Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 13-yanvardagi “Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 11, 2004-10-sonli qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1324-1-son)
08.02.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1324-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 610-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 52-son, 87 modda) muvofiq qaror qilamiz:
1 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 13-yanvardagi “Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 11, 2004-10-sonli qaroriga (2004-yil 15-mart, roʻyxat raqami 1324 — Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 11-son, 132-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-yanvar,
6-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 17-yanvar,
2005-5-son
