Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi va Tashakkurnomasi bilan taqdirlash toʻgʻrisida (1009-V-son)
24.06.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi, parlament nazorati, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarini hamda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda munosib hissa qoʻshayotgan, oʻzining mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan hurmat-eʼtibor qozongan, quyi palata faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikning xabardorligini taʼminlash borasida samarali mehnat qilib kelayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini va Devoni xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek deputatlarning faoliyati toʻgʻrisidagi xolis va haqqoniy axborotni keng jamoatchilikka yetkazishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun quyidagilar:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan amalga oshirilayotgan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil ishlarini, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng yoritish, bu borada xolis va haqqoniy axborotni keng jamoatchilikka yetkazishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Matbuot xizmati Axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash guruhining katta referent-muharriri Isomiddinov Salohiddin Qurbonovich hamda Matbuot xizmati OAV bilan ishlarni muvofiqlashtirish guruhining yetakchi mutaxassisi Normatov Abbosjon Xudoyqul oʻgʻli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025 yil 24 iyun,
№ 1009-V
