Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻida telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1323-1-son)
17.12.2004
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi BOSh DIREKTORINING
BUYRUgʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1323-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarori va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 15-martda 1323-son bilan davlat roʻyxatiga olingan “Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻida telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan 10 kun oʻtganidan keyin amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari A. IZBOSAROV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-oktabr,
346-son
