Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlarini ish beruvchining faoliyat turlari boʻyicha qayta belgilash toʻgʻrisida (443-son)
15.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 1-martdagi PQ-108-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga ilovaga muvofiq ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari koeffitsiyentlarini ish beruvchining faoliyati turlari boʻyicha qayta belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2025-yil 1-sentabrga qadar:
bank kreditlarini taʼminlash bilan bogʻliq sugʻurta shartnomalari shartlariga qoʻyiladigan eng kam talablarni;
sugʻurta xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda sugʻurta tashkilotlarining faoliyatiga qoʻyiladigan eng kam talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 15-iyul,
443-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-iyuldagi 443-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilaridagi “sugʻurta puli” soʻzlari “sugʻurta summasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 22-banddagi “sugʻurta puli” va “sugʻurta puliga” soʻzlari tegishlicha “sugʻurta summasi” va “sugʻurta summasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 23-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti miqdori ushbu Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq sugʻurta tariflariga binoan hisoblab chiqariladi. Bunda bir yilga tuziladigan sugʻurta shartnomalari uchun sugʻurta mukofotining eng kam miqdori sugʻurta shartnomasi tuzilgan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravarini tashkil qiladi”.
4. 27-banddagi va 41-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 52-bandning birinchi xatboshisidagi, 56-banddagi, VIII boʻlim nomidagi va 68-banddagi “sugʻurta puli” soʻzlari “sugʻurta summasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 36-band “baxtsiz hodisa” soʻzlaridan keyin “va kasb kasalligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. 42-banddagi “sugʻurta pulidan” soʻzlari “sugʻurta summasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 45-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining qonunchilikda belgilangan tartibdagi qayta koʻrikdan oʻtish munosabati bilan berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiga asosan zarar miqdori qayta koʻrib chiqilgan hollarda sugʻurta tovoni sugʻurtalovchi tomonidan qoplanadi. Bunda tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan qoʻshimcha zarar sugʻurta shartnomasi amal qilgan davrda roʻy bergan sugʻurta hodisasi oqibatida kelib chiqqanligi tasdiqlanishi lozim”.
8. 57-bandda:
birinchi xatboshidagi “sugʻurta puli” soʻzlari “sugʻurta summasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Zarar oʻrnini qoplash noaniq muddatga belgilangan taqdirda, annuitetlar shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasini hisoblash uchun annuitetlar shartnomasi tuzilgan vaqtda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tegishli hudud boʻyicha aholi umrining oʻrtacha davom etish koʻrsatkichi qoʻllanadi. Annuitent oʻrtacha umr koʻrish muddatini yashagan taqdirda, uning umr koʻrish davrining qolgan davrida koʻrilgan zarar ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi”.
9. 58-banddagi “sugʻurta puliga” soʻzlari “sugʻurta summasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. 69-banddagi “har oyning 5 kunidan” soʻzlari “keyingi oyning har 5 kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. 76-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. 1-ilovaning 2-bobi nomi va 2-bandidagi, 3-ilovaning 4-bandidagi, 6-ilovaning 2-bobi nomi, 2-bandi va ilovadagi, 8-ilovaning 4-bandidagi “sugʻurta puli” soʻzlari “sugʻurta summasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. 9-ilovaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ish beruvchi faoliyati turlarining xavflilik darajasi ish beruvchining faoliyati turlarining xavflilik darajalari tasnifiga muvofiq belgilanadi.
