Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1110-4-son)
18.03.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1110-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 595-son va 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarorlariga asosan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvardagi 10-son va 2002-16-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (2002-yil 14-mart, roʻyxat raqami 1110 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 17-18-son; 2003-y., 5-6-son; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 125-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
13-son
Davlat soliq qoʻmitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-11-son
