qurilmalari tagida joylashgan yoki uni oʻz ichiga olgan, tuproqning tabiiy yoki sunʼiy ravishda hosil boʻlgan (texnogen) qatlami;
suffoziya — grunt ichidagi filtrlash oqimi sababli gruntning alohida zarralarining harakatlanishi yoki ularning yuvilishi yoki grunt tarkibidagi suvda eruvchan tuzilish hosil qiluvchi minerallarning erishi;
toʻgʻon — suv sathini koʻtarish uchun suv oqimini va uning vodiysini toʻsib qoʻyadigan suvni toʻsib turuvchi inshoot.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Konstruksiyasi va texnologik maqsadidan kelib chiqib toʻgʻonlar mazkur SHNQning 1-jadvalida keltirilgan asosiy turlarga boʻlinadi.
Gidrouzel tirqishlarida (stvor) quriladigan toʻgʻonlarning turi, konstruksiyasi va oʻrnashgan joyi hamda ularni qurish uslublari variantlarini texnik-iqtisodiy jihatdan taqqoslash asosida quyidagilarni hisobga olgan holda tanlanishi lozim:
inshootlar sinfi;
qurilish hududining topografik, muhandislik-geologik, gidrotexnologik, geokriologik va iqlimiy sharoitlari;
suvning qurilish va foydalanish sarflarini oʻtkazish shartlari, hududning seysmik jihati, gidrouzelning oʻzaro joylashishi;
toʻgʻonning qirgʻoq va boshqa inshootlarga tutashishi;
qurilish muddatlari va uning tashkil etilishi (zinapoya);
mahalliy qurilish materiallarining mavjudligi;
toʻgʻonlar va gidrouzel inshootlaridan foydalanish shartlari;
ekologik talablar.
4. Qoya boʻlmagan asoslarda toʻgʻonlar suvni chiqarib tashlash inshooti sifatida loyihalashtirilishi kerak.
Tegishli ravishda asoslashlar bilan bosim frontining yopiq qismlari uchun toʻgʻonlarni loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
V*) — asos boʻyicha toʻgʻonning kengligi,
N — toʻgʻonning balandligi.
5. Qoyali asoslarda keng tirqish (stvor) boʻlganda (lch /h≥10 bu yerda lch — toʻgʻon yuqori qirrasi sathidagi xorda boʻyicha kenglik, h — toʻgʻon balandligi) betonli, gravitatsion va kontrforsli toʻgʻonlar loyihalashtirish lozim.
Tirqish (stvor) tor (lch /h ≤ 5 boʻlganda) sharoitlarda arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlarni loyihalash variantlari koʻrib chiqilishi zarur.
Qoyatoshli asoslarda 5lch /h <10 boʻlgan sharoitda toʻgʻonlarning gravitatsion, kontrfors, arkali-gravitatsion va arkali turlarini loyihalash lozim.
6. Toʻgʻonlarni loyihalashda atrof-muhitga yetkaziladigan zararni imkon qadar kamaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqilishi lozim.
7. Toʻgʻonlar sinflari QMQ 2.06.01-97 talablariga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
Toʻgʻon sinfini aniqlashda uning balandligi tirqishning (stvor) eng chuqur qismidan toʻgʻon balandligigacha boʻlgan masofaga teng boʻlishi zarur.
8. Toʻgʻonning yuqori qirrasining uzunligi quyidagicha qabul qilinishi lozim:
qoyasiz asosda boʻlgan toʻgʻonlar uchun — bir boʻlinma uzunligiga teng deb;
qoyali asosda boʻlgan toʻgʻonlar uchun — bir boʻlinma uzunligiga yoki yuqori qirrasi boʻyicha toʻgʻon uzunligining 1/50 qismiga (kichik qiymat qabul qilinadi).
Toʻgʻon balandligi yuqori qirra sathidan (panjara bundan mustasno) va yuqorigi qirra ostidagi inshoot tubi orasidagi farqi boʻyicha aniqlanishi (yirik yoriqlarni berkitish uchun asosdagi mahalliy chuqurliklarni, tish uskunalari bundan mustasno) lozim.
Agar ustunning eng chuqur qismi toʻgʻon uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi yaxlit tiqin (probka) koʻrinishida boʻlsa, bunda uning balandligi tiqin ustidan toʻgʻonning yuqori qirrasi sathigacha aniqlanishi zarur.
Bosim frontining ayrim qismlari turli koʻrinishdagi toʻgʻonlardan tashkil topgan boʻlsa, bunda ularning sinfi tirqishning (stvor) eng chuqur qismida joylashgan toʻgʻon sinfiga teng deb qabul qilinishi kerak.
1-chizma. Qoyali asoslar ustidagi toʻgʻonlarning asosiy koʻrinishlari
Gravitatsion: a — yaxlit, b — keng choklar bilan, v — asos yonidagi uzunasiga tekislik bilan, g — bosimli yon qirradagi ekran bilan, d — asosdagi ankerlash bilan. Kontrforsli: j — yaxlit-kontrforsli, z — koʻp arkali, i — bosimli tekis toʻsiq bilan. Arkali: k — siqilgan tovonli, l — konturli (perimetrlangan) chok bilan, m — uch yoqlama sharnirli belbogʻlardan, n — gravitatsion ustunlar bilan, 1 — keng chok, 2 — uzunasiga boʻshliq, 3 — ekran, 4 — oldindan kuchlangan anker, 5 — kontrforslar, 6 — yaxlit kallaklar, 7 — arkali bosimli toʻsiqlar, 8 — tekis bosimli toʻsiqlar, 9 — konturli (perimetrli) chok, 10 — uch sharnirli bebogʻlar, 11 — sharnirlar, 12 — gravitatsion ustunlar
2-chizma. Qoyasiz asos ustidagi ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan toʻgʻonlarning asosiy koʻrinishlari
a — oqova ariqli, b — chuqur ortiqcha suvni chiqarib tashlaydiganlar bilan, v — ikki qavatli
9. I, II, III sinf toʻgʻonlarda hamda ularning qirgʻoqlarga tutash yerlarida inshootlar va ularning asoslari ustidan qurilish davrida boʻlganidek foydalanish davrida ham dala kuzatuvlari va tadqiqotlar olib borilishi uchun nazorat-oʻlchov uskunalari (NOʻU) oʻrnatish kerak.
IV sinfdagi toʻgʻonlar va ularning asoslari uchun NOʻU uskunani asoslangan hollarda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
10. Barcha toʻgʻonlarni rekonstruksiya qilish uchun quyidagilar taʼminlanishi lozim:
inshoot holatini tizimli kuzatish;
foydalanish davrida toʻgʻon asosining mustahkamligi va xavfsizligini baholash;
favqulodda taʼsirlar natijasida avariya vaziyati yuzaga kelishi mumkinligini va aniqlangan xavf darajasiga mos keladigan choralarni koʻrishni yengillashtirish;
qurilish mobaynida zarur boʻlganda ishlab chiqarish shartlariga tuzatishlar kiritish hamda mazkur SHNQning 8-bandiga muvofiq tashkil etilishi.
Nazorat kuzatuvlarining hajmi ushbu SHNQ talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Foydalanish davridagi toʻgʻonning holatini oʻrganish uchun quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha nazorat kuzatuv ishlari olib borilishi lozim:
toʻgʻonlar va ularning asoslarini vertikal choʻkishlari, gorizontal bukilishlari va qiya surilishlari (faol va yaqin aloqa zonalari atrofida);
bosim qarshiligini va filtrlanish sarfi;
toʻgʻonlar va ularning asoslarida kuchlanish va issiqlik kuchlanishlarining holati (betonda, armaturada, tuproqda);
doimiy va vaqtinchalik choklarning ochilishi (toʻgʻonlar va asosi oʻrtasidagi ulanish choklari ortidagi armatura kuchlanishlari);
suv tashlash inshootlari va byeflardagi oqim gidravlikasi;
seysmik va boshqa dinamik taʼsirlarda toʻgʻonlarning holati;
filtrlovchining mexanik va kimyoviy tarkibi.
11. Hisoblash usullarini, modelli tadqiqotlarni takomillashtirish, betonning asosiy mexanik xususiyatlarini aniqlash uchun toʻgʻonlarda maxsus kuzatishlar amalga oshirilishi lozim.
12. Dala kuzatuvlari qurilish davrida, suv omborini toʻldirish hamda undan foydalanish davrlarida oʻtkaziladi.
Dala kuzatuvlar va tadqiqotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
toʻgʻonlarni qurish va foydalanishning aniq shartlarini;
toʻgʻonlarga maksimal yuk va taʼsirlarda uning mustahkamligini loyiha boʻyicha normal holatiga mos kelishini;
qurilayotgan va foydalanilayotgan toʻgʻonlardagi oʻlchanadigan miqdorlar xususiyatlarining tarkibi va nazorat qiymatlarini hamda uning qurilishi va foydalanilishining turli bosqichlari uchun toʻgʻonlarning tekshiruv boʻyicha talablarni.
13. Yetti va undan ortiq balli seysmik hududlarda joylashgan I sinf toʻgʻonlarni hamda 8 balldan kam boʻlmagan seysmik hududlarda joylashgan II sinf toʻgʻonlarni loyihalashtirishda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
toʻgʻonlar va qirgʻoq tutashishlarida (seysmometrik monitoring) muhandislik-seysmometrik kuzatuvlar;
suv omborining toʻgʻon ustuni yaqinidagi oʻzanida va yondosh hududlarda (seysmologik monitoring) muhandislik-seysmologik kuzatuvlar.
Seysmologik kuzatuvlar zilzila taʼsiri natijasida avariya holati vujudga kelishi ehtimolini aniqlashi va choralar koʻrish uchun aniqlangan xavfning mos darajasini belgilashni taʼminlashi lozim.
14. Muhandislik seysmometrik kuzatuvlarni oʻtkazish uchun zilzilalar paytida toʻgʻonlar holatni kuzatish punktlarida uning hamda qirgʻoqqa tutashgan hududlarining kinematik xususiyatlarini (siljishlar, chiziqli burchak tezliklari va tezlanishlar) oʻrganish hamda olingan maʼlumotlarni qayta ishlash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan uskunalar boʻlishi kerak.
Seysmometrik kuzatuv punktlarining joylashish chizmasi toʻgʻonlarning dinamik hisoblari va modelga oid tadqiqotlar asosida ishlab chiqilishi zarur.
Toʻgʻonlarning konstruksiyalariga koʻra, toʻgʻon tanasida 10÷15 uning tayanch konturida 6÷8 kuzatuv punktlari joylashtirilishi lozim.
15. Toʻgʻonlar yaqinida va suv ombori qirgʻoqlarida muhandislik-seysmologik kuzatuvlarni oʻtkazish uchun markaziy maʼlumotni yigʻish va qayta ishlash punkti hamda yagona seysmologik kuzatuv xizmati bilan aloqa oʻrnatilgan avtonom seysmologik stansiyalarni bir-biridan 5 — 30 km masofada loyihalash kerak.
Toʻgʻonlarning joylashgan hududning muhandislik-geologik va seysmotektonik sharoitidan kelib chiqib, inshootlardan 50 — 100 km radiusli hududda seysmologik stansiyalar tarmogʻini loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
Seysmik toʻlqinlarning xususiyatlarini aniqlash, suv omborini toʻldirishdan oldin va uni toʻldirish paytida hududning seysmik faolligini kuzatish, shuningdek inshoot yaqinida seysmik toʻlqinlarning tarqalish xususiyati haqidagi maʼlumotni olish maqsadida seysmologik kuzatuv punktlarini toʻgʻonlardan 3 — 8 km uzoqlikda loyihalashtirish kerak.
Seysmologik stansiyalarning umumiy soni 3 tadan kam boʻlmasligi lozim.
16. Toʻgʻonlar holatini baholashni loyihada belgilangan maksimal yoʻl qoʻyilgan koʻrsatkichlarni toʻgʻonda joylashgan nazorat-oʻlchov asboblari koʻrsatkichlari bilan taqqoslash asosida amalga oshirilishi kerak.
Maksimal yoʻl qoʻyilgan koʻrsatkichlardan foydalangan holda toʻgʻonlarning holatini oʻrganish bilan birga, toʻgʻonlarda holati va ishlashini davriy majmuaviy tahlil qilishni, muntazam koʻz bilan (vizual) va gʻavvoslik kuzatuvlarini olib borish lozim.
4-bob. Qurilish materiallariga qoʻyiladigan talablar
17. Toʻgʻonlar hamda ularning elementlari uchun qurilish materiallari SHNQ 2.06.08-21, SHNQ 2.03.05-23 va ushbu bob talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
18. Toʻgʻonlar va ularning elementlarining alohida qismlarida betonning, foydalanish davridagi ish sharoitlariga koʻra quyidagilarga boʻlinishi lozim:
I — toʻgʻonlarning tashqi qismlari va ularning atmosfera taʼsiri ostida boʻlgan, suv omborlari suv bilan yuvilmaydigan elementlariga;
II — suv sathining tebranishlari oraligʻida joylashgan yuqori va quyi byeflarning tashqi qismlari, shuningdek vaqti-vaqti bilan suv oqimining taʼsiriga uchraydigan toʻgʻonlar qismlari va ularning elementlari (ortiqcha suvni chiqarib tashlash inshooti, suv oʻtkazgichlar, toʻgʻondan keyingi mustahkamlangan qurilmalar).
3-chizma. Toʻgʻonlarning tanasi zonalari boʻyicha taqsimlanishi
a — yopiq toʻgʻon, b — oqova suv chiqarish toʻgʻoni, I — IV — toʻgʻonlarning zonalari, III — tashqi va toʻgʻon qismi asosiga tutashgan, yuqori va quyi toʻgʻonoldi qismlar suvidan minimal foydalanish sathlaridan pastda joylashgan qismlar; IV — toʻgʻonlarning ichki qismi, I — III zonalar bilan chegaralangan va toʻgʻon ichidagi yopiq boʻshliqlarga tutashgan beton konstruksiyalar
19. Toʻgʻonlarni loyihalashda barcha sinflardagi turli zonalarning betonlariga quyidagi 2-jadvalda keltirilgan talablarni qoʻllash kerak.
Izoh. IV sinf toʻgʻonlari uchun chegaraviy choʻzilish va issiqlik ajratish boʻyicha betonga boʻlgan talab qoʻyilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
20. Toʻgʻonlar tashqi zonalarining qalinligi toʻgʻonlarning koʻrinishini, kuchlanganlik holatini, toʻgʻonlarning konstruktiv qismlari va elementlarining oʻlchamlarini, taʼsir etuvchi bosimning kattaligini, sutkalik harorat oʻzgarishlarining kirib borish chuqurligini hisobga olgan holda belgilanishi, shuningdek ularning qalinligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim.
21. Toʻgʻonlar betoniga siqilishiga va oʻq choʻzilishiga, suv oʻtkazmasligiga, sovuqqa chidamliligiga, qurilish va foydalanish davrida turli zonalarda betonning haqiqiy ish sharoitlariga muvofiq differensial tarzda oʻrnatilishi, bunda ularning balandligi boʻyicha ichki va tashqi zonalar betoniga boʻlgan talablar darajasidagi farqni hisobga olish kerak.
22. Betonning siqilishga mustahkamligi va oʻq boʻylab choʻzilishi hamda suv oʻtkazmaslik boʻyicha markasiga mos keladigan betonning yoshini (qotishi davri) suv omborini qurish va toʻldirish muddatini hisobga olgan holda oʻrnatilishi lozim.
Mustahkamligi va suv oʻtkazmasligi boʻyicha sinfiga muvofiq toʻgʻon monolit betonining yoshini 180 d ga teng, sovuqqa bardoshlilik boʻyicha yoshini esa 28 d ga teng deb qabul qilish kerak.
Balandligi 60 m dan ortiq va beton hajmi 50 ming m3 dan ortiq beton toʻgʻonlar uchun mustahkamlik va suv oʻtkazmaslik boʻyicha yoshi bir yilga teng deb qabul qilinishi lozim.
23. Suv oʻtkazmaslik boʻyicha beton markasini quyidagi 3-jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.
24. Suv oʻtkazmaslik boʻyicha betonning markasi bosim gradiyentlaridan kelib chiqib, SHNQ 2.06.08-21 talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
25. Bosim qirrasini gidroizolyatsiyani (ekran bilan) loyihalashda suv oʻtkazmaslik boʻyicha betonning markasi ekran orti gradiyentlariga bogʻliq ravishda qabul qilinishi lozim.
26. Davriy ravishda suv bilan yuviladigan toʻgʻonlarning qismlari va elementlari uchun (II zona) betonning suvga chidamlilik boʻyicha markasi W4 dan kam boʻlmagan holda qabul qilinishi kerak.
27. Betonga choʻkindili suv oqimi taʼsiri va betonning kavitatsiyaga qarshi chidamliligi talablari qoʻyilganda, beton markasining suvga chidamlilik darajasi kamida W8 boʻlishi zarur.
28. Zararli suv muhitida suv oʻtkazmaslik boʻyicha beton markasini QMQ 2.03.11-96ga muvofiq oʻrnatilishi lozim.
29. Sovuqqa bardoshlilik boʻyicha beton markasini toʻgʻonlar qurilayotgan hududning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib va yil davomida ketma-ket tarzda muzlash va erish davrlarini hisobga olib hamda SHNQ 2.06.08-21 talablariga muvofiq belgilash lozim.
30. II zonaning betonga taʼsir etuvchi loyqali suv oqimi bilan ishqalanishiga boʻlgan qarshiligi yoki kavitatsiyaga qarshi chidamliligi, suv oʻtkazmaslik boʻyicha beton markasi W8 dan, sovuqqa bardoshliligi boʻyicha F300 dan, betonning siqilishga mustahkamligi boʻyicha sinfi esa B30 dan past boʻlmasligi kerak.
31. Siqilish va choʻzilishga boʻlgan mustahkamligi boʻyicha betonning sinflari SHNQ 2.06.08-21 talablariga muvofiq toʻgʻonlarning hisobiy qismlaridagi kuchlanish darajasiga koʻra konstruksiyalarning amaliy yuklanish vaqtini hisobga olgan holda aniqlanishi zarur.
Toʻgʻonlar qurilishining har bir bosqichida bir vaqtning oʻzida betonning toʻrttadan koʻp boʻlmagan sinflaridan foydalanish kerak.
32. Beton hajmi 1,0 mln.m3 dan ortiq boʻlgan toʻgʻonlar betoni uchun SHNQ 2.06.08-21da siqish mustahkamligi boʻyicha oʻrnatilgan beton sinflari bilan bir qatorda sinflarning oraliq qiymatlari qabul qilinishi, bunda betonlar tavsiflari (hisobiy va normativ qarshiliklar, taranglik moduli) interpolyatsiya boʻyicha qabul qilinishi kerak.
33. Toʻgʻonlar betonining 180 d marka yoshidagi hisobiy qarshiliklari yuklanish vaqtida talab qilinuvchi, betonning hisobiy qarshiliklari taʼsirida betonda mavjud boʻluvchi yoshini hamda toʻgʻon barpo qilinishi shartlarini hisobga olgan holda quyidagi formulalar orqali aniqlanishi lozim:
siqishga:
choʻzishga:
Bu yerda:
Rb, Rbt, Rb,ser va Rbt,ser — betonning siqish va choʻzishga birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlari uchun 180 d (yoki 1 yil) marka yoshidagi hisobiy qarshiliklari;
— birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlari uchun, toʻgʻonlarni foydalanish yuklanishlari bilan yuklash vaqtiga toʻgʻonlarni mustahkamlikka boʻlgan hisoblar boʻyicha talab qilinadigan hamda mazkur SHNQning 8, 9, 10 va 11-boblariga muvofiq aniqlanuvchi betonning siqish va choʻzishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari;
— ushbu SHNQning 4-jadvali orqali aniqlanadigan beton yoshining siqilishida va choʻzilishida uning mustahkamligiga taʼsirini hisobga oladigan koeffitsiyentlar;
yr — betonning nazorat namunalarida va toʻgʻonlar mustahkamligidagi tafovutlarni hisobga oluvchi va quyidagilarga teng etib qabul qiluvchi koeffitsiyent:
1,0 — beton qorishmasini mexanizatsiyalashgan holda tayyorlashda, yetkazib berish va tarqatishda qoʻl vibratorlari bilan tarqatish va zichlashtirishda;
1,1 — beton qorishmasini avtomatlashtirilgan holda tayyorlash, toʻliq mexanizatsiyalashgan holda yetkazib berish, yotqizish va zichlashtirishda.
Izohlar:
1. Suratda 180 d lik marka yoshidagi betonning ytc va yrt koeffitsiyentlari qiymatlari, maxrajda 360 sutkalik yoshidagisi keltirilgan.
2. Seksiyalarga qirqishda yrc koeffitsiyenti tashqi havoning oʻrtacha yillik harorati 0°S va undan ortiq boʻlgan hududlar uchun boʻlgani kabi qabul qilinishi kerak.
3 I sinf toʻgʻonlar uchun yrc va yrt koeffitsiyentlarni qabul qilingan tarkibli betonlar bilan tajribaviy tadqiqotlar oʻtkazish orqali aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
34. Beton va beton qorishmasi sinfi, monolit holga keltiriluvchi tuzilmalar betoni sinfidan (V25 dan kam boʻlmasa) past boʻlmasligi, boshqa hollarda beton va beton qorishmasi sinfi monolit tuzilma betoni sinfidan bir pogʻona baland boʻlishi lozim.
35. Toʻgʻonlarni qurilishi uchun portlandsement, sulfatbardosh portlandsement va maʼdanli qoʻshimchalar qoʻshilgan portlandsement qoʻllanilishi kerak.
Barcha hollarda ham klinkerdagi 3SaOA103 miqdori 8 foizdan ortiq boʻlmasligi lozim.
Toʻgʻonlarning suv usti va suv osti zonalari uchun (I va III zona) portlandsementning boshsa turlaridan ham foydalanishga yoʻl qoʻyiladi yer osti (III zona) va ichki qism uchun (IV zona) esa shlakli portlandsement qoʻllanilishi zarur.
36. I va II sinfdagi toʻgʻonlar uchun sementga boʻlgan maxsus texnik shartlar ishlab chiqilishi kerak.
200 va undan yuqori markali betonning talab qilinadigan sovuqqa chidamliligini taʼminlash, shuningdek uning zichligi va suvga chidamliligini hamda uning texnologik xususiyatlarini oshirish uchun havo chaqiruvchi (gaz hosil qiluvchi) hamda kompleks qoʻshimchalardan foydalanish zarur.
37. Gravitatsiyali va arkali-gravitatsiyali toʻgʻonlarning ichki zonalari uchun uchuvchi kul qoʻshilgan past sementli beton qorishmalardan hamda bostirib zichlashtirilgan (bostirilgan beton) qattiq beton qorishmalaridan foydalanish lozim.
5-bob. Umumiy konstruktiv talablar
1-§. Asosiy talablar
38. Toʻgʻonlar koʻrinishini, qurilish ishlarini amalga oshirish sharoitlarini, foydalanish davomida choʻqqidan oʻtish yoʻli sifatida foydalanish shartlarini hisobga olib yopiq uning choʻqqisining kengligi va konstruksiyasi tanlanishi, bunda uning choʻqqisi kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi zarur.
39. Yopiq toʻgʻonlar choʻqqisini yuqori byef suv sathidan koʻtarishni SHNQ 2.06.05-21ga asosan aniqlanishi, bunda ularning choʻqqisi koʻtarilishining zaxiraviy qismining miqdori, a m (parapetni hisobga olgan holda) quyidagicha qabul qilinishi lozim:
I sinfli toʻgʻonlar uchun — 0,8;
II sinf uchun — 0,7;
III va IV sinflar uchun — 0,4.
40. Suvni chiqarib tashlovchi toʻgʻonlar ustunlarining oʻlchamlari quyidagilarga muvofiq belgilanishi zarur:
zatvorlar turi va konstruksiyasiga;
suvni chiqarib tashlaydiganlarning teshiklari oʻlchamlariga;
foydalanish va avariya chiqish boʻylama yoʻlaklariga;
koʻprik oraliq qurilmalar oʻlchamlari va konstruksiyalariga bogʻliq ravishda.
Toʻgʻon ustunining halqasimon oʻyiq boʻyin qismining qalinligi barcha holatlarda kamida 0,8 m boʻlishi lozim.
41. Yuqori byef suv toʻkiladigan toʻgʻon ustunlari choʻqqisining sathini quyidagilarni hisobga olgan holda aniqlash kerak:
yopiq toʻgʻonning choʻqqisi sathini;
zatvorlarning turini;
zatvorlarni manyovr qilish shartlarini;
koʻtarish va transport mexanizmlarini, koʻprik oʻtish joyining mavjudligini va uning balandligi boʻyicha oʻlchamlarni.
Toʻgʻonlar ustunlarining yuqori sathida mazkur shartlar boʻyicha aniqlangan eng katta koʻrsatkich qabul qilinishi lozim.
42. Rejada yuqori byefdan toʻgʻonlar ustunlarining koʻrinishi suvning suv chiqarib tashlash inshootiga mayin kirishini va oqimning minimal siqilishini taʼminlashi zarur.
Muzni oʻtkazib yuborish shartlari boʻlganda, toʻgʻonlar ustunining boshi uchli shaklda loyihalashtirilishi lozim.
43. Toʻgʻonlar ustunlarining rejadagi koʻrinishi va quyi byef tomonidan balandligi mustahkamlik va gidravlik sharoitlarni, koʻprik konstruksiyalari va boshqa inshootlarning joylashishini va ular ustunlarining yuqori qismini suv bosmasligini hisobga olgan holda umumiy konstruktiv talablar asosida aniqlanadi.
44. Toʻgʻonlarning suv chiqarish inshootlari chegaralarida joylashgan ajratuvchi va qirgʻoq tayanchlari, toʻgʻonlar ustunlarining tekislangan yuzalariga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda loyihalash kerak.
45. Gidroelektrostansiyalarning bosimli turbinali quvurlarini, pastki qirralari boʻylab joylashtirish kerak.
Bosimli turbinali quvurlarini toʻgʻonlar tanasiga joylashtirilishi texnik-iqtisodiy hisoblash bilan asoslanishi kerak.
46. Toʻgʻonlarning alohida qismlarining tutashishida (yopiq va stansiyali suv chiqarib tashlash qismini) toʻgʻonning bir qismini ikkinchisiga nisbatan bosimli qirrasini turtib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
47. Toʻgʻonlarning yuqori qirrasi boʻylab boʻylama yoʻlaklarga (galereya) chiqish joyi mavjud boʻlgan vertikal quduqlar (drenajlar) koʻrinishida drenaj moslamasini koʻzda tutish kerak.
Gorizontal drenalar betonlar qavatlariga toʻgʻri keltirilgan boʻlishi, shuningdek kuzatuv shaxtalarida chiqish joyiga ega boʻlishi, toʻgʻonning seksiyalararo oraliqlarida joylashishi va bu yechimlar loyihada maxsus asoslangan boʻlishi kerak.
48. Vertikal drenaj quduqlarining diametri 10 — 30 cm, zovur oʻqlari orasidagi masofa 2-3 m boʻlishi zarur.
Koʻndalang kesimlari maydoni 400 — 800 cm2 boʻlgan gorizontal zovurlarni toʻgʻon balandligi boʻyicha har 2-3 m da joylashtirish kerak.
49. Beton toʻgʻonlarning bosim qirrasidan drenajning oʻqigacha boʻlgan masofa adr, shuningdek boʻylama yoʻlak (galereya) yuqori qirrasigacha boʻlgan masofa quyidagi shartga asosan 2 m dan kam boʻlmagan holda tayinlanishi kerak:
Bu yerda:
Nd — hisobiy kesim ustidagi bosim;
Icr,m — toʻgʻon betoni uchun chegaraviy (kritik) bosim gradiyenti;
yn — inshootning masʼuliyati boʻyicha, ushbu SHNQning 113-bandiga muvofiq qabul qilinadigan ishonchlilik koeffitsiyenti.
Kritik gradiyent bosimining miqdori gravitatsion va massiv-kontrfors toʻgʻonlar uchun — 25, arkali, arkali-gravitatsion va koʻp arkali toʻgʻonlarning arkali bosimli toʻsiqlari uchun — 50 deb qabul qilinishi kerak.
Zarur hollarda toʻgʻonlarning asosida drenaj moslamalari loyihalashtirilishi lozim.
50. Drenaj moslamalarni foydalanish davrida ijobiy haroratlarga ega boʻlgan beton va temir beton toʻgʻonlarning va asoslarning tanasi zonalarida joylashtirish kerak.
51. Toʻgʻonlarning tanasida koʻndalang va boʻylama yoʻlaklar (galereya) boʻlishi kerak.
Toʻgʻonning balandligi boʻyicha yoʻlaklarni har 12¸25 m dan keyin joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Boʻylama yoʻlaklardan birini toʻgʻonning butun ustki qismidan oʻtuvchi oʻz oqimi boʻyicha oqib chiqib ketishini taʼminlash uchun pastki byefning maksimal sathidan yuqorida joylashtirilishi, pastda joylashgan yoʻlaklardan suvni tortib chiqarilishi hamda barcha holatlarda quyi byefga suv chiqarish, minimal sathdan pastda amalga oshirilishi zarur.
52. Suv yigʻish va oʻtkazish, toʻgʻonlar betoni va choklarini zichlashtirish, NOʻU va turlicha xildagi kommunikatsiyalarni joylashtirishga moʻljallangan yoʻlaklarning kengligi 1,2 m dan hamda balandligi 2,0 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Suv yigʻish va oʻtkazish uchun yoʻlaklar 1:40 dan katta boʻlmagan nishab ostida suv oqib tushuvchi ariqcha tomonga loyihalashtirilishi lozim.
53. Bir nechta qavat yoʻlaklariga ega boʻlgan toʻgʻonlarda olib chiquvchi zinapoyalar yoki lift moslamalari boʻlishi kerak.
Yoʻlaklarning pastda joylashgan qavati oʻzidan yuqorida joylashgan avariya chiqishlarga ega boʻlishi kerak.
Boʻylama yoʻlak bir-biridan 300 m dan koʻp boʻlmagan masofada joylashgan, kamida ikkita avariya chiqish joylariga ega boʻlishi lozim.
54. Toʻgʻonlarni loyihalashda ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
tashqi yuzalari minimal maydonga ega boʻlgan toʻgʻon profillarini qoʻllash;
shaxtalar, zinapoya va poternalar minimal zaruriy soni, shuningdek ularning yigʻma temir-betondan;
toʻgʻonlarni yiriklashtirilgan qismlarga kesik-choklar bilan qirqish;
yigʻma temir-beton qoʻllanishi bilan seksiyalararo choklar va kesik choklar oʻrnatish;
suvni chiqarib tashlash va suv oʻtkazish konstruksiyalarini beton yotqizishning asosiy hajmlaridan tashqarida, chetki qismlarda joylashtirish.
55. Toʻgʻonlarda gidroizolyatsiya moslamasini boʻlishi, (asfaltli shtukaturkali, quyma asfaltli, shimdirilgan bitumli, shtukaturkali maʼdanli, polimer boʻyash bilan va polimer bitumli) bunda betonning suv oʻtkazmaslik boʻyicha markasi ushbu SHNQning 22-bandi talablarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
56. Yilning eng sovuq oyida tashqi havoning oʻrtacha oylik harorati minus 25 °C dan past boʻlganda, suv sathi oʻzgaruvchan qismlarda beton yuzasi boʻylab yengil asfalt-beton, epoksidli, toshli, koʻmirli va polivinilxloridli penoplastlarini va boshqa (issiqlik gidroizolyatsiya suv oʻtkazgichdan tashqari) moslamalarni oʻrnatish zarur.
57. Suvni oʻtkazish va suvni chiqarib tashlash inshootlarining yediriladigan va kavitatsiyaga bardoshli sirti qoplamalarining qalinligini 1,0 — 2,0 m oraliqda olinishi, bunda sirt qoplamasini betonlash bilan bir vaqtda toʻgʻon tanasiga tutashgan yon qismlarga ham beton yotqizish kerak.
58. Atmosfera yogʻinlari va manfiy-musbat belgilari oʻzgaruvchan haroratlar taʼsiriga uchraydigan toʻgʻonlarning tashqi qismlari uchun himoya zonasining qalinligi kamida 1,0 m etib tayinlanishi lozim.
Agar toʻgʻonlarning tashqi qismlari betoniga sovuqqa chidamliligi 75 dan yuqori boʻlmagan talablar qoʻyilgan boʻlsa, ichki qism betonining sovuqqa chidamliligi ushbu talabni qondirish sharti bilan himoya zonasini ajratmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Toʻgʻonlarning deformatsiya choklari va ularni zichlashtirish
59. Toʻgʻonlarni loyihalashda doimiy va vaqtinchalik (qurilish) deformatsiya choklari boʻlishi kerak.
Doimiy deformatsiya choklari ikki boshi ochiq (seksiyalararo) hamda ikki boshi yopiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ikki boshi yopiq boʻlgan choklarni shimoliy qurilish-iqlim zonalarida quriladigan toʻgʻonlarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Toʻgʻonlarning seksiyalari va bloklarini betonlash oʻlchamlari quyidagilarga bogʻliq ravishda aniqlanishi lozim:
toʻgʻonning koʻrinishi va uning balandligiga;
GES binosi seksiyasining oʻlchamidan hamda toʻgʻonlarda suv oʻtkazuvchi teshiklar, turbinali quvurlarning joylashishiga;
toʻgʻon seksiyalari choklari oraligʻidagi beton monolitligini taʼminlanishini hisobga olib qurilish hududini iqlim sharoitlariga;
toʻgʻonlarni qurish uslublariga;
oʻzanning koʻndalang kesimi shakllari, toʻgʻon asosini geologik va geokriologik tuzilishi va deformatsiyalanishiga.
60. Deformatsiya choklarini va ular orasidagi masofalarni tanlashda SHNQ 2.06.08-21 talablariga rioya qilinishi kerak.
61. Doimiy deformatsiya chokining kengligi toʻgʻonlarning yondosh seksiyalarining deformatsiyalari boʻyicha hisobiy maʼlumotlarni solishtirish, loyihadagi choklar konstruksiyasini, materialning deformatsiya xususiyatlarini va uning toʻldirilishi hamda toʻgʻonlar seksiyalarining bir-biriga nisbatan mustaqil siljishini taʼminlash asosida tayinlanishi kerak.
62. Doimiy deformatsiya choklari konstruksiyalarini oldindan belgilanishida ularning kengligi quyidagicha boʻlishi zarur:
haroratli — 0,5 — 1 cm;
toʻgʻonlar tanasi ichida — 0,1 — 0,3 cm.
Toʻgʻonlar asosining qoyasiz va yarim qoyali tuproqlaridagi toʻgʻonlarning va undan keyingi mustahkamlangan qismi poydevor plitasi chegaralarida harorat-choʻkadigan choklar — 1-2 cm uzunlikda boʻlishi lozim.
63. Toʻgʻonlarning qoyasiz tuproqli asosida joylashgan poydevor plitasidan 5 cm dan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatilishi zarur.
64. Doimiy deformatsiya choklarining konstruksiyalarida quyidagilar boʻlishi lozim:
suv oʻtkazmaslikni taʼminlovchi zichlashtirish;
aylanib oʻtish orqali suvni chiqarib yuborish uchun filtrlash drenaj uskunasi;
chokning holatini kuzatish va zichlashtirishni taʼmirlash uchun kuzatuv shaxtalari va yoʻlaklar.
65. Toʻgʻonlarning doimiy deformatsiya choklarini zichlashtirishda quyidagilarga boʻlish kerak:
chokda joylashishi boʻyicha vertikal, gorizontal va konturlilar;
konstruksiyasi va materiallari boʻyicha metalldan, rezinadan va plastik massalardan tayyorlangan diafragmalar (ushbu SHNQning 5-a rasmida keltirilgan);
asfaltli materiallardan boʻlgan shponkalar va taglik (ushbu SHNQning 5-b rasmida keltirilgan);
inyeksionli (sementlash va bitumlash) (ushbu SHNQning 5-v rasmida keltirilgan);
beton va temir-betondan chorqirralar va plitalar (ushbu SHNQning 5-g rasmida keltirilgan).
III va IV sinfdagi toʻgʻonlar uchun hajm sathidan past zonalaridagi suv taʼsiriga chidamli boʻlgan, yogʻochdan tayyorlangan antiseptlangan yogʻoch elementlardan (UMO) tayyorlangan zichlashtirishlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
66. Toʻgʻonlarning deformatsiya choklarining zichlashtirilish konstruksiyalarini loyihalashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:
zichlashtirish materiali seksiyalar chokini hosil qiluvchi betonga bevosita tutashib turishiga;
koʻrib chiqilayotgan kesimdagi beton bilan asfalt material zichlash qismidagi kuchlanishlar kattaligi oʻsha kesimdagi suvning tashqi gidrostatik bosimi kattaligidan kam boʻlmasligiga;
beton orqali zichlashtirish konturi boʻyicha filtrlanish bosimi oʻrtacha gradiyentlari ushbu SHNQning 44-bandida keltirilgan kattalikdan ortiq boʻlmasligiga;
67. Toʻgʻonlarning doimiy choklariga taʼsir koʻrsatuvchi oʻrtacha bosim gradiyentini aniqlashda filtrlanishning umumiy yoʻli quyidagilarga teng qilib olinishi zarur:
beton haroratini choklar zonasidagi 6 °S gacha oʻzgarishida — diafragma va shponkalar orasidagi choklarning sementlanadigan yoki bitumlangan qismlari uzunligi boʻylab filtrlash yoʻlini hisobga olgan holda asfalt shponkalar, metall yoki rezina diafragmalarni chetlab oʻtuvchi filtrlash yoʻliga;
beton haroratini choklar zonasidagi 6 S dan ortiq oʻzgarishida — choklarning sementlanadigan yoki bitumlangan qismlari uzunligi boʻylab filtrlash yoʻlini hisobga olmagan holda asfalt shponkalar, metall yoki rezina diafragmalarni chetlab oʻtuvchi filtrlash yoʻliga.
4-chizma. Qoyali (a, b) va qoyasiz (v, g) asoslar ustida boʻlgan toʻgʻonlar doimiy deformatsiya choklaridagi zichlashtirishlar joylashish sxemalari.
1 — chok, t =0,5 — 1 cm, 2 — chok, t=0,1 — 0,3 cm, 3 — chok, t =1-2 cm, 4 — chok, t ≥5 cm, 5, 6, 7 — muvofiq ravishdagi vertikal, gorizontal va konturli zichlashishlar, 8 — drenaj uskunasi, 9 — kuzatish shaxtasi, 10 — kuzatish yoʻlagi
5-chizma. Toʻgʻonlarning deformatsiya choklari asosiy zichlashtirishlari sxemalari.
a — metalldan, rezinadan va plastik massalardan tayyorlangan diafragmalar; b — asfalt materiallardan tayyorlangan shponkalar va prokladkalar; v — inyeksion (sementlash va bitumlash) zichlashtirishlar; g — beton va temir-betondan boʻlgan chorqirralar va plitalar; 1 — metall tunukalar; 2 — rezina yoki sintetik materiallardan tayyorlangan profillangan elementlar; 3 — asfaltli mastika; 4 — temir-beton plita; 5 — sementlash tizimini yigʻiluvchi quvurlari; 6 — sementlash klapanlari; 7 — temir-beton chorqirra; 8 — asfaltli gidroizolyatsion taglik
68. Toʻgʻon oldida suv sathi koʻtarilishidan oldin vaqtinchalik vertikal qurilish choklarini bir butun holga keltirish kerak.
Ustunlararo choklarni massivning bir butun holga keltirish loyihaviy haroratidan kelib chiqib tayinlanishi kerak.
Bosimli qirrasi tomonida boʻlgan vaqtinchalik gorizontal choklarni (latundan, zanglamaydigan poʻlatdan boʻlgan) eni 15 — 20 cm va qalinligi 1,0÷1,5 mm tekis metall tunukalar bilan zichlashtirish kerak.
III va IV sinf toʻgʻonlar uchun zichlashtirgich sifatida yogʻochdan antiseptlangan chorqirralar yoki profillangan rezinadan yoki sintetik materiallardan tayyorlangan tasmalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Gorizontal qurilish choklari seksiyalararo va haroratli-choʻkish choklar bilan mustahkam tutashtirilgan boʻlishi lozim.
69. Toʻgʻonlarni loyihalashda beton bilan toʻldiriladigan (tutashuvchi bloklar) vaqtinchalik keng choklar oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Keng choklarni bir butun holga keltirishning muddatlari beton massivlari va atrof-muhit oʻrtasidagi haroratni tenglashtirish, choʻkindilarni barqarorlashtirish va suv omborini toʻldirishni hisobga olgan holda belgilanadi.
3-§. Ortiqcha suvni chiqarib tashlash, suv tushirish va suv oʻtkazish inshootlari
70. Toʻgʻonlarning ortiqcha suvni chiqarish front uzunligini, yuzaki va quyi suv chiqarish inshootlari oraliqlarining oʻlchamlari hamda sonini QMQ 2.06.01-97ga muvofiq, asosiy hisobiy holatning suvni chiqarib tashlash sarfi tezligi va ushbu geologik sharoitlarda yoʻl qoʻyilgan suv oqimining tezligiga koʻra variantlarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini taqqoslash asosida belgilash lozim.
Oqimning daryo oʻzaniga va gidrouzelning boshqa inshootlariga taʼsiri, byeflarda oʻzanli oqimning gidravlik tartibi hamda oʻzan va qirgʻoqlarning deformatsiyasini keltirib chiqaradigan quyi byefda suv sathining oʻzgarishini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
I, II, III toifali toʻgʻonlar uchun ishlab chiqilgan variantlarning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini gidravlik hisob-kitoblar va laboratoriya tadqiqotlari natijalariga koʻra taqqoslash zarur.
IV sinf toʻgʻonlar uchun variantlarni gidravlik hisob-kitoblar va analoglarning natijalari bilan taqqoslash lozim.
71. Barcha sinflardagi suv tashlaydigan toʻgʻonlarning kallaklarining asosiy kesimi, gidravlik hisob-kitoblar yoki tadqiqotlar orqali asoslanganda, suv tashlaydigan qirra bilan silliq yoki pogʻona bilan bogʻlangan vakuumsiz kesim sifatida qabul qilinishi lozim.
Pogʻona bilan birlashganda havo pogʻona ostida berilishi taʼminlanishi kerak.
72. Suv tashlaydigan qirraning qiyaligi va uning uzunligi toʻgʻon profilining konstruktiv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tayinlanishi kerak.
Ostona ustida 12 m gacha bosim boʻlishida suv tashlaydigan toʻgʻonlarning kallaklarining koʻrinishi trapetseidal yoki toʻgʻri toʻrtburchakli shaklda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Vakuumli kallaklarni hamda ostona ustida 12 m dan yuqori bosimdagi trapetseidal yoki toʻgʻri toʻrtburchakli kallaklar qoʻllanilishi, texnik-iqtisodiy hamda gidravlik hisoblar va tajribaviy tadqiqotlar bilan asoslangan boʻlishi, shuningdek kavitatsiya vujudga kelishini oldini oluvchi vakuum qiymatini taʼminlash lozim (bosim pulsatsiyasini hisobga olgan holda).
73. 15 m/s dan ortiq tezlikda kam qarshilik koʻrsatadigan oqimlar bilan toʻgʻonlarning suvni chiqarib tashlaydigan (suvni tushiruvchi, suvni chiqaruvchi) inshootlarni, ularning mexanik uskunalarini va pastki byefini mahkamlashlarni loyihalashda inshootlarini kavitatsiyadan va kavitatsiya eroziyasidan himoya qilish uchun quyidagi choralar amalga oshirilishi kerak:
vakuum hosil boʻlmaydigan yoki yoʻl qoʻyilgan (bosim pulsatsiyasini hisobga olgan holda) qiymatlarini taʼminlaydigan sirtlarni silliq tekislash;
mahalliy notekisliklarni tekislash;
kavitatsiya yuzaga kelishi ehtimoli boʻlgan zonada havo yetkazish (oʻyiq joylar, deflektorlar, aerator-oʻyiqchalar va ularni tranzit oqimining tuzilishini hamda uning tabiiy va devoroldi qatlamlarini havo bilan toʻyinishini taʼminlovchi havo yetkazish moslamalari oʻrnatish);
tirqishlarni (zatvor) va kameralarning eroziyasiz maxsus konstruksiyalardan tayyorlash;
energiya oʻchiruvchilar sifatida gidravlik sakrashini toʻgʻondan keyingi mustahkamlangan qismidagi silliq suv oʻzanida soʻndirish;
suv qudugʻidan, suv devorida yoki eroziyasiz oʻchiruvchilardan foydalanish;
yuqori kavitatsiyaga bardosh betonlardan, shuningdek polimer bogʻlovchilar asosidagi maxsus betonlardan (polimer betonlarni), zaruriy hollarda esa metall ustki qoplamalardan foydalanish.
I, II, III sinf toʻgʻonlar uchun gidravlik tadqiqotlar va hisoblar natijalarini inobatga olgan holda bajarilgan texnik-iqtisodiy hisoblar bilan, IV sinf toʻgʻonlar uchun esa hisoblar va analoglar bilan solishtirish orqali asoslangan boʻlishi kerak.
74. Quyi suv chiqarish inshooti oqimining markaziy oʻqi toʻgʻri chiziqli holda loyihalashtirilishi kerak.
Egri chiziqli oʻq maxsus gidravlik hisoblar va tadqiqotlar oʻtkazilishini talab qilgan hollarda qabul qilinishi lozim.
Quyi suv chiqarish inshooti kirish kallagi sathini uning oʻqining qiyaligi, profilning shakli va suv chiqish yoʻlidagi (trakt) gidravlik tartibini hisobga olgan holda qabul qilinishi zarur:
toʻgʻonlarning konstruktiv xususiyatlari jihatidan oʻziga xosligini;
suv chiqarib tashlash inshootini tugallanish qismini;
qoʻllaniladigan mexanik uskunalarni;
suv sarflarini oʻtkazish tartibini;
yuqori byefda suv sathlari oʻzgarish oraligʻi;
Bosim tartibida ishlaydigan quyi suv chiqarish inshootlarining kirish kesimining chekkalari silliq koʻrinishga ega boʻlishi va bunday inshootlarning ishchi kesimining maydoni (suv toʻkishlar, suv chiqarib tashlash joylari) chiqish kesimida kamaytirilishi lozim.
Boshqa turdagi bosimli quyi suv chiqarish inshootlarini qoʻllash texnik-iqtisodiy asoslangan boʻlishi kerak.
Zatvorlarning kameralari kirish kallagida yoki quyi suv chiqarish inshooti traktining oʻrta qismida joylashganida, havo taʼminotini zatvordan tashqarida oʻrnatish kerak.
75. Yer usti va quyi suv chiqarish inshootlari oxirgi qismlarining konstruksiyasini quyidagilarni inobatga olgan holda loyihalash kerak:
suvning chiqish joyidagi solishtirma suv sarfi qiymatini;
asosidagi tuproqlarning xususiyatlarini;
byeflarning asosiy gidravlik tartiblari yigʻindisiga qoʻyiladigan talablarni.
76. Byeflarni sirtda birlashtirishni loyihalashda, chiqarilgan suv sarflaridan toʻlqinlar hosil boʻlishini hisobga olish lozim.
77. Byeflarning tubda birlashgan joyida suvni chiqarib tashlash yuzasini silliq yoki uncha katta boʻlmagan oʻyiq bilan tutashishi kerak.
Suv oqimi va risberma yuzasining balandligi, ularning uzunligi hamda qalinligi, quyi byefdagi gidravlik sharoitlarga taʼsir qiluvchi chora-tadbirlar majmuasini hisobga olgan holda gidravlik tadqiqotlar va variantlarni (zatvorlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, beton risbermasidan mahkamlanmagan oʻzanga oʻtish) texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlash kerak.
Mahkamlash elementlarini qattiq materiallar (toshlar, metall) bilan shikastlanishini oldini oluvchi tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Zarur hollarda beton va temir beton toʻgʻonlar qurilishi davrida suv va mayda muz parchalarini oʻtkazish boʻyicha tadbirlarni qoʻllash kerak.
78. Byeflarni birlashganda ingichka oqim otilishini loyihalashda suv tashlash inshootining oxirgi qismining konstruksiyasini ingichka oqimni inshootga xavfsiz uzoqlikka otilishini taʼminlovchi va tor stvorlarda oqimning qirgʻoqlarga zararli taʼsir yetkazmasligini taʼminlovchi-tramplin shaklida bajarish lozim.
Suv pastga tushadigan joyda toʻgʻon asosining yorilishlaridan kelib chiqib, gidravlik hisob-kitoblar va tadqiqotlar asosida suv energiyasini soʻndirilishini taʼminlash uchun suv oʻzanidagi energiya soʻndiruvchi quduq inshooti, sunʼiy oʻnqir-choʻnqir chuqurlarning moslamasi, koʻp qatlamli tramplinlar, sochuvchi tramplinlar, ajratkichlar yordamida toʻkiladigan oqimni kattaroq maydonga tarqatib yuborish kabi maxsus choralar amalga oshirilishi kerak.
79. Suv oʻtkazish inshootlarining mexanik uskunalarini QMQ 2.06.01-97 ga asosan loyihalash kerak.
Suv oʻtkazish inshootlarining mexanik uskunalari tarkibida asosiy, avariya-taʼmirlash va taʼmirlanadigan zatvorlar boʻlishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslangan hollarda avariya-taʼmirlash yoki taʼmirlanadigan zatvorlarni oʻrnatmaslikka yoʻl qoʻyiladi.
Yuzaki suvni chiqarish inshootlari uchun suvga choʻktirilmaydigan tayanch-yuradigan qismlarga ega boʻlgan zatvorlardan (masalan, segmentli zatvorlar) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Suv chiqarib tashlaydigan inshootlarning barcha ish tartiblarida mexanik uskunaning konstruksiyasi, oʻyiq konstruksiyalarning shakli va oʻrnatilgan qismlar minimal tebranish bilan kavitatsiyasiz taʼminlashi kerak.
Asosiy zatvorlar uchun mexanizmlar sifatida gidravlik koʻtargichlarni asosan markazlashtirilgan yogʻ-bosimli moslama oʻrnatilgan turlarini qoʻllash lozim.
4-§. Toʻgʻonlarning asos bilan birikishi
80. Toʻgʻonlarning mustahkamligi va barqarorligi hisoblar bilan asoslangan hollarda ularning poydevoridagi tuproqni minimal darajada olib tashlashga (yigʻish) yoʻl qoʻyilishi, bunda poydevor tuprogʻining mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish lozim.
81. Beton toʻgʻonlari tosh asoslarining aloqa yuzalarini tekislashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Arkali, arkali-gravitatsiya va asosining qiyalik qismlari bilan fazoviy ishlaydigan gravitatsiya toʻgʻonlarning biriktirish tokchalarsiz amalga oshirilishi kerak.
82. Toʻgʻonlarning asosi tuproqlarining mustahkamligi, deformatsiyasi va filtrlash xususiyatlarini aniqlashda hamda ularning hisoblash sxemalarini tanlashda tuproq massivlarida koʻtarilgan va minerallashgan tuproqlarning mavjudligiga, shuningdek quyidagi zaiflashuv zonalari mavjudligi hisobga olinishi kerak:
qoyasiz tuproqli asoslarda — choʻkma tuproqli joylar, yumshoq plastik yoki suyuq konsistensiyali, yumshoq tuzilishli tuproqlar;
qoyali tuproqli asoslarda — kichik va oʻrta yoriqlar tizimlari (yirik yoriqlar va parchalar, yemirilgan va kuchli yemirilgan yuzalar).
83. Toʻgʻonlar asoslarining fizik-mexanik (mustahkamlik, filtratsiya) xususiyatlarini QMQ 2.02.02-98 ga asosan aniqlash kerak.
84. Toʻgʻonlarni loyihalash, qurish va foydalanishda tuproq xususiyatlarini hamda geokriologik sharoitlarning oʻzgarishini hisobga olish kerak.
Tuproqlarning mustahkamlik, deformatsiya va filtratsiya xususiyatlarini yaxshilash uchun quyidagi choralarni amalga oshirish lozim:
asosidagi tuproqlarning bir qismini sementlovchi yoki boshqa bogʻlovchi qorishmalar bilan mustahkamlash va zichlashtirish;
massivlarning yon-bagʻirlari va qiyaliklariga tirgak devorlar oʻrnatish hamda turgʻun boʻlmagan qoyali massivlarni ankerlash;
yirik yoriqlar, qoyali massivlardagi siniqliklar va boʻshliqlarni qazib olish va ularni beton yoki temir-beton bilan alohida berkitish, shponkalar, uzunasiga boʻlgan tasma yoki panjara koʻrinishida toʻldirish.
85. Toʻgʻonlarning asosi filtrlovchi kuchsiz suvga chidamli va tez eruvchi tuproqlardan iborat boʻlgan barcha holatlarda, suffoziya jarayonlarini oldini oluvchi yoki ularni kamaytiruvchi filtrlanishga qarshi maxsus tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
Kimyoviy va mexanik suffoziyaga qarshi chidamli tuproqlar boʻlganda, filtrlanishga qarshi moslamalar texnik-iqtisodiy hisoblar bilan asoslangan boʻlishi kerak.
Toʻgʻonlar asoslaridagi filtrlanishga qarshi moslamalar, qirgʻoqlar va ularga birlashib turuvchi gidrouzel inshootlaridagi oʻxshash moslamalar bilan tutashtirilishi lozim.
86. Filtrlanishga qarshi devor kuchsiz suv oʻtkazuvchi tuproqlargacha bajarilishi kerak.
Suvbardosh mavjud boʻlmaganda devor chuqurligi muhandislik-geologiya shart-sharoitlari, tuproqlarning oʻtkazishlari, beton va temir beton toʻgʻonlar asosidagi qarshi bosim miqdori, suv qochirish drenajining mavjudligini inobatga olgan holda hisoblar orqali aniqlanishi zarur.
Filtrlanishga qarshi devor chuqurligini hisobiy asoslanishida inshootning geokriologik sharoitlari hisobga olinishi kerak.
87. Toʻgʻonlarning asosida filtrlanishga qarshi devor loyihalashtirilishida bosimning kritik gradiyentlari Icr,m devorda quyidagicha qabul qilinishi kerak:
qoyasiz asos tuproqlari uchun ushbu SHNQning 173-bandiga muvofiq;
qoyali asos tuproqlari uchun
Icr,m = Iad,myn ,
bu yerda:
Iad,m — QMQ 2.02.02-98 ga muvofiq devordagi yoʻl qoʻyilgan bosim gradiyenti;
yn — ushbu SHNQning 118-bandiga muvofiq qabul qilinadi.
6-bob. Yuklanishlar va taʼsirlar.
88. Toʻgʻonlarga yuklanishlar, taʼsirlar va ularni yigʻindisi QMQ 2.06.01-97, SHNQ 2.06.04-21, QMQ 2.02.02-98, QMQ 2.01.03-19 ga va ushbu bobga muvofiq aniqlanishi lozim.
89. Toʻgʻonlarning yuklanishlar va taʼsirlar asosiy mujassamligiga boʻlgan hisoblarida quyidagilar inobatga olinishi kerak.
a) doimiy yuklanishlar va taʼsirlar:
inshootning oʻz ogʻirligi, foydalanish jarayonida joylashuvi oʻzgarmaydigan doimiy texnologik uskunalarning ogʻirligi (zatvorlar, koʻtarish mexanizmlari);
yuqori byefning moʻtadil bosim sathidagi suvning quyi byefga kuch taʼsiri (inshoot orqali texnologik va ekologik talablarga muvofiq minimal sarf oʻtkazilishi hamda drenaj va filtrlanishga qarshi jihozlar normada ishlashi koʻzda tutiladi);
toʻgʻonning yuqori va quyi qirralariga boʻlgan suv bosimi;
yuqori va quyi byeflar tomonidan asos yuklanishi;
filtrlanuvchi suvning kuch bilan taʼsiri;
beton va temir beton toʻgʻonlar bilan birga harakatlanuvchi tuproqning ogʻirligi va yuqori hamda quyi byeflar tomonidan tuproqning yon tomon bosimi;
b) vaqtinchalik davomiy kuchlar va taʼsirlar:
toʻgʻon oldida yotqizilgan nasoslarning bosimi;
oʻrtacha uzoq muddatli iqlim xususiyatlarida inshootni qurish va foydalanish uchun loyiha shartlari uchun belgilangan harorat taʼsiri;
suv bilan toʻyingan hamda drenaj va filtrlashga qarshi qurilmalarning normal ishlashi paytida kuchli muzli tuproq eriyotgan daridagi gʻovak bosimi;
v) qisqa muddatli yuklamalar va taʼsirlar:
QMQ 2.06.01-97 ga muvofiq asosiy hisobiy holatda inshoot orqali oʻtuvchi oqimga mos keladigan, yuqori va quyi byeflar sathlaridagi suv kuchining taʼsiri (drenaj va filtrlashga qarshi qurilmalarning normal ishlashida);
toʻgʻonning yuqorigi va pastki qirralariga boʻladigan suv bosimi;
yuqorigi va pastki byeflar tomonidan asosning yuklanishi;
filtrlovchi suvning kuch bilan taʼsiri;
tushirilayotgan suvning oqimidan dinamik yuklanishlar;
shamolning oʻrtacha koʻp yillik tezligi bilan aniqlanadigan toʻlqin bosimi;
koʻtarish, qayta yuklash va transport qurilmalardan hamda boshqa konstruksiyalar va mexanizmlardan (koʻprikli hamda osilgan kranlar) yuklanishlar;
suzuvchi jismlardan tushadigan yuklanishlar.
90. Beton va temir beton toʻgʻonlarni yuklanish va taʼsirning alohida yigʻindisini hisoblashda doimiy, vaqtinchalik, davomli, qisqa muddatli yuklanish va taʼsirlar hamda quyidagi yuklanishlardan biri hisobga olinishi kerak:
QMQ 2.06.01-97 hamda drenaj va filtrlanishga qarshi moslamalarga ushbu bobning 89-bandiga muvofiq ravishda oʻrnatiluvchi, inshoot orqali qiyosiy hisobiy holat sarfini oʻtkazilishiga toʻgʻri keluvchi, yuqori byef jadallashgan toʻsiq sathida (JTS) quyi byef sathidagi suvning kuchli taʼsiri;
toʻgʻonning yuqori quyi qirralariga boʻladigan suv bosimi;
yuqori va quyi byeflar tomonidan asosning yuklanishi;
filtrlanuvchi suvning kuch bilan taʼsiri;
dinamik yuklanishlar;
texnologik va ekologik talablar boʻyicha minimal sarfga muvofiq keluvchi, yuqori byefning JTS va quyi byef sathidagi filtrlanishga qarshi moslamalarning birini (sementatsion parda, shpunt, ponur) hisobiy element uzunligining yarmisiga toʻgʻri keladigan qismini (toʻgʻon seksiyasini yoki butun toʻgʻonni) ishdan chiqishi tufayli kelib chiquvchi suvning kuch bilan taʼsiri;
toʻgʻoning yuqori va quyi qirralariga boʻladigan suv bosimi;
yuqori va quyi byeflar tomonidan asosning yuklanishi;
filtrlanuvchi suvning kuch bilan taʼsiri;
suvga toʻyingan asosdagi gʻovakli bosim;
texnologik va ekologik talablar boʻyicha minimal sarfiga muvofiq keluvchi, yuqori byefning JTS va quyi byef sathidagi asos drenajining ishdan chiqishi tufayli kelib chiquvchi kuch bilan boʻlgan suv bosimi;
toʻgʻonning yuqori va quyi qirralariga boʻladigan suv bosimi;
yuqori va quyi byeflar tomonidan asosning yuklanishi;
filtrlanuvchi suvning kuch bilan boʻladigan taʼsiri;
suvga toʻyingan asos tuprogʻidagi gʻovakli bosimi;
1 foiz taʼminlanganlik bilan muzning koʻp yillik maksimal qalinligi boʻyicha aniqlanuvchi muz bosimi;
2 foiz taʼminlanganlik bilan shamolning koʻp yillik maksimal tezligi boʻyicha aniqlanuvchi toʻlqin bosimi — I va II sinf inshootlari uchun — 2 foiz hamda III va IV sinf inshootlari uchun — 4 foiz;
seysmik taʼsirlar.
91. Yuklanish va taʼsirlarning asosiy va alohida mujassamliklariga qisqa muddatli yuklanishlar va taʼsirlarning faqat bir vaqtning oʻzida amal qiluvchilari kiritilishi kerak;
92. Yuqori va quyi byeflardagi suv bilan asosning yuklanish miqdorini aniqlashda asosdagi suv bosimining inshootni barpo etilishigacha va barpo etilgandan soʻng suv bosimining farqi hisobga olinishi lozim.
93. Toʻgʻonning qurilish davri va taʼmirlash holati uchun yuklanish va taʼsirlar asosiy va alohida mujassamliklar boʻyicha qabul qilinishi, bu yuklanish va taʼsirlar miqdori esa inshootni barpo etish va taʼmirlashning muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim.
94. Yuklanish va taʼsirlar foydalanish va qurilish davrlari uchun alohida eng noqulay, biroq boʻlishi mumkin boʻlgan mujassamliklarda qabul qilinishi lozim.
95. Toʻgʻonlarni hisoblashda yuklanishlar boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti SHNQ 2.06.01-97 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
96. Toʻgʻonlarning umumiy mustahkamligi va turgʻunligini hisoblashda harorat, namlik va dinamik taʼsirlar uchun yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti, shuningdek barcha tuproq yuklanishlari uchun KMK 2.02.02-98 ga muvofiq aniqlanuvchi tuproqlar tavsiflari hisobiy qiymatlarida teng deb olinishi lozim.
97. Beton zichligi I, II va III sinf toʻgʻonlari uchun tanlab olingan beton tarkiblaridan tayyorlangan namunalarni sinash natijalari asosida aniqlanishi kerak.
Sovuqbardoshlikni taʼminlash shartlari boʻyicha 200 va undan ortiq beton markasi koʻzda tutilgan toʻgʻonlarning tashqi zonalarining betoni uchun GOST 26633-15 ga muvofiq beton tarkibiga havo tortuvchi qoʻshimchalar qoʻshilishi sababli beton mustahkamligini 4-5 foizga kamayishi hisobga olinishi kerak.
Beton zichligi IV sinf beton va temir beton toʻgʻonlar uchun barcha hollarda, I, II va III sinf beton hamda temir-beton toʻgʻonlar uchun esa loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida mazkur SHNQning 5-jadvali boʻyicha qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Toʻldiruvchining zichligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda beton zichligi toʻldiruvchining 2650 — 2700 kg/m3 miqdorda qabul qilinishi kerak.
98. Toʻgʻonlarning tashqi qirralariga suv bosimi taʼsirlari p'(1 - a2,d) ga teng etib qabul qilinishi lozim.
Bu yerda:
p' — gidrostatik bosim, Pa,
a2,d — ushbu SHNQning 99-bandiga muvofiq aniqlanuvchi, beton va temir-beton toʻgʻon materialidagi qarshi bosimning samarali maydoni koeffitsiyenti.
99. Yuqori va quyi byeflardagi asosning erkin yuzalariga boʻlgan suv bosimi taʼsiri (asosning yuklanishi) p' (1 - a2,f) ga teng etib qabul qilinishi kerak.
Bu yerda:
a2,f — asos tuprogʻidagi qarshi bosimning samarali maydoni.
Quyidagi toʻgʻonlar turgʻunlik va mustahkamlik hisoblarida yuqori va quyi byeflardagi asos yuklanishi inobatga olinmasligiga yoʻl qoʻyiladi:
qoyali asosda joylashgan, 60 m dan kam balandlikka ega boʻlgan barcha sinf beton va temir beton toʻgʻonlarda;
qoyasiz asosda joylashgan III va IV sinf beton va temir beton toʻgʻonlarda;
qoyali asosda joylashgan, 60 m dan yuqori balandlikka ega boʻlgan I va II sinf toʻgʻonlar loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida;
qoyasiz tuproqlarda joylashgan I va II sinf toʻgʻonlar loyihalashtirishning dastlabki bosqichlarida.
100. Filtrlanuvchi suvning kuch bilan boʻladigan bosimi quyidagi koʻrinishda hisobga olinishi lozim:
a) p (a2,f - a2,d) jadallik bilan toʻgʻon poydevoriga normal qoʻyilgan (qarshi bosim) tashqi kuchlar
bu yerda:
p — ushbu SHNQning 101-bandiga muvofiq aniqlanuvchi filtrlanuvchi suv oqimidagi gidrodinamik bosim, Pa;
6-chizma. Suvning kuch bilan taʼsiri sxemasi
1 — toʻgʻonning quruq qismi; 2 — toʻgʻonning suvga toʻyingan qismi; 3 — toʻgʻon drenaji; 4 — asosining drenaji; 5 — sementatsiya devori; 6 — toʻgʻonning yuqori qirrasiga bosim; 7 — toʻgʻonning pastki qirrasiga bosim; 8 — yuqori byef tomonidan asosini qoʻshimcha yuklash; 9 — quyi byef tomonidan asosining qoʻshimcha yuklash; 10 — toʻgʻon poydevori boʻyicha qarshi bosim; 11 — toʻgʻonning suvga toʻyingan zonalarida suvni filtrlashning hajmli kuchlari; 12 — asosdagi filtrlanadigan suvni hajmli kuchlari
b) toʻgʻonlarning asosidagi hajmiy kuchlarni gorizontal qfx va vertikal qfy vektor proyeksiyalari boʻlib, u quyidagiga tengdir:
Bunda, asosning tuprogʻi solishtirma ogʻirligi suvga toʻyingan holatda qabul qilinadi.
a2,f=const boʻlganda asosining hisobiy sohasida hajmiy kuchlar jadalligi
ga teng
bu yerda: — gidrodinamik bosim gradiyenti;
v) bosimli qirralar va suv qochirish drenaji orasida hamda toʻgʻon poydevori va quyi byef sathi orasida jadallik bilan, bunda gorizontal qdx va vertikal qdy,
vektorning proyeksiyalari joylashgan toʻgʻon qismlarini oʻz ichiga oluvchi, uning suvga toʻyingan zonalaridagi hajmiy kuchlari quyidagilarga teng boʻladi:
Bunda, betonning solishtirma ogʻirligi suvga toʻyingan holatda qabul qilinadi.
a2,d=const boʻlganda toʻgʻonning suvga toʻyingan zonalari hisobiy sohasida hajmiy kuchlarning jadalligi ga teng boʻlishi lozim.
Bu yerda:
— gidrodinamik bosim gradiyenti.
Filtrlanuvchi suvning kuch bilan boʻladigan taʼsiri toʻliq hajmda quyidagi holatlarda hisobga olinishi kerak:
qoyali asosida joylashgan, bosimli qirrasi gidroizolyatsiya ekranisiz, balandligi 60 m dan yuqori boʻlgan I sinf toʻgʻonlarini mustahkamlik hisoblarida;
faqat qarshi bosim koʻrinishida va asosidagi hajmiy kuchlarda;
qoyali asosda joylashgan, bosimli qirrasining gidroizolyatsiya ekrani boʻlgan, balandligi 60 m dan yuqori boʻlgan I sinf toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblarida;
qoyali asosda joylashgan, balandligi 60 m dan yuqori boʻlgan II sinf toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblarida;
qoyasiz asosda joylashgan II-III sinf toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblarida;
faqat qarshi bosim koʻrinishida;
qoyali asosda joylashgan balandligi 60 m dan kichik boʻlgan barcha sinf toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblarida;
qoyasiz asosda joylashgan, III-IV sinf toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblarida.
Filtranuvchi suvning kuch bilan boʻladigan bosimi, qoyali asosda joylashgan balandligi 60 m dan yuqori boʻlgan I va II sinf toʻgʻonlari va qoyasiz asosda joylashgan I va II sinf toʻgʻonlarni loyihalashtirilishining dastlabki bosqichlarida faqat qarshi bosim koʻrinishida hisobga olinishi lozim.
101. Toʻgʻon va asosining suvga toʻyingan qismlarida a2 koeffitsiyenti qiymati a'2 qiymatdan a''2 qiymatgacha hamda a'2 > a''2 holda oʻzgaradigan boʻlsa, bunda a2 ning turli qiymatlaridagi qismlar chegarasida a''2 qism tomonga p(a'2 -a''2 ) yoʻnaltirilgan qismlar boʻlinish chizigʻiga moʻtadil boʻlgan yuza kuchlarini qoʻyish kerak.
102. a2 koeffitsiyentining qiymati mazkur SHNQning 6-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Quyidagi holatlarda a2,d = 0 etib olinadi:
barcha sinf va koʻrinishdagi toʻgʻonlarning turgʻunlik hisoblarida;
bosimli qirrada nazorat qilinuvchi gidroizolyatsiyalovchi ekranli barcha sinf toʻgʻonlarining mustahkamlik hisoblarida;
koʻp yillik muzlagan tuproqlar tarqalgan va yilning 8 oyidan ortiq vaqt davomida havo bilan tutashib turuvchi hududlarda barpo etiluvchi, toʻgʻonlarning tashqi qirralariga jipslashib turuvchi beton uchun;
qoyasiz asosda joylashgan, barcha sinf toʻgʻonlarining mustahkamlik hisoblarida.
Qoyali asosda joylashgan II, III, IV sinf toʻgʻonlarining mustahkamlik hisoblarida a2,d=0 etib olinishi lozim.
103. Toʻgʻon asosini va jismini filtrlanish hisobiy sohalarida filtrlanuvchi suv oqimidagi gidrodinamik bosim p va uning gradiyenti qiymatlari ushbu SHNQning 132 — 135-bandlariga muvofiq filtratsiya hisoblari orqali aniqlanishi lozim.
Yuqori va quyi byeflardagi asosining erkin yuzalaridagi va toʻgʻonning tashqi qirralaridagi p qiymatlar gidrostatik bosim miqdori bilan mos kelishi lozim.
Toʻgʻonning suvga toʻyingan hamda quruq qismini ajratib turuvchi chiziqda (depressiya egri chizigʻi), R=0 deb qabul qilinishi kerak.
Toʻgʻon poydevoridagi gidrodinamik bosim, Pa quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Bu yerda:
hv — quyi byefning hisobiy (muallaqlashtiruvchi taʼsiri ostida koʻrib chiqiluvchi) nuqtasidagi pyezometrik bosim ordinatasi, m;
hf — quyi byefning hisobiy bosim N taʼsiri ostida filtrlanishda, m;
yw — suvning solishtirma ogʻirligi, N/m3;
hv — quyi byefdagi suv sathi va koʻrib chiqilayotgan nuqta ayirmasiga teng qiymat;
hf — qiymat 132 — 135-bandlarga muvofiq aniqlanishi kerak.
Qoyali asosda boʻlgan 60 m dan kam balandlikdagi toʻgʻonlar uchun hf qiymat 7-chizmada keltirilgan epyura boʻyicha topilishi, bunda sementatsiya devori oʻqi boʻyicha Nas va suv qochirish moslamalari oʻqi boʻyicha Ndr, hf qiymat, mazkur SHNQning 7-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
7-chizma. Toʻgʻon poydevori boʻyicha pyezometrik bosim epyuralari
A — asosida semetatsiya devorli gravitatsion toʻgʻon; b — sementatsion devorsiz gravitatsion toʻgʻon; v — asosi oldida boʻlgan boʻylama boʻshliqli gravitatsion toʻgʻon; g — kengaytirilgan chokli gravitatsion toʻgʻon va massiv kontrofors toʻgʻon; d — tekis devorli kontrofors toʻgʻon; e — arkali toʻgʻon
Izoh. Beton va asos tuproqlari uchun koeffitsiyentni aniqlash boʻyicha tajribaviy tadqiqotlar, tekshirilayotgan materiallarning suv oʻtkazmaslik xususiyati, suv omborining toʻldirilish rejimi va suv sathining oʻzgarib turishi, bosimli qirradagi filtrlanishga qarshi jihozlarning samaradorligi, toʻgʻon va sos choklarini, tutash qirgʻoqlarni oʻz ichiga olgan holda oʻtkazilishi kerak.
Izoh. Tekis yoki arkali bosimli devori boʻlgan kontrfors toʻgʻonlar uchun Nd hisobiy bosim taʼsiri ostida filtrlanishda pyezometrik bosim Nd epyurasi toʻgʻonning yuqorigi ponasining (klin) quyi qirrasida Nf ordinatali uchburchak boʻyicha qabul qilinadi (7, d chizma).
104. Suv tashlashni amalga oshirilishidagi dinamik yuklanishlar I va II sinf toʻgʻonlari uchun hisoblar va tajribaviy tadqiqotlar natijalari boʻyicha, III va IV sinf toʻgʻonlari uchun esa hisoblar natijalari boʻyicha aniqlanishi kerak.
105. Tuproqlardagi gʻovak bosimlarning siljishga boʻlgan turgʻunliklarini tekshirishda va toʻgʻonni QMQ 2.02.02-98 ga muvofiq loytuproqlar ustida qurilishida toʻgʻonning choʻkishi hisobga olinishi lozim.
106. Toʻgʻonlarning turgʻunlik hisobida choʻkindilar bosimini Pws,kN, yuqori byef tomondan toʻgʻonning 1 m uzunligi uchun quyidagi 4-formula orqali aniqlanishi lozim:
bu yerda:
yws — muallaq holatdagi choʻkindilar tuprogʻining solishtirma ogʻirligi, kN/m3;
hws — toʻgʻon oldidagi choʻkindilar balandligi, m;
fws — choʻkindilar tuprogʻi ichki ishqalanish burchagi, grad.
107. Harorat taʼsirlarini suv omborining toʻsiq chizigʻidagi asosining tuproqlari va havo harorati ustidan boʻladigan koʻp yillik kuzatuv maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinishi kerak.
Toʻgʻon asosida filtrlanuvchi suvning harorat taʼsirlari suv omborining quyi qatlamidagi yuqori va quyi byeflardagi filtrlanuvchi suv haroratlari orasidagi chiziqli interpolyatsiya asosida qabul qilinishi lozim.
7-bob. Toʻgʻonlar hisoblari boʻyicha asosiy talablar
1-§. Asosiy talablar
108. Toʻgʻonlar hisoblari QMQ 2.06.01-97, QMQ 2.02.02-98, SHNQ 2.06.08-21 talablariga muvofiq hamda ushbu bob talablariga asosan bajarilishi lozim.
109. Toʻgʻonlar hisobi ikki guruh chegaraviy holatlar boʻyicha amalga oshirilishi kerak:
birinchi guruh chegaraviy holatlari (foydalanishga yaroqsizligi boʻyicha) — inshootlarning umumiy mustahkamlik va uning elementlari turgʻunligi hisoblari;
ikkinchi guruh chegaraviy holatlari (normal holda foydalanishga yaroqsizligi boʻyicha) — inshootlarni yoriqlar paydo boʻlishi va deformatsiyalar, shuningdek beton va temir-beton konstruksiyalarda qurilish choklarining ochilishi boʻyicha hisoblar.
110. Toʻgʻonlarning I va II sinflari uchun hisoblarga qoʻshimcha tarzda tajribaviy tadqiqotlar oʻtkazilishi lozim (toʻgʻonlarning III va IV sinflari uchun bunday tadqiqotlar tegishli asoslashlar boʻlganda amalga oshiriladi).
2-§. Toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari
111. Deformatsiyalar va yoriqlarni ochilishi boʻyicha umumiy mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari, shuningdek,toʻgʻonlarni barpo etish navbatini inobatga olgan holda qurilish choklarining ochilishi boʻyicha hisoblar amalga oshirilishi kerak.
Bu hisoblar toʻgʻonning umumiy qismi, alohida qismlari yoki ustunlari boʻyicha alohida bajarilishi lozim.
112. Mahalliy mustahkamlik va yoriqlar paydo boʻlishi boʻyicha hisoblar inshootning alohida konstruktiv elementlari uchun amalga oshirilishi lozim.
Beton konstruksiyalar uchun yoriqlar paydo boʻlishi boʻyicha hisoblar esa faqat qurilish va konstruktiv choklari bilan cheklangan elementlarga nisbatan bajarilishi kerak.
113. Toʻgʻonlar, ularning asoslari hamda alohida elementlarining mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari toʻgʻonlarni barpo etish tartibi, yuklanish ketma-ketligi, harorat rejimlarining oʻzgarishlari inobatga olingan holda qurilish va foydalanish davrlarining eng noqulay hisobiy holatlari uchun amalga oshirilishi lozim.
114. Loyiha boʻyicha gidrouzelni barpo etish va foydalanishga topshirish alohida navbatma-navbat koʻzda tutilgan boʻlsa, toʻgʻon qismlari mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari (ishga tushirish profili) har bir qurilish bosqichi boʻyicha barcha sinflar uchun oʻrnatilgan yuklanish va taʼsirlarni hisobga olgan holda bajarilishi lozim. Bunda, toʻgʻonlarning mustahkamlik shartlari vaqtinchalik va doimiy foydalanish davrlari uchun belgilanishi kerak.
115. Qoyali asoslar ustida barpo etiladigan I va II sinf toʻgʻonlarning mustahkamlik hisoblari inshootdagi qurilish choklari hamda qoyali asosdagi yoriqlarning mumkin qadar ochilishini hisobga olgan holda, geomexanika va taranglik nazariyasi hisoblash uslublari asosida bajarilishi lozim.
Qoyasiz asosda barpo etiladigan toʻgʻonlarning I va II sinflari mustahkamlik hisoblari poydevor plitasi va konstruksiyaning boshqa tutib turuvchi elementlarining fazoviy ishlashini hisobga olgan holda bajarilishi, bunda ichki kuchlanishlar betonda yoriq paydo boʻlishi sababli kelib chiqqan konstruksiyaning tarang boʻlmagan holatini hisobga olgan holda SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq kesimlar qattiqligini oʻzgartirish bilan aniqlanishi kerak.
Toʻgʻonlarning III va IV sinflari mustahkamlik hisoblari hamda I va II sinf toʻgʻonlarning dastlabki hisoblari qurilish mexanikasining soddalashtirilgan uslublari orqali bajarilishi lozim.
116. Suv toʻsish inshootlaridan foydalanishdan soʻng ularning buzilishi inobatga olingan holda, I yoki II sinfli toʻgʻonlar mustahkamlik hisoblarini bajarishda qurilish mexanikasining soddalashtirilgan usullaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
117. Toʻgʻonlar va asoslarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatlarini taranglik va geomexanika nazariyasi usullari orqali aniqlashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
toʻgʻon oʻqi boʻylab yoʻnalgan boʻshliqlar (boʻylama yoʻlaklar, gidrostansiya mashina zali xonalari) mavjudligi, boʻshliqning koʻndalang kesimdagi maksimal tashqi oʻlchamlari toʻgʻon poydevori hisobiy kesimi kengligining 10 foizdan ortiq boʻlmagan qismini tashkil etishi;
vertikal yoʻnalishda yoki oqim boʻylab yoʻnalgan boʻshliqlar (kengaygan choklar, turbinali suv oʻtkazgichlar, koʻndalang yoʻlaklar) gorizontal kesimi yuzasi toʻgʻonning gorizontal hisobiy kesimining 5 foizdan ortiq yuzasini tashkil etishi;
toʻgʻon va asos materiali mustahkamlik hamda deformatsiya tavsiflarining farqlanishi;
poydevorning bir jinsli emasligi, katta yoriqlar va boʻlinganliklar hamda foydalanish jarayonida eriydigan koʻp yillik muzlagan jinslarning (tekis yoki orolning muzligi) mavjudligi;
qurilish boʻgʻinlari va yoriqlarni ochish imkoniyati hamda choʻzilgan zonalarda poydevor tekisligining buzilishi;
qurilish jarayonining ketma-ketligi va toʻgʻonlarning yaxlitlanish muddatlari.
Betonni izotrop material sifatida koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
118. Inshootda qurilish choklarining ochilishi, yoriqlar paydo boʻlishi va kengayishi asosida choʻzilgan zonalarda tekislik buzilishi mumkin boʻlsa, hosil boʻladigan ikkilamchi sxemalarni inobatga olgan holda inshootlarni mustahkamlikka hisoblash lozim.
Inshootning statik ishlashining ikkilamchi sxemasini belgilashda uning kuchlanish-deformatsiya holati, hisoblashda qoʻllanilayotgan materiallarning mustahkamlik va deformatsiya xususiyatlarining oʻrtacha statistik koʻrsatkichlari inobatga olinishi lozim.
Ikkilamchi sxema boʻyicha inshootning mustahkamligi mazkur SHNQning 121-bandida keltirilgan koeffitsiyentlar hisobga olingan holda, materiallar mexanik xususiyatlarining hisoblangan qiymatlari asosida aniqlanishi zarur.
119. Toʻgʻonning quyi qirrasidan ustunlararo va bloklararo choklar, shuningdek uzluksiz toʻgʻonlardagi kesmalararo choklarning ochilish zonalari va oʻlchamlari quyidagilarni inobatga olingan holda belgilanishi lozim:
toʻgʻonning oʻz ogʻirligi;
gidrostatik bosim va harorat taʼsirini;
betonning dastlabki qotib qolish rejimi;
qurilish choklarining yopilish haroratini;
toʻgʻon devorining oʻrtacha uzoq muddatli ish haroratigacha boʻlgan umumiy sovishi;
tashqi havo haroratining mavsumiy tebranishlari;
qurilish va foydalanish davrlarida suv omboridagi suv haroratining mavsumiy oʻzgarishlari.
120. Seysmik taʼsirlar uchun beton toʻgʻonlarni hisoblash QMQ 2.01.03-19 va ushbu SHNQning 6, 7, 8-boblariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Barcha sinf toʻgʻonlarni hisoblash chiziqli-spektorial nazariya asosida bajarilishi kerak.
Seysmikligi 7 balldan yuqori boʻlgan hamda I va II sinflarga mansub hududlarda joylashgan toʻgʻonlar uchun asosning bazaviy tezlanishlari instrumental qaydlar va sintezlangan akselerogrammalardan foydalangan holda hisob-kitoblar bajarilishi, bunda konstruksiyada egiluvchan boʻlmagan deformatsiyalar paydo boʻlishini hisobga olish va dinamik taʼsirlar ostida betonning normativ qarshiligi uchun tajriba qiymatlaridan foydalanish zarur.
121. Toʻgʻonlarni hisoblashda quyidagi koeffitsiyentlar hisobga olinishi lozim:
inshootning maqsadga muvofiq ishonchlilik koeffitsiyenti yn ;
SHNQ 2.06.01-97 ga muvofiq qabul qilinadigan yuklanish koeffitsiyenti ylc;
ushbu SHNQning 8-jadvaliga asosan qabul qilinadigan ish sharoitlari koeffitsiyenti ycd.
122. Toʻgʻonlarning umumiy mustahkamligi va turgʻunligi hamda alohida elementlarining mahalliy mustahkamligi hisobida quyidagi shartlardan biriga rioya qilinishi lozim:
Bu yerda:
yn, ylc, ycd — ushbu SHNQning 121-bandiga muvofiq qabul qilinadigan koeffitsiyentlar;
F, R — umumlashtirilgan kuch bilan taʼsirlar va inshootning umumlashgan tutib turish qobiliyatiga muvofiq hisobiy qiymatlari;
— kuchlanishlarning hisobiy qiymatlari;
F — koʻrinishi toʻgʻonning kuchlanish-deformatsiyalangan holati tavsifiga bogʻliq ravishda aniqlanuvchi funksiya;
Rs, Rc — SHNQ 2.06.08-21 ga asosan aniqlanuvchi, muvofiq ravishda armatura va betonning hisobiy qarshiliklari.
Inshoot hajmi yoki uning qiymatini aniqlovchi hisobiy holatda, tengsizlikning oʻng qismi chap qismidan koʻpi bilan 10 foiz ortiq boʻlishi lozim.
Izoh:
1. Arkali va arka-gravitatsion toʻgʻonlarning mustahkamligi va turgʻunlik hisoblarida ushbu jadvalga muvofiq ishlash sharoitlari koeffitsiyentlarini mazkur SHNQning 269-bandida keltirilgan ycda koeffitsiyentiga koʻpaytirish kerak.
2. Oldindan zoʻriqtirilgan armatura mustahkamligi aniqlangan va toʻgʻon elementlariga koʻp marta takrorlanuvchi yuklanishlar hisobga olingan holatlarda, ularning barcha koʻrinishlari boʻyicha umumiy va mahalliy mustahkamligini hisoblashda ishlash sharoitlari koeffitsiyenti SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq qabul qilinadi.
123. Beton toʻgʻonlarning umumiy mustahkamlik va deformatsiyalarga boʻlgan hisoblarida, choklar mavjudligi hisobga olinmagan taqdirda, toʻgʻon beton devori deformatsiya modulining hisobiy qiymati Ebd, MPa, quyidagicha qabul qilinishi lozim:
a) ustunli massivlar yoki betonlash bloklarini bogʻlash tarzida barpo etilgan toʻgʻonlar uchun:
b) betonlashning qatlamli uslubi orqali quriladigan toʻgʻonlar uchun:
bu yerda:
Eb — betonning boshlangʻich egiluvchanlik moduli, MPa;
nj — toʻgʻon poydevoridagi betonlashning vertikal choklar soni;
njs — texnologik siqish tadbirlari qoʻllanilgan ustunlararo va seksiyalararo choklar soni;
hbl — blokni betonlashning balandligi, m.
Statistik hisoblarda deformatsiyaning hisobiy moduli Ebd, MPa, 0,65Eb≤Ebd≤30000 chegaralarida boʻlishi lozim.
Dinamik hisob-kitoblarda beton devor deformatsiya moduli QMQ 2.01.03-19 ga muvofiq boʻlishi, bunda Ebd qiymat 40000 MPa miqdor bilan chegaralanishi kerak.
124. Choklar mavjud boʻlganda beton toʻgʻonlarning umumiy mustahkamlik va deformatsiyalar boʻyicha hisoblarida, yoriqlarni hamda qurilish choklarining ochilishi boʻyicha beton toʻgʻonlarning termokuchlanishli holati hisoblarida hamda inshootning kuchlanish holatiga oid amaliy kuzatuvlar maʼlumotlarini tahlil qilishda, beton devorning deformatsiya moduli hisobiy qiymati Ebd=Eb etib sifatida yoki inshootda aniqlangan maʼlumotlarga muvofiq qabul qilinishi kerak.
125. Toʻgʻonlarning temir-beton elementlarining mustahkamlik hisoblarida deformatsiya moduli Ebd qiymati SHNQ 2.06.08-21 boʻyicha qabul qilinadigan betonning boshlangʻich taranglik moduli Eb teng etib belgilanishi zarur.
126. 180 d dan kam t yoshdagi betonning boshlangʻich taranglik moduli Eb, MPa toʻgʻonlarda quyidagi 7-formula bilan aniqlanishi lozim:
Bu yerda, a — ushbu SHNQning 9-jadvali boʻyicha qabul qilinuvchi oʻlchamsiz parametr.
Betonning 180 d va undan ortiq yoshida beton toʻgʻonlarining boshlangʻich taranglik moduli mazkur SHNQning 10-jadvaliga muvofiq qabul qilinishi lozim.
127. Inshoot materialining hajmiy siqilish taʼsiriga uchraydigan zonalari uchun betonning hisobiy qarshiliklari SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq aniqlanishi lozim.
Bir ishorali kuchlanishlar taʼsiridagi tekis kuchlanish holatida betonning hisobiy qarshiliklari bir oʻqli yuklanishdagidek qabul qilinishi lozim.
Inshootga turli belgili kuchlanishlar taʼsirida material tekis yoki hajmiy kuchlanish holatida boʻlsa, betonning siqish va choʻzishga boʻlgan hisobiy qarshiliklari bir oʻqli yuklanishlar hisobiga muvofiq aniqlanishi kerak.
Balandligi 60 m dan ortiq beton toʻgʻonlar uchun murakkab kuchlanish holatida betonning mustahkamlik xususiyatlari tajribaviy tadqiqotlar asosida aniqlanishi lozim.
128. Toʻgʻonlar asosini tashkil etuvchi tuproq massivlarida mustahkamlik, deformatsiya va filtratsiya xususiyatlarini aniqlash hamda hisobiy sxemalarni tanlashda quyidagi boʻshashgan zonalar mavjudligini inobatga olish zarur:
qoyasiz tuproqli asoslarda — choʻkuvchi yoki koʻp yillik muzlagan tuproqlar, yumshoq qayishqoq, oquvchi konsistensiyali, torflashgan tuproqlar, yumshoq-gʻovak tuzilishli tuproqlar;
qoyali tuproqlardan boʻlgan asoslarda — mayda va oʻrta yoriqlar tizimlari, yakka holda yirik yoriqlar va siniqlar, nuragan hamda kuchli nuragan qismlar va yengillashgan zonalar.
3-§. Toʻgʻonlarning filtrlanish hisoblari
129. Toʻgʻonlar asoslari tuproqlarining umumiy filtrlanish mustahkamligi hisoblarini, filtrlanish hisobiy sohasidagi oʻrtacha bosim gradiyentlariga va QMQ 2.02.02-98 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Barcha hollarda umumiy filtrlanish mustahkamligi hisoblari toʻgʻonlarning yer osti konturini hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
130. Toʻgʻonning filtrlanishga qarshi elementlari (ponurlar, tishlar, inyeksion devorlar) hamda asos tuprogʻi mustahkamlik hisoblari QMQ 2.02.02-98 ga muvofiq, bosimning keskinlik gradiyentlari mavjud boʻlgan quyidagi qismlarda amalga oshirilishi lozim:
filtrlangan oqimning quyi byef va drenaj uskunalariga chiqish qismida;
turli jinsli tuproqlar chegarasida;
yirik yoriqlar joylashgan joylarda.
131. Yer osti suvlarining qiyaliklar boʻylab sizib chiqishi hamda inshoot atrofining suv bilan toshishi holatlari yuzaga kelmasligi uchun filtrlanish oqimi depressiya yuzasining hisobiy va yoʻl qoʻyiluvchi sathlarini solishtirish lozim.
Muzlagan tuproqlar holatida esa ularning erishi ehtimolini inobatga olgan holda tahlil amalga oshirilishi zarur.
132. Toʻgʻonlarning filtrlanish hisoblari filtrlanish chiziqli talabiga boʻysunuvchi va filtrlanish tartibi oʻrnatilgan deb hisoblangan holda bajarilishi lozim.
Byeflardagi tez oʻzgaruvchi suv sathlarida oʻrnatilmagan filtrlanish rejimi boʻyicha hisoblar bajarilishi kerak.
133. Toʻgʻonlarning I, II va III sinflari uchun filtrlanish oqimi tavsiflari (sathlar, bosimlar, bosim gradiyentlari, sarflar) hisoblash mashinalarida EGDA usuli orqali quyidagicha aniqlanishi lozim:
toʻgʻonning oʻzanli qismlari uchun — ikki oʻlchamli vertikal kesimlarda;
qirgʻoq qismlar uchun — rejada oqim chiziqlari boʻyicha vertikal kesimlarda ikki oʻlchamli yoki fazoviy.
IV sinfi toʻgʻonlari uchun hamda I, II va III sinf toʻgʻonlarining dastlabki hisoblari uchun filtrlanish oqimi tavsiflari yaqinlashtirilgan tahliliy uslublar orqali (qarshilik koeffitsiyentlari, parchalar) aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
134. Filtrlanish oqimi tavsiflari aniqlanishida quyidagilarning taʼsiri hisobga olinishi lozim:
drenaj va filtrlanishga qarshi moslamalarning;
toʻgʻonning asos bilan tutashish joylaridagi yoʻlaklar (poterna), boʻshliqlar va keng choklarning;
beton va qurilish choklarining suv oʻtkazmasligi;
toʻgʻon asosi va jismining kuchlanish-deformatsiyalangan holati;
yer osti suvlari harorati va ularni maʼdanlashganligi;
asosning harorat rejimi hamda tuproqlarning filtrlanish tavsiflarini oʻzgarishi.
135. II va III sinfli toʻgʻonlar filtrlanish hisoblarini faqat suv toʻsuvchi inshootlarning foydalanish davrida buzilishi oqibatlarini hisobga olib yaqinlashtirilgan tahliliy usul orqali bajarish lozim.
4-§. Toʻgʻonlarning gidravlik hisoblari
136. Toʻgʻonlarning suv tashlash, suv chiqarish va suv tushirish inshootlarining gidravlik hisoblari, qurilish va foydalanish sarflarini oʻtkazish shartlariga muvofiq quyidagi maqsadlarda bajariladi:
oʻtkazish qobiliyatini aniqlashda;
traktlar va ulardagi mexanik uskunalarning eng samarali koʻrinishlari, oʻlchamlari va konstruksiyalarini asoslashda;
yuqori va quyi byeflarning turli sathlarida oqim tartiblarini oʻrnatishda;
byeflarni tutashtirish va energiyani soʻndirish usullarini asoslashda;
quyi byefda maromsiz oqimga qarshi kurash usullarini asoslashda;
trakt elementlari va mexanik uskunalariga boʻladigan gidrodinamik yuklanishlar va taʼsirlarni aniqlashda;
muz boʻlaklari va boshqa suzuvchi jismlarni oʻtkazish usullarini asoslashda;
byeflardagi oʻzanlar mahalliy va umumiy deformatsiyalarining, (suv omborlarini loyqa va choʻkindilar bilan toʻlishini hisobga olib) suv sathlarini suv sarfiga bogʻliq holda oʻzgarishiga taʼsirini aniqlashda;
kavitatsiya va kavitatsiyaviy yemirilish taxminlari hamda ular bilan kurashish tadbirlarni asoslashda;
zatvorlardan foydalanish sxemalari va usullarini ishlab chiqishda.
137. Gidravlik hisoblar va tajribalar QMQ 2.06.01-97 ga muvofiq asosiy va qiyosiy holatlar uchun oʻtkazilishi lozim.
Boshqa hisobiy holatlar texnik yechimlarni asoslash uchun qabul qilinishi kerak.
138. Toʻgʻonlarning I va II sinflari suv oʻtkazish inshootlarini loyihalashda texnik yechimlarni asoslash uchun hisoblarga qoʻshimcha ravishda fizik va matematik modellardan iborat gidravlik tadqiqotlar oʻtkazilishi lozim.
Toʻgʻonlarning III va IV sinflari uchun bunday tadqiqotlar tegishli asoslashlar boʻlgan holda bajarilishi lozim.
8-bob. Qoyasiz asoslar ustida boʻlgan toʻgʻonlar
1-§. Toʻgʻonlar va ularning elementlarini loyihalash
139. Suv tashlash toʻgʻonlari va ular elementlarini bir nechta asos ustida loyihalash ushbu SHNQning 5-bobi hamda ushbu bob talablariga asosan bajarilishi lozim.
140. Bir nechta asos ustidagi suv tashlash toʻgʻonlari quyidagi asosiy elementlarga boʻlinadi:
fundamentli plitalar;
koʻprik ustunlari va suv tashlagichlar;
deformatsiya choklari va ularning zichlashtirgichlari;
suv urilma va risberma;
filtrlanishga qarshi moslamalar (ponur, shpuntlar, betonli burgʻilash qoziqlari va devorlari, tishlar, filtrlanishga qarshi devorlar);
drenaj moslamalari.
141. Qoyasiz asos ustidagi suv tashlash toʻgʻonlari harorat-choʻkish choklari orqali 1, 2, 3 va undan ortiq suv tashlash teshiklarini oʻz ichiga oluvchi qismlarga ajratiladi.
Toʻgʻon qismlari uzunligi asos tuprogʻiga bogʻliq ravishda variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan taqqoslash orqali aniqlanishi lozim.
Harorat-choʻkish choklari koʻprik ustunining oʻqi boʻyicha joylashtirilishi kerak.
Asosi bir jinsli boʻlgan toʻgʻonlarni baʼzi hollarda qismlarga ajratmasdan, kesik-choklar bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
142. Toʻgʻonning poydevor plitasining asos ichiga kirish chuqurligini, statik turgʻunlik talablari, gidravlik va filtrlanish shartlarini hisobga olgan holda belgilash lozim.
143. Bogʻlovchi tuproqlardan boʻlgan ponurli toʻgʻonlarning poydevor plitasi yon tomoni yuqori byef tomonga qiya qilib loyihalashtirilishi kerak.
144. Toʻgʻon qismi chegaralarida koʻprik toʻgʻon ustunlarini poydevor plitasi bilan mahkam birlashtirilishini lozim.
Koʻprik ustunlarni hamda poydevor plitalari choklarni keyinchalik bir butun holga keltirishni koʻzda tutgan holda alohida barpo etish lozim.
145. Toʻgʻonning qirgʻoq qismi tarkibiga kiruvchi tutashish ustunlarini poydevor plitasi ustida umumiy qirgʻoq seksiyasi bilan joylashtirilishi kerak.
Tutashish ustunlarini toʻsuvchi devor koʻrinishida loyihalanishi, bunda suv tushirgich va poydevor plitasi oralaridagi harorat-choʻkish choklarida koʻzda tutilishi lozim.
146. Ponur, suv urilma va risberma chegaralaridagi tutashish ustunlari, oqim yoʻnaltiruvchi devorlar sifatida ham foydalanishni hisobga olgan holda loyihalashtirilishi zarur.
8-chizma. Toshli boʻlmagan poydevorda anker ponurli suv toʻkish toʻgʻonining alohida qismlari va elementlari
1 — poydevor plitasini yuqorigi qismi; 2 — poydevor plitasining pastki qismi; 3 — dastlabki koʻprik ustuni; 4 — asosiy zatvorning ogʻzi; 5 — taʼmirlanadigan zatvorning ogʻzi; 6 — suv tushirish; 7 — suv tushirishning choʻqqisi; 8 — suv urish (vodoboy); 9 — energiyani soʻndiruvchilar; 10 — risberma; 11 — oʻtuvchi deformatsiyalanadigan mustahkamlagich; 12 — himoya qiluvchi kovsh; 13 — ankerli ponur; 14 — ankerli ponurning egiluvchan uchastkasi; 15 — ponurni yuklash; 16 — yuklashni mustahkamlash; 17 — ponurli shpunt; 18 — shpunt ustidagi xoda; 19 — yuqorigi toʻgʻonosti shpunti; 20 — ponurning gorizontal drenaji; 21 — poydevor plitasining gorizontal drenaji; 22 — suv urish va risbermani gorizontal drenaji; 23 — teskari filtr; 24 — asosining vertikal drenaji; 25 — drenaj yoʻli; 26 — drenaj quduqlar.
147. Toʻgʻonlarni loyihalashda, suv tushirish inshootini qurilish hududining, iqlimiy, muhandislik-geologiya va geokriologik sharoitlariga bogʻliq holda koʻprik toʻgʻon ustuniga qattiq mahkamlashni yoki ular orasida harorat choklari boʻlishi, bunda harorat choki koʻprik toʻgʻon ustuni yuza tekisligidagi suv tushirgichni poydevor plitasi yuqori qismidan toʻgʻon choʻqqisigacha kesib oʻtishi lozim.
Suv tushirish teshiklari oraliqlari 30 m dan ortiq boʻlganda suv tushirgich tanasida harorat choklari boʻlishi kerak.
148. Qoyasiz asoslardagi toʻgʻonlarning chuqur suv tashlagichlari berk temir-beton romlar koʻrinishida loyihalashtirilishi lozim.
149. Qoyasiz asoslarda suv tashlash toʻgʻonlarini loyihalashda byeflarni asosiy tutashish shakllari sifatida, gidravlik sakrash soʻndirilgan tub rejim hamda energiya soʻndiruvchi va oqimni tarqatuvchilarni koʻzda tutish lozim.
Tegishli asoslashlar boʻlgan holda suvga botmagan ustki yoki suv osti gidravlik sakrash rejimi qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
150. Byeflar tutashish tub rejimida asosiy energiya soʻndirgich sifatida quyidagilar qabul qilinishi lozim:
yaxlit suv urilma devori;
suv urilma qudugʻi;
quyi qismida sayoz suv qudugʻi joylashgan suv urilish devori;
kesuvchi suv urilish devori;
bir nechta qatorli shashka yoki pirslar koʻrinishidagi soʻndirgichlar;
texnik-iqtisodiy asoslanganda, mazkur bandda keltirilgan soʻndirgich va boshqa soʻndirgichlardan iborat uygʻunlashgan soʻndirgichlar.
Soʻndirgich konstruksiyasi energiya soʻndirishi bilan bir qatorda oqim maromini taʼminlashi va maromsiz oqim vujudga kelishi xavfini oldini olishi lozim. Oqimning siqilgan qismi kesimidan soʻndirgichgacha boʻlgan masofa 3,0 dan 4,5 gacha sakrash balandligiga teng qilib olinishi lozim.
Soʻndirgich konstruksiyasi energiyani soʻndirishi bilan birga oqim maromini taʼminlashi va maromsiz oqimning vujudga kelishi xavfini oldini olishi lozim.
Oqimning siqilgan qismi kesimi bilan soʻndirgichgacha boʻlgan masofa sakrash balandligiga teng qilib, 3,0 dan 4,5 m olinishi kerak.
Katta masofalar soʻndirgichlarning kavitatsiyaga qarshi xavfsizligini oshirish yoki ularning yemirishsiz shakllaridan foydalanish maqsadida qabul qilinishi kerak.
151. Byeflarni ustki tutashish rejimlarida talab etiladigan shakl siqilgan kesimdagi balandligi oqim chuqurligidan 3 pogʻonada energiya soʻndirgichlar yoki ularsiz toʻgʻon oldidagi moslama orqali taʼminlanishi zarur.
Quyi byefdagi suv sathlari katta oraliqda oʻzgarishi natijasida oqimning maromda boʻlishini taʼminlash uchun quyidagi moslamalar qoʻllanilishi lozim:
yaxlit suv urilma devori;
suv urilma qudugʻi;
keltirilgan turlardan boʻlgan uygʻunlik.
Pogʻonadan soʻndirgichgacha boʻlgan minimal masofa quyi byefda oqim chuqurligining kamida 5 baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
152. Byeflar tutashishi rejimini texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida belgilash kerak.
Bu jarayonda quyi byefdagi chuqurliklar, suv urilish konstruksiyalari, risbermalar va oʻtish mahkamlanishlari, kavitatsiyaning yuzaga kelishi shart-sharoitlari, oqimning maromsizligi hamda zatvorlarni boshqarishning turli bosqichlarida quyi byefdagi oʻzan deformatsiyasi taxminlari hisobga olinishi zarur.
153. Risbermalar uzunligi va kesimi hamda risbermadan mahkamlanmagan oʻzangacha boʻlgan oʻtish mahkamlagich konstruksiyasi gidrouzel inshootidan foydalanish va qurilish davrlarida yuvilib ketishdan saqlanishini taʼminlovchi variantlarni texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish orqali aniqlash lozim.
154. Toʻgʻonlarning I, II va III sinflari uchun risbermalar monolit beton yoki temir-beton koʻrinishida loyihalashtirilishi kerak.
Toʻgʻonlarning IV sinfi uchun risbermalar tosh tashlash, gabion sim toʻrlar, yigʻma beton yoki temir-beton plitalar, oʻzaro armaturalar bilan birlashtirilgan, metall toʻrlar koʻrinishida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
155. Suv urilish va risberma plitalarining qalinligi ularning agʻdarilib ketishi hamda qalqib chiqishga qarshi turgʻunligini taʼminlashi, shuningdek oʻrtacha va tez-tez oʻzgarib turuvchi yuklanishlar taʼsirida mustahkamligi hisoblaridan kelib chiqib belgilanishi lozim.
Suv urilma va risberma plitalari harorat-choʻkish choklari orqali kesilishini hamda plitaosti qismida drenaj quduqlari oʻrnatilishi lozim.
156. Suv urilma va risbermalar plitaosti sohasi drenaj zovuri turi va konstruksiyasi, drenaj quduqlari oʻlchamlari va joylashishi toʻgʻon orqali turli xil suv tashlash sarflaridagi gidrodinamik bosim kattaligi va taqsimlanishiga bogʻlangan holda tanlanishi lozim. Bunda drenaj moslamalarining muzlashi, plitaosti sohasida yuqori bosimining paydo boʻlishi, teskari filtr tuproqlarida suffoziya sodir boʻlishi holatlari bartaraf etilgan boʻlishi lozim. Buning uchun suv urilmaning pyezometrik bosimini turgʻunlik bilan pasayish yuzalarida yuksizlantiruvchi teshiklar jihozlanishi lozim.
Suv urilish va risbermalar plitaosti sohasidagi drenaj turi va konstruksiyasi, drenaj quduqlari oʻlchamlari hamda joylashishi toʻgʻon orqali turli xil suv tashlash sharoitlaridagi gidrodinamik bosimning kattaligi va taqsimlanishiga bogʻliq holda tanlanishi, drenaj moslamalarining muzlashi, plitaosti sohasida yuqori bosim paydo boʻlishi va teskari filtr tuproqlarida suffoziya sodir boʻlishi holatlari bartaraf etilgan boʻlishi kerak.
Bunda, suv urilishning pyezometrik bosimi turgʻunlik bilan pasayish yuzalarida yuksizlantiruvchi teshiklar bilan jihozlanishi zarur.
Filtrlanuvchi suv yopiq plitaosti drenajlari tutashish ustunlari, ajratuvchi devor yoki koʻprik toʻgʻon ustuni orqali chiqarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Drenajlar past bosimli zonalarda, quyi byefning minimal sathidan pastda joylashishi lozim.
Yigʻma plitalardan iborat boʻlgan risbermalarda drenaj quduqlari oʻrnatilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
157. Beton mahkamlanishining oxirida vertikal devor, saqlovchi kovsh, deformatsiyalanuvchi oʻtish mahkamlanmasi yoki shu konstruksiyalarning yigʻindisi koʻrinishidagi moslama koʻzda tutilishi lozim.
158. Risberma yoki suv urilma turgʻunligini taʼminlash maqsadida oxiridagi vertikal devorlar (beton, temir-beton, shpuntli devorlar, gʻovlar yoki tosh toʻldirmalari) tuproqning yuvilib ketishining maksimal chuqurligi hisobga olingan holda loyihalashtirilishi zarur.
Tuproq yuvilishi ehtimoli mavjud hududlarda joylashgan devorlar poydevori sathi, devor ortidagi mahkamlagichning deformatsiya holati va uning konstruktiv tuzilmasini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
159. Oʻtuvchi deformatsiyalanuvchi mahkamlanishlar quyidagi turlarda yoki ularning birikmalari koʻrinishida loyihalashtirilishi lozim:
oʻzaro sharnirli yoki shunga oʻxshash bogʻlanishli beton va temir-beton plitalar;
shagʻalli yoki tosh tashlamalari;
oʻzaro sharnir yoki shu kabi bogʻlanishli betonli va temir betonli plitalar;
shagʻalli yoki tosh tashlamalari;
gabionlar yoki tosh-shagʻalli yuklamalar bilan tyufyak konstruksiyalari;
Mazkur mahkamlanishlarning birikmalar koʻrinishida loyihalash lozim.
Mahkamlanish turi gidravlik shartlar, yoʻl qoʻyiluvchi yuvilish chuqurligi va tuproqning kriogen boʻrtishi hisobga olingan holda ishlab chiqilgan variantlarni texnik-iqtisodiy solishtirish asosida belgilanishi lozim.
2-§. Yer osti konturi
160. Qoyasiz asoslar ustida quriladigan toʻgʻonlarning yer osti konturi muhandislik-geologiya va geokriologik shartlarga muvofiq ravishda quyidagi elementlardan tashkil topishi lozim:
ponurlar;
tish, shpunt yoki filtrlanishga qarshi parda koʻrinishidagi vertikal toʻsiqlar;
gorizontal yoki vertikal drenaj.
161. Yer osti konturining quyidagi asosiy sxemalari oʻrganilishi lozim:
drenajsiz poydevor plitasi va ponuri;
poydevor plitasi ostidagi gorizontal drenaji;
poydevor plitasi va ponur ostidagi gorizontal drenaj;
suv oʻtkazuvchi asosning butun chuqurligi boʻyicha kesib oʻtuvchi vertikal toʻsiq;
vertikal toʻsiq orqasida oʻrnatiluvchi, suv oʻtkazmaydigan qatlamgacha va drenajgacha yetib bormaydigan ponur hamda vertikal toʻsiq birikmasi.
Agar toʻgʻon asosida harakatlanuvchi qumli va loytuproqli qatlamlar hamda bosimli yer osti suvlari mavjud boʻlsa, bunda toʻgʻonning yer osti konturida chuqur drenaj quduqlarini loyihalash lozim.
162. Toʻgʻonning umumiy turgʻunligi filtrlanish bosimini pasaytirish tadbirlarisiz taʼminlansa, asos tuproqlarining filtrlanish turgʻunligi shartlari boʻyicha esa uzaytirilgan yer osti konturi talab etilsa, toʻgʻonlarni qumli tuproqlar ustida hamda suv oʻtkazmaydigan qatlamni chuqurlikda (20 m dan ortiq) yotishi lozim.
Asosdagi loytuproqlar inshootning surilishga qarshi turgʻunligini taʼminlash maqsadida ankerli ponur qoʻllash talab qilinsa, ponur shpunti yoki tish moslamasidan foydalanish kerak.
Toʻgʻonlarni qumli tuproqlar ustida hamda suv oʻtkazmaydigan qatlam 20 m dan ortiq boʻlmagan chuqurlikda yotsa, bunda ponur boʻlmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
3-§. Ponurlar
163. Ponurlar konstruksiyasi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
qattiq beton va temir-beton qoplamasi koʻrinishida;
qayishqoq — deformatsiyalanish, suv oʻtkazmaslik, mustahkamlik, kimyoviy taʼsirga chidamlilik talablariga javob beruvchi tuproqlar, asfaltli, polimer va boshqa materiallardan tayyorlanadigan;
qayishqoq va qattiq qismlardan boʻlgan aralash konstruksiyali (ankerli ponurlar).
164. Ponurning filtrlanish koeffitsiyenti asos tuproqlarining filtrlanish koeffitsiyentidan 50-marta kam yoki undan kam boʻlishi lozim.
Asosi tuproqlari loytuproq yoki qumoq tuproqdan iborat boʻlgan suv oʻtkazmaydigan ponurlar koʻzda tutilishi lozim.
Kam suv oʻtkazuvchi ponurlar (K=10-3 m/sut filtrlanish koeffitsiyenti boʻlgan) qumli tuproqlar va qumloq tuproqlarda qoʻllanilishi lozim.
165. Ponur uzunligi asos tuprogʻi filtrlanish mustahkamligi va toʻgʻon turgʻunligi hisoblari natijalari asosida belgilanishi lozim.
166. Tuproqli ponur qalinligi ta:
shartni qanoatlantirishi, biroq kamida 0,5 m boʻlishi lozim.
Bu yerda:
— yer osti konturi boshidan boshlab bosim yoʻqotilishi (byef yuqorisidan ponurning koʻrib chiqilayotgan vertikal kesimigacha);
Icr,m — ponur materiali uchun SHNQ 2.06.05-21 ga muvofiq aniqlanuvchi keskin oʻrtacha bosim gradiyenti;
yn — ushbu SHNQning 121-bandida keltirilgan.
167. Qayishqoq suv oʻtkazmaydigan ponurlar sezilarli va notekis deformatsiyalanishga ega tuproqlar ustida (lyos tuproqlari, muzdan tushayotgan va kuchli muzlagan tuproqlarda) toʻgʻonlar barpo etilishida qoʻllanilishi hamda quyidagicha loyihalashtirilishi lozim:
quyma holda — armaturalovchi oʻrama shisha matoli ketma-ket suriluvchi quyma gidroizolyatsiya materialidan;
yelimlash holatida — bir necha qavatdan iborat oʻrama gidroizolyatsiya materialidan, har bir keyingi qavat pastdagi qavatning tutash joyini qoplash bilan.
168. Beton ponurlar bosimli yotqi boʻylab gidroizolyatsiyalangan plitalar koʻrinishida, plitalar orasida hamda ponur bilan chegaralovchi inshoot oʻrtasida zichlashtiruvchi choklar nazarda tutilgan holda loyihalashtirilishi lozim.
Toʻgʻonlarning IV sinflari uchun asosning boʻsh deformatsiyalanuvchi tuproqlarida gidroizolyatsiya qoplamasisiz beton ponurlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilishi, bunda ponur qalinligi keskin oʻrtacha bosim gradiyenti Icr,m=30 boʻyicha aniqlanishi lozim.
169. Ankerli ponur loytuproqlarda joylashgan toʻgʻonlar uchun qoʻllanilishi zarur.
Ankerli ponurning qattiq qismlari yelimlangan yoki quyma gidroizolyatsiya va ankerlanuvchi inshootga oʻrnatiluvchi armaturaning chiqqan yerlari boʻlgan temir-beton plita koʻrinishida loyihalashtirilishi lozim.
Qayishqoq qism ankerlanuvchi inshoot bilan tutashish joyida vujudga keluvchi barcha deformatsiyalarni (surilish va choʻkish) qabul qilishi va toʻliq suv oʻtkazmaslikni saqlab qolishi lozim.
170. Ponurlarning barcha koʻrinishlari uchun (betonliklari bundan mustasno) yuvilib ketishdan saqlovchilar beton plitalari yoki tosh tashlamlari koʻrinishidagi mahkamlanishlar koʻzda tutilishi lozim.
171. Ponur osti uchun asosni quyidagi tarzda tayyorlash lozim:
qumli va qumloq tuproqli asoslar boʻlganda mahalliy materiallardan boʻlgan ponurlar uchun — asos yuzasini zichlashtirish bilan;
asos tuproqlari yirik boʻlakli boʻlgan hollarda qalinligi kamida 10 cm boʻlgan qumli oʻtish qatlami koʻrinishida;
beton yoki ankerli ponur uchun — asos yuzasini tekislash va 5 — 10 cm qalinlikda beton yotqizish bilan;
asfaltli yoki polimer materiallardan boʻlgan ponurlar uchun — bitum shimdirilgan shagʻal yoki mayda tosh yotqizish yoki 5 — 10 cm qalinlikda beton yotqizish yoʻli bilan.
172. Ponurni toʻgʻon, toʻsuvchi devorlar, ajratuvchi ustun va ponurli shpunt bilan tutashish yuzalarida hamda ponurning ayrim qismlarini oʻzaro tutashtirishda ushbu SHNQning 56 — 60-bandlariga muvofiq zichlashtirish ishlari olib borilishi lozim.
Zichlashtirish konstruksiyalarini tanlashda bir-biri bilan chegaralanuvchi inshootlarning boʻlishi mumkin boʻlgan deformatsiya miqdorlari hisobga olinishi zarur.
4-§. Shpuntlar
173. Shpuntning turi (metall, temir-beton yoki yogʻoch) geologik sharoitlar, hisobiy bosim va suvga koʻmilish chuqurligiga koʻra tanlanishi lozim.
174. Shpuntni umumiy suvga koʻmilish chuqurligi kamida 2,5 m, uning suv oʻtkazmaslik qatlami ichiga botish chuqurligi esa kamida 1 m boʻlishi kerak.
175. Kuch yuklanishlari inshootdan filtrlanishga qarshi shpuntlarga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
176. Yuqori byef toʻgʻonostida ponur mavjud boʻlmaganida shpunt boʻlishi lozim.
Yer osti konturining shpuntsiz sxemalarini qoʻllashga quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyiladi:
ponur mavjud boʻlganda;
devor plitasining yuqori tishi suv oʻtkazmaydigan tuproqqa kirganda;
poydevor plitasining pastki tishi bilan asosning filtrlanish mustahkamligi taʼminlanganda.
177. Toʻgʻonning yer osti konturida osma (suv oʻtkazmaydigangacha yetib bormaydigan) shpuntlar qoʻllanilsa, ularning ikki yondosh qatorlari orasidagi masofa suvga koʻmilish chuqurliklari yigʻindisidan kam boʻlmasligi kerak.
5-§. Tishlar va filtrlanishga qarshi devorlar
178. Qoyasiz asoslar ustida toʻgʻonlarni loyihalashtirishda turgʻunligini oshirish maqsadida yuqori va past toʻgʻonosti tishlari boʻlishi lozim.
Filtrlanishga qarshi beton va temir-beton tishlar (toʻsiqlar) muhandislik-geologik va geokriologik shartlar sababli shpunt qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan holatlarda koʻzda tutilishi lozim.
179. Toʻgʻonning filtrlanishga qarshi tishi va poydevor plitasi orasidagi harorat deformatsiya choki tegishli asoslashlar mavjud boʻlganda jihozlanishi kerak.
180. Asoslarida qumli va yirik boʻlakli tuproqlar boʻlgan toʻgʻonning yuqorigi qirrasi oldida beton yoki loytuproqdan, burgʻilash yoʻli bilan bajarilgan filtrlanishga qarshi beton devori yoki toʻsiq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Muzlagan va muzdan tushishda kuchli sizib oʻtuvchi tuproqlardagi inyeksiya filtrlashga qarshi devorlar asosning dastlabki muzdan tushish bosqichida joylashtirilishi lozim.
Tegishli asoslash mavjud boʻlgan hollarda inyeksiya pardalar inshootdan foydalanish davrida asosning muzdan tushishida oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Yopiq oʻzanosti joylarda muzlagan jinslarning past haroratlarida filtrlanishga qarshi devor tegishli asoslashlar boʻlganda oʻrnatilishi lozim.
Filtrlanishga qarshi devor chuqurligi va suv oʻtkazmaslik xususiyatlari toʻgʻonga boʻlgan bosim, asos tuprogʻining filtrlanish va suffoziyalanish xossalari hamda toʻgʻon poydevoriga boʻlgan qarshi bosimni kamaytirish talablari asosida belgilanishi zarur.
181. Filtrlanishga qarshi devor qalinligi tc, quyidagi shartga muvofiq boʻlishi lozim:
bu yerda:
— devorning berilgan kesimida bosim yoʻqotilishi;
yn — ushbu SHNQning 121-bandida keltirilgan;
Icr,m — tuproqning turidan kelib chiqib QMQ 2.02.02-98 boʻyicha qabul qilinadigan devordagi keskin oʻrtacha bosim gradiyenti.
6-§. Drenaj moslamalari
182. Yirik donachali materiallar (shagʻal, tosh), geotekstil materiallar, gʻovakli betonlardan tayyorlangan hamda teskari filtrdan loyqalanishdan himoyalangan gorizontal drenaj konstruksiyasi quyidagi holatlarda koʻzda tutilishi lozim:
loytuproq asosli toʻgʻonlar uchun hamda qumli tuproqlarda, toʻgʻonning barqarorligini taʼminlash maqsadida ponur qurilmasi yoki vertikal filtrga qarshi toʻsiq yetarli boʻlmaganida;
suv urilma ostida, risberma ostida, qiyaliklarni mahkamlash plitalari ostida, toʻlqin taʼsiri zonasida hamda toʻgʻon asosida yuviluvchi tuproqlar mavjud boʻlganda.
Muzdan tushayotgan asosdagi drenaj moslamasi issiqlik texnikasi va filtrlanish hisoblari orqali asoslangan boʻlishi lozim.
183. Teskari filtr qatlamlari soni va donachalar tarkibi SHNQ 2.06.05-21 boʻyicha aniqlanishi lozim.
Gorizontal drenaj qatlami qalinligi toʻgʻon konstruksiyasi va ishlab chiqarish sharoitlariga bogʻliq ravishda, biroq 20 smdan kam boʻlmagan qilib belgilanishi lozim.
184. Gorizontal drenajdan suv quyi byefdagi suv urilma drenajiga yoki toʻgʻon jismidan oʻtuvchi drenaj tizimi orqali tutashuvchi yoki ajratish ustuni bilan quyi byefga tushishi koʻzda tutilishi lozim.
Drenaj tizimi chiqish teshiklari sokin rejimli oqim boʻlgan yerlarda koʻzda tutilishi hamda quyi byefning minimal sathidan pastda joylashtirilishi lozim.
7-§. Toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlikka boʻlgan hisob-kitoblari
185. Qoyasiz asosli toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlikka boʻlgan hisoblari mazkur SHNQning 5-bobi va ushbu paragrafda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
186. Qoyasiz asosli toʻgʻonlar poydevori boʻyicha tutash kuchlanishlar miqdori, asoslar mustahkamligini aniqlash mezonlari va uslublari QMQ 2.02.02-98 hamda ushbu paragrafning talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
187. Qumtuproqli asos ustidagi toʻgʻonlarda koʻprik toʻgʻon ustuni, ustunlar va poydevor plitalarini alohida barpo etishda, toʻlaligicha barpo etilgan inshootning asosiy kuchlanishlari (reaksiyalar) qurilish davridagi yuklanishlardan kelib chiqqan kuchlanishlar asosida aniqlanishi, inshoot butun holga keltirilgandan soʻng, har bir elementga tushgan kuchlanishlar va ularning epyuralari asosida tutashish kuchlanishlari epyuralari qoʻshilib hisoblanishi lozim.
Toʻgʻonning loytuproqli asosi uchun tutash kuchlanishlar ularning vaqt davomidagi oʻzgarishlarini, shuningdek tuproqlarning siljishi va filtrlanishini inobatga olgan holda maxsus tadqiqotlar natijasida aniqlanishi lozim.
188. Toʻgʻonlarning I va II sinflariga kiruvchi boʻlimlari umumiy mustahkamlik nuqtai nazaridan, qurilish mexanikasi va taranglik nazariyasi usullari asosida, yoriqlar paydo boʻlishi natijasida kuchlanishlarning qayta taqsimlanishini hisobga olgan holda, fazoviy tuzilmalarni tarang holatdagi asos bilan birgalikda hisoblash lozim.
Toʻgʻonlarning I va II sinflari dastlabki mustahkamlik hisoblarini, III va IV sinf toʻgʻonlarining esa barcha holatlarini ular ishini alohida koʻndalang (oqim boʻyicha) hamda boʻylama (oqimga koʻndalang) yoʻnalishlarda ushbu SHNQning 190-191-bandlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
189. Toʻgʻonning umumiy mustahkamlik boʻyicha hisoblash sxemasida, konstruksiyaning alohida elementlari (poydevor plitasi, koʻprik toʻgʻon ustuni, suv tushirgich) ishining oʻziga xos xususiyatlari hamda ularga mahalliy yuklanishlar taʼsiri hisobga olinmagan hollarda, mazkur elementlar qoʻshimcha ravishda mahalliy mustahkamlikka hisoblanishi lozim.
Hisobiy kuchayishlar, kuchlanishlar hamda toʻgʻonning turli kesimlaridagi armatura miqdori, toʻgʻon seksiyalarining umumiy mustahkamligi bilan bir qatorda, konstruksiyaning alohida elementlari boʻyicha mahalliy mustahkamlik hisoblari natijalarini ham hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
8-§. Toʻgʻonning umumiy mustahkamlikka boʻlgan hisob-kitoblari
190. Toʻgʻonning koʻndalang yoʻnalishdagi umumiy mustahkamlik hisob-kitoblari quyidagi konstruktiv sxemalar asosida amalga oshirilishi lozim:
suv tushirish toʻgʻonlari — koʻprik toʻgʻon ustunlari va yarim ustunlari qattiqlik qovurgʻalari vazifasini bajaradigan qovurgʻali konstruksiya sifatida;
ikki qavatli toʻgʻonlar va chuqur suv tushirish toʻgʻonlari — qutichasimon koʻrinishdagi (qutisimon) konstruksiyalar sifatida.
Hisobiy kesimda koʻprik toʻgʻon ustuni va yarim koʻprik toʻgʻon ustunlarining faqat belgilangan qismi, ularning balandligi boʻyicha inobatga olinishi lozim.
Bu elementlarning hisobiy balandligi, gorizontal tekislikka 45° burchak ostida poydevor plitasi bilan tutashish nuqtasidan oʻtuvchi ogʻma tekisliklar orqali cheklanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suv tushirgichning hisobiy kesimi ham shu tarzdagi balandlik bilan cheklanishi lozim.
191. Toʻgʻon seksiyasining boʻylama yoʻnalishdagi umumiy mustahkamlik hisob-kitobi quyidagi usullar boʻyicha bajarilishi lozim:
suv tushiradigan toʻgʻon — qattiq asos ustidagi toʻsinlar sifatida;
ikki qavatli toʻgʻon va chuqur suv tashlagichli toʻgʻon — qattiq asos ustidagi ramali konstruksiya sifatida.
Suv tushirgichli toʻgʻon seksiyasining uzunga yoʻnalishdagi umumiy mustahkamlik hisob-kitoblarida suv tushirgich massivining hisobiy kesimiga faqat suv tushirgich oraligʻida harorat choklari mavjud boʻlmagan holatdagina kiritilishi lozim.
Suv tushirgich jismi bilan koʻprik toʻgʻon ustuni yoki yarim koʻprik toʻgʻon ustuni oʻrtasida harorat choklari mavjud boʻlganda, hisobiy kesimga chok asosidan gorizontalga nisbatan 45° burchak ostida oʻtuvchi tekisliklar bilan chegaralangan suv tushirgichning tegishli qismi kiritilishi kerak.
Toʻgʻon ustunlari va yarim koʻprik toʻgʻon ustunlari, ikki qavatli toʻgʻon boʻlinmalari boʻylama yoʻnalishda, shuningdek tubli suv tashlagichli toʻgʻonning poydevor plitasi va suv tashlagich oraliq tuzilmalari umumiy mustahkamlik hisoblarida hisobiy kesimga toʻliq holda kiritilishi zarur.
9-§. Ankerli ponur hisobi
192. Ankerlar, ponur va toʻgʻon orasidagi toʻliq gorizontal suruvchi kuchning taqsimlanishi, asos tuprogʻining turidan qatʼi nazar, ularning deformatsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanishi lozim.
Ponur armaturasining choʻzilishini surilish koeffitsiyenti usuli va tarang qatlamning oxirgi chuqurligi asosida aniqlash kerak.
Surilish koeffitsiyenti uslubi ponurning barcha uzunligi boʻyicha chegaraviy muvozanat holati mavjud boʻlmagan holda quyidagi shart bajarilishida ankerli ponur orqali qabul qilinuvchi kuchayishni aniqlashda qoʻllanilishi zarur:
Bu yerda:
— ponur ostidagi eng katta urinma kuchlanish, MPa;
— chegaraviy muvozanat holatiga mos keluvchi ponur osti urinma kuchlanishi, MPa;
Pua — ponurga boʻlgan vertikal kuchlanish jadalligi, MPa;
— asos tuprogʻining muvofiq ravishdagi ichki ishqalanish burchagi hisobiy qiymati, ℃ hamda solishtirma ilashishi MPa.
Hisoblarda etib olinishiga yoʻl qoʻyiladi.
193. Siljish koeffitsiyenti usuli boʻyicha ponur boʻlinmasi tomonidan qabul qilinuvchi MN gorizontal kuch, armatura kesim yuzasi ponur uzunligi boʻylab taqsimlanish tavsifiga koʻra quyidagicha aniqlanishi lozim:
a) uchburchak boʻyicha taqsimlanishda quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
b) toʻgʻri toʻrtburchak boʻyicha taqsimlanishida quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
v) trapetsiya boʻyicha taqsimlanishida quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
bu yerda:
Q — toʻgʻon boʻlinmasiga taʼsir etuvchi toʻliq siljituvchi kuch, MN;
Kx , K1,x — asos tuproqlar uchun ponur va toʻgʻonga muvofiq holda siljishdagi toʻshama koeffitsiyentlar, MN/m3;
la, b — mos ravishda ponur uzunligi va toʻgʻon kengligi, m;
I0, I1 — Bessel funksiyalarining faraziy argumenti;
Als, Ais — mos ravishda ponurning oxiri va boshlanishidagi (toʻgʻonga tutash joyida) armaturaning kesim yuzasi, m2;
— ponur va uning asosining taranglik xususiyatlarini tavsiflovchi kattalik boʻlib, quyidagi formula orqali aniqlanishi zarur:
bu yerda:
Es — SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq qabul qilinuvchi, armaturaning taranglik moduli, MPa;
bda — toʻgʻon seksiyasiga teng etib olinuvchi, ponurning hisobiy kesimi kengligi.
Toʻshamaning siljishdagi koeffitsiyenti, MN/m3, quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
bu yerda:
Ky — toʻshamaning siljishdagi koeffitsiyenti, MN/m3
— tuproqning Puasson koeffitsiyenti;
— poydevor asosi tomonining (ponurni yoki toʻgʻonni) siljish kuchi taʼsiri yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻon seksiyasi uzunligi nisbatiga bogʻliq boʻlgan hamda ushbu SHNQning 11-jadvali boʻyicha qabul qilinadigan koeffitsiyent.
Siqishdagi toʻshama koeffitsiyenti miqdori Ky dala kuzatuvlarini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
194. Ponur orqali qabul qilinuvchi gorizontal kuch miqdori, toʻgʻonni siljishga boʻlgan turgʻunligi hisoblarida umumlashtirilgan chegaraviy qarshilik kuchining hisobiy qiymatini aniqlashdagi tekshirilishida hisobga olinishi lozim.
9-bob. Qoyali asoslar ustida boʻlgan gravitatsion toʻgʻonlar
1-§. Gravitatsion toʻgʻonlar va ularning elementlarini loyihalash
195. Gravitatsion toʻgʻonlar va ularning elementlarini loyihalashda ushbu SHNQning 6-bobi talablari va ushbu paragraf talablari bajarilishi lozim.
196. Qoyali asos ustida loyihalashtirilayotgan gravitatsion toʻgʻonlarda massiv toʻgʻonlar bilan bir qatorda, mazkur SHNQning 1-b-d chizmasida keltirilgan yengillashtirilgan koʻrinishdagi gravitatsion toʻgʻonlarni qoʻllashning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi ham koʻrib chiqilishi lozim.
Massiv gravitatsion toʻgʻonlar ichki zonalari uchun kam sementli qattiq beton hamda yumalatish bilan zichlantiriluvchi beton qoʻllanilishi koʻrib chiqilishi zarur.
197. lch /h ≤ 5 (bu yerda: lch — toʻgʻonning yuqori qirrasi sathidagi xorda boʻyicha yoʻlak kengligi, h — toʻgʻon balandligi) boʻlgan ustunlar uchun doimiy harorat choklariga ega boʻlgan (kesimli) toʻgʻonlar bilan bir qatorda, qisman yoki toʻliq holda koʻndalang harorat choklari bilan bir butun qilib bogʻlangan yoki umuman choksiz (kesimsiz) toʻgʻonlarni qoʻllashning maqsadga muvofiqligi ham koʻrib chiqilishi lozim.
9-chizma. Qoyali asos ustida boʻlgan gravitatsion toʻgʻonlarning alohida qismlari
a — berk toʻgʻon; b — suv tushirgichli toʻgʻon; 1 — yuqorigi qirra; 2 — bosimli yoqi; 3 — quyi yoqi; 4 — filtrlanishga qarshi devor; 5 — asosning drenaj quduqlari; 6 — toʻgʻon uchun drenlar; 7 — sementatsion yoʻlak; 9 — kuzatish yoʻlaklari; 10 — harorat choklari; 11 — filtrlanishga qarshi zichlashtirilishlar; 12 — suv tushirgich yuqori qirrasi; 13 — suv tushirish yoqi; 14 — tovon — tramplin; 15 — suv tushirgichli toʻgʻonning oraliq koʻprigi; 16 — asosiy zatvorning ariqchasi; 17 — taʼmirlanadigan (avariyada taʼmirlanadigan) zatvorning ariqchasi; 18 — tushirish boʻshligʻi; 19 — poydevor asosi
198. Gravitatsion toʻgʻonning boshlangʻich koʻndalang kesimiga koʻra yuqori byefdagi suv moʻtadil bosim sathi bilan uchburchak shakliga ega boʻlishi lozim.
199. Beton gravitatsion toʻgʻonlarining seysmik jihatdan turgʻunligini taʼminlash uchun quyidagilar boʻlishi lozim:
pastki chegaraning katta (1:0,70 dan ortiq) nishabi;
yuqori chegaraning uning pastki qismi nishabi hisobiga asos bilan tutashishi;
nisbatan katta boʻlmagan kallak yoki yengillashtirilgan kallagi (qutichasimon, kontrfors);
toʻgʻonlarni betonlash bloklari boʻlinmalariga ajratish bilan qirqish;
koʻndalang harorat choklarini qisman yoki toʻla holda bir butunlash yoki choksiz toʻgʻonlarni qoʻllash (qirqimsiz toʻgʻonlar);
toʻgʻon kengligi boʻyicha betonni zonalarga taqsimlash.
200. Gravitatsion toʻgʻonlarda filtratsiyaga qarshi bosimni pasaytirish uchun asos drenajini oʻrnatish, zarur hollarda esa toʻgʻon poydevori asosida mahalliy tushirish boʻshliqlarini tashkil etish lozim.
201. Toʻgʻon asosiga filtrlanish oʻrtacha koeffitsiyenti k ≥0,1 m/d boʻlgan tuproqlar mavjud boʻlsa, toʻgʻonning yer osti konturi qismida filtratsiyaga qarshi moslamalar (sementatsiya devori, ponur) va drenaj boʻlishi lozim.
Bunda, agar yer osti konturi faqat sementatsiya devori va drenajdan iborat boʻlsa, toʻgʻonning bosimli yonboshidan sementatsiya devori oʻqigacha boʻlgan masofa (0,05÷0,25) b (bu yerda b — toʻgʻon poydevori asosi kengligi) boʻlishi kerak.
Drenajlar va sementatsiya quduqlari orasidagi masofa sementatsiya radiusidan katta va 4 m kam boʻlmasligi lozim.
Ponur va sementatsiya devorining bir vaqtda qoʻllanilishi filtrlanish boʻyicha tajribalar hamda mustahkamlik hisob-kitoblari asosida asoslantirilgan boʻlishi zarur.
Suv oʻtkazmas (yoki kam suv oʻtkazuvchi, K<0,1 m/sut), asos tuproqlarida yer osti konturi uchun drenaj bilan birga sementatsiya devorini qoʻllash filtratsiya tajriba natijalariga asoslanishi zarur.
Agar sementatsiya devori oʻrnatilmasa, toʻgʻonning asos bilan tutashish qismida mahkamlash sementatsiyasini amalga oshirish koʻrib chiqilishi lozim.
202. Qoyali asosdagi yirik buzilishlarni toʻgʻrilash chuqurligini aniqlashda toʻgʻon kuchlanish holati hisoblari, asosning bir jinsli emasligi (mustahkamlik shartlari bajarilishi lozim) hamda maxsus tadqiqotlar natijalari hisobga olinishi zarur.
203. Yarim qoyali tuproqlardan iborat asoslar ustida quriladigan gravitatsion toʻgʻonlar, qoyali tuproq asoslar ustidagi toʻgʻonlar kabi loyihalanishi, bunda hisoblarga yarim qoyali tuproqlarning fizik-mexanik tavsiflari inobatga olinishi lozim.
204. Suv tashlagichli gravitatsion toʻgʻonlarda byeflarni tutashtirish usuli quyidagilar asosida belgilanishi kerak:
suv oqimini tovon-tramplinlar orqali tashlash;
tubdagi gidravlik sakrash yoki suvga koʻmilmagan yuzaki sakrash usullari orqali;
inshootning balandligi;
ustunning kengligi, umumiy va solishtirma suv tashlash sarfi;
oʻzan yoki toʻgʻonoldi gidrotexnika inshootlarining oʻlchamlari hamda tub va quyi byefdagi qirgʻoq tuproqlarining fizik-mexanik xususiyatlari.
Suv tashlagichli I va II sinf toʻgʻonlar uchun byeflar tutashtirilishi hamda quyi byefdagi inshootlar konstruksiyalarini tanlash gidravlik hisoblar va tajribaviy tadqiqotlar asosida asoslantirilishi lozim.
205. Byeflarni tub gidravlik sakrash orqali tutashtirishda, balandligi 25 m ortiq boʻlgan I, II va III sinf toʻgʻonlar uchun quvvat soʻndirgichlar sifatida suv urilma quduqlari, suv urilmali devorlar yoki eroziyaga chidamli soʻndirgichlar qoʻllanilishi lozim.
Oqim tezligi 25÷30 m/s dan oshuvchi baland toʻgʻonlar uchun suv urilma qudugʻi tubini polimerbeton bilan qoplanishi lozim.
Balandligi 25 m dan kam boʻlgan barcha sinf toʻgʻonlari uchun ushbu SHNQning 150-bandida keltirilgan soʻndirgichlar hamda tegishli asoslashlar boʻlganda boshqa turdagi soʻndirgichlarni loyihalash lozim.
Suv urilgich plitalarining qalinligini kamaytirish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
plitalarning asosga ankerli mahkamlanishi (toʻgʻon balandligidan qatʼiy nazar);
Plitalarda drenaj quduqlari moslamalari oʻrnatilishi (balandligi 25 m gacha boʻlgan toʻgʻonlarda, gidravlik jihatdan asoslanganda esa balandligi 40 m gacha boʻlgan toʻgʻonlarda ushbu SHNQning 156, 184-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda).
206. Toʻgʻon va asosning tutashish qismidagi kuchlanish holatini yaxshilash hamda haroratli yoriqlarning paydo boʻlishini oldini olish maqsadida yuqori tomonidan choklarga zichlashtirishlar oʻrnatilishi hamda bir yoki bir necha gorizontal qirqimlar orqali ajratish usuli qoʻllanilishi kerak.
2-§. Toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari
207. Toʻgʻonlar va ular elementlarining mustahkamlik, turgʻunlik va yoriqbardoshlilik hisoblari, shuningdek ularning temir-beton konstruksiyalarining yoriqlar ochilishiga boʻlgan hisoblari SHNQ 2.06.08-21, QMQ 2.02.02-98 va mazkur SHNQning 7-bobi hamda ushbu paragraf talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
208. Tekis doimiy koʻndalang choklarga ega boʻlgan qirqimli konstruksiyali gravitatsion toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari alohida bir seksiyasi yoki shartli ravishda 1 m kenglikda qirqilgan toʻgʻon qismi uchun, tekis vazifa sxemasi asosida amalga oshirilishi lozim.
Toʻgʻonning kuchlanish holati har bir seksiya (berk, suv tushirgichli, statsionar) uchun alohida tartibda, ularning barpo etilish xususiyatlari va statik ish rejimlari hisobga olingan holda aniqlanishi kerak.
Qirqimsiz toʻgʻonlarning turgʻunlik hisoblari inshoot uchun butunligicha oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Qirqimsiz toʻgʻonlarning mustahkamlik hisoblari amaldagi SHNQning 8-bobi talablariga muvofiq ravishda, shuningdek taranglik nazariyasi doirasida hajmiy masalalarni yechish usullari asosida, arkali toʻgʻonlar hisoblash uslubiga oʻxshash tarzda amalga oshirilishi lozim.
Murakkab muhandislik-geologiya, geokriologik va fazoviy sharoitlarda ishlovchi qirqimsiz toʻgʻonlarning kuchlanish holati (tirqishlar taʼsiridagi yuklanishlar, asos reaksiyasi va qirgʻoq tayanchlarining nosimmetrikligi) fazoviy masalalarga xos boʻlgan tajribaviy yoki hisoblash usullari orqali aniqlanishi zarur.
209. Beton gravitatsion toʻgʻonlar umumiy mustahkamlik hisoblari yuklanish va taʼsirlarning asosiy hamda alohida birikmalarining toʻla holdagi tarkibiga bajarilishi kerak.
Balandligi 60 m dan katta boʻlgan toʻgʻonlarni loyihalashning boshlangʻich bosqichlarida, balandligi 60 m dan kam boʻlgan toʻgʻonlarning esa barcha loyihalash bosqichlarida yuklar hamda taʼsirlarning asosiy va alohida birikmalari tarkibini qisqartirib hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
210. Toʻgʻonlarga yuklanish va taʼsirlarni toʻliq hisobga olishda ushbu SHNQning 89 — 92-bandlari talablariga muvofiq ravishda quyidagi omillar inobatga olinishi lozim:
harorat taʼsirlari sifatida asosning boshlangʻich va loyihaviy foydalanish harorat holati;
betonning qotish rejimi;
qurilish choklarining oxirgi harorati;
beton devor koʻtarmasining toʻgʻonning loyihaviy foydalanish holatigacha sovishi;
suv omboridagi suv va tashqi havo haroratining mavsumiy oʻzgarishi;
inshoot foydalanish jarayonida isitilish yoki sovitilish imkoniyati;
inshootni foydalanish davrida isitish yoki sovitilishining buzilishi;
inshootning harorat rejimi loyihaviy holatdan tabiiy holatga oʻtishi munosabati bilan yuzaga keladigan harorat holatining oʻzgarishi.
Toʻgʻon jismi va asosidagi filtrlanuvchi suvning mexanik taʼsiri SHNQning 97-bandiga muvofiq ravishda hajmiy va ustki kuchlar koʻrinishida hisobga olinishi lozim.
Inshootning statik taʼsirlari hisoblarini sxemalashtirishga muvofiq ravishda, seysmik taʼsirlar QMQ 2.01.03-19 talablariga asosan ikki yoki uch oʻlchamli hisob sxemalari orqali aniqlanishi lozim.
Foydalanish davridagi yuklanish va taʼsirlarni toʻliq asoslashda, shuningdek asosiy va alohida birikmalarni hisoblashda, toʻgʻonning yuqori qirrasida betonning boʻkishi (namlanishi) taʼsirlari ham inobatga olinishi kerak.
211. Toʻgʻonlarda yuklanish va taʼsirlarning toʻliq tarkibi boʻyicha umumiy mustahkamlik hisoblari quyidagi holatlar uchun amalga oshiriladi:
qurib bitkazilgan toʻgʻondan foydalanishning boshlangʻich davri uchun (toʻgʻon hali oʻrtacha koʻp yillik foydalanish haroratigacha toʻla sovimagan holatda);
inshootdan foydalanishning barqarorlashgan davri uchun (toʻla ravishda oʻrtacha koʻp yillik haroratlargacha sovigan holatda).
Toʻgʻonlarning umumiy mustahkamlik shartlari, qoida tariqasida, har ikkala holatda ham fevral va avgust oylarida tekshiriladi.
212. Toʻgʻonlarning foydalanish davridagi toʻliq tarkibli yuklanish va taʼsirlarga oid hisob-kitoblar inshootning quyi qismida qurilish choklarining ochilish ehtimolini inobatga olgan holda taranglik nazariyasi usullari orqali bajarilishi zarur.
Quyi yoqdagi choklarning ochilish chuqurligi ushbu SHNQning 119-bandi talablariga muvofiq hisob-kitoblar orqali aniqlanishi kerak.
Toʻgʻonning yuqori qirrasi oldidagi va inshoot asosidagi materiallar shartli ravishda yaxlit deb qabul qilinadi.
Toʻgʻonning yuqori qirrasidagi choklarning ochilish ehtimollari, tutashish kesishishlari hamda tortishish zonalari chegaraviy chuqurliklari aniqlangandan soʻng, ular mustahkamlik mezonlarida qisman hisobga olinadi.
213. Foydalanish davri toʻla tarkibli yuklanish va taʼsirlarga hisoblanuvchi, gravitatsion toʻgʻonlar mustahkamlik shartlari ushbu SHNQning 12-jadvali boʻyicha aniqlanadi, bunda:
yn , ylc , ycd — ushbu SHNQning 122-bandiga muvofiq qabul qilinuvchi koeffitsiyentlar;
— bosh maksimal siquvchi kuchlanish, MPa;
— inshootni foydalanish yuklanishlari bilan yuklantirish vaqtiga talab etiluvchi, betonning siqishga boʻlgan hisobiy qarshiligi, MPa;
b — toʻgʻonning asos boʻyicha kengligi, m;
bd — hisobiy gorizontal kesim kengligi, m;
dt — toʻgʻonning yuqori qirrasi oldida betonni tortilishga taxmin etilishida aniqlanuvchi, toʻgʻon jismining gorizontal kesimlarida va tutash kesimlaridagi tortilish zonasi chuqurligi, m;
t — toʻgʻon oʻqi yoʻnalishidagi boʻlinma oʻlchami, m;
t1 — kengaygan choklar chegarasidagi (kontroforslar qalinligi) boʻlinmalar devorlari qalinligi, m;
bh — yon tomon kesimi boʻyicha kengaygan choklar bilan boʻlinma kallagi qalinligi, m;
a1 — yuqori qirradan toʻgʻon tanasidagi drenajgacha boʻlgan masofa, m;
a2 — toʻgʻonning yuqori qirrasidan sementatsiyali devorgacha boʻlgan masofa, m;
a3 — toʻgʻonning yuqori qirrasidan asosdagi drenaj quduqlarining birinchi qatorigacha boʻlgan masofa, m;
oʻlchamsiz koeffitsiyent.
214. Yuklanish va taʼsirlarning qisqartirilgan tarkibiga asoslangan toʻgʻonlarning mustahkamlik hisoblarida harorat taʼsirlari hisoblanmaydi.
Seysmik taʼsirlar QMQ 2.01.03-19 talablariga muvofiq, inshootning bir oʻlchamli (konsolli) sxema boʻyicha hisoblangan holati uchun chiziqli-spektorial nazariya asosida aniqlanishi zarur.
Filtrlanuvchi suvning kuch bilan boʻlgan taʼsiri esa faqat beton-qoya tutashuviga qoʻyilgan qarshi bosim kuchlari shaklida hisobga olinishi kerak.
Agar toʻgʻon joylashgan tumanda tashqi havo haroratining mavsumiy oʻzgarish amplitudasi 17 °S dan oshsa, toʻgʻon jismi hisobiy gorizontal kesimlari kengligi yoki uning poydevori boʻyicha havo haroratining ushbu oʻzgarishlari taʼsirida quyi yoq oldidagi qurilish choklarining ochilishi hisobiga kamayishi inobatga olinishi lozim.
Izoh:* Quyi yoq oldidagi mustahkamlik tekshirilishida s3 qiymatning kengligi 4,0 m boʻlgan hisobiy gorizontal kesim qismida qiymatlarni oʻrtalashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
** Keng choklarsiz boʻlgan gravitatsion toʻgʻonlar uchun koʻrsatilgan shartlar bajarilmagan taqdirda ushbu SHNQning 217-bandi talablari asosida amalga oshirilishi lozim.
*** Toʻgʻonning yer osti konturida sementatsiyali devori boʻlmagan hollarda keng choksiz toʻgʻonlar uchun a2 oʻrniga a3, va keng chokli toʻgʻonlar uchun bh qabul qilinadi.
10-chizma. Toʻgʻonning mustahkamlikka boʻlgan hisoblariga belgilashlar
a — massivli; b — kengaytirilgan choklar bilan va kontrfors; h — toʻgʻon balandligi; b — asos boʻyicha toʻgʻon balandligi; t — boʻlinma uzunligi; t1 — kengaytirilgan choklar chegarasidagi seksiya qalinligi (kontrfors qalinligi); bh — kallakning yon kesimi qalinligi; a1 — toʻgʻon jismi drenajidan boʻlgan masofa; a2 — sementatsiya pardasi oʻqidan yuqorigi qirragacha boʻlgan masofa; a3 — asos drenajidan yuqorigi qirragacha boʻlgan masofa; Nd — hisobiy kesimdan yuqoridagi bosim; bd — hisobiy kesim kengligi; — muvofiq ravishdagi, yuqorigi yoq oldidagi gorizontal maydonchalar boʻyicha, quyi yoqqa tik boʻlgan maydonchalar boʻyicha, toʻgʻonning yuqorigi qirra oldida asos bilan tutash kesishish maydonchalari boʻyicha normativ kuchlanishlar; mu va mt — yuqorigi va quyi yoqlarga muvofiq ravishdagi, toʻgʻon yoqlari nishablari
215. Toʻgʻonlarning foydalanish davri yuklanish va taʼsirlar qisqartirilgan tarkibiga boʻlgan mustahkamlik hisoblarida kuchlanishlar materiallar qarshiligi uslublari orqali, shuningdek inshootning yuqorigi va quyi yoqlaridagi kuchlanishlar qiymatlari, MPa ushbu SHNQning 10-chizmasi hamda quyidagi formulalar orqali aniqlanishi lozim:
bu yerda:
— yuqorigi va quyi qirralar oldidagi muvofiq ravishdagi gorizontal va vertikal maydonchalar boʻyicha normativ kuchlanishlar, MPa;
— mos ravishdagi yuqorigi va quyi qirralar oldidagi gorizontal hamda vertikal maydonchalar boʻyicha urinma kuchlanishlar, MPa;
— muvofiq ravishdagi toʻgʻon yuqorigi va quyi qirralar oldidagi maksimal tortiluvchi va maksimal siqiluvchi bosh kuchlanishlar, MPa;
— yuqorigi qirra oldidagi tutash kesimi maydonlari boʻyicha taʼsir etuvchi normativ kuchlanishlar, MPa;
M — toʻgʻonga hisobiy kesimdan yuqorida shu kesimning ogʻirlik markaziga nisbatan qoʻyilgan kuchlar momenti, MN∙m;
N — toʻgʻonga hisobiy kesimdan yuqorida taʼsir etuvchi barcha kuchlar hisobiy kesimiga boʻlgan normal proyeksiyalar yigʻindisiga teng boʻlgan normativ kuch, MN;
bd — hisobiy kesim kengligi, m;
yw — suvning solishtirma ogʻirligi, MN/m3;
Ndu, Ndt, h — yuqori va quyi byeflar tomonidan muvofiq ravishdagi hisobiy kesim ustidagi bosimlar hamda yuqori byef tomonidan yuqorigi qirra oldidagi tutashish kesimi tagidagi bosim, m;
mn, mt — yuqorigi va quyi qirralarni hisobiy kesim sathidagi muvofiq ravishdagi nishabliklari;
— toʻgʻonning bosim yogʻi va vertikal tekislik orasidagi burchak, grad;
— toʻgʻon poydevori tekisligi va gorizontal tekislik orasidagi burchak, grad.
Mazkur formulalarda moʻtadil tortuvchi kuchlar va kuchlanishlar musbat ishora bilan, siquvchilar esa manfiy ishora bilan qabul qilingan.
Soat mili boʻyicha eguvchi moment musbat ishora bilan, soat miliga teskarisi esa manfiy ishora bilan qabul qilingan.
216. Foydalanish davri qisqartirilgan tarkibli yuklanish va taʼsirlariga hisoblanuvchi, gravitatsion toʻgʻonlar mustahkamlik shartlari mazkur SHNQning 13-jadvali boʻyicha qabul qilinishi bunda gn, glc, gcd, , Rb, b, bd , dt, t, t1, bh , a2, a3, — 205-bandida keltirilgan — 204-bandida keltirilgan.
217. Gravitatsion toʻgʻonlarning umumiy mustahkamligini toʻgʻonning yuqorigi qirrasi oldidagi choʻzilgan zona chuqurligi dt uning chegaraviy qiymatidan ortiq, yaʼni 0,286bd ga teng boʻlganda, seysmik taʼsirlarni oʻz ichiga oluvchi yuklanishlarni alohida birikmalarini hisoblashda quyidagilarni inobatga olish lozim:
0,286bd dt 0,320bd boʻlganda — inshoot mustahkamligini kesimda sharti boʻyicha kuchlanishlar qiymatini toʻgʻonning yuqorigi qirrasi oldida betonni choʻzilishga ishlashini hisobga olmagan holda aniqlash bilan baholash;
dt ³ 0,320bd boʻlganda — toʻgʻon jismi kesimi temir-beton kabi, siqilgan zonada beton mustahkamligini taʼminlash bilan quyidagi shart boʻyicha koʻrib chiqqan holda, toʻgʻonning yuqorigi qirrasi armaturalanishi lozim:
Izoh:
* Agar bosim qirrasining baʼzi qismida ushbu mustahkamlik sharti bajarilmasa, bunda yuqori qirraning ushbu qismida qurilish boʻgʻinlarining yoki gidroizolyatsiyaning qabul qilinishi mumkin boʻlmagan ochilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻshimcha choralar koʻrish kerak.
** Keng boʻgʻinlarsiz gravitatsion toʻgʻonlari uchun bu shart bajarilmasa, ushbu SHNQning 217-bandi talablariga amal qilish kerak.
*** Toʻgʻonning yer osti konturida sementatsiyali devori boʻlmagan hollarda, a2 oʻrniga a3 — keng boʻgʻinlarsiz toʻgʻonlar va bh — keng boʻgʻinli toʻgʻonlar uchun olinadi.
Materiallar qarshiligi uslublari orqali yuklanish va taʼsirlarni qisqartirilgan tarkibga hisoblanuvchi toʻgʻonlar uchun, inshootning quyi yogʻidagi maksimal siquvchi kuchlanish, choʻzilgan zona betonini ishdan chiqqan holatida quyidagi formula boʻyicha aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi:
bu yerda:
— ushbu SHNQning 212-bandida keltirilgan.
Seysmik taʼsirlar ostida toʻgʻonning kuchlangan holatini yengillashtirish hamda inshootning yuqori qismidagi armatura sonini kamaytirish uchun konstruksiyalash jarayonida toʻgʻon kallagi massasini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur.
218. Yuqori qirrasida gidroizolyatsion ekran yoki toʻgʻonning yuqori qirrasini asos bilan tutashishi gidroizolyatsiya bilan taʼminlangan toʻgʻonlarni loyihalashda, inshootlar mustahkamlik mezonlariga muvofiq texnik shartlar ishlab chiqilishi lozim.
Bunda, toʻgʻonlarning umumiy mustahkamlik hisoblarida yuqori qirrada gidroizolyatsiya quyidagi hollarda oʻrnatilishi lozim:
gidroizolyatsiyali ekran tashqi mexanik shikastlanishlardan himoya qilinishi yoki uni taʼmirlash imkoniyati taʼminlanganda;
toʻgʻon tanasidagi drenaj bevosita ekran ortida joylashtirilganda;
Tutashish gidroizolyatsiyasining hisobga olinishi quyidagi shartlarda amalga oshirilishi kerak:
ponur 0,166h dan kam boʻlmagan uzunlikka ega boʻlsa;
Toʻgʻon bosimi ponur orqali tutashgan holda poydevordan kamida 0,166b va 2a2 boʻlgan balandlikka tutashgan filtrlanishga qarshi ekran bilan himoyalangan boʻlsa.
219. Toʻgʻon jismidagi teshiklar chuqurlar va boʻshliqlar atroflaridagi mahalliy kuchlanishlar taranglik nazariyasi usullari yoki tajribaviy-amaliy tadqiqotlar natijalariga asoslanib aniqlanishi lozim.
Chuqurlarning kirish burchaklaridagi kuchlanishlar konsentratsiyasi, toʻgʻon jismi mustahkamligini baholashda va armatura sonini oʻrnatishda hisobga olinmaydi.
220. Toʻgʻonlarning ustki va chuqurlikdagi suv tashlash tuynuklarini loyihalashtirishda zatvorlar tirgak konstruksiyalari mustahkamligini hisoblari bajarilishi lozim (botiqlar, konsollar).
Bu konstruksiyalarning mustahkamlik hisoblari poʻlat tayanchli detallar va beton asosning birgalikdagi ishini hisobga olgan holda taranglik nazariyasi usullari orqali bajarilishi lozim.
Oʻyiqlikning tayanch relsiga boʻlgan yuklanish jadalligi 2500 kN/ m dan ortiq boʻlganda, oʻyiqlik konstruksiyalari mustahkamlik hisoblaridan tashqari, ushbu konstruksiyalar modellarida tajribaviy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazilishi zarur.
221. Gravitatsion toʻgʻonlarning siljishga boʻlgan turgʻunlik hisoblari QMQ 2.02.02-98 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Toʻgʻon turgʻunligi inshootning asos bilan tutashishi jihatidan baholanishi, shuningdek toʻgʻon poydevoridan pastda toʻla yoki qisman oʻtuvchi, asosdagi boʻsh qatlamlar bilan bogʻliq quyidagi holatlar ham hisobga olinishi zarur:
boʻshliqli tushib ketuvchi yoriqlar;
yuvilib ketish doiralari;
muzli boʻrtma tuproqlar;
muzdan tushgan va muzlagan tuproqlar tutashishi,
quyi beʼfdagi inshootlarning joylashishi va boshqa hisobiy siljish yuzalari.
Siljishga boʻlgan turgʻunlik hisobi bilan bir qatorda, toʻgʻonning quyi yogʻi zonasida asosni vayron boʻlishi bilan chegaraviy burilish sxemasi boʻyicha turgʻunligi koʻrib chiqilishi lozim.
222. Toʻgʻon turgʻunligini tekshirishda, GES binosi yoki quyi beʼf tomonidan toʻgʻonga bevosita tutashuvchi boshqa massiv inshootlarning siljishga boʻlgan birgalikdagi taʼsiri hisobga olinishi zarur.
Stansiya binosi yoki boshqa inshootga toʻgʻri keladigan umumiy siljitish kuchlanganlik foizi toʻgʻon va unga tutashuvchi inshootning tutashish kuchlanishli holati hisob-kitoblari asosida aniqlanishi lozim.
Stansiya binosi uchun siljituvchi kuchlanganlikni aniqlash boʻyicha boʻladigan hisobiy sxemada stansiya binosini toʻgʻonning quyi qirrasi bilan tutashish konstruksiyasini hisobga olish kerak.
Balandligi 60 m dan ortiq boʻlgan inshootlarning I va II sinflari uchun murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda hisobga qoʻshimcha ravishda modellarda tadqiqotlar oʻtkazilishi zarur.
223. Qirqimsiz toʻgʻonlar turgʻunlik hisoblari butun inshoot uchun toʻla holda bajarilgani kabi, asosdagi muhandislik-geologik sharoitlarning bir xil boʻlmaganligi hamda toʻgʻon konstruksiyalari va barpo etilish sharoitlarining oʻziga xosligiga koʻra uning alohida qismlari uchun ham alohida bajarilishi kerak.
Hisoblarda inshoot bilan birga qoyali asos qismlarini siljishi va qirgʻoq tayanchlari taʼsiri hisobga olinishi lozim.
224. Toʻgʻonlarning qurilish davrida yuklanish va taʼsirlarga boʻlgan hisoblarida, toʻgʻon jismining barcha nuqtalarida mustahkamlik shartlari bajarilishi lozim:
bu yerda:
yn, ylc, ycd — ushbu SHNQning 118-bandi talablariga muvofiq aniqlanuvchi koeffitsiyentlar;
, Rb — ushbu SHNQning 210-bandida keltirilgan;
— maksimal bosh choʻzuvchi kuchlanish, MPa;
— inshootni foydalanish yuklanishlari bilan yuklantirish vaqtiga talab qilinuvchi, betonni choʻzilishga boʻlgan hisobiy qarshiligi.
Qurilishning barcha bosqichlarida toʻgʻonning SHNQ 2.06.08-21 va QMQ 2.02.02-98 talablariga muvofiq alohida elementlarini (ustunlarni) siljishga boʻlgan mustahkamligi va turgʻunligi taʼminlangan boʻlishi lozim.
Toʻgʻonni navbatlar bilan barpo etishda, toʻgʻon va uning elementlari mustahkamligi saqlanishi, shuningdek navbatlar oraligʻida qurilish choklarini bir butun holga keltirilmagan holda taʼminlanishi lozim.
225. Toʻgʻonlarning barcha sinflari uchun yoriqlar paydo boʻlish ehtimoliga oid hisob-kitoblar foydalanish davrida tashqi havo harorati taʼsirida qoladigan barcha beton yuzalar va qurilish davrida harorat taʼsiriga duch keladigan betonlash bloklari uchun bajarilishi zarur.
Yoriqbardoshlik hisoblari moʻrt holda buzilish mexanika uslublarini qoʻllash hamda yirik masshtabli namunalarni sinash yoʻli orqali olingan beton tavsiflaridan foydalanilgan holda bajariladi.
Toʻgʻonlarning I va II sinflari uchun loyihalashtirishning boshlangʻich bosqichlarida, III va IV sinf toʻgʻonlari uchun esa loyihalashtirishning barcha bosqichlarida harorat taʼsirlari ostida beton konstruksiyalar yoriqbardoshligini baholash SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Toʻgʻonning quyi yogʻidagi choklarning ochilish chuqurligini aniqlashdagi hisoblarda muzlagan beton uchun boʻlgan chiziqli kengayish koeffitsiyenti qabul qilinishi kerak.
10-bob. Qoyali asoslar ustida boʻlgan kontrfors toʻgʻonlar
1-§. Toʻgʻonlarni va ularning elementlarini loyihalash
226. Kontrfors toʻgʻonlar va ular elementlarini konstruksiyalash ushbu SHNQning 5-bobi hamda ushbu bob talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
227. Kontrfors toʻgʻonini tanlashda massiv-kontrfors toʻgʻonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
228. Massiv-kontrfors toʻgʻonlarning yuqori kallak qismi, qoida tariqasida, bosim yogʻining shakliga mos ravishda aylanali yoki poligonal shaklda loyihalanishi lozim.
Asoslash asosida, kallak qismida bosim yogʻi tomoni tekis shaklda bajarilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kallak qismida suv oʻtkazuvchanlikni va gidrostatik bosimni kamaytirish maqsadida tegishli drenaj tizimi (drenaj teshiklari yoki kanallar) loyihalashtirilishi zarur.
Koʻp arkali toʻgʻonlarning bosimli yopilmalari, osma shift koʻrinishida qirqimsiz, kontrfors kallagi bilan qattiq birlashgan holda loyihalashtirilishi lozim.
Asoslashda oshiq-moshiqli yoki konstruktiv chok vositasida arkasimon yopilmalarni kontrforslar bilan birlashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bosimli tekis yopilmalar, plitalar koʻrinishida kontrfors kallaklariga erkin tayangan holda loyihalashtirilishi lozim.
Kontrfors toʻgʻonlar bosimli yopilmasining qalinligini mustahkamlikni taʼminlash, filtrlanish oqimini bosim gradiyentini ruxsat etilgan chegara bilan cheklash, filtrlanishga qarshi moslamalarni joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi lozim. Bunda bosimli yopilma qalinligi balandlik boʻyicha oʻzgaruvchan holda yuqorigi qirraning uzluksiz shaklini saqlagan holda qabul qilinishi lozim.
Kontrfors toʻgʻonlarning bosimli yopilmasining qalinligi mustahkamlikni taʼminlash, filtrlanish oqimining bosim gradiyentini yoʻl qoʻyilgan chegaralar doirasida cheklash hamda filtrlanishga qarshi moslamalarni joylashtirish shartlaridan kelib chiqib aniqlanishi, bunda yopilma qalinligi balandlik boʻyicha oʻzgaruvchan holatda qabul qilinishi va yuqori qirraning uzluksiz shaklini saqlashi zarur.
11-chizma. Massiv-kontrfors toʻgʻoning alohida qismlari va elementlari
1 — choʻqqi; 2 — kontrfors; 3 — massivli kallak (bosimli yopilma); 4 — quyi yopilma; 5 — toʻgʻon drenaji; 6 — filtrlanishga qarshi (odatda sementatsion) devor; 7 — asos drenaji; 8 — sementatsion yoʻlak; 9 — drenaj yoʻlagi; 10 — koʻzdan kechirish yoʻlaklari; 11 — filtrlanishga qarshi zichlashtirilishlar; 12 — boʻshliqlar; 13 — boʻshliqlarning gorizontal yopilmalari
229. Ustki suv tushirilishi loyihalanishi lozim boʻlsa, kontrforslar orasidagi boʻshliqlarni yopish moslamasi loyihalanishi lozim.
Bosimli turbinali suv oʻtkazgichlarni tutib turish uchun quyi toʻsiqlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
230. Inshoot boʻshliqlarida foydalanish loyihaviy shartlari, mustahkamlik va ishonchlilikni taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan harorat rejimi tutib turilishi talab qilinganda, boʻshliqlar gorizontal yopilmalar bilan yopilishi zarur.
Toʻgʻon boʻshliqlarida havoni sunʼiy ravishda isitish nazarda tutilgan hollarda, quyi yopilma moslamasi yoki issiqlik izolyatsiyasi devori oʻrnatilishi kerak.
Quyi yopilma yoki issiqlik izolyatsiyasi devori konstruksiyasi hamda inshootning harorat holatini boshqarish boʻyicha tadbirlar quyidagi talablar asosida loyihalanishi lozim:
kontrfors massivli kallagi drenaj ishini samarali taʼminlashi;
toʻgʻon boʻshliqlarida mavsumiy havo haroratlari farqini loyihada belgilangan ruxsat etiladigan chegaralarda cheklab turishi;
doimiy ishoratdagi yillik harorat holatini saqlab turish shartlaridan kelib chiqib qabul qilinishi.
231. Kontrforslar qalinligi t1 quyidagicha boʻlishi lozim:
a) massiv-kontrfors toʻgʻonlar uchun:
t1=(0,25-0,50)t,
bu yerda:
t — toʻgʻon oʻqi yoʻnalishidagi seksiyasi oʻlchami;
b) arkasimon yoki tekis yopilmalari boʻlgan toʻgʻonlar uchun:
t1= (0,15-0,25)t
biroq, 0,06acd dan kam emas,
bu yerda:
acd — toʻgʻon choʻqqisidan boshlab hisobiy kesim masofasi.
Mazkur bandda belgilangan talablar bajarilishida boʻylama egilishga boʻlgan kontrforslar turgʻunligi hisobi amalga oshirilmasligiga yoʻl qoʻyiladi.
232. Seysmik tumanlarda joylashuvchi kontrfors toʻgʻonlar uchun, mahalliy sharoitlarga bogʻliq holda inshootning qattiqligini oshiruvchi, oqimga koʻndalang boʻlgan yoʻnalishda amalga oshiriluvchi konstruktiv yechimlar: toʻsinlar va qattiqlik qovurgʻalari, kontrforslarni juft holdan bir butun holatga keltirish boʻlishi kerak.
233. Kontrfors toʻgʻonlar asosi oʻrtacha filtrlanish koeffitsiyentiga K≥0,1 m/d boʻlganda asosda sementatsiya devori loyihalashtirish lozim.
Agar asosni tashkil qiluvchi jinslar amalda suv oʻtkazmaydigan yoki past suv oʻtkazadigan (K < 0,1 m/ d) boʻlsa, sementatsiya devori faqat maxsus asoslash boʻlganidagina loyihalashtirilishi kerak.
Sementatsiya devor moslamasidan voz kechilgan holatda inshootning yuqorigi qirrasi doirasidagi toʻgʻon bilan asos tutashishini sementatsiyalash boʻlishi lozim.
Kontrforsli toʻgʻon yer osti konturi tarkibiga asos drenaji kiritilishi filtrlanishga oid tajribalar bilan asoslanishi lozim.
234. Toʻgʻonlarning I va II sinflarida filtrlanish devori moslamasi uchun bosimli yopilmaning pastki qismida sementatsiya yoʻlagi boʻlishi kerak.
III va IV sinf toʻgʻonlari, baʼzi hollarda esa II sinf toʻgʻonlari loyihalarida sementatsiya yoʻlak moslamasiz kontrforslar oraliqlaridagi boʻshliqlardan sementatsiya devorlari bajarilishi imkoniyati koʻzda tutilishi lozim.
235. Toʻgʻon kontrforslarini qurilish choklari orqali qirqilishini loyihalashtirishda sementlanuvchi boʻlganidek, hajmli betonlanuvchi choklar qoʻllanilishi imkoniyati koʻrib chiqilishi lozim.
236. Kontrfors toʻgʻonlar uchun suv tashlagichlar ushbu SHNQning 203-bandiga muvofiq gravitatsion toʻgʻonlar uchun byeflar tutashishlari sxemasi boʻyicha loyihalashtirilishi lozim.
Kontrforslar chegarasida joylashgan suv tashlagichlar uchun, byeflarni oqim tashlash bilan tutashishlarida, tovon-tramplinlari konstruksiyalari quyi byefdagi oʻzan maydoni boʻyicha oqimlar taqsimlanishini taʼminlashlari lozim.
Yigʻilgan sarflarni oʻtkazish uchun foydalaniluvchi kontrfors toʻgʻonlar quyi yopilmalari quyilib kelayotgan oqimdan boʻladigan kavitatsion taʼsirlar hamda oʻzgarib turuvchi yuklanishlarni hisobga olgan holda loyihalashtirilishlari lozim.
237. Kontrfors toʻgʻonlar suv qurilmalari konstruksiyalarini loyihalashtirish ushbu SHNQning 201-bandiga muvofiq bajarilishi lozim.
238. Suv inshootlarini qurishda asosni tashkil etuvchi qoyali tuproqlarning qattiqligiga bogʻliq ravishda kontrforslar orasidagi boʻshliqdan suv oʻtkazish moʻljallanganda, mazkur oraliqdagi asos yuzasini beton bilan mahkamlash lozim.
Bunda, ushbu SHNQning 154, 156 va 204-bandlari talablarini hisobga olgan holda joylashgan beton mahkamlagich boʻshatish teshiklari yoki drenaj teshiklari boʻlishi lozim.
2-§. Toʻgʻonlarning mustahkamlik va turgʻunlikka boʻlgan hisoblari
239. Toʻgʻonlar va ular elementlarini mustahkamlik, turgʻunlik va yoriqbardoshlilikka hamda temir-beton konstruksiyalarini yoriqlar ochilishiga boʻlgan hisoblari SHNQ 2.06.08-21, QMQ 2.02.02-98 hamda ushbu SHNQning 7-bobi va mazkur bob talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
240. Kontrfors toʻgʻonlarni loyihalashda kontrforslarning oqim boʻyicha va unga koʻndalang ravishdagi ishi va bosimli yopilmalar, umumiy mustahkamlikka hisoblanishi lozim.
241. Kontrforslarni tekislikda, oqim boʻyicha umumiy mustahkamlikka doir hisob-kitoblarda quyidagilarni inobatga olish lozim:
massiv kontrfors toʻgʻonlar uchun — har bir seksiya alohida turgan holda;
qirqimi boʻlmagan bosimli yopilmali toʻgʻonlar uchun — kontrfors bilan oraliqni yarmi chegarasida kontrforsning har qaysi tomoni orqali unga bosimli yopilmaning bir qismi bilan tutashuvchi;
qirqilgan bosimli yopilmasi boʻlgan toʻgʻonlar uchun — alohida turgan kontrfors.
12-chizma. Kontrforslarni oqim boʻyicha mustahkamlik hisoblariga boʻlgan sxemalar
a — massiv-kontrfors toʻgʻonlar uchun; b — qirqimsiz arkali bosim yopilmalari boʻlgan toʻgʻonlar uchun; v — qirqimli bosimli yopilmalari boʻlgan toʻgʻonlar uchun; t1 — kontrfors qalinligi; t — boʻlinma uzunligi; bd — hisobiy kesim kengligi
242. Kontrforslar umumiy mustahkamligi hisoblari, toʻla tarkibli yuklanish va taʼsirlarning asosiy va alohida birikmalariga bajarilishi lozim.
Balandligi 60 m ortiq boʻlgan toʻgʻonlar kontrforslarini loyihalashning boshlangʻich bosqichlarida, shuningdek balandligi 60 m kam boʻlgan toʻgʻonlar uchun loyihalashning barcha bosqichlarida yuklanish va taʼsirlarning asosiy hamda alohida birikmalari qisqartirilgan tarkibda hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
243. Toʻla tarkibi boʻyicha hisoblashlarda nazarda tutiluvchi yuklanish va taʼsirlar ushbu SHNQning 89 — 92-bandlariga muvofiq aniqlanishi zarur.
Bunda, harorat taʼsirlari ushbu SHNQning 211-bandiga muvofiq aniqlanishi kerak.
244. Foydalanish davrida toʻla tarkibli yuklanishlarga boʻlgan kontrforslar hisobi ushbu SHNQning 21 1 va 212-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Kontrforslar mustahkamligi shartlari mazkur SHNQning 14-jadvali boʻyicha qabul qilinishi kerak.
245. Qisqartirilgan tarkib boʻyicha olib boriladigan hisoblarda hisobga olinishi lozim boʻlgan yuklanish va taʼsirlar ushbu SHNQning 214-bandiga muvofiq aniqlanishi zarur.
Bunda, kontrforsning hisobiy gorizontal kesimlari kengligining kamayishi yoki poydevor boʻyicha toʻgʻonning mavsumiy oʻzgaruvchanlik amplitudasi hamda tashqi havo harorati 17 °C dan yuqori boʻladigan mavsumiy amplitudaga ega tumanlarda joylashgan barcha sinfdagi toʻgʻonlar toʻla tarkibdagi yuklanish va taʼsirlar asosida, taranglik nazariyasi usullaridan foydalanilgan holda ushbu SHNQning 14-jadvalida keltirilgan mustahkamlik shartlari bajarilishi taʼminlangan holda hisoblanishi lozim.
246. Kontrfors mustahkamligini qisqartirilgan tarkibli yuklanish va taʼsirlariga boʻlgan hisoblarda kuchlanishlar materiallar qarshiligi uslublari orqali aniqlanishi, bunda yuqorigi va quyi qirralardagi kontrforsning gorizontal kesimlaridagi normali kuchlanishlar qiymatlari Mpa toʻgʻonning alohida qismlaridagi betonning taranglik moduli miqdorini hisobga olgan holda quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
Bu yerda:
Jred, Ared — muvofiq ravishda kontrforsning keltirilgan gorizontal kesimi maydoni, m2, inersiya momenti;
m4; xn, xt — muvofiq ravishda kontrforsning keltirilgan kesimi ogʻirlik markazidan yuqorigi va quyi qirralarigacha boʻlgan masofalar, m;
Eb1, Eb2, Eb3 — yuqorigi va quyi kallaklar kontrforsiga betonning taranglik moduli, MPa boʻlib, ushbu SHNQning 125 va 126-bandlariga muvofiq qabul qilinadi;
N, M — ushbu SHNQning 215-bandida keltirilgan.
Izoh:
* Quyi qirrasi oldidagi mustahkamlikni tekshirishda qiymatni eni 4 m boʻlgan hisobiy gorizontal kesim qismida oʻrtalashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
**Toʻgʻonning yer osti konturida sementatsiya devori mavjud boʻlmagan hollarda, a2 oʻrniga bh qabul qilinadi.
Kontrforsning keltirilgan kesimi oʻlchamlari quyidagi shartlardan qabul qilinadi:
13-chizma. Kontrforsning keltirilgan kesimi oʻlchamlarini aniqlash sxemalari
1 — kallaklar kesimlari betoni taranglik modullarini Eb2 va Eb3 , kontrfors betoni tarangligiga Eb1 keltirilishida kallaklarning keltirilgan kesimlari konturi
kontrforsning oqim yoʻnalishiga koʻndalang boʻlgan keltirilgan kesimi tired, m quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda, ti va Ebi — kontrforsning alohida qismlarida boʻlgan betonning qalinligi, m va taranglik moduli, MPa 25 va 26-formulalarida moʻtadil choʻzuvchi kuchlar va kuchlanishlar musbat ishora bilan siquvchilar esa manfiy ishora bilan qabul qilingan.
247. Foydalanish davrida qisqartirilgan tarkibli yuklanish va taʼsirlarga hisoblanuvchi, toʻgʻonlar kontrforslarining mustahkamlik shartlari mazkur SHNQning 15-jadvalida keltirilgan boʻlib, bu jadvalda: yn, ylc, ycd, — ushbu SHNQning 216-bandida keltirilgan.
— ushbu SHNQning 218-bandida keltirilgan.
248. Kontrforsli toʻgʻonlarning sinfi va balandligiga bogʻliq bosimli yopilmalarni mustahkamlik hisob-kitoblari ham kontrfors mustahkamligi hisobidagi kabi, oʻsha kuchlanish va taʼsirlarga hamda ularning oʻzaro mujassamligiga asoslangan holda bajarilishi lozim.
Massiv-kontrfors toʻgʻonlarning yuqori kallagini mustahkamlik hisobida materiallar qarshiligi usuli orqali hisoblashda, kallagining kontrforsga tutashish qismiga, unga taʼsir etuvchi tashqi yuklanishni muvozanatlovchi bir tekisda taqsimlangan moʻtadil kuchlar qoʻyiladi.
Taranglik nazariyasi usuli orqali hisoblashda esa kallaglar kontrfors jismiga qattiq siqib qoʻyilgan deb hisoblanishi kerak.
Arkasimon bosimli yopilmaning mustahkamlik hisoblarida materiallar qarshiligi usuli orqali bir oraliqli arka sifatida, taranglik nazariyasi usuli orqali esa bir oraliqli silindrik qobiq deb qaraladi.
Hisoblar arkasimon bosimli yopilmaning kontrforslarga tayanish haqiqiy sxemasini inobatga olgan holda bajarilishi lozim.
Tekis bosimli yopilmalarni mustahkamlik hisoblashda materiallar qarshiligi usuli orqali bir oraliqli, kontrforslarga erkin tayangan toʻsin sifatida, taranglik nazariyasi usuli orqali esa erkin tayangan bir oraliqli plita sifatida qarash lozim.
249. Massiv kontrfors toʻgʻonlar kallaklarini mustahkamlik hisoblarida, inshootning balandligiga qaramasdan, kallakning barcha nuqtalarida mustahkamlik shartlari bajarilishi talab etiladi. Bunda, seysmik taʼsirlarni inobatga olmaydigan yuklanish va taʼsirlarning asosiy, alohida birikmalari hamda quyidagi formulalar hisobga olinadi:
seysmik taʼsirlarni oʻz ichiga olmaydigan yuklanish va taʼsirlarning alohida birikmalari hisoblarida:
bu yerda:
— vertikal maydonchalar boʻyicha amal qiluvchi, toʻgʻonning uzuna oʻqiga tik boʻlgan normativ kuchlanish, MPa;
— ushbu SHNQning 213-bandida keltirilgan;
— ushbu SHNQning 224-bandida keltirilgan.
Arkasimon va tekis yopilmalarning mustahkamlik shartlari SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Massiv-kontrfors toʻgʻonning toʻgʻon oʻqi boʻyicha choʻziladigan kallagi qismlarida, konstruktiv armaturalash koʻzda tutilishi kerak.
250. Toʻgʻon kontrforslari oraliqlarida suv tashlagichlar joylashadigan boʻlsa, oqimga koʻndalang yoʻnalishida seysmik taʼsirlarga hamda gidrostatik yuklanishga kontrofors hisobi bajarilishi lozim.
Kontrforslar asosga siqib qoʻyilgan vertikal plita kabi hisoblanishi zarur.
Kontrforslarni seysmik taʼsirlarni oʻz ichiga olmagan holdagi yuklanish va taʼsirlarning asosiy ham alohida mujassamliklari boʻyicha hisoblashda plitaning yuqori va quyi yoqlari erkin deb qabul qilinadi.
Seysmik taʼsirlarni inobatga olgan holda yuklanishlarning alohida mujassamliklari boʻyicha hisoblashda, yuqori qirra va quyi yopilmalar mavjud boʻlsa, plitaning quyi qirrasi ham erkin tayangan deb qabul qilinishi lozim.
Izoh:
* Agar toʻgʻonning bosim chegarasining baʼzi qismlarida berilgan mustahkamlik shartlari bajarilmaydigan boʻlsa, bunda yuqorigi chegaraning bu qismida gidroizolyatsiya boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar koʻzda tutilishi va qurilish choklarining yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan ochilishini oldini oluvchi choralar koʻrilishi lozim.
Oqimga koʻndalang holdagi tekislikda kontrforslar mustahkamligi hisobida, inshootning sinfi va balandligidan qatʼi nazar, kontrforslarning yon qirralari uchun quyidagi mustahkamlik shartlariga rioya qilinishi lozim:
yuklanish va taʼsirlarning asosiy va alohida birikmalari hisobida, seysmik taʼsirlarni oʻz ichiga olmagan holda:
yuklanish va taʼsirlarning alohida birikmalari hisoblarida, seysmik taʼsirlarni oʻz ichiga olgan holda:
bu yerda:
— kontrfors mustahkamligi hisoblari orqali oqim boʻyicha boʻlgan tekislikda hamda oqimga koʻndalang boʻlgan tekislikda aniqlangan, gorizontal maydonchalar boʻyicha jami normativ kuchlanishlar;
dt — kontrforsning yon qirrasi oldidagi choʻzuvchi kuchlanishlar amal qilish zonasi chuqurligi;
t1 — kontrfors qalinligi.
Kontrforslarni oqimga koʻndalang holda egishga boʻlgan hisob sxemalarida, suv tashlovchi inshootlar va shu yoʻnalishda inshoot qattiqligini koʻtaruvchi boshqa elementlar tuzilmalarini hisobga olish lozim.
251. Kontrforsli toʻgʻon elementlarining mahalliy mustahkamlik hisoblari, toʻgʻonning umumiy mustahkamligi hisobida qoʻllaniladigan yuklanish va taʼsirlar birikmalariga nisbatan amalga oshirilishi zarur.
Suv tushirgich pastidagi koʻtarma, koʻprik-toʻgʻon ustuni, ajratuvchi va boʻluvchi devorlar, turbinali suv oʻtkazgichlar, suv qabul qilish konstruksiyalari va qurilish hamda foydalanish davridagi suv tushirguvchilarning mahalliy mustahkamlik hisoblari, tuynuklar atrofidagi mahalliy kuchlanishlarni aniqlash va kontrforslardagi boshqa zarur hisob-kitoblar ushbu SHNQning 219-bandiga muvofiq bajarilishi lozim.
Arkasimon va tekis yopilmali toʻgʻonlar kontrforslari konsolli turtib chiqqan joylari hisoblari hamda quyi yopilma plitalari hisobi SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
252. Kontrfors toʻgʻonlar turgʻunlik hisoblari ushbu SHNQning 221 va 222-bandlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Massiv-kontrfors toʻgʻonlarda alohida turgan seksiyalari turgʻunligi hisoblari, arkasimon va tekis yopilmali toʻgʻonlarda alohida turgan kontrforslar turgʻunlik hisoblari bajarilishi zarur.
253. Qoyali asosdagi yirik buzilgan yoriqlarni qoʻyib toʻgʻrilash chuqurligi toʻgʻonning kuchlangan holati hisobi natijalari boʻyicha, asosning bir jinsli emasligini hisobga olgan holda qoyali asos bilan birga aniqlanishi, bunda ushbu SHNQning 225-bandidagi mustahkamlik shartlari bajarilishi lozim.
254. Kontrfors toʻgʻonlar va ular elementlarining qurilish davrida mustahkamlik hisoblari mazkur SHNQning 224-bandiga muvofiq bajarilishi lozim.
255. Kontrfors toʻgʻonlar barcha sinflari beton konstruksiyalari, inshootlar balandligidan qatʼi nazar, harorat taʼsirlari ostida yoriqlar paydo boʻlishi boʻyicha ushbu SHNQning 225-bandiga muvofiq hisoblanishi lozim.
11-bob. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlar
1-§. Toʻgʻonlar va ularning elementlarini tuzilma holiga keltirish
256. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlari va ularning elementlarini tuzilma holiga keltirish mazkur SHNQning 6-bobi hamda ushbu bob talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
257. Arkali yoki arkali-gravitatsion toʻgʻonlarni tanlashda texnik-iqtisodiy jihatdan solishtirish asosida xarajatlarni minimallashtirishga eʼtibor berilishi lozim.
258. Arkali yoki arkali-gravitatsion toʻgʻonning asos bilan tutashishi uning tutashmalarini qirgʻoqlarga oʻyib kiritish hamda toʻgʻon konturiga ravon koʻrinish berish yoʻli bilan amalga oshirilishi zarur.
Oʻyib kiritish chuqurligi maqsadga muvofiqligi, qirgʻoq tayanchlarining turgʻunligini taʼminlashi hamda toʻgʻon jismi va qoyatosh tutashishlaridagi ijobiy kuchlanish holati inobatga olinishi lozim.
Butun toʻgʻon-asos majmuasi boʻyicha sarf-xarajatlar jamlanmasi va tannarxi minimal boʻlishi asosida oʻzgaruvchanliklar aniqlanishi kerak.
259. Toʻgʻon konstruksiyasi va shakllarini tanlash loyihalashning boshlangʻich bosqichlarida taxminiy hisoblar hamda ayni oʻxshashliklar usuli asosida amalga oshirilishi lozim.
Toʻgʻon qoya massivining gorizontal yuzasiga mos tushirilgan holda joylashtirilishi va bu jarayonda toʻgʻonning barcha geometrik parametrlarining uzluksizligi hamda tutashish yuzalarining silliqligi tamoyillariga rioya qilinishi zarur.
260. Toʻgʻonning vertikal egriliklari inshootda ijobiy kuchlanish holatini taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
Zarur hollarda toʻgʻonni barpo etish sxemasi, seksiyalararo choklarning konstruksiyalari, ularni bir butun holatga keltirish muddatlari hamda suv sathining koʻtarilishini cheklovchi tuzilmalardan foydalanish imkoniyatlari inobatga olingan holda, qurilish davrida alohida turgan ustunlar va seksiyalarning barqarorligini taʼminlash maqsadida tegishli tuzatishlar kiritilishi lozim.
261. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlarni quyidagi hollarda loyihalashga yoʻl qoʻyiladi:
lch/hlch — toʻgʻri yuqori qirrasi boʻyicha arka xordasi uzunligi, h — toʻgʻon balandligi) hamda daraning uchburchak shaklida doimiy qalinlikdagi aylanasimon shaklga ega arkalar bilan yoki oyoq tomonida mahalliy kengayishlar bilan;
2≤lch/h≤3 boʻlganda, dara shakli trapetsiyasimon yoki unga yaqin ikkilangan egri shaklda boʻlganda oʻzgaruvchan qalinlikdagi va egrilikdagi arkalar bilan;
lch/h>3 boʻlganda, ikkilangan egrili simmetrik tirqishlarda (stvor), arkalar bilan doimiy qalinlik va egrilikdagi, bunda egrilik vertikal yoʻnalishda toʻgʻonning eng maqbul kuchlanish holatiga keltirish shartlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi;
nosimmetrik ustunlarda va turli jinsli asoslarda oʻzgaruvchan qalinlikdagi aylana shaklida boʻlmagan arkalar koʻrinishidagi arkalar bilan.
262. Harorat oʻzgarishi natijasida paydo boʻladigan yoriqlar va notekis choʻkishlarga qarshi kurash maqsadida toʻgʻonning koʻndalang (seksiyalararo) choklari kesilishi lozim.
Ushbu choklar suv ombori toʻldirilishidan avval bir butun holga keltirilishi zarur.
Baland boʻlmagan, silindrsimon shaklga yaqin toʻgʻonlar uchun seksiyalararo choklar tekis vertikal holda loyihalashtirilishi lozim.
Arkali toʻgʻonlarda seksiyalararo choklarni loyihalashtirish quyidagi konstruktiv va mustahkamlik talablari asosida amalga oshirilishi kerak:
chok yuzasini gorizontal arkalar bilan kesishish chiziqlari chok yuzasida chiziqsimon (gelikodal) shakl hosil qilib, gorizontal arkalar oʻqlariga nisbatan ortogonal holda;
toʻgʻonning oʻrta yuzasida choklar trayektoriyasi maksimal ravishda vertikalga yaqin keltirilgan holda;
chok yuzasining vertikal tekislikdan uzoqlashuvi minimal holda;
choklarning oʻrta chiziqlari asos bilan tutashish yuzasidagi oʻrta chiziq bilan kesishish burchaklari (perimetral chok) mumkin qadar toʻgʻri burchakka yaqin holda.
263. Choklarni bir butun holga keltirish ketma-ketligi hamda choklar tutashish haroratlari toʻgʻonning kuchlanish holatlari hisobga olingan holda, ochilgan choklarni sementatsiyalash miqdori hamda beton devor qurilmasini qabul qilingan tutashish haroratigacha sovitish tadbirlari texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlishi taʼminlanishi lozim.
Loyihada oʻrtacha haroratlarni boshqarish, balki tutashishdagi harorat gradiyentlarini ham boshqarish maqsadga muvofiqligi koʻrib chiqilishi zarur.
264. Toʻgʻonni asos bilan tutashishida zaruriy hollarda quyidagilar koʻzda tutilishi lozim:
iniqliklar, uzilmalar, yirik yoriqlar va boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida beton yoki temir-beton panjaralar, tiqinlar, shponkalar, butkul beton massivlar hamda sementlash uskunalarini qoʻllash;
yuqori mustahkamlikka ega konstruksiya elementlari orqali toʻgʻondan qoya massivi ichiga kuchlanishni samarali uzatishni taʼminlash maqsadida yerosti temir-beton devorlari, kontrforslar, ustun-qoziqlar va siniqlardan foydalanish;
dastlab kuchlangan yoki kuchlanmagan ankerlar, beton plita va bosim devorlari yoki ularning birikmalarini qoʻllash.
265. Toʻgʻonning asosga tayanishida toʻgʻon arka oʻqlariga moʻtadil yuzalar boʻyicha birikishi kerak.
Bunda, zaruriy holatlarda tayanish sharoitlarini yaxshilovchi konstruksiyalar koʻzda tutilishi (qirgʻoq ustunlari, egar, tiqin, toʻgʻonning qirgʻoqoldi seksiyalari yuqori qismidagi bir butun holga keltirilmagan qurilish choklari) lozim.
Arka tayanchi koʻrinishini egri chiziqli yoki poligonal shaklda qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
Toʻgʻonning asos bilan tutashishidagi kuchlanishlarni kamaytirish uchun toʻgʻonni tayanch konturi boʻyicha mahalliy yoʻgʻonlashuvini koʻrib chiqish lozim.
Toʻgʻonning arkali qismi daraning eng tor tirqishsimon qismida joylashgan toʻsiqdan konstruktiv chok bilan ajratilishi kerak.
266. Toʻgʻonni asos bilan tutashishini loyihalash jarayonida, uning asos bilan tutashish qismida choʻzuvchi kuchlanishlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda, yuqori qirra zonasida quyidagi konstruktiv moslamalarni nazarda tutish zarur:
yuqori byef oraliq sathida asoslashlar bilan sementlanuvchi chok-qirqim;
toʻgʻon oldidagi asosda toʻgʻon balandligining (5 — 10 foiz) chuqurligida vertikal tirqish (kesik) moslamasi;
chiqariluvchi sementatsiya devori, gidroizolyatsiyali qisqa beton ponur (uni toʻgʻon bosim yogʻi bilan tutashishi ushbu SHNQning 172-bandi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim).
267. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlar suv tushirgich moslamalarini ushbu SHNQning 65, 7, 136 — 138, 203 va 204-bandlarini hisobga olgan holda loyihalash lozim.
Arkali toʻgʻonlar suv tushirgichlarini loyihalashda, tushayotgan suv dara qiyaliklariga quyi byef suv sathidan yuqori boʻlgan holda toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmasligi (faqat suv sachratmalari va suv changi tushishiga yoʻl qoʻyiladi) lozim.
2-§. Toʻgʻonlarnig mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari
268. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlar hisoblari ushbu SHNQning 7 va 8-boblari hamda mazkur paragraf talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
269. Kuchlanish-deformatsiyalangan holat, toʻgʻondan asosga uzatiluvchi kuchlanganlik miqdori va yoʻnalishi, toʻgʻonning mustahkamligi hamda turgʻunligi hisoblari, modellarda oʻtkaziluvchi amaliy-tajribaviy tadqiqotlar orqali aniqlanishi zarur.
Balandligi 60 m dan yuqori boʻlgan toʻgʻonlarning I va II sinflari uchun, shuningdek 60 m gacha boʻlgan toʻgʻonlarning barcha sinflari uchun murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda hamda foydalanishda sinalmagan yangi tuzilmaviy yechimlarni qoʻllashda, amaliy-tajribaviy tadqiqotlar oʻtkazilishi majburiy hisoblanadi.
Loyihalashtirilishning dastlabki bosqichlarida inshootning qulay shakllarini hamda tuzilmaviy yechimlarini tanlash uchun kichik tarang modellarda tadqiqotlar oʻtkazilishi lozim.
Loyiha bosqichida foydalanish davrida toʻgʻonning kuchlanish-deformatsiyalanish holatini aniqlash maqsadida, choklar ochilish ehtimollari va yoriqlar paydo boʻlishi, materialning tarangsiz ishlashi, barpo etish bosqichlanishi samarasi, shuningdek inshootning vayron qiluvchi yuklanishi boʻyicha mustahkamlik zaxirasini baholanishini hisobga olgan holda mustahkamlik modellarini qoʻllash lozim.
Loyihalashtirishning tugallanish bosqichlarida toʻgʻon-asos tizimining ushlab turish layoqatini baholash uchun geomexanik modellardan foydalanish lozim.
270. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlarning kuchlanish-deformatsiyalangan holatini aniqlash boʻyicha hisoblashlar quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:
toʻgʻon qurilishining texnologik ketma-ketligi (barpo etish bosqichlari);
qatlamlar va choklarni bir butun holatga keltirish hamda suv omborini toʻldirish jarayonlari;
uch oʻlchamli sharoitlarda oxirgi elementlar uslubi asosida hisoblash;
uch koʻrinishdagi arka va konsollarni siljishini oʻsishidagi namunaviy yuklanishlar uslubi;
super-elementlar uslubi;
oʻrtacha qalinlikdagi qobiqlar nazariyasiga asoslangan raqamli uslublarni qoʻllash.
Toʻgʻonlarning III-IV sinflari hisoblari hamda barcha sinf toʻgʻonlari dastlabki hisoblari soddalashtirilgan uslublar orqali bajarilishiga (arka-markaziy konsol uslubi, tajribaviy yuklanishlar qisqartirilgan uslubi, yupqa qobiqlar nazariyasi boʻyicha) yoʻl qoʻyiladi.
Zarur hollarda hisob-kitoblar quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:
choklarning ochilishi;
yuqori byef tomonidan toʻgʻonning asos bilan tutashishida qoya jinslarining boʻshashishi;
toʻgʻon jismida qurilish choklari ochilishi va yoriqlar yuzaga kelishi.
271. Qurilish choklarini ochilishi va yoriqlarni hisobga olgan holdagi arkali hamda arkali-gravitatsion toʻgʻonlar hisoblarida, inshoot mustahkamligini baholash siqilgan zonadagi beton mustahkamligi boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Mustahkamlikni baholash SHNQ 2.06.08-21 ga muvofiq barcha tarafdan siqilgan betonning hisobiy qarshiligini ortishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
272. Toʻgʻonlarni seysmik taʼsirlarga boʻlgan mustahkamlik va turgʻunlik hisoblari ushbu SHNQning 210 va 214-bandlariga muvofiq shu taʼsirlarning eng noqulay yoʻnalishlari uchun amalga oshirilishi lozim.
Toʻgʻonlarni seysmik taʼsirlarga loyihalashtirilishida mustahkamlik hisoblari qurilish choklarini va yoriqlarni ochilishini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
273. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlar uchun qirgʻoq qoyali tayanchlarning turgʻunligi hisoblarini, tayanchlarni toʻgʻon bilan birgalikdagi ishidagi, ularni kuchlanish deformatsiyalangan holatini hisobga olgan holda bajarilishi lozim.
Keng ustunli toʻgʻonlar uchun (lch / h > 3 boʻlganda) qoyali asos bilan birgalikdagi toʻgʻonning umumiy turgʻunlik hisobi bajarilishi lozim.
Barcha hollarda toʻgʻon asosidagi mahalliy mustahkamlik (turgʻunlik) hisobiga bajarilishi lozim.
274. Qirgʻoq tayanchlari turgʻunligi hamda toʻgʻon asosining kuchlanish-deformatsiyalanish holati hisobida, toʻgʻondan uzatiluvchi zoʻriqish, qoyali blokning oʻz ogʻirligi, filtrlanish va seysmik taʼsirlar hisobga olinishi lozim.
275. Qirgʻoq tayanchlarining turgʻunlik hisoblari muhandislik-geologik, geokriologik va topografik shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ajratiluvchi alohida qoyali bloklarning chegaraviy holatining tashxis qilinishidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak.
Qirgʻoq tayanchi turgʻunligi eng oz turgʻunlikka ega boʻlgan qoyali blok hisobi natijalari boʻyicha aniqlanadi.
276. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonning umumiy turgʻunlik hisobi, toʻgʻonni asos bilan birga chegaraviy holatda siljishi boʻyicha eng katta ehtimollikka ega boʻlgan kinematik sxemasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim.
Arkali toʻgʻon turgʻunligini yoʻqotish kinematik sxemasi kuchning virtual siljishi jarayonida siljishga boʻlgan qarshilik koʻpaymasligi lozim.
Bu shartni qoyali asos va qirgʻoq tayanchlaridagi siljish hisobiy yuzalari (arkalar xordasining virtual siljishida qisqarmaydigan) qanoatlantiradi.
277. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlar mustahkamligi va turgʻunligi hisoblarida ushbu SHNQning 8-jadvalida keltirilgan ish shartlari koeffitsiyentlaridan tashqari, 16-jadvalda keltirilgan ish sharoitlari koeffitsiyenti hisobga olinishi lozim.
278. Toʻgʻonlar hisobida uning tutib turish layoqatiga toʻgʻon jismida joylashgan suv qabul qilish va suv tashlash inshootlarining taʼsiri hisobga olinishi lozim.
Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonini alohida elementlarning ishlashini oʻziga xosligini hisobga olmagan holdagi umumiy mustahkamlikka boʻlgan hisoblarida (koʻprik-toʻgʻon koʻprigi, suv tushirgich, suv qabul qilgich elementlari, bosimli suv oʻtkazgichlar ) koʻrsatilgan elementlar mahalliy mustahkamlikka hisoblanishi kerak.
Izoh:
Bir vaqtning oʻzida amal qiluvchi bir necha omillar mavjudligida, ish shartlarining muvofiq ravishdagi koeffitsiyentlarining koʻpaytmalari hisobga kiritiladi (masalan, seysmik taʼsirlarni hisobga olgan holdagi keng ustunlardagi toʻgʻonlar umumiy turgʻunliklari hisoblarida ycda,2=1,1‧1,1=1,21)
279. Arkali va arkali-gravitatsion toʻgʻonlarning I va II sinflari asoslarining kuchlanish-deformatsiyalanish holati, mahalliy mustahkamlik hisoblari QMQ 2.02.02-98 ga muvofiq amalga oshirilishi, bunda toʻgʻonning qirgʻoq tutashishlarida plastik deformatsiyalar sohalari hosil boʻlish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Agar qoya massivining boʻshashgan yuzalari uchun mustahkamlik shartlari bajarilmasa, ushbu SHNQning 264-bandiga muvofiq zarur tadbirlar koʻrilishi zarur.
SHNQ 2.06.06-23 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
SHNQ 2.06.06-23 “Beton va temir-beton toʻgʻonlar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 2-ILOVA
Dala kuzatuvlarning tarkibi va mazmuni
1. Dala kuzatuvlari loyihasi inshootning sinfi, muhandislik-geologik sharoitlari, qurilish va foydalanish sharoitlariga koʻra quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
qurilish va foydalanish davrida kuzatuvlarning maqsadi, vazifalari, tarkibi, hajmi va davriyligining kuzatuv dasturini;
nazorat oʻlchov uskunalarini (NOʻU) oʻrnatish va montaj qilish, boshqaruv panellarini jihozlash, kabel liniyalarini yotqizish boʻyicha koʻrsatmalarni;
NOʻUlarini, aloqa liniyalarini, kommutatsiyalaydigan moslamalarni umumiy joylashtirish sxemalarini;
turlarini, NOʻUlarini pasport maʼlumotlarini hamda ularning graduirovka xususiyatlarini;
NOʻUni oʻrnatish uchun oʻrnatilgan detallar va montaj moslamalarining ishchi chizmalarini;
asboblarga, qoʻshimcha uskunalarga, kabel mahsulotlariga, kuzatuvlar oʻtkazishga, natijalarni qayta ishlashga va tahliliga smetalarni.
2. Barcha sinfdagi toʻgʻonlarni hisob-kitob qilishda, haqiqiy kuzatuvlar bilan nazorat qilinadigan inshootlarning va ularning asoslarini holatini yoʻl qoʻyilgan chegaraviy-ruxsat berilgan koʻrsatkichlari oʻrnatilishi kerak.
3. Alohida jadval koʻrinishidagi chegaraviy-ruxsat berilgan qiymatlarini loyihaga kiritish lozim.
