Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisini oʻtkazish toʻgʻrisida (1023-V-son)
30.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2025-yil 1-iyul kuni oʻtkazilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi loyihasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
«Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida»gi QL-65-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi QL-77-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi bilan bogʻliq munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida»gi QL-94-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valyuta hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi bilan bogʻliq munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida») (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi QL-95-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida («Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida») (ikkinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-98-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida («Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tafovut hamda ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida») (ikkinchi oʻqish);
«Rasmiy statistika sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-99-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
«Dala chetlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-102-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilish materiallari sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-107-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish);
«Bozor islohotlari va Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzoligi yanada jadallashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi QL-108-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. XAKIMOV
Toshkent sh.,
2025 yil 30 iyun,
1023-V-son
