«Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (1007-V-son)
24.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xalqaro metrik Konvensiyaga (Parij, 1875-yil 20-may, 1907-yil 17-oktabrdagi, 1913-yil 11-oktabrdagi va 1921-yil 6-oktabrdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-iyun,
1007-V-son
