2025-2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida (446-son)
16.07.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish orqali davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishning samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat sektorida ichki nazorat tizimini rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajriba va mamlakatimizdagi joriy holat;
nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish va xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish va axborot — kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimining doimiy monitoringini amalga oshirish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash;
ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimini tashkil etish hamda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
2. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada rivojlantirish va standartlashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, muddatlari va amalga oshirish mexanizmlarini oʻz ichiga olgan 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-iyul,
446-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qaroriga 1-ILOVA
2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida samarali ichki nazorat tizimini joriy etish ularga yuklatilgan vazifalarning toʻlaqonli bajarilishini, davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishini taʼminlaydi.
Bunda davlat boshqaruvi va davlat moliyasini boshqarish sohalarida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. 2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) ichki nazorat tizimini ilgʻor xalqaro tajribalar asosida standartlashtirish hamda rivojlantirishning konseptual yondashuvini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
3. Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ichki nazorat koordinatori — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida ichki nazorat tizimini baholash hamda uning tashkil etilishi va samaradorligi boʻyicha rahbariyatga maʼlumotlar kiritish vazifalari yuklatilgan masʼul tuzilma;
ichki nazorat tizimi — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari.
4. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali joriy etilishi:
strategik maqsadlarni aniq belgilash va ularga erishishga ishonchni taʼminlash;
samarali faoliyat yurituvchi boshqaruv tizimini shakllantirish;
qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash va faoliyatga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish;
faoliyatga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish orqali byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish va aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yaxshilash;
rahbar va xodimlarning masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yoʻnaltirishga oid vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
5. Konsepsiyada belgilangan ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyishga oid talablar respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori asosida uning tizimidagi, boʻysunuvidagi respublika va hududiy darajadagi budjet tashkilotlari uchun tatbiq etiladi.
2-bob. Jahonda davlat sektorida ichki nazorat tizimi rivojlanishining umumiy tendensiyasi va asosiy xulosalar
6. Xorijiy mamlakatlarda ichki nazorat tizimi xalqaro tan olingan modellar, tegishli qonunchilik hujjatlari hamda davlat organlarining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Davlat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish, yuklatilgan vazifalarni bajarish, xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish, hisobdorlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Xalqaro ichki auditorlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Uch boʻgʻin” modelidan keng foydalaniladi.
Mazkur modelda davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi boshqaruv funksiyalari hamda ularga salbiy taʼsir qilishi mumkin boʻlgan xavflardan himoyalanishning uch boʻgʻini keltirilgan:
birinchi boʻgʻin — asosiy faoliyat bilan bogʻliq vazifalarni bajarish uchun masʼul oʻrta va quyi boʻgʻin xodimlaridan iborat operatsion funksiyalar.
Bunda mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi tuzilmalarda yuzaga kelgan xavflarni minimallashtirish (bartaraf etish) orqali davlat organi faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq vazifalarning bajarilishi taʼminlanadi;
ikkinchi boʻgʻin — asosiy faoliyatga yordamchi sifatidagi vazifalarni, jumladan, xavflarni boshqarish, inspeksiya va muvofiqlikni taʼminlashga qaratilgan (komplayens) boshqaruv va nazoratni qoʻllab-quvvatlovchi maxsus funksiyalar.
Ikkinchi boʻgʻin faoliyatga oid asosiy vazifalarni amalga oshirishga masʼul tuzilmalarda (birinchi boʻgʻin) qoʻllanadigan tartiblar, muvofiqlik va xavflarni boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini monitoring qilish bilan bogʻliq boshqaruv funksiyalarini oʻz ichiga oladi;
uchinchi boʻgʻin — nazorat va boshqaruv tizimlarining samaradorligini mustaqil baholashni taʼminlaydigan ichki audit.
Ichki audit birinchi va ikkinchi boʻgʻindan tashkiliy va funksional jihatdan ajratilgan boʻlib, unga tashkiliy va funksional mustaqillik berish orqali uning xolisliligini taʼminlaydi, manfaatlar toʻqnashuvining oldini oladi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri davlat organi rahbariga taklif va tavsiyalar berish imkonini beradi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida “Uch boʻgʻin” modelidan foydalanish, tashkiliy va funksional taqsimotni amalga oshirish orqali vazifalarni bajarishda operatsion faoliyat, hisobdorlik va muvofiqlikni taʼminlashga yordam beradi.
“Uch boʻgʻin” modeli bilan bir qatorda davlat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha “Ichki nazorat — integratsiyalashgan model (Internal Control — Integrated Framework)” modeli qoʻllanadi.
Ushbu model tarkibi 5 ta komponent va 17 ta tamoyildan iborat boʻlib, unda ichki nazorat tizimini tashkil etishning konseptual asoslari hamda tarkibi keltirilgan. Mazkur modelda ichki nazorat tizimi nazorat muhiti, xavflarni baholash, nazorat jarayonlari, axborot va kommunikatsiya hamda monitoring komponentlaridan iborat.
7. Ilgʻor xalqaro tajribada davlat organlarining ichki nazorat tizimini uslubiy taʼminlash va muvofiqlashtirish markazlashgan tarzda maʼlum bir davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarning koʻpchiligida ushbu vazifa Moliya vazirligiga yuklatilgan.
Shuningdek, uslubiy taʼminlash va muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan davlat organi tomonidan ichki nazorat tizimi tashkil etilishini oʻrganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash hamda Hukumatga hisobot berib borish amaliyoti mavjud.
3-bob. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini joriy etishdagi tizimli muammolar
8. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida samarali ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha quyidagi tizimli muammolar mavjud:
ichki nazorat tizimini xalqaro tan olingan standart va modellar asosida tashkil etish boʻyicha yagona yondashuv va yoʻnalish belgilanishi zarurligi;
moliyaviy xato va kamchiliklar, davlat mablagʻlaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish holatlari yuzaga kelayotgani;
takrorlanuvchi va samarasiz funksiyalarning mavjudligi natijasida davlat mablagʻlarini iqtisod qilish hamda ulardan oqilona foydalanish imkoniyatining cheklangani;
xavflarni boshqarish tizimini yanada rivojlantirish hamda uning boshqaruvni amalga oshirishdagi rolini oshirish zarurati mavjud;
ichki nazorat tizimiga oid talablarning turli darajadagi va turdagi normativ-huquqiy hujjatlarda oʻz aksini topgani, amaliyotda tegishli normalarning qoʻllanishida muammolarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, standartlashgan va samarali ichki nazorat hamda ichki audit tizimini takomillashtirishga oid yagona qonun shaklidagi hujjat mavjud emas;
ichki nazorat tizimining tashkil etilishini uslubiy taʼminlash, muvofiqlashtirish, oʻrganish va tahlil qilish boʻyicha vakolatli organ belgilanmagan;
ichki nazorat tizimini tashkil etish va xavflarni boshqarishga masʼul xodimlarni oʻqitish, malakasini oshirish ishlari yoʻlga qoʻyilmagan;
ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻrganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash tizimini joriy etish zarur.
4-bob. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
9. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishi boshqaruv va nazoratning yanada takomillashtirilishini, davlat budjeti mablagʻlari va aktivlaridan oqilona foydalanishni, hisobdorlik hamda qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlaydi.
Ichki nazorat tizimining yaxlit normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy yoʻriqnomalar asosida tashkil etilishi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat mexanizmlarining standartlashtirilishini taʼminlaydi.
Bu esa oʻz navbatida, nazorat muhiti va xavflarni boshqarish tizimini mustahkamlash, nazorat jarayonlaridan samarali foydalanilishini taʼminlaydi, sifatli axborotlardan foydalanish va kommunikatsiyani yaxshilash hamda ishonchli muvofiqlik va hisobdorlik tizimlarini takomillashtiradi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini samarali tashkil etishni uslubiy taʼminlash, muvofiqlashtirish, oʻrganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlash Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Masʼul organ) tomonidan amalga oshiriladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini oʻrganish, tahlil qilish hamda hisobotlar tayyorlash va eʼlon qilib borish;
ichki nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
10. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish, uning qonunchilik asoslari va uslubiyoti xalqaro tan olingan tajribalar va standartlarga muvofiq ishlab chiqiladi.
11. Ichki nazorat tizimi quyidagilarni taʼminlashga qaratilgan boʻlishi lozim:
faoliyatning ichki idoraviy hujjatlar, odob-axloq qoidalari hamda tejamkorlik, samaradorlik va natijadorlik tamoyillariga muvofiqligi;
aktivlar va resurslardan maqsadsiz foydalanish, suiisteʼmolliklar hamda talon-toroj holatlarining oldini olish;
faoliyati toʻgʻrisida ishonchli va aniq maʼlumotlarning mavjudligi;
faoliyat boʻyicha hisobdorlikka oid majburiyatlarning bajarilishi.
12. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.
1-§. Nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish
13. Nazorat muhiti respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini taʼminlovchi tashkiliy tuzilma, siyosat, tartib-taomillar va xodimlarning odob-axloq qoidalarini oʻz ichiga oladi.
14. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida nazorat muhiti quyidagi asosiy elementlardan iborat boʻladi:
halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga amal qilinishi;
rahbariyat tomonidan nazorat jarayonlarini samarali amalga oshirish imkonini beruvchi tadbirlarning mavjudligi;
tarkibiy boʻlinmaning yuklatilgan vazifalarga mos shakllantirilishi hamda vakolat va majburiyatlarning samarali taqsimlanishi;
salohiyatli mutaxassislarni jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishga oid jarayonlarning yoʻlga qoʻyilishi;
faoliyat uchun javobgarlikning belgilanishi, xodimlarni baholash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimlarining mavjudligi.
15. Halollik tamoyili va odob-axloq qoidalariga amal qilinishi quyidagilarning bajarilishi orqali taʼminlanadi:
tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida halollik va odob-axloqqa oid normalarning ichki hujjatlar bilan tasdiqlanishi;
xodimlarning odob-axloq va malakasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarda belgilangan talablarning joriy etilishi hamda faoliyatni amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvining yuzaga kelish ehtimolining oldi olinishi;
qaror qabul qilish jarayonida jamoatchilik takliflarining inobatga olinishi, ochiqlik va shaffoflikning taʼminlanishi hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikning yoʻlga qoʻyilishi;
xodimlarning odob-axloq qoidalariga zid barcha shubhali xatti-harakatlarining oʻrganilishi va belgilangan tartibda xizmat tekshiruvlarining oʻtkazilishi;
xodimlarning odob-axloq qoidalari, lavozim yoʻriqnomasi va davlat sirlarini yoki qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni oshkor etmaslikka oid qoidalarga rioya etishini belgilovchi hujjatlar bilan tanishish amaliyoti joriy etilishi.
16. Rahbariyat tomonidan nazorat jarayonlarini samarali amalga oshirish imkonini beruvchi tadbirlarning mavjudligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
muammolarni (xavflarni) aniqlash va bartaraf etish tadbirlarining muvofiqlashtirilishi, huquqiy jihatdan tartibga solinishi va nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi;
nazorat tuzilmalari va nazoratni amalga oshirishga oid vakolat va majburiyatlarning tegishli normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar bilan aniq belgilanishi;
nazorat jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning oʻz vazifa va majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalariga egaligi, malakasini doimiy oshirib borish va baholash mexanizmlarining joriy etilgani;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi nazorat tuzilmalari (Xavflarni boshqarish qoʻmitasi va boshqalar) tarkibida vazifalarning bevosita ijrochilaridan mustaqil boʻlgan aʼzolarning boʻlishi taʼminlanishi.
17. Tashkiliy tuzilmaning yuklatilgan vazifalarga mos shakllantirilishi hamda vakolat va majburiyatlarning samarali taqsimlanishi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
yuklatilgan vazifalarni bajarish, nazorat qilish va baholash imkonini beruvchi hamda ajratilgan mablagʻlar doirasida tashkiliy tuzilma va shtat birliklarining tasdiqlanishi;
xodimlarga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib vakolatlarning belgilanishi;
rahbariyat va xodimlar oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi va ularning shaffofligi taʼminlanishi;
ichki va tashqi hisobdorlik normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar bilan belgilanishi.
18. Salohiyatli mutaxassislarni jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishga oid jarayonlarning yoʻlga qoʻyilgani quyidagilar orqali taʼminlanadi:
rahbariyat va boshqa xodimlarning kompetensiyasiga (bilim, malaka va koʻnikmalari) talablarning belgilanishi;
tarkibiy boʻlinmalarning malakali kadrlar bilan toʻldirilishi, ularning bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi;
zaxira kadrlarni shakllantirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
rahbar xodimlar va boshqa xodimlarning rotatsiyasi hamda doimiy rivojlanishiga oid reja-dasturlarning ishlab chiqilgani.
19. Faoliyat uchun javobgarlikning belgilanishi, xodimlarni baholash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimlarining mavjudligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
xodimlarning vazifa va majburiyatlarini bajarish uchun javobgarlikning belgilangani;
xodimlar faoliyatining samaradorligi, natijadorligi va malakasining doimiy odob-axloq qoidalari va boshqa tegishli tartiblarga muvofiq baholanishi;
mehnat faoliyatini amalga oshirishda va mehnatga haq toʻlashda munosib va adolatli shart-sharoitlarning yaratilishi;
xodimlarning odob-axloq qoidalari, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlar bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirishida ortiqcha yuklamalar yuzaga kelmasligining tartibga solinishi.
2-§. Xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish
20. Xavflarni boshqarish respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish va monitoring qilishga qaratilgan jarayon hisoblanadi.
21. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida xavflarni boshqarish birinchi rahbar tomonidan tashkil etiladi.
Bunda xavflarni boshqarish, jumladan, tarkibiy boʻlinmalar tomonidan xavflarni boshqarishda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, xavflarni boshqarish tizimining samaradorligini taʼminlashga qaratilgan Xavflarni boshqarish qoʻmitasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
22. Xavflarni boshqarish jarayoni tegishli normativ-huquqiy hujjatlar va ichki hujjatlarga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar tomonidan amalga oshiriladi.
23. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni boshqarish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:
birinchi bosqich — Xavflarni aniqlash. Xavflarni aniqlash respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining barcha tarkibiy boʻlinmalarida amalga oshiriladi. Bunda tarkibiy boʻlinma tomonidan uning faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi xavflar aniqlanadi. Xavflarni aniqlash jarayoni muntazam oʻtkazilib turilishi lozim;
ikkinchi bosqich — Xavflarni baholash. Xavflarni baholash aniqlangan xavflarning yuzaga kelish ehtimoli va taʼsirini tahlil qilgan holda baholashni hamda ularni darajalarga ajratishni oʻz ichiga oladi. Bunda xavflarning ahamiyatliligidan kelib chiqib, ularning “vazn”i belgilanadi hamda xavflar reyestri shakllantiriladi;
uchinchi bosqich — Xavflarni bartaraf etish choralarini koʻrish. Ushbu bosqichda tarkibiy boʻlinma tomonidan baholash bosqichi natijalaridan kelib chiqib, xavflarni bartaraf etish choralari belgilanadi. Bunda xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi hamda Xavflarni boshqarish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida tegishli ishlar amalga oshiriladi.
toʻrtinchi bosqich — Monitoring. Xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xavflar aniqlangan hamda tegishli choralar koʻrilishi belgilangan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan monitoring qilinadi.
3-§. Nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish
24. Nazorat jarayonlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga salbiy taʼsir etuvchi xavflarni kamaytirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
25. Nazorat jarayonlarini amalga oshirish boʻyicha tartib-taomillar ushbu konsepsiyadan kelib chiqib, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining tegishli ichki hujjati bilan belgilanadi.
26. Nazorat jarayonlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi barcha tarkibiy boʻlinmalarda quyidagilarni taʼminlash orqali amalga oshiriladi:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish boʻyicha aniq qoidalar va standartlarning belgilanishi;
xodimlarning funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish boʻyicha vakolat va majburiyatlarining belgilanishi;
funksiyalarni bajarishda va biznes jarayonlarida doimiy va tanlanma nazoratning (monitoring) amalga oshirilishi;
funksiyalarni bajarilishida va biznes jarayonlarida axborot texnologiyalar yordamida nazoratning, xato — kamchiliklar va xavflardan ogohlantirish tizimlarining yoʻlga qoʻyilishi.
27. Nazorat jarayonining respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organidagi har bir funksiya va biznes jarayoniga integratsiyalashuvi rahbariyat tomonidan taʼminlanadi.
28. Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hamda nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat jarayonlarining oʻtkazilishi monitoring qilinadi.
Bunda quyidagilar orqali monitoring qilinadi:
funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish boʻyicha tartib-taomillar va standartlarning bajarilishini oʻrganib borish;
tizimlar, jarayonlar va tashkiliy tuzilmadagi oʻzgarishlarda tarkibiy boʻlinmalardagi nazorat jarayonlarini qayta koʻrib chiqish;
xato va kamchiliklar hamda xavflar yuzaga kelganda oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
nazorat jarayonlaridagi kamchiliklar boʻyicha xodimlarga taʼsir choralarini qoʻllash.
29. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining har bir xodimi nazorat jarayonlarini amalga oshirish bilan bogʻliq vakolat, vazifa va majburiyatlardan xabardor boʻlishi lozim.
30. Nazorat jarayonlari tarkibiy boʻlinma tomonidan rasmiylashtirilib boriladi.
4-§. Axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish
31. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida samarali ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyishda rahbariyat va xodimlarning kerakli axborot va maʼlumotlarni olish, tahlil qilish va manfaatdor tomonlarga taqdim etish imkoniyati taʼminlanishi zarur.
32. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish quyidagilarni nazarda tutadi:
ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyishda kerakli axborot va maʼlumotlarni belgilay olish hamda ulardan foydalana olish zarur. Bunda axborot va maʼlumotlar ishonchli, toʻliq va manfaatdor tomonlar uchun undan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlishi lozim;
axborot va maʼlumotlarni almashishni taʼminlovchi samarali ichki kommunikatsiya tizimi yoʻlga qoʻyilishi zarur;
tashqi manfaatdor tomonlar bilan axborot va maʼlumotlar almashishda samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilishi zarur, bunda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi hamda ochiqlik va shaffoflik taʼminlanishi lozim;
axborot va maʼlumotlarning samarali almashinuvini taʼminlovchi mexanizmlar ishlab chiqilishi hamda axborot texnologiyalaridan keng, qulay va xavfsiz foydalanilishi zarur.
33. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida axborot va maʼlumotlar hamda ularning almashinuviga oid talablar normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki hujjatlar bilan belgilanadi.
34. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida axborot va maʼlumotlar bilan ichki va tashqi taʼminlash hamda samarali kommunikatsiya tizimining yoʻlga qoʻyilishi birinchi rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
5-§. Ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash
35. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida ichki nazorat tizimi samaradorligi doimiy monitoring qilinadi va davriy baholanadi.
36. Tarkibiy boʻlinma tomonidan funksiyalar va biznes jarayonlarini amalga oshirish doimiy monitoring qilinadi.
37. Davriy baholash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ichki nazorat koordinatori tomonidan amalga oshiriladigan umumiy monitoring qilish;
ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimini baholash.
38. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan ichki nazorat tizimini baholashda funksiyalar va biznes jarayonlarining normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi hamda nazorat jarayonlarining samaradorligiga eʼtibor qaratiladi.
39. Ichki nazorat koordinatori monitoring doirasida tarkibiy boʻlinmalarda ichki nazorat tizimini tashkil etishga oid maʼlumotlarni jamlaydi hamda oʻrganish va maʼlumotlarni tahlil qilish orqali ichki nazorat tizimi samaradorligini aniqlaydi va natijasi boʻyicha ichki nazorat tizimining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi.
Bunda hisobotni tayyorlashda ichki audit xizmatlarining ichki nazorat tizimi faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumotlaridan foydalanilishi mumkin.
40. Ichki audit xizmati ichki nazorat tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishini baholaydi va baholash natijalari boʻyicha rahbariyatga maʼlumot taqdim etib boradi.
41. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan ichki nazorat tizimining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot Masʼul organga yilda bir marta — keyingi yilning 25-yanvariga qadar taqdim etiladi.
42. Masʼul organ tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki nazorat tizimining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari tahlil qilinadi.
Bunda Masʼul organ tomonidan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samaradorligi boʻyicha oʻrganish oʻtkazilishi mumkin.
43. Masʼul organ tomonidan har yili Vazirlar Mahkamasiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining holati va faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etib boriladi.
Hisobotda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishi hamda yanada takomillashtirilishi boʻyicha takliflar ham aks etadi.
5-bob. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish mexanizmlari
44. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:
ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
1-§. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish
45. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat ichki nazorati va ichki auditi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish;
xalqaro standartlar asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini joriy etish boʻyicha uslubiy qoʻllanma loyihasini ishlab chiqish;
ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarishni yanada takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borish;
ichki nazorat tizimini tashqi baholashni amalga oshirish tartibini belgilash.
2-§. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish
46. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:
ichki nazorat tizimini muvofiqlashtirish, tegishli maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilish hamda manfaatdor tomonlarga ichki nazorat tizimi boʻyicha hisobot taqdim etishni amalga oshiruvchi ichki nazorat koordinatorini belgilash;
ichki nazorat tizimini joriy etish boʻyicha Masʼul organ boshchiligida idoralararo ishchi guruh shakllantirish hamda ishchi guruh yigʻilishlarida ichki nazorat tizimiga oid masalalarni muhokama qilib borish;
ishchi guruh tomonidan tanlangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ikkitasida yangi ichki nazorat tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish;
ichki nazorat tizimini tashkil etish va raqamlashtirishga axborot texnologiyalarini joriy qilish.
461. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish va raqamlashtirishga axborot texnologiyalarini joriy qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
ichki nazoratga ochiq hujjatlar va ularni yangilab borish natijalarini jamlashni raqamlashtirish;
ichki nazorat tizimini baholash jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni jadallashtirish;
ichki nazorat tizimining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni Masʼul organ tomonidan qabul qilish va tahlil qilishni raqamlashtirish asosida ichki nazorat tizimi holatini masofadan oʻrganish;
xavflarni baholash jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xavflar reyestrini shakllantirish hamda undagi oʻzgarishlarni kuzatib borishni raqamlashtirish;
xavflarni kamaytirish boʻyicha tuzilgan chora-tadbirlarning raqamli shaklini yaratish orqali uning monitoringi samaradorligini oshirish;
xavflar tasnifi va toifasini raqamlashtirish asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarkibiy boʻlinmalar, funksiyalar va sohalar kesimida xavflar xaritasini shakllantirish;
funksiya va jarayonlarning raqamlashtirilgan reyestrini shakllantirish hamda yuritib borish;
Xavflarni boshqarish qoʻmitasi tarkibi va faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qabul qilish va tahlil etishni raqamlashtirish;
ichki nazoratga oid maʼlumot va hisobotlarning raqamli shakldagi almashinuviga oʻtish, hisobdorlik boʻyicha masʼuliyat va javobgarlikni oshirish.
3-§. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish
47. Ichki nazorat tizimi boʻyicha xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish boʻyicha quyidagilar nazarda tutiladi:
ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish, sohaga oid darslik, oʻquv qoʻllanma va materiallar tayyorlashni tashkil etish;
davlat sektorida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish boʻyicha maxsus fanlarni oʻqitishni oliy taʼlimdagi tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash jarayonlariga joriy etish.
6-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
48. Konsepsiyani amalga oshirish orqali respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
xalqaro andozalarga muvofiq samarali, standartlashgan hamda muvofiqlashtirilgan ichki nazorat tizimi joriy etiladi va uni tahlil qilish orqali baholash imkoni yaratiladi;
konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlaridan foydalanishda dastlabki va joriy nazoratni kuchaytirish, qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash orqali mablagʻlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanish holatlari, shuningdek, moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olinadi;
takrorlanuvchi hamda samarasiz funksiya va vazifalarni aniqlash, ayrim funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazish orqali budjet mablagʻlarini tejash va iqtisod qilish hamda ulardan oqilona foydalanish imkoniyati ortadi;
ichki nazorat tizimining faoliyati uchun mustahkam huquqiy asosni taʼminlash maqsadida ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi va amaliyotga joriy etiladi;
xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi, ichki nazorat tizimi boʻyicha maxsus fanlarni oʻqitish oliy taʼlimdagi tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash jarayonlariga joriy etiladi;
ichki nazorat jarayonlari, maʼlumotlar va hisobotlarning raqamlashtirilishi orqali faoliyat samaradorligi ortadi, inson omili taʼsiri kamayadi hamda maʼlumotlarning toʻliqligi va sifati taʼminlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-sonli qaroriga 2-ILOVA
2025 — 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan
“YOʻL XARITASI”
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 20-martdagi 54-son qarorida:
a) nomi, 1-band, 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish”;
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya vaziri” soʻzlari “iqtisodiyot va moliya vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Markaz Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Darxontepa koʻchasi 7-uydagi binoga joylashtirilsin”;
d) ilova nomidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Fuqarolar tomonidan kelgusi yil uchun tanlanishi mumkin boʻlgan nazorat obyektlari roʻyxati vakolatli tuzilmalar tomonidan har yili 31-dekabr sanasiga qadar joriy yil uchun tasdiqlangan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilari sifatida belgilangan vazirlik va idoralar kesimida shakllantiriladi hamda “Davlat auditi” dasturiga kiritiladi”;
b) 8-bandning oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “20-sanasiga qadar” soʻzlari “10-sanasiga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 17-banddagi “5 ish kuni” soʻzlari “3 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 21-banddagi “chorakdan keyingi chorak birinchi oyining 20-sanasiga qadar” soʻzlari “chorakning oxirgi oʻn kunligida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovada:
1-bosqichning “Muddatlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har yili 31-dekabrga qadar”;
5-bosqichning “Muddatlar” ustunida:
1-bandda “20-sanasiga qadar” soʻzlari “10-sanasiga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandda “5 ish kuni” soʻzlari “3 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 2-ilovada:
1-bosqichning “Muddatlar” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat tadbiri oʻtkazilgan chorakning oxirgi oʻn kunligida”;
2-bosqichning “Muddatlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat tadbiri oʻtkazilgan chorakdan keyingi oyning birinchi kunida”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 1-avgustdagi 416-son qarorida:
a) nomi, muqaddimasi, 1-bandning birinchi, ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
nomi, 1-band, 5 va 7-bandlar, 8-bandning birinchi xatboshisi, 2-bob nomi, 9-bandning ikkinchi xatboshisi, 12-band, 13-bandning beshinchi xatboshisi, 14-band “a” kichik bandining oʻn sakkizinchi xatboshisi, “b” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi, “v” kichik bandining ikkinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari, “g” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari, 15-bandning toʻqqizinchi, oʻn ikkinchi, oʻn beshinchi, oʻn oltinchi xatboshilari, 16-bandning beshinchi, oltinchi, oʻn yettinchi xatboshilari, 17 va 18-bandlarda tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy boʻlinma;
ichki audit faoliyati — davlat organlari va tashkilotlarida budjet intizomini mustahkamlash, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish natijadorligini baholash, ichki nazorat va xavflarni boshqarish tizimlari samaradorligini oʻrganishga qaratilgan mustaqil faoliyat;
ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari;
ichki audit tadbiri — ichki audit obyektlarida ichki audit xizmati maqsadlariga erishishga qaratilgan ichki audit xizmati xodimi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
ichki nazorat tizimi — davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda xavflarni kamaytirish, faoliyatning qonunchilikka muvofiqligi, tejamkorligi, samaradorligi, hisobdorligi, ochiqligi va shaffofligini taʼminlashga qaratilgan rahbariyat va xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tartiblar, jarayonlar hamda mexanizmlarning kompleks tizimi;
xavflarni boshqarish — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish (oldini olish, bartaraf etish) choralarini koʻrish, xavflar monitoringi va xavflar yuzasidan hisobdorlikni oʻz ichiga oluvchi jarayon”;
3-band, 9-bandning birinchi xatboshisi, 14-bandning “a” kichik bandi oʻn birinchi xatboshisi, 16-bandning oʻn birinchi xatboshisida tegishli kelishikdagi “vazirlik va idora” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ichki audit xizmati oʻzi tashkil etilgan davlat organi va tashkilotida ichki audit faoliyatini amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ichki audit xizmatlari tomonidan ichki audit xizmatlari tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining boʻysunuvidagi budjet tashkilotlarida ichki audit tadbirlari oʻtkazilmaydi”;
6-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki audit tadbirlari davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan ichki audit yillik rejasi va Hisob palatasi taqdim etgan xavf tahlillariga asosan majburiy tartibda oʻtkaziladi. Bunda ichki audit yillik rejasiga kiritiladigan ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hisob palatasi bilan kelishishda ichki audit yillik rejasiga kiritilgan “yuqori” xavf darajasiga ega ichki audit obyektlarining chiqarib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Vazirlik shaklidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiga kiruvchi hamda tarkibida tizim va boʻysunuvdagi tashkilotlar mavjud boʻlmagan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarda ichki audit faoliyati vazirlikning ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 91 — 94-bandlar bilan toʻldirilsin:
“91. Ichki audit xizmatlarining rahbarini (ichki audit xizmati bir nafar shtatdan iborat boʻlganda, ushbu shtatda faoliyat yurituvchi xodimni) lavozimidan ozod qilish masalasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi. Bunda davlat organi va tashkiloti tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish haqidagi taqdimnoma beriladi.
Ushbu taqdimnomada ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish sabablari hamda ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ichki audit xizmati rahbarining arizasi, ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligini koʻrsatuvchi, ijro intizomi va odob-axloq qoidalariga amal qilmaganlikni tasdiqlovchi maʼlumotlar) ilova qilinadi.
92. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish yuzasidan ichki audit xizmati rahbari bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Bunda ichki audit xizmati rahbari bilan oʻtkaziladigan suhbat taqdimnomani koʻrib chiqish jarayonida amalga oshiriladi.
93. Quyidagilar ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishishni rad etish uchun asos boʻladi:
ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etish yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
ichki audit xizmati rahbarining zimmasiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlar doirasidan tashqari vazifalarni bajarmaganligi yoki oʻziga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarganligi uchun taʼqib qilinganligi holati aniqlanganda.
94. Taqdim etilgan hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqilib, tegishli davlat organi va tashkilotiga ichki audit xizmati rahbarini lavozimidan ozod etishni kelishish yoki kelishishning rad etilganligi sabablari koʻrsatilgan xat taqdim etiladi”;
quyidagi mazmundagi 101 va 102-bandlar bilan toʻldirilsin:
“101. Ichki audit xizmatlari shtat birliklarining eng kam soni ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari shtat birliklari sonini belgilashning mezonlari va eng kam meʼyorlariga muvofiq aniqlanadi.
Bunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi ichki audit xizmatlari xodimlarini sonini hisoblashda vazirliklarning quyi muassasalarida tashkil etilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni alohida hisobga olinadi.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblashning meʼyorlari va mezonlari mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini belgilash davlat organi va tashkilotidagi belgilangan boshqaruv shtat birliklari soni doirasida amalga oshiriladi.
102. Davlat organi va tashkilotining markaziy apparatida tashkil etilgan ichki audit xizmati tomonidan ichki audit xizmati mavjud tizim tashkilotida faqat birinchi rahbar topshirigʻi asosida ichki audit tadbirlari oʻtkazilishi hamda tizim tashkiloti faoliyati boʻyicha maʼlumotlar olinishi mumkin”;
11-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ichki audit xizmati rahbari bu haqda davlat organi va tashkilotining birinchi rahbarini yozma shaklda xabardor qiladi”;
quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Davlat organi va tashkiloti rahbari ichki audit xizmatiga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, xususan, masofaviy auditni amalga oshirish uchun zamonaviy rusumdagi kompyuter texnikalari bilan taʼminlash, davlat organi va tashkilotida mavjud barcha axborot tizimlariga onlayn rejimda kirish va undagi ichki audit tadbirini oʻtkazishga oid maʼlumotlarni tahlil qilish huquqini berish hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining zarur boʻlgan axborot dasturlaridan foydalanish choralarini koʻradi”;
13-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va baholash.”;
14-band “g” kichik bandining oltinchi xatboshisidagi “vazirliklar va idoralar” soʻzlari “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoni samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va baholash boʻyicha:
ichki nazorat tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishini baholaydi va baholash natijalari hamda takomillashtirish boʻyicha takliflar yuzasidan rahbariyatga maʼlumot taqdim etib boradi;
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan aniqlangan xavflarning belgilangan tartibda baholanishini oʻrganadi;
xavflar yuzasidan chora-tadbirlar rejasining ishlab chiqilishi va bajarilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazadi;
xavflarni boshqarish jarayoni bilan bogʻliq audit tadbirlarini oʻtkazadi hamda xavflarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi”;
16-bandda:
quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xavflarni boshqarish qoʻmitasiga xavflarni boshqarish jarayonini oʻrganish va tahlil qilish natijalari, xavflarni boshqarish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar, yuzaga kelayotgan kamchiliklar boʻyicha maʼlumotlar kiritib borish”;
yigirma uchinchi va yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisida namunaviy nizomga 1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari shtat birliklari sonini belgilashning mezonlari va eng kam meʼyorlari
Izoh.
1. Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari eng kam shtat birliklari ushbu jadvalda koʻrsatilgan koeffitsiyentlarni qoʻshish orqali aniqlanadi.
Bunda umumiy yigʻindida hosil boʻlgan son 0,50 dan (1,75, 2,75 va hokazo) ortiq boʻlganda ushbu son 1 gacha yaxlitlanadi, agar 0,50 dan past boʻlsa, hisobga olinmaydi.
Masalan, davlat organi va tashkiloti tizimida 100 ta tashkilot mavjud. Davlat organi va tashkilotining yillik budjeti 150 mlrd soʻmni, jami boshqaruv shtat birliklari soni 150 nafarni tashkil etadi.
Bunda: 2+1+1=4. Yaʼni ushbu davlat organi va tashkilotida ichki audit xizmati uchun belgilanadigan eng kam shtat birliklari soni 4 tani tashkil etadi.
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining ichki audit xizmatlari shtat birliklarining eng kam soni ushbu jadval hamda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi xodimlar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi xodimlar soni ushbu jadvaldagi davlat organi va tashkiloti boʻysunuvidagi yuridik maqomga ega boʻlgan tashkilotlari soni va jami boshqaruv shtat birliklari soniga kiritilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati toʻgʻrisida namunaviy nizomga 2-ILOVA
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblashning
MEʼYORLARI VA MEZONLARI
Izoh.
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ularda ishlovchi moliya-iqtisod xodimlari soni asosida ichki audit xizmatlarining shtat birliklarini hisoblash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tuman (shahar)lardagi tashkilotlarida tashkil etilgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va ulardagi moliya-iqtisod tuzilmalari shtatlari sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda umumiy yigʻindida (respublika boʻyicha jamida) hosil boʻlgan son 0,50 dan ortiq boʻlganda ushbu son 1 gacha, 0,25 dan ortiq boʻlganda ushbu son 0,50 gacha yaxlitlanadi, agar 0,25 dan past boʻlsa, hisobga olinmaydi.
Masalan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tuman boʻlimida joylashgan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tarkibida 60 ta tashkilot mavjud va moliya-iqtisod tuzilmasida 30 nafar shtat mavjud. Bunda: 0,125+0,25=0,375 birlik. Yaʼni ushbu tuman markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatidan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi ichki audit xizmatiga 0,375 shtat birligi hisoblanadi.
Bunda vazirlik boʻysunuvida tashkil etilgan barcha markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar va moliya-iqtisod tuzilmalari shtatlari sonidan kelib chiqib, shtat birliklari hisoblab chiqiladi hamda ularning yigʻindisi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan meʼyorlar va mezonlar asosida hisoblangan shtat birliklari soniga qoʻshiladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 13-fevraldagi 62-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida nizom”;
1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati (keyingi oʻrinlarda — ichki audit xizmati) xodimlari malakasini sertifikatlash va ichki audit milliy malaka sertifikatiga (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) ega boʻlgan shaxslar malakasini oshirish tartibini belgilaydi”;
2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari”;
uchinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarda” soʻzlari “davlat organlari va tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “sertifikat olgan yildan keyingi yildan” soʻzlari “sertifikat olgan sanadan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Inspeksiya xodimlari lavozimga tayinlangandan soʻng uch oy ichida sertifikat olishi shart, bunda xalqaro sertifikatga ega boʻlgan xodimlarning sertifikat olish talab etilmaydi”;
37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37.Talabgor malaka imtihoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta) asosida kiritiladi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoki malaka imtihoniga belgilangan vaqtda kelmagan, shuningdek, qatnasha olmagan talabgor malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi.”;
38-bandning birinchi xatboshisidagi “Malaka imtihoni” soʻzlaridan keyin “davlat tilidagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
qonunchilik hujjatlari, yoʻriqnoma materiallari, test savollari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
mobil aloqa va boshqa aloqa vositalaridan (shu jumladan, “aqlli soatlar”dan) foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish (suhbatlashish);
malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan imtihon komissiyasi ruxsatisiz tashqariga chiqish (test sinovi oʻtayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta test sinoviga kiritilmaydi).
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar malaka imtihonidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi. Bunda malaka imtihonini topshirish uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi”;
41-bandning uchinchi xatboshisi “zarur texnika vositalari” soʻzlaridan keyin “(kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 601-band bilan toʻldirilsin:
“601. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin”.;
93-bandning birinchi xatboshisidagi “sertifikat olgan yildan keyingi yildan” soʻzlari “sertifikat olgan sanadan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
94-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda malaka oshirish kursi tinglovchilar soni kamida 10 nafardan oshgan taqdirda tashkil etiladi.”;
95-bandda:
birinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralar” soʻzlari “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “murojaat qilish huquqiga ega” soʻzlari “murojaat qiladi” soʻzi bilan almashtirilsin;
96-band “ichki audit xizmati xodimlarining” soʻzlaridan keyin “har ikki yilda bir marta” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
98-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“98. Oʻquv markazi malaka oshirish kurslarini oʻtagan shaxslar toʻgʻrisidagi oylik maʼlumotlarni keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yillik maʼlumotlarni keyingi yilning 10-yanvariga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.”;
1-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilova”;
2-ilovaning ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova”;
3-ilovada:
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilova”;
izohning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatida faoliyat yuritish uchun ichki audit milliy malaka sertifikati 20__ yil “___” _______ da berildi. Sertifikat egasi sertifikat olgan sanadan boshlab belgilangan tartibda malaka oshirish kursini oʻtashi shart”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 14-avgustdagi 377-son qarorida:
a) nomi, muqaddimasi, 1-band, 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
nomi, 11-band, 21-bandning uchinchi xatboshisi, 37-band, 4-bob nomi, 39-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishik va sondagi “vazirlik va idoralar” soʻzlari tegishli kelishik va sondagi “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — ichki audit xizmatlari) faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari deganda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari tushuniladi.”;
6-band, 12-bandning ikkinchi xatboshisi, 20, 26, 32 va 33-bandlardagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idora” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat organi va tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandda:
beshinchi xatboshisidagi “vazirlik va idora” soʻzlari “davlat organi va tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “vazirlik va idoralarda” soʻzlari “davlat organlari va tashkilotlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Davlat organlari va tashkilotlarida oʻtkazilgan baholash va uning natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.”;
1-ilovaning belgisi, nomi, 2-bosqichning “Tadbirlar” ustuni va 4-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “vazirlik va idoralar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “davlat organlari va tashkilotlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash boʻyicha
NAMUNAVIY SAVOLNOMA
Izoh.
Namunaviy savolnomaga baholovchi tashkilot tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda nazorat savollariga mezonlar ishlab chiqish hamda ball berish baholash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Namunaviy savolnomadagi ayrim savollar boʻyicha ichki audit xizmati faoliyatini baholash imkoni boʻlmagan taqdirda, yaʼni savolda keltirilgan holat va jarayonlar mavjud boʻlmaganda, baholash ushbu savol inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
3-ilovada:
ilova belgisidagi “vazirlik va idoralarning” soʻzlari “davlat organlari va tashkilotlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qoʻshimcha” boʻlimining “b” kichik bandidagi “vazirlik va idora” soʻzlari “davlat organi va tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
