Deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari samaradorligini yanada oshirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida (1000-V-son)
23.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2025-yil 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan deputatlarning hududlarda islohotlarning natijadorligini hamda saylovchilarni oʻylantirayotgan masalalarni tahlil qilib borish borasidagi ishlarini yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishni bugungi kun talablari asosida tashkil etish, shuningdek mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar va parlament faoliyati xususida saylovchilarni xabardor qilish ishlarini yangicha yondashuvlar asosida yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2025-yil 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan «Yoʻl xaritasi» (bundan buyon matnda «Yoʻl xaritasi» deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosarlari, qoʻmitalari raislari va Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga «Yoʻl xaritasi»da belgilangan tegishli tadbirlarni amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi «Yoʻl xaritasi»ning ijrosi toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati «Yoʻl xaritasi» doirasida amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
6. «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 23-iyun,
1000-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 23-iyundagi 1000-V-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2025-yil 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar tahlili boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan
«YOʻL XARITASI»
